Amaliy matematika


Download 286.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi286.68 Kb.
#168036
Bog'liq
fan dasturi


 

 



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI 

 

 

“AMALIY MATEMATIKA” 



kafedrasi

 

 

 

Ro‘yxatga olindi: 

№ ________ 

“___” __________ 2020  yil 

“Tasdiqlayman” 

O‘quv ishlari prorektori_________ 

“___” __________ 2020  yil 

 

 

 

   

 

 

 



 

“MULTIMEDIYALI DASTURLASH” 

tanlov fanining 

O‘quv dasturi 

 

 



 

Bilim sohasi:   

100000 – Gumanitar soha 

Ta’lim sohasi:   

130000 – Matematika 

Ta’lim yo‘nalishi: 

5130200 - Amaliy matematika va informatika 

 

 



 

 

 



 

 

 



Qarshi - 2020 yil 

 

 

 



 

Ushbu  ”Multimediyali  dasturlash”  fani  o‘quv  dasturi  Qarshi  davlat  universitetida 

ishlab chiqildi 

 

 



 

Tuzuvchi:                                  Shoyqulov Sh.Q. 



 

 

Taqrizchilar: 



 

 

f-m.f.d Shukurov O.M. 



k.o‘qit. Eshboyev E.A. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Fan  o‘quv  dasturi  Qarshi  davlat  universiteti  o`quv-uslubiy  kengashida  ko’rib  chiqilgan  va 



tasdiqlangan (2020- yil “__” __________ dagi __ -sonli majlis bayonnoma). 

 

 



 

Kirish 

Ushbu  namunaviy  o'quv  dasturida  «Multimediyali  dasturlash»  faniga  tegishli 

bo'lgan  barcha  mavzular  bo'yicha  talabalarga  Davlat  ta'lim  standartlari  asosida 

yetkazilishi shart bo'lgan minimum bilimlar va ko'nikmalar to'la qamrab olingan. 

Multimediyali  dasturlash  -  ushbu  dasturning  muhim  prinsipial  ahamiyati 

shundaki,  zamonaviy  umumta'lim  fanlarining,  xususan  «Multimediyali  dasturlash» 

kursining  ko'p  jihatlarini  hisobga  oluvchi  elektron  darsliklar  yaratish  prinsipi, 

imkoniyatlari  yoki  multimediya  vositalari  yaratish  muhitlari  elektron  o’rgatuvchi 

vositalar yaratish va tarmoq orqali tarqatish imkoniyatini beradi. 

«Multimediyali  dasturlash»  fani  uchun  ishchi  dasturga  multimediya 

tushunchasi,  undan  foydalanish,  ma'lumot  olish,  jo'natish,  tarmoq  tushunchasi, 

tarmoqlardan  foydalanish  (bog'lanish)  va  elektron  darsliklar  yaratish  tavsiya  etiladi. 

Bu  fanning  oliy  o'quv  yurtlarida  fundamental  fan  sifatida  o'qitilishi  yosh 

mutaxassislarda  axborotlashtirish  madaniyatini  shakllantirish  va  dunyo  axborot 

resurslaridan boxabar bo'lishligini taqozo etadi. 

 

Fanning o'qitishdan maqsad va vazifalari 

Fanni  o'qitishning  maqsadi  —  dasturlash  va  multimediyali  interfeyslarni 

qurish texnologiyalari sohasida bilimga ega bo’lishdan iborat. Shuningdek, axborotni 

shakllantirish,  saqlash,  qayta  ishlash,  uzatish,  tarmoq  orqali  ma'lumot  uzatish  va 

qayta  ishlash,  kerakli  ma'lumotlarni  olish  prinsiplarini  o'rganish.  Zamonaviy 

informatsion  fikrlash  va  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish.  Elektron  darsliklar 

yaratishda  yosh  mutaxassislarda  axborotlashtirish  madaniyatini  shakllantirish  va 

muloqat qilish usullarini o'rgatishdan iborat. 

“Multimediyali dasturlash” fanini o'rganish yosh mutaxassislar informatsion va 

virtual muammolari modellarini qayta ishlash imkoniyatini beradi. Xususan, elektron 

modellarni  qayta  ishlash,  axborotlarni  prezentasiya  qilish,  yangi  taqdimot  vositasi 

qurush imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda, ushbu kurs gorizantal (umum ta'lim 

fanlari tabiiy  matematik blok) va vertikal (maxsus fanlar va bakalavriyat ta'limining 

maxsus  bloklari)  aloqani  ta'minlaydi.  «Multimediyali  dasturlash»  fani  lokal  va 

tarmoq  orqali  ma'lumotlarni  taqdim  etish  usullaridan  foydalanishni  o'rgatadi. 

Informatsion  jarayonlarni  tashkil  etuvchi  vositalar  va  usullar  majmui  -  informatsion 

texnologiyalaridir. 



Fanning asosiy vazifalari – Multimediyali dasturlash fanining mohiyati, asosiy 

tamoyillari,  vazifalari  va  yangi  dasturiy  ta'minotlar  va  Internet  tizimlari  vositasida 

ma’lumotlarni  foydalanuvchilarga  qiziqarli  tarzda  taqdim  etish  muhitini  yaratish. 

Bo'lajak  mutaxassislarda  elektron  darslik  va  qo’llanmalar  yaratish,  animatsiya 

vositasida uni jonlantirish, informatsion modellashtirish ko'nikmalarini shakllantirish 

kabi  masalalarni  o'rgatishdir.  Dasturlash  muhiitida  ishlash,  elektron  qo’llanmalar, 

masofadan  o'qitish,  elektron  tadbirkorlik.  Axborotni  dinamik  shakllantirish,  saqlash, 

qayta  ishlash,  uzatishning  asosiy  prinsiplarini  o'rganish.  Zamonaviy  informatsion 

fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Turli texnik bilimlarga oid masalalarni 

shaxsiy  kompyuter  yordamida  hal  etish  yo'llari  va  usullarini  o'rganish.  Bo'lajak 

mutaxassislarda  amaliy  masalalarni  va  ma'lumotlarni  izlash,  nusxa  olish  va  undan 

foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish. 

Talaba ushbu fanni o’rganish natijasida quyidagilarga ega bo’lishi:  


 



 

Dasturiy  tizimlarni  loyihalash,  dasturiy  ta’minotni  loyihalash  jarayonini 

tashkil etish masalalari haqida tushunchaga ega bo’lishi; 

 



Berilganlar  va  protseduralar,  dasturiy  ta’minot  tuzilmasini  loyihalash 

usullari, 

obyektga 

yo’naltirilgan 

dasturlash 

metodologiyasi, 

dasturlashning  uskunaviy  vositalari,  loyihani  quvvatlash  vositalari, 

dasturlarni  test  qilish  va  xatoliklarini  bartaraf  etish,  foydalanuvchi 

interfeysini  loyihalash,  ko’p  oynali  interfeyslarni  loyihalash,  grafik 

paketlar yordamida interfeysni loyihalash ni bilishi;  

  Viszual  dasturlash  muhitlari  multimediyali  dasturlarni  dasturlash, 



interfeys  elementlari  tasvirini  yaratish,  tovush  fayllarni  hamda 

videoroliklarni yozish va ishga tushirish, bajara olishi;   

  Shaxsiy  kompyuter,  vizual  dasturl  muhiti,  grafik  muharrir,  animatsiyon 



muharrirlarda ishlash ko’nikmasiga zarur.  

«Multimediyali  dasturlash»  fani  «Axborot  texnologiyalari»,  «Kompyuter 

tizimlari  va  tarmoqlari»,  «Axborot  xavfsizligi»,  «Web  dasturlash»,  “Оperatsion 

tizimlar”, “Kompyuter grafikasi” fanlari bilan o'zaro bog'liqlikda o'rganiladi. 

 

 


 

Asosiy qism 



 

1-mavzu. Multimediya tushunchasi. Multimediya vositalari (2 soat) 

Dasturiy  vositalarni  loyihalash  masalasi.  Dasturiy  ta’minot  (DT)  loyihalash  jarayonini 

tashkil  etish.  DT  loyihalashda  dekompazitsiya  va  mavhumlashtirishdan  foydalanish. 

Berilganlar  va  protseduralar.  DT  loyihalash  tuzilmasi  metodlari.  Multimediya 

tushunchasi.  Multimediyali  ilova  tarkibi.  Ilova  yaratish  bosqichlari. 

Elektron  darslik 

yaratishning  texnik  xususiyatlari.  Elektron  darslik-  zamonaviy  o’quv  adabiyoti. 

Elektron video- darsliklar

 

2-Mavzu. Multimedia tashkil etuvchilari. Matn va grafika, audio, video va 

animatsiya (4 soat) 

Rastrli  grafik  muharrirlarda  tasvir  yaratish  va  bоshqa  fоrmatlarga  kоnvеrtatsiya 

qilish. Vеktоrli grafik muharrirlarda tasvir yaratish va bоshqa fоrmatlarga kоnvеrtatsiya 

qilish. Tasvirlarning sifati va hajmini bоshqarish.  

Multimеdiya  оbyеktining  xususiyatlari,  mеtоdlari  va  hоdisalari.  Timer  оbyеkti. 

Tоvush  va  vidеоrоliklarni  ishga  tushirish.  Fоydalaniladigan  bеrilganlarning  fоrmati  va 

tiplari.  

FLASH  dasturi  intеrfеysi,  Tasvir  yaratish  elеmеntlari.  SWF  fоrmatli  rоliklar 

qurish.  Action  Script  muhitida  dasturlash.  Dasturlash  yordamida  vidеоrоliklar  yaratish. 

FLASH dasturida yaratilgan rоliklarni fоrmalarda jоylashtirish usullari.  



3-Mavzu. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tizimlari, interfeysi bilan tanishuv (4 

soat) 

Visual  Basic  (Delphi,  C++).  Obyektga  yo’naltirilgan  dasturlash.  Windows  OT. 

OT ning grafik obyektlari. Fayllar bilan ishlash. Ko’ptopshiriqlilik. Konsol uchun ilova. 

Ekranni tozalash. 

Visual  Basic  (Delphi,  C++)  loyihasi  tuzilishi.  Obyekt,  xususiyat,  metod,  hodisa, 

sinf  tushunchalari.  Obyektlar  shajarasi.  Tasvir  fayllarini  yuklash.  Saqlash.  Muloqot 

komponentalari.  Button  hodisalari.  Intеrfеys  elеmеntlarining  sinflari.  Amal  bajarish 

elеmеntlari. Intеrfеy elеmеntlarining hоlati. Intеrfеysga dinamika va hajm bеrish. Rang, 

fоn, ramka, uslub bеrish usullari 

4- Mavzu. Visual Basic muhitida formalar yordamida sodda dasturlar qurish (2 

soat) 

CHizish  mеtоdlari.  Knоpka.  Standart  knоpkaning  xususiyatlari,  mеtоdlari  va 

hоdisalari.  Knоpka  qurish,  Knоpkaga  hajim  bеrish.  Tasvirlarni  almashtirish.  Ixtiyoriy 

shakldagi knоpka qurish. 

Mеnyu.  Standart  mеnyuning  xususiyatlari,  mеtоdlari  hоdisalari.  Mеnyu 

turlari.Mеnyuga  hajm  bеrish.  Mеnyu  bandlarini  tanlash  mеxanizmi.  Fоydalanuvchi 

shajaraviy  mеnyusini  qurish.  MouseClick,  MouseDown,  MouseMove,  MouseUp 

hоdisalari. Kursоr. Kursоr ko`rinishini o`zgartirish. Piktоgramma qurish va bоg`lash. 



5- Mavzu. Visual dasturlash muhitida multimediali dasturlash (2 soat) 

Оyna tushunchasi. Ixtiyoriy shakldagi fоrma qurish. Fоrmalar o`rtasida o`tishni amalga 

оshirish.  Form  оbyеktining  hоdisalari.  Zastavka  fоrmasi  qurish.  Tasоdifiy  sоnlarni 

qurish.  Tasvir  animatsiyasi.  Tasvir  harakatini  tеzlashtirish  mеtоdlari.  Tоmоnlardan 

paydо bo`lish. "Vоrоta", "Zanavеs", "Mоzaika" effеkti. 

Matn  bilan  ishlash  оbеktlari,  uning  xususiyatlari,  mеtоdlari  va  hоdisalari.  Satr  bilan 

ishlash.  Matn  bo`laklarini  qidirish  va  almashtirish.  Katta  miqdоrdagi  tasvir  bilan 

ishlashda fayl nоmlarini shakllantirish. Jоriy katalоg haqida axbоrоt оlish. 



 

6- Mavzu. Vizual dasturlash muhitida multimediali loyiha qurish va o’rnatuvchi 



to’plam

 

yaratish (2 soat) 

Elеktrоn  darsliklar.  Elеktrоn  darsliklar  turlari  va  ularni  yaratish  vоsitalari.  Turli 

muhitlarda  yaratilgan  lоyilarni  bitta  lоyihaga  jamlash.  Ijrо  faylini  yaratish.  Lоyihani 

himоyalash va tarqatish. 

7- Mavzu. Camtasia Studio amaliy paketi. Test sinovlari tayyorlash paketlari (4 

soat) 

Camtasia  Studio,  KoolMoves  dasturlarida  personajlar  yaratish.  Ularni  multimediali 

ilovalar bilan integrallash. 

8- Mavzu. Animatsiyali personaj yaratish vositalari (2 soat) 

CrazyTalk  Animator  PRO  va  boshqa  personajlar  yaratish  dasturlarida  personajlar 

yaratish. Ularni multimediali ilovalar bilan integrallash. 

9- Mavzu. Automatik menyu qurish dasturlari (4 soat) 

Autoplay  Media  Studio.  Autoplay  menu  Builder.  Multimedia_Builder.  AutoRun 

Typhoon. Autoplay_Menu_Designer. 

 

Amaliy mashg`ulоtlar (26 sоat) 

1-mavzu. Adobe Photoshop dasturida matn va grafika elementlarini tayyorlash 

2- mavzu. CorelDraw dasturida matn va grafika elementlarini tayyorlash 

3-mavzu. Adobe Flash dasturida animatsiyani dasturlash 

4-mavzu. GIF animatsiya yaratish. Ekranni tasvirga olish (Capture)  

5-mavzu. ActionScript yordamida animatsiyalar qurish 

6-Mavzu. Visual dasturlash muhitida formalardan foydalanib loyihalar yaratish 

7-mavzu. Visual dasturlash muhitida ilova qurish 

8-mavzu. Vizual dasturlash (VB, VBA, Delphi, C++) muhitida multimediadan 

foydalanish 

9-mavzu. Vizual dasturlash (VB, VBA, Delphi, C++) muhitida multimediali loyiha 

uchun o’rnatuvchi to’plam yaratish 

10-mavzu. Elektron o’quv adabiyotlari tayyorlash vositalaridan foydalanish 

11-mavzu. Automatik menyu qurish va personajlar yaratish dasturlari 


 

Mustaqil ish 

Mustaqil  ishni  bajarishdan  asosiy  maqsad  —  professor-o'qituvchilarning 

bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz 

o'rganishini  tashkil  etish,  olingan  bilim,  ko'nikmalarini  chuqur  o'rganib 

mustahkamlash,  kelgusidagi  darslarga  tayyorgarlik  ko'rish,  aqliy 

mehnat 

madaniyatini,  yangi  bilimlarni  mustaqil  ravishda  izlab  topish  va  qabul  qilishini 



shakllantirishdan iborat.  

Talaba  mustaqil  ishini  tashkil  etishda  «Multimediyali  dasturlash»  fanining 

xususiyatlarini,  shuningdek,  har  bir  talabaning  akademik  o'zlashtirish  darajasi  va 

qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:  

1.  Ma’ruza  va  amaliy  mashg’ulotlar  materiallarini  qayta  ishlash.  Mustaqil  ish 

natijalari referat ko’rinishida topshiriladi. 

2. Multimediali ilova yaratish. 

 

Dasturning informatsion - uslubiy ta‘minoti 

Махсус ахборот- дастурий таъминот —MS Word 2016, Adobe Photoshop , 

Adobe  Flash,  Visual  Basic  (Delphi,  C++),  Install  Shield,  Swish,  GIF  Animator, 

браузер дастурий воситалари. 

 


 

Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar 

1.  P.  Lomax.  VB  &  VBA  in  Nutshell.  O’quv  qo’llanma  Sebastopol.:  “O`Reilly”, 

1998. 


2.  Крейг  Дж.  К.  и  Уэбб  Дж.  Microsoft  Visual  Basic  6.0.  Мастерская 

разработчика/Пер.  с  англ.  —  5-е  изд.  —  М.:  Издательско-торговый  дом 

«Русская Редакция», 2001. — 720 с.: ил. 

3. Легейда В. В. Photoshop CS2. Настоящий САМОУЧИТЕЛЬ. - К.: ВЕК+, СПб.: 

КОРОНА принт, К.: НТИ, 2006. - 528 с. 

4. Delphi. Готовые алгоритмы / Род Стивенс; Пер. с англ. Мерещука II. А. - 2-е 

изд., стер. - М.: ДМК Пресс ; СПб.: Питер, 2004. - 384 с.: ил. 

5.  Пестряков  В.  М.,  Маслобоев  А.  И.  Delphi  на  примерах.  —  СПб.:  БХВ-

Петербург. 2005. — 496 с.: ил. 

6. Андреас Шменк, Арно Вэтьен, Райнер Кёте.  Мультимедиа и виртуальные 

миры. Tessloff Verlag, Niirnberg/ Слово/Slovo. Перевод на русский язык, 1997 

 

Qo’shimcha adabiyotlar 

7. А.В.Ахо, В.Д.Хопкрофт, Д.Д.Ульман. Структуры данных и алгоритмы. 

8. Д.Э.Кнут. Искусство программирования. Том1, том2, том3. 

9. Чанг Т. К., Кларк Ш. va b. Популярные web-приложения на FLASH MX. Пер. 

с англ. - М.: КУДИЦ-ОБРАЗ, 2003 - 272 с. 

10. Уильям R Станек. Командная строка Microsoft Windows. Справочник 

администратора.: Пер. с англ. - М.: Издательско-торговый дом «Русская 

Редакция», 2004. — 480 с.: ил. 

11. Кравченко В. Программирование. «Компьютерное моделирование движения 

тел». Учебно – г. Кунгур 2005 . 

 

Elektron ta’lim resurslari 

1.  www.pedagog.uz -  Pedagogika oliy ta’lim muassasalari portal 

2.  www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim portali  

3.  www.edu.uz – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portali  

4.  http://www.edu-navigator.ru  

5.  http://www.codenet.ru/progr/vbasic/first.php 

6.  http://vb.hut.ru/vbnovice/lessons.htm 

7.  http://vbzero.narod.ru/loading.htm 

8.  http://vbzero.narod.ru/site.htm 

9.  http://vbzero.narod.ru/project.htm 

10. http://www.tam.ru/guide/ 

11. http://www.codenet.ru/progr/vbasic/menu/vbhelp_01.php 

12. http://ru.wikipedia.org/wiki/Visual_Basic 

13. 

http://www.mediahouse.ru/on_line_games.html?sel=shaluniska#play  –  Флеш-игры  на 



сайте компании «МедиаХауз». 

14. 


http://www.history.ru  –  сайт  мультимедиа  издательства  ООО  Клио  Софт, 

специализирующегося на разработке и издании мультимедийных учебников истории. 



15. 

http://www.redgraphic.ru/portfolio/banners



 – Баннеры, разработанные в Red Graphic. 

 

Download 286.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling