Amaliy mash’g’ulot topshirig’I sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun


Download 33.13 Kb.
Sana18.11.2021
Hajmi33.13 Kb.
#453121
Bog'liq
Amaliy mash'g'ulot topshirig'i sirtqi
Москва , Москва , 11, 1 nega qimmat, Kompyuter arxitekturasi, 1-Mavzu. Funksiyalarni Nyuton formulalari yordamida approksimats, 1-Mavzu. Funksiyalarni Nyuton formulalari yordamida approksimats, ozbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari, 1234, Mavzu. Rеlyatsion algebra va amallari-fayllar.org, Temur M ish, Тест Узб(1)-конвертирован, 2 5190506232489710437, 2 5233602041711958296

Amaliy mash’g’ulot topshirig’I sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun.

1. .Nuqta t1=15 s davomida v1=5 m/s, t2=10 s davomida v2 = 8 m/s va t3= 6 s davomida v3 = 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Nuqtaning shu yo’ldagi o‘rtacha tezligi aniqlansin.

2. Avtomobil uz yo’lining turtdan uch qismini v1 =60 km/soat tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa ig v2=80 km/soat tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning shu yo’ldagi o‘rtacha tezligi < v > qanday?

3. Jism yo’lning birinchi yarmida v1=2 m/s tezlik bilan, ikkinchisida v2=8 m/s tezlik bilan harakatlanadi. O‘rtacha tezlik aniqlansin

4. Jism yo’lning birinchi yarmini t1=2s davomida, ikkinchisini t2=8s davomida bosib o’tdi. Agar yo’lning uzunligi S = 20 m bo’lsa, o‘rtacha tezlik aniqlansin

5. Ikki nuqta bir joydan bir xil yunalishda tekis tezlanuvchan harakat kila boshladi, bunda ikkinchi nuqta uz harakatini birinchisidan 2s keyin boshladi. Birinchi nuqta V1 = 1 m/s boshlanrich tezlik va a1=2 m/s2 tezlanish bilan, ikkinchisi esa v2 = 10 m/s boshlangich tezlik va a2= 1 m/s2 tezla­nish bilan harakatlana boshlagan bo’lsa, qancha vaqtdan keyin va boshlanrich joydan qancha masofada ikkinchi nuqta birinchisiga etib oladi?

6.Tosh vo=20 m/s boshlanrich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. t=1 s dan keyin shunday boshlang’ich tezlik bilan boshqa tosh xam yuqoriga tik otilgan. Toshlar qanday h balandlikda to‘qnashishadi?

7.Koptokni vo = 5 m/s boshlanrich tezlik bilan balkondan yuqoriga tik otdilar. t=2 s dan keyin koptok erga tushdi. Balkonning erdan balandligi va koptokning erga urilish paytidagi tezligi aniqlansin.

8.Jism vo=10 m/s boshlanrich tezlik bilan balkondan yuqoriga tik otildi. Balkonning er satxidan balandligi h=12,5 m. Jismning otilish paytidan to erga tushish paytigacha harakat tenglamasi va o‘rtacha tezligi aniqlansin.

9.Silliq stol ustida massasi m = 4 kg bo’lgan taxtacha (brusok) turibdi. Taxtachaga chilvir bog’langan bo’lib, chilvirning ikkinchi uchida stol sirtiga parallel yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilgan. Taxtachaning tezlanishi a topilsin.

10.Stolda m1= 4 kg massali aravacha turibdi. Aravachaga ikkinchi uchi chig’ir orqali tashlangan chilvir bog’lab qo’yilgan. Agar chilvirning ikkinchi uchiga m2= 1 kg massali tosh osilsa, aravacha qanday a tezlanish bilan harakat qiladi?

11. Massalari m1 = l kg va m2=4 kg bo’lgan, chilvir bilan birlashtirilgan ikkita taxtacha stol ustida yotibdi. Agar ulardan biriga gorizontal yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilsa, tayoqchalar qanday a tezlanish bilan harakatlanadilar? Agar 10 N kuch birinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa, chilvirning taranglik kuchi T nimaga teng bo’ladi? Ikkinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa-chi? Ishqalanish xisobga olinmasin.

12. Kerosin solingan avtotsisterna a = 0,7 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. TSisternadagi kerosin satxi ufq . tekisligiga nisbatan qanday f burchak ostida joylashgan?

13. Bevosita parovozga tirkalgan suv saqlanadigan vagon (tender) dagi idishning uzunligi 1 = 4 m. Poyezd a = 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanganda idishning old va orqa qismlaridagi suv sathlarining farqi ∆l qanday bo’ladi?

14.1) suvning; 2) karbonat angidrid SO2 ning; 2) osh tuzi NaCl ning nisbiy molekulyar massasi MG aniqlansin.

15.Sulfat kislota H2SO4 ning molyar massasi M topilsin.

16.1) karbonat angidrid; 2) osh tuzi molekulalarining massasi m1 aniqlansin.

17.Sig’imi V=2 l bo’lgan idishda modda miqdori v= 0,2 mol bo’lgan kislorod bor. Gazning zichligi ρ aniqlansin.

18.Massasi m = 0,2 kg bo’lgan azotning modda miqdori ν va Molekulalar soni N aniqlansin.

19.Sig’imi V=3 l bo’lgan idishda massasi m=4 g bo’lgan kislorod bor. Gazning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.

20.Kislorod normal sharoitda sigimi V= 11,2 l bo’lgan idishni tuldirib turibdi. Gazning modda miqdori v va uning massasi m aniqlansin.



21.Agar zichligi ρ= 6,65-10~3 kg/m3 bo’lsa, sigimi V=3l °Ulgan idishni tuldirib turgan vodorodning modda miqdori v aniqlansin.

22. Sig’mi V=0,5 l bo’lgan kolbada normal sharoitdagi gaz bor. Kolbadagi gaz molekulalarining soni N aniqlansin.

23. Vakuumda bir-biridan r=1 m masofada bo’lgan ikkita Q1=Q2=1Kl nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi aniqlansin.


24.Xar birining massasi m = 0,1g dan bo’lgan ikkita sharcha uzunliklari l=20 sm dan bo’lgan iplar yordamida bir nuqtada osilgan. Sharchalar bir xil zaryadlangach, shunday ajralishdiki, iplar o’zaro a = 60° burchak xosil qilishdi. Xar bir sharchaning zaryadi topilsin

25. Kondensatorlar 1-rasmda ko’rsatilgandek qilib ulangan. Kondensatorlarning elektr sig’imlari ; ; ; .kondensatorlar batareyasining elektr sig’imi aniqlansin.


Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling