Amaliy mashg’ulot №7: elektr o’lchashlar


Download 188.69 Kb.
bet1/4
Sana25.11.2020
Hajmi188.69 Kb.
#151679
  1   2   3   4
Bog'liq
5-ф
Glossariy, Kirish, Aмалий машғулот-4 (1), Aмалий машғулот-4 (1), isshi dastur qq, 1-маъруза, календарь режа Avto-basq Kobeysin qq, Bibka apa, Doc1, Ҳурматли талаба!, Avtomatlashtirish, Электротеихника ва электроника фан дастури, Эл-тех ва электроника, Электротеихника ва электроника фан дастури

AMALIY MASHG’ULOT № 7:ELEKTR O’LCHASHLAR

Elektr qurilmalari (generator, transformatorlar, energiya iste’molchilari va energiyani uzgartiruvchi boshqa qurilmalar) normal ishlashi uchun aniq texnik talablar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bunday talablarni tekshirish elektr o’lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insoning sezgi a’zolari elektr kattaliklari (tok , kuchlanish, chastota, kuvvat, energiya va boshqalar)ni bevosita kuzata olmaydi. Elektr o’lchash asboblari yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega bo’lishi hamda ishonchli va oddiy bo’lganliklari tufayli aksariyat fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yorug’lik, tezlik va boshqalar) elektr o’lchash asboblari yordamida o’lchanadi. Bunda noelektrik kattaliklar unga proporsional bo’lgan kattaliklarga o’zgartiriladi.

Elektr o’lchashlar usuli elektr va elektr bo’lmagan kattaliklarni o’zoq masofalardan o’lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o’lchashlar chuqur burg’ulanadigan quduqlarda, kon shaxtalarida, Yerning sun’iy yo’ldoshlarida va boshqa sohalarda keng qullaniladi.

Elektr o’lchashlar zamonaviy mashina va mexanizmlarni avtomatik boshqarishning asosiy bo’g’ini bulib hisoblanadi.



Fizik kattalikni o’lchash-o’lchanayotgan kattaliklarni shartli ravishda o’lchov birligi sifatida qabul qilingan xuddi shunday jinsdagi kattalik bilan taqqoslash demakdir. Shuning uchun ham berilgan kattaliklarni uning o’lchov birligi deb qabul qilingan qiymati bilan solishtirish jarayoniga o’lchashdeb ataladi.

Berilgan o’lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi o’lchov deb ataladi. O’lchovlar o’zgarmas va o’zgaruvchan qiymatli qilib tayyorlanadi. Qarshiligi 0,1 Om bo’lgan g’altak o’zgarmas qiymatli o’lchovdir. Har xil sig’imni olishga imkon beradigan o’zgaruvchan sig’imli kondensator esa o’zgaruvchan qiymatli o’lchov hisoblanadi.

O’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi yoki o’lchov bilan taqqoslash uchun mo’ljallangan moslama o’lchash asbobi deb ataladi.

O’lchash asboblarini tekshirish va darajalash uchun mo’ljallangan asboblar namuna asboblari deb ataladi.

Fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o’lchovlari etalonlar deb ataladi.

O’lchov birligi-o’lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va o’lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma’lum bo’lgan o’lchash holatidir.

O’lchash aniqligi- o’lchash kattaligining haqiqiy qiymatlariga o’lchash natijalarini yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifatidir.

Fizik kattaliklarni elektr o’lchash vositalari yordamida o’lchash elektr o’lchash deyiladi va u hozirgi vaqtda elektr va noelektr kattaliklarni o’lchashda keng foydalaniladi. Buning boisi shuki, bu usul qo’llanganda elektr o’lchashlarni masofadan turib, yuksak aniqlik va o’ta sezgirlik bilan amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Noelektr kattaliklarni nazorat qilish yoki o’lchash uchun ular o’lchash o’tkazgichlari yordamida elektr kattaliklariga aylantirib, elektr o’lchash asboblari bilan o’lchanadi.
Elektr o’lchash asboblarining tasnifi

Elektr miqdorlarini o’lchash uchun belgilangan asboblar elektr o’lchash asboblari (EO’A) deb ataladi. Hozirgi vaqtda EO’A larining turlari nihoyatda ko’p, binobarin, ularga qo’yiladigan talablar, ishlatish sharoiti, tuzilishi va boshqa ko’rsatkichlari xilma-xil bo’lganligi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash ( klassifikasiyalash) mumkin:

1. O’lchanadigan miqdorlarni o’lchash usuliga qarab, EO’A lari bevosita baholaydigan (ko’rsatadigan) va solishtirib o’lchaydigan asboblarga bo’linadi.

Oldindan darajalab qo’yilgan va o’lchanadigan miqdorni bevosita asbobning darajasi bo’yicha hisoblashga imkon beruvchi EO’A bevosita baholaydigan (ko’rsatadigan) asbob (ampermetr, voltmetr, vattmetr, fazometr, chastotametr va hokazo) deb ataladi.

O’lchanayotgan miqdor qiymatini uning o’lchovi bilan solishtirish natijasida olinadigan EO’A solishtirib o’lchaydigan asbob (o’lchash ko’prigi, potensiometr va kompensator va hok.) deb ataladi.

2. EO’Alari ma’lumotlarini ko’rsatishlariga qarab, bevosita ko’rsatadigan (analogli), raqamli, qayd qiluvchi, o’zi yozuvchi, bosmalovchi, integrallovchi va jamlovchi kabi turlarga bo’linadi.



Bevosita ko’rsatadigan (analogli) EO’A o’lchash kattaliklari (miqdorlari) o’zgarishini uzluksiz funksiya bilan aks ettiradi.

Raqamli EO’A o’lchash axborotini avtomatik ravishda uzuq-uzuq (uzlukli-diskret) ishoraga aylantiriladi.

Ko’rsatuvchi EO’A o’lchash natijasini uning ko’rsatishidan hisoblab olish uchun xizmat qiladi.

Qayd qiluvchi EO’A o’lchash kattaligin qayd qilish imkoniga ega.

O’zi yozar EO’A. Ko’rsatishini diagramma kurinishida yoza oladigan qayd qiluvchi asbob o’ziyozar EO’A deb ataladi.

Integrallovchi EO’A berilgan kattalikni vaqt yoki mustaqil o’zgaruvchi ko’rsatkich bo’yicha integrallash xususiyatiga ega. Masalan: elektr energiya hisoblagichi.

Jamlovchi EO’A ko’rsatishini unga har xil yo’llar (kanallar) orqali berilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning funksional yig’indisiga bog’liq holda ishlatiladi. Bunga bir necha generator quvvati yig’indisini o’lchash uchun muljallangan asbob vattmetr misol bo’ladi.

3. EO’A lari ishlatilishiga qarab elektr, mexanik, issiqlik, kimyoviy, biologik va boshqa noelektr miqdor (kattalik) larni o’lchaydigan asboblarga bo’linadi.

4. EO’A ishlatilish xususiyatiga ko’ra ko’chma va ko’chirib yurilmaydigan (stasionar) asboblarga bo’linadi.

X U L O S A: Elektr o’lchashlar-o’lchash, usul va vositalarining birligini va talab qilingan aniqlikka erishish yo’llarini ta’minlaydigan fan ekan.

Asbobning aniqlik sinfi va elektr o’lchovlari xatosini baholash

Agar asbob hujjatida ko’rsatilgan qoidaga asosan ishlatilsa, uning aniqligi ko’rsatilgan sinfga mos keladi. O’lchashdagi absolyut xatoligini sinfidan foydalanib aniqlanadi .



O’lchash asbobining aniqligi uning xatoligi nolga qanchalik yaqinligini bildiruvchi ko’rsatkichdir. Strelkali o’lchash asboblarining aniqligi keltirilgan xatolikbilan baholanadi:

Aniqlik sinfi deb asbobning maksimal ko’rsatishiga nisbatan olingan eng katta yo’l quyiladigan xatolikka aytiladi.

(10.1)

bu erda A-aniqlik darajasi (xatoligi) maksimal absolyut xatoligi.



Amax- asbobning o’lchov chegarasi.

Ao’-o’lchangan miqdor;

Ah-o’lchanadigan miqdorning haqiqiy qiymati,

Aniqlik xossasiga qarab asbobning o’lchashlaridagi absolyut xatoligini topish mumkin. Absolyut xatolik asbobning butun shkalasi bo’yicha bir xil deb hisoblanadi. (10.1) tenglikga asosan absolyut xatolik



(10.2)

bo’ladi .



Nisbiy xatolik

a) 0,5 C dan



yoki (10.3)

Ax-o’lchanayyotgan kattalik (10.1) ga asosan (10.2) ni qo’yidagicha yozish mumkin:

yoki (10.4)

b) agar 0,5 A bo’lsa nisbiy xatolik





Ax – qancha kichik bo’lsa, nisbiy xatolik shuncha katta bo’ladi. Biror kattalikni o’lchashda ikkinchi yarim shkaladan foydalanilsa xatolik kam bo’ladi. O’lchashlarda asbobning maksimal ko’rsatishini taxminan 70–80% ni tashkil etadigan kattaliklarni o’lchash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuning uchun amalda ko’p chegarali asboblardan foydalaniladi.Bunday asboblar ishlatilganda asbobning o’lchash chegarasi o’lchanayotgan kattalikka yaqin holatda qo’yiladi.

Elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan umumiy texnik talablar

O’lchash xatoligi asbobdagi kamchiliklar (ishqalanish, qo’zg’aluvchan qismlarning muvozanatlanmaganligi, shkalaning noto’g’ri o’rnatilishi va h.k.) hamda tashqi ta’sirlardan kelib chiqadi.

Normal ish sharoitlarida aniqlangan keltirilgan xatolik asbobning asosiy xatoligideb ataladi. Asosiy xatolik bo’yicha bevosita baholaydigan asboblar Davlat standarti bo’yicha 8 ta aniqlik sinfiga ajratiladi. Bular 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Ular o’lchash asboblarining shkalalarida ko’rsatilgan bo’ladi. Aniqlik sinfini bildiruvchi raqam asosiy eng katta joiz keltirilgan xatolikni bildiradi. Masalan, asbobning aniqlik sinfi 0,2 bo’lganda = ±0,2% bo’ladi.



Qo’shimcha xatoliklar asbob ishlash sharoitlarining normal sharoitlar (muhitning temperaturasi, ishchining normal holati, o’zgaruvchan tokning kuchlanishi va chastotasi) dan chetga chiqishi oqibatida kelib chiqadi. Tashqi magnit va elektr maydonlarining mavjudligi ham o’lchashda qo’shimcha xatolikni vujudga keltiradi.

Ishlatish sharoitga qarab elektr o’lchash asboblari qo’yidagi turkumlarga bo’linadi: A (temperatura oralig’i 10 dan 35°S gacha; muhitning nisbiy namligi 80% gacha); B (-30 dan 40°S gacha; 90% gacha); B1 (-40 dan 50° S gacha; 95% gacha); B2 (-50 dan 60°S gacha; 95% gacha), B3(-50 dan 80 °S gacha; 98% gacha). Tropik iqlim sharoitida ishlatishga mo’ljallangan elektr o’lchash asboblarida «T» belgisi bo’ladi.

Asbobniig sezgirligi o’lchash asbobining chiqish qismidagi signal o’zgarishi (l) ning kirish qismidagi signal o’zgarishiga (x) ga nisbatidir;

(10.5)

Asbobning sezgirligi o’lchanayotgan miqdorlar birligiga mos keluvchi shkalaning bo’linmalar soni bilan aniqlanadi.

Download 188.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling