Amaliy sanʼatda buyumlarga pardoz berishning usullari
Download 34.34 Kb.
|
15-26
Amaliy sanʼatda buyumlarga pardoz berishning usullari O'zbekistonda xalq amaliy-badiiy san'at o'zbek xalqi oVining butun tanxi davomida yarata olgan madaniyatning eng yaxshi tomonlaridan foydalanish asosida rivqjlanmoqda. O'zbekiston madaniyati tarixida xalqimizning amaliy-badiiy san'ati o'ziga xos alohidda o'ringa ega. O'tmishda islom dinining ta'ziqi ostida rassomchilik va haykaltaroshlik deyarli yo'q qilib yuborildi. Buning o'rnida badiiy naqshkorlik asosiy o'rin egallab, xalq san'atini bezakchilik yo'liga yo'naltirdi. Hunarmandlarning turli-tuman badiiy buyumlarida, me'morlarning ajoyib asarlarida xalqimizning ko'p qirrali badiiy iste'dodi namoyon bo'ldi. O'zbek xalqi o'z tarixida badiiy monumental va amaliy san'atning olamshumul, noyob asarlarini yaratdi. Bu asarlar hanuzga qadar o'zlarining yuksak badiiy uslubi. go'zalligi, shakllarining nafisligi yaratuvc hi laming nozik didli hamda teran fikrli san'atkor bo'lganliklaridan dalolat berib turibdi. Bu hayrotomuz manzaralarni, binolarning ichki va tashqi bezaklariga, nafis koshinlarida, bo'rtma ganch uylarda, tosh va yog'ochlarga o'yilgan serjilo naqshlarda, mtall va charmga solingan turli gullarda gilamlar, shohi-atlaslar, so'zanlarning jozibali ranglarida ko'rish mumkin. Amaliy-badiiy san'at badiiy jozibali estetik sifati hayotiy buyumlar tayyorlash madaniyati hisoblanib, bu buyumlar nafaqat ro'zhlorda, balki uylarni, arxitektura inshootlarini, bog' va xiyobonlarni bezatishda keng qo'llaniladi. Har turli uy anjomlari - kursi va xontaxtalar, idishu-tovoqlar, kiyim-kechaklar, gilamlar, so'zana va kashtalar, zargarlik buyumlari, o'yinchoqlar va boshqalar hammasi xalqimizning amaliy-badiiy san'atidir. Shuningdek, binolarning ichki va tashqi bezaklarida qo'llangan koshinkorlik, naqqoshlik, sangtaroshlik, yog'och o'ymakorligi namunalari ham shunnga kiradi. Amaliy-badiiy san'at buyumlarining tasviriy san'atning boshqa trlaridan farqi shundaki, ular o'ziga xos bo'lgan amaliy xususiyatlarini yo'qotmasdan turib, o'zlarining badiiy obraz mazmunlarini shu mnkstiyalarini bajarishda namoyon qiladilar. Amaliy xizmatdagi badiiy buyumlarning estetik sifati ularning bezagidagina emas, balki buyumlarning maqsadga muvofiqligi va badiiy ta'sirchanligidadir. Amaliy san'at o'zining kelib chiqish jihatidan eng qadimiy san'atlardan hisoblanadi. KULOLChlLI К SAN'ATI O'zbekiston hududida kulolchilik juda qadim zamonlarda ma\ tud bo'lgan san'at turlaridan hisoblanadi. Sirlangan va oddiy pishirilgan lo\ yoki sapol o'zbeklarning turmush larzida juda keng ishlatiladi. Turar banolar loydan Ьафо etiladi. Ro'zg'or buyumlarining barisi o'tmishda yasalgan bo'lgan. O'zbekistonning qadimiy shaharlari Afrosiyob, Varaxsho. Poykentda o'tkazilgan arxeologik qazilmalarda topilgan sopol idishlarning siniqlari shuni tasdiqlaydiki, o'tmishda ro'zg'or buyumlarining ko'pisi sopoldn tayyoiiangan. Bu erlarda juda ko'p miqdorda sopol buyumlari ishlab chiqariladigan raarkazlari bo'lgan va bu borada o'zbek xalqi boy an'analarga ega bo'lgan xalqdir Sopolsozlida charxning ixtiro qilinishi qadimgi davr ishlab chiqarishning katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Lekin insonning potenstial ehtiyojini qondirish bilan birga, kulolchilik buyumlari insonning estetik talablariga javob beradigan sohaga aylanadi. Inson ro'zg'or bumlarini chiroyli qilishga harakat qiladi. Shunday qilib sopol ishlab chiqarishi sopol san'ati darajsiga o'sib ketadi. Bu prostess er yuzida va jumladan O'zbekistonda juda qadim zamonlardan, neolit davridan boshlanadi. Bronza davrida ya'ni, eramizdan oldingi 2000 yillarda kulolchilikda koshin ranglari ixtiro qilindi. Bu haqida Buxoroning Qizil-qir vohasida hamda Farg'onaning Chust shaharlarida topilgan. Sopol buyumlari darak beradi. Qozon, lagan, tovoq va kosa idishlarining sathiga juda yaxshi ishlov berilgan. iUi erda och qizil rangning ustiga qora jigarrang uchburchak to'rsimon, kungura hamda dandona shakldagi bezaklar ustalik bilan bajarilan. Qadim zamon tadqiqotchilarining fikricha, bu bezaklar malum bir ma'noga ega. Juda ko'p badiiy asarlarni in'om etgan Antik davri kulolchilik sohasida qancha qat'iylik va talabchanlikni namoyish qilgan. Shunday buyumlardan biri O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix muzeyida saqlanadi \a u XX-asrning boshlanda Termiz shahridan topilgan. Qadimgi Grestiya idishlariga o'xshab ketadigan bu idishda bo'rtma tasvirlar bor. Ilk o'rta asrlar davrini ikki etapga bo'lish mumkin. Bu: V-VIII va IX-X asrlar. Birinchi davrning kulolchilik buyumlarida bo'rtma dekorativ bezaklar asosiy o'rin egallaydi. Ularni sopolsozlar buyumlar sirtida maxsus qoliblar bilan muhrlab chiqqanlar. Idishlarning shakli odam va hayvonlarga o'xshab ketadi. Bunday bahaybat jonvor va odamlar o'xshatilgan idishlar ko'p miqdorda Samarqand va Tayloq shaharlaridan topilgan. TURLI XALQLAR KASHTADOʻZLIGI.XALQ HUNARMANDCHILIK TURLARI VA ULARNING TASHKIL TOPISHI O‘zbekistonning barcha hududiarida xalq san‘atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq, san‘atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san‘ati, charmga bezak tushirish san‘ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud. Zangori-lojuvard, cho‘g‘dek qip-qizil sopol ko‘zalar, laganlar, yog‘ochdan o‘ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, miniatyuralar, marg‘ilonlik, xivalik va toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metalldek yarqirab, shaklan nafisligi hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va, ayniqsa, kandakori idishlar mehmon bo‘lib kelgan xorijiy davlatlar boshliqlariga tortiq qilingan, Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda. «Musavvir» xalq san‘ati ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Nigoriston» Respublika xalq san‘ati firmasi mutaxassislarining ko‘p yillik g‘ayrat-shijoati natijasida O‘zbekiston ko‘hna san‘atining o‘ttizdan ziyod turining siri qayta aniqdandi, mingdan ortiq iste‘dodli yoshlarga ushbu ko‘hna hunar o‘gatildi. Shoyi, paxta, tut po‘stlog‘idan qadimgi Samarqand shohi qog‘ozini tayyorlash, xilma-xil adras, olacha mato va shu kabi shoyi matolarni qo‘lda to‘qish, qog‘ozga, shoyiga, charmga miniatyura chizish, ip-gazlamaga gul bosish usuli qayta tiklandi. Unutilgan kandakorlik san‘ati, milliy zargarlik buyumlarini tayyorlash qayta rivojlantirildi. Tukuvchilikda, kulolchilikda, shisha hamda sirkorlik bilan bog‘liq sohalarda foydalaniladigan pishiq-puxta bo‘yoqlarni mahalliy resurslardan tayyorlash tex- nologiyasi xam aniqlandi. Amaliy bezak san‘atiga bag‘ishlangan ushbu va keyingi al‘bomlarda O‘zbekistondagi barcha asosiy milliy san‘at markazlari: G‘urumsaroy va Rishtonda, Qo‘qon va Andijonda, Samarqand va Shaxrisabzda, Denov va Urgutda, Xonqa va Nukusda, Buxoro va Toshkentda, Zomin va Baxmalda ishlab turgan xalq ustalarining asarlari haqida gap boradi. Mazkur markazlarning barchasida qadimgi ustalarning an‘analari avaylab saqlanmoqda va ijodiy rivojlantirilmoqda. Bu an‘analardan yangi vazifalarni hal qilish yo‘lida foydalanish O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati rivojlanishining muqarrar shartidir. Ushbu san‘atda ham xalq xarakterining nozik xususiyatlari, uning estetik qarashlari, dini, atrof-muhitga munosabati, iste‘dodi xuddi afsonalardagi, musiqa, she‘riyat va raqsdagi singari o‘z aksini topgan. Bu an‘analardan yangi vazifalarni hal qilish yo‘lida foydalanish O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati rivojlanishining muqarrar shartidir. Ushbu san‘atda ham xalq xarakterining nozik xususiyatlari, uning estetik qarashlari, dini, atrof-muhitga munosabati, iste‘dodi xuddi afsonalardagi, musiqa, she‘riyat va raqsdagi singari o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda amaliy san‘atning juda keng yoyilgan turi kulolchilik san‘atidir. Bu san‘at ildizi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologlar tomonidan respublika hududida topilgan sopol buyumlar qadimgi ustalarning dahosidan hamda shaklning sermazmun va lo‘ndaligidan dalolat beradi. Bular — sopol laganlar, likopcha va piyola, kosalar, ko‘zalar, xumchalar, shaklan xilma-xil idishlar va boshqalar. Aholi va mehmonlarda ularga ehtiyoj avval ham katta bo‘lgan, hozir ham katta. Bu buyumlar shaklan go‘zal, naqshinkor, bir me‘yorda rang berib, yuksak iste‘dod va did bilan yasalgan hamda san‘at darajasiga etkazilgan. ZARDOʻZLIK SANʼATI TARIXI, RIVOJLANISHI. ZARDOʻZ USTALARI VA ZARDOʻZLIK MAKTABLARI Zardo’z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi. Axta, ulgi, nusha - naqsh yoki rasmni oozga chiziqb, chiziq yo’llari igna bilan teshqilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo’yin aychi yordamida kesib olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. hozirda kartondan foydalanqiladi. Kartonni yuziga sari bo’z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi. Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish ulay hamda sifatli bo’ladi. Gullar kesilib, chambarak tayyor bo’lgach, ya’ni unga bo’zdan ilingan kerish tortiladi. Kerish ustiga tikiladigan buyum gazlamasiga adab chiqiladi. Gazlama ustidan uyqilgan gul bichilari surqilib ketmasligi uchun ular yirik avilar bilan chatib o’yqiladi. Odatda ta’vor ish batamom nioyasiga etgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo’z ikkita angishvona yordamida tikib ammamizga ayonki, zardo’zlik ikki o’l bilan tikqilib, ignasi kalta va nozik bo’lishi lozim. Tilla rangli zarni izil, sari iplar bilan, kumush zar ip bilan tikiladi. Zar ipni to’rt qavat qilib patilaga ya’ni zar ip o’raydigan cho’pga o’raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi. Zardo’zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin toftado’ziy yoki simdo’ziy zar ip bilan gulning ismlari tikiladi. Bu iplarni berishimdo’ziy, ipak, sun’iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi. Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan muncholar, metall po’lakcha, bo’rtma naqshlar tikiladi. Shu tariqa gullarning barchasi tikilib bo’lgach, irolarini pishiina yigirqilgan zarrin ip tarir bilan nozik yo’l qilib, qator alachalar yordamida aylantirqilib chiqiladi. Gullarning girdini aylantirish bilan baravariga tikilmay olgan joylarni ham margula, tagalak (jingalak, spiralsimon jingalak nusha gullar bilan to’ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim - kechaklari, uy-ro’zor buyumlari zardo’zlik ishi tugashi bilan korcho’pdan birato’la olinadi. Ko’ylak kashtalari, poyafzal, do’ppilar, peshonaband, ro’mollar va bosha buyumlar qalinroq bo’lishi uchun teskari tomonidan elimda bir necha qavat gazlama yoki oz o’yib elimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi. Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida zardo’zlik bilan shugullanib kelgan. Bu san’at hunarmandchilikdan to san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy madaniy meros bo’lib etib kelgan. Uni avaylab asrash, yanada sayqallash, qayta tiklash, takomillashtirish va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi. Zardo’zlik san’ati tarixi va amaliy jihatlarini o’rganish bo’yicha ko’plab san’atshunos olimlar va mutaxassislar shugullanganlar. Jumladan, P.A.Goncharova, S.Bulatov, M.Akromxo’jaeva, R.Akromxo’jaeva G.Pugachenko, L.Rempel, N.Sodiqovalarning zardo’zlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur izlanishlarda zardo’zlik san’ati tarixi, o’zbek zardo’zligi maktablari va ularning namoyandalari, zardo’zlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari, zardo’zlik asboblari, ulardan foydalanish usullari va tikish usullari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Malakaviy bitiruv ishning nazariy qismi kirish, iqqita bob, xulosa, ilova va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Zardo’zlik san’atining tarixiy rivojlanishi. Zardo’zlik san’ati o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning Vatani hisoblanadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o’sha erda kashf etishgan. Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach, zar, ipak yoki jun ip qo’shib tiqilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Zardo’zlik san’atining an’analari Vizantiyada ham rivoj topib, zardo’zi kiyim-kechaklar faqat imperator a’yonlari va aslzodalarigagina mansub bo’lgan. Sosoniylar davrida Eron podshohining saroyida ham zardo’zlik san’ati rivoj topgan deyishga asos bor, chunki bu mamlakat Vizantiya bilan muntazam madaniy va siyosiy hamkorlik qilgan. Hhozirgi Eronda XV—XVII asrlardagi zardo’zlik namunalaridan anchagina yodgorlik saqlanib qolganligi badiiy an’analar uzoq yillar davomida rivojlanganligidan dalolat beradi. GILAM TOʻQISH SAN'TI TARIXI VA USLUBLARI Qoʻy junidan, asosan, gilam toʻqilgan. Oʻrta Osiyoda XIX asrning oʻrtalariga qadargilamdoʻzlik uy hunarmandchiligiga kirgan. Sohaning asosiy homashyo manbaasi dehqonchilik va chorvachilikdan olingan paxta va jundir. Ayniqsa, oq rangli jun gilamdoʻzlar tomonidan nihoyatda qadrlangan. Gilam toʻqishda Sherobod togʻ qishloqlari aholisi shugʻullangan. Gilamlar toʻqilishi, gulning joylashishi bilan bir-biridan farqlangan va oʻziga xos ramziy maʼnoga ega boʻlgan. Masalan, olacha gilamning „qulf-kalit“ ramzi tushirilgan turli honadon eshigi doʻstiga ochiq, dushmanga yopiqligini bildirsa, „quroqgul“ turi esa, ikki yosh bir-biri bilan qoʻsha-qarisin degan maʼnoni bildiradi.Surhon vohasi taqir gilamlari bilan mashhur. Bu gilamlar xalqning diniy tasavvurlari va eʼtiqodlarini oʻzida aks ettiruvchi xandasaviy, islimi, zoomorf va antropomorf naqshlar bilan bezatilgan. Taqir gilam paxta ipidan toʻqilgan. Dastlab uning turli ranglardan iborat boshlanish qismi toʻqilgan va u „suv yoʻli“ deb atalgan. Suv yoʻli qismida 3-4 qanat oq va qora iplardan oʻrilgan „qosh uyurma“, deb atalgan bezak ham solingan. Gilamning eng muhim detallaridan biri — „chetki qora“, Yaʼni gilamning chekkalari qalinligi 4-5 sm li jiyak bilan hoshiyalashgan. Unga echki junidan yigirilgan ip ishlatilgan. Toʻqish jarayonida gilamning asosini tashkil etuvchi iolardan qilinga tugunchalar oʻng yoki chapga toʻliq bir marta oʻtqizilganda oraliq asbobi oldinga yoki orqaga suriladi. Tugunchalar, agar astarli iplar boʻylama boʻlsa oʻtkazilmaydi. Gilam toʻqilishi qolip oxiriga 1-1,5 metr qolganda qirqiladi. Sababi astarlik iplari oxirlangan sayin tortishib taranglashadi, uzilib ketish holati kuzatiladi.kesilgandan soʻng gilamning ikki yoniga astarlardan qolgan qismidan bezak berilgan. Astarlik iplari uch toʻrt dona ipdan iborat tugunchalar qilingan, bu bilan iplarning boʻshab ketmasligi ham ta;minlangan. Taqir gilam toʻqish ancha qiyin jarayon, unga oʻrtacha 12–14 kg atrofida ip sarflanadi. Taqir gilam toʻqishda Surxon vohasida yashovchi turkmanlarning ersari urugʻI ancha mashhur boʻlgan. Qoʻy junidan yana oq, qora, koʻk va boshqa rangdagi junlardan taqiyamt tayyorlangan.jun tozalanib titiladi va sobov choʻp yordamida savalanadi, soʻng qozonga solinib, har xil rangda boʻyalib, kanor ustiga yotqiziladi. Keyin esa turli gullar chiqariladi, asosan, rombli, xochsimon naqsh bilan bezatiladi. Shundan soʻng, ustiga ozroqdn suv sepib, kanorning bir chetidan oʻrab buraladi. Oʻrab boʻlingach, bilak va tizza yordamida bosib, xariga tortib, urib pishitiladi, bunda asosan, yosh yigitlar ishtirok etadilar. Mazkur holat bir necha marta tkrorlangach, mahsulot tayyor holga keladi. Gilamchilik —gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va oʻzining sifatini yoʻqotmaydi. Hozirda sunʼiy tolalardan ham toʻqilmoqda. G. yer bagʻirlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) oʻrnatilgan dastgohlarda toʻqiladi. G. rivojlangan joylarda toʻquv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha toʻquvchi yonma-yon oʻtirib birdaniga toʻqiyveradigan keng oʻq (gʻaltak)li xillari yaratilgan. Gilamdoʻz usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosida toʻqiydi. Toʻqilish usuliga koʻra patli va patsiz gilam turlari farqlanadi. Qoʻlda gilam toʻqish Oʻrta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivojlangan. Qoʻlda gilam toʻqish nihoyatda sermashaqqat ish, toʻquvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni toʻqish ayniqsa murakkab. Qoʻlda toʻqilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan soʻng arqoq ipi oʻtkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-asr 30-yillaridan keyingina pat bogʻlaydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo boʻldi (jumladan Andijondagi "Mehnat guli" arteli). Sharq G.da ishlab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamoti, sifati (qalinligi, patining uzunqisqaligi), rang yechimi bilan bir-biridan farqlanadigan eron, turk, turkman va ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur. Gilamchilikning paydo boʻlgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz boʻlib, qad. gilamlar saqlanmagan. Eng qad. gilam mil. av. 6—5-asrlarga oid boʻlib, Togʻli Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda boʻlgani uchun yaxshi saqlangan. Olimlarning taxminiga koʻra, u Axomaniylar davri forslari yoki Oʻrta Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8x2 m; naqsh mujassamoti: handasiy shakllar nilufar gullar bilan bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, xoldor bugʻular, grifonlar tasviri bor). OʻZBEKISTON GILAMCHILIGI BUGUNGI KUNDA Gilamchilik Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar paytida mil. av. 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). G. bilan asosan ayollar shugʻullangan, naqsh (gul)lar (islimiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urugʻ tamgʻasi va boshqalar)ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yoʻlbars va tuya izlari, olma guli, uzum zangi, tuya boʻyni, qalqon, oʻsimliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamotining berkligi, markaziy maydonning naqshli hoshiya bilan oʻralganligi (yoʻl-yoʻl naqshlar bundan mustasno) Oʻrta Osiyo gilamlari uchun xos boʻlgan, naqshining aniqligi, goʻzal boʻlishi va ranglarining uygʻunligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang kizil rang va uning 2-3 tuyey boʻlib, koʻk, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali boʻlgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi bilan ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli koʻrinishlarda boʻyalishi bilan rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan. Gilamchilik —gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va oʻzining sifatini yoʻqotmaydi. Hozirda sunʼiy tolalardan ham toʻqilmoqda. G. yer bagʻirlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) oʻrnatilgan dastgohlarda toʻqiladi. G. rivojlangan joylarda toʻquv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha toʻquvchi yonma-yon oʻtirib birdaniga toʻqiyveradigan keng oʻq (gʻaltak)li xillari yaratilgan. Gilamdoʻz usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosida toʻqiydi. Toʻqilish usuliga koʻra patli va patsiz gilam turlari farqlanadi. Qoʻlda gilam toʻqish Oʻrta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivojlangan. Qoʻlda gilam toʻqish nihoyatda sermashaqqat ish, toʻquvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni toʻqish ayniqsa murakkab. Qoʻlda toʻqilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan soʻng arqoq ipi oʻtkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-asr 30-yillaridan keyingina pat bogʻlaydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo boʻldi (jumladan Andijondagi "Mehnat guli" arteli). Sharq G.da ishlab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamoti, sifati (qalinligi, patining uzunqisqaligi), rang yechimi bilan bir-biridan farqlanadigan eron, turk, turkman va ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur. Gilamchilikning paydo boʻlgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz boʻlib, qad. gilamlar saqlanmagan. Eng qad. gilam mil. av. 6—5-asrlarga oid boʻlib, Togʻli Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda boʻlgani uchun yaxshi saqlangan. Olimlarning taxminiga koʻra, u Axomaniylar davri forslari yoki Oʻrta Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8x2 m; naqsh mujassamoti: handasiy shakllar nilufar gullar bilan bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, xoldor bugʻular, grifonlar tasviri bor). Qad. va ilk oʻrta asrlar G.ga oid maʼlumotlar yozma manbalarda saklangan. Saljuqiylar davrida gilamlar ("koʻnya", topilgan joy nomidan) koʻplab tayyorlangan va Misr, Hindiston, Xitoyga chiqarilgan. Oʻrta asrlarda Gilamchilik uch yoʻnalishda — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvador qabilalarda, oʻtroq (qishloq yoki shahar) aholi orasida, saroy ustaxonalarida rivojlangan. Tadqiqotchilar Eron, kavkazy, Oʻrta Osiyo gilamlarini alohida koʻrsatib oʻtganlar. 16-asrdan saroy (eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar ("Turunj", "Shoh Abbos", "Bogʻ", "Ov" va boshqalar) amaliy sanʼatning nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari — musavvirlarning chizgilari asosida toʻqilgan. G. Turkiya, Boburiylar davrida Hindistonda ("Moʻgʻul", "Agra" va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi. 18—19-asrlarda G. Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markazlari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, Naxichevan boʻlgan Zakavkazye gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati b-n, Turkmaniston gilamlari ("Salor", "Sariq", "Taka yovmut", "Bashir" va boshqalar) qizil rangining teranligi, handasiy gullari va oʻta pishiqligi bilan ajralib turadi. Gʻarbiy Yevropa G.da 16-asrdan flamand, fransuz, nemis shpalerlari alohida oʻrin tutgan. 17—18-asrlardan patli gilamlar (1624-yilda Parijda asos solingan Savoneri manufakturasida) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispaniyada ham patli gilamlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 19-asrdan gilamlar fabrikalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-asr oʻrtalaridan badiiy hunarmandlikda G.ni qayta tiklashga urinishlar samarali boʻldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari bilan bir katorda patsiz gilamlar ham tayyorlana boshladi. DOʻPPICHILIK SAN'ATI O‘zbekistonda do‘ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‘ppini faqat ayrim holatlarda: oilaviy tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‘rish mumkin. Ammo bundan bir necha o‘n yillar oldin do‘ppi O‘rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi bo‘lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada do‘ppilar o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm-Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo do‘ppilaridir. Shuningdek, do‘ppilar bayrambop, diniy va kundalik bo‘ladi. Ushbu milliy bosh kiyimi yumshoq yoki qattiq matodan tikilib, kashta yoki munchoqlar bilan bezatiladi, unga yumaloq yoki kvadrat shakl beriladi.Biroq, bugungi kunda har kim ham do‘ppi naqshida yashiringan ma’nolar haqida o‘ylamaydi. Axir har bitta bukilish, rasm, chiziq o‘zining chuqur ma’nosi va siriga ega. Hozirgacha xalq orasida do‘ppilar haqidagi afsonalar va rivoyatlar saqlab kelinadi.Uzbek skullcapRivoyatlarga ko‘ra, erkaklar do‘ppisining yuqori qismidagi to‘rtta gul odamning sog‘lig‘ini to'rt tomondan himoya qiladi, do‘ppi chetidagi o‘n oltita gul esa katta va ahil oila bo‘lish (o‘n oltita farzand ko‘rish) tilagini bildiradi. Ushbu do‘ppilar odmi, kamtar va shu bilan birga juda bezakli ko‘rinishga ega. Ular to‘rtta qalampir boshchalari ko‘rinishidagi oq naqshning qora fon bilan keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong‘i fonga oq ipak bilan tikilgan gullar inson qalbi va yuragi pokligining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. skullcapAyollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar, mevalar va qushlardan foydalaniladi. Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand ayollarning go‘zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini hunarmandchilikdan eng yuqori san’at darajasigacha ko‘taradi.Shunday qilib, o‘zbek do‘ppisi bezagining barcha elementlari — rangi, chiziqlari, rasmlari muhim ma’no yuklamasiga ega bo‘lib, ko‘pincha hayot va o‘lim, yorug‘lik va qorong‘ulik, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik kabi umumiy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek do‘ppilari haqli ravishda butun dunyoda talabga ega. Chet ellik sayyohlar bunday bosh kiyimlarini g‘ayrioddiy yodgorlik sifatida sotib olishadi, aksariyat insonlar hatto ular bilan o‘z uylarini bezashadi. Shaxsiy foydalanish uchun esa do‘ppini istalgan bozorda va sayyohlik markazlaridagi maxsus sovg‘alar do‘konlarida xarid qilish mumkin. Download 34.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling