Amaliy san’atda naqqoshlikning ishlatilish sohalari va turli XIL amaliy san’at


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1768752
Bog'liq
MUSTAQIL ISH NAQQOSHLIK



MUSTAQIL ISH
Amaliy san’atda naqqoshlikning ishlatilish sohalari va turli xil amaliy san’at
asarlarga naqsh bajarish uslublaridagi farqlari


Mavzu: Amaliy san’atda naqqoshlikning ishlatilish sohalari va turli xil
amaliy san’at asarlarga naqsh bajarish uslublaridagi farqlari
Reja:
1. O’rta Osiyoda dastlabki naqqoshlik san’ati
2. Naqqoshlik san’ati turlari
3. Ustoz va shogird an’analari
4 .Me’moriy obidalardagi amaliy san’at namunalari


O’rta Osiyo hududidagi me’moriy yodgorliklar, arxeologik
qazilmalar naqqoshlikning bu yerda qadimdan rivojlanganligini
ko’rsatadi. Ozbekistonning turli viloyatlaridagi me’moriy
yodgorliklar, idish, buyum, mehnat qurollaridagi naqshlarda
umumiylik ko’zga tashlansada, Buxoro, Xiva, Farg’ona, 
Toshkent va boshqa joylarda shu yerlarning o’ziga xos naqsh
uslublari vujudga kelgan. 20-asr o’rtalaridan naqqoshlik bezak
mujassamotlariga tasvirlar (me’moriy obidalar, kishilar portretlari
va boshqalar) ham kiritila boshlandi. Jumladan, kandakori
buyumlar bezagida me’moriy obidalar, chinni buyumlar bezagida
esa atoqli kishilarning portretlari va boshqa o’z ifodasini topdi.


Naqqosh usta qog’ozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh
taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islomiy kabi murakkab naqshlarda), 
taxta, andoza tayyorlaydi. Amaliy san’at ustalari 2 xil usulda bezak
yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan taxta, andoza yordamida hamda naqsh
(gul) to’g’ridan-to’g’ri bezash jarayonida ustalar tasavvurining mahsuli si-
fatida yaratiladi. naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar
chizib beradilar, bunday naqshlarni me’morlik, gilamchilik, kashtado’zlik, 
kandakorlik va boshqa turdagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish
mumkin.


Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, 
uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar o’tmishda
xalq ustalarining eng bilimdon, iste’dodli qismini tashkil
etgan, ular ustozlarda turli fanlardan ta’lim olgan, turli
(adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi
bilgan. Amaliy bezak san’ati turlari (kulollik, miskarlik, 
zargarlik, gilamchilik, kashtado’zlik, kandakorlik va
boshqalar) hamda me’morlikning taraqqiyoti
naqqoshlikning ham rivojini taqozo etdi.



20-asr 90-yillaridan naqqoshlik san’at ustalari ijodiy markaz va
uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda. "Usto""Musavvir", 
"Hunarmand" ustalari ijodi diqqatga sazovor. Naqqoshlik san’ati keng
taraqqiy etgan bo’lib, ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda
madaniy yodgorliklarning ta’mirida faol ishtirok etmoqda. Bevosita
ularning ishtirokida "Oqsaroy" qarorgohi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar
tarixi davlat muzeyi, "Turkiston" konsert zali, O’zbekiston
konservatoriyasi binolari bezalgan. Us t a naqqoshlardan M. To’rayev, 
A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, S. Shukurov va
boshqalar naqqoshlik san’ati rivojiga katta hissa qo’shdilar. Naqqoshlik
san’at buyumlari bilan ustalar xorij ko’rgazmalarida ham faol
qatnashadi.
Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. 
Hozirgi kunda ham shu usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, 
shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, badiiy markazlarda
naqqoshlik san’ati bo’yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi.
20-asr 90-yillaridan N. ustalari ijodiy markaz va uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda. "Us to""Musavvir", "Hunarmand" ustalari ijodi diqqatga sazovor. N. keng taraqqiy etgan boʻlib, ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda madaniy yodgorlik
Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. Hozirgi kunda ham shu usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, ba

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling