Amaliy topshiriqlar 4-Topshiriq. Iqtisodiyotni boshqarish boshqaruv ob’yekti va sub’yektdan iborat yaxlit tizimni tahlil qiling


Download 22.45 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi22.45 Kb.

2-mavzu: Menejmentning nazariy asoslari

Reja:

2.1. Boshqaruv va menejment.

2.2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi.

2.3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari.



2.4. Boshqaruv usullari.

Amaliy topshiriqlar
4-Topshiriq. Iqtisodiyotni boshqarish boshqaruv ob’yekti va sub’yektdan iborat yaxlit tizimni tahlil qiling.


5-Topshiriq: Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillarini qanday tushunasiz? Ularni tushuntirib bering.

1) Demokratiya:

* insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi;

* ozchilikning ko’pchilikka bo’ysinishi;

* barcha fuqarolarning teng xuquqliligi;

* davlat vajamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;

* davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning sailovchilar oldida hisobot berishi;

* tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarning saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi.

2) Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash:

* monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;

* sotsialistik musoboqadan erkin raqobatga;

* qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;

* davlat mulkidan mulkchilikning turli shakllariga tayangan iqtisodiyotga o’tish.

3) Yuksak ma’naviyat:

Mustaqillik tafakurini kengroq tushuntirish, ya’ni:

* O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish;

* o’zining va o’z xaqining, vatanning qadri qimmati, or-nomisini anglab, uni himoya qilish;

* yuksak g’oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og’ishida mehnat qilib, iste’dodi, bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir.

4) Milliy xavfsizlikni ta’minlash:

* respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish;

* turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlash.
6-Topshiriq: Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillarini ayting va qisqacha izoh yozing.

1) Byurokatlarcha markazlashuv – boshqarish obyektiga nisbatan bo’lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada buyriqlashgan.

2) Nomenkulatura – lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy ravishda oldindan ro’yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi;

3) O’z-o’ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’rish – aslida bu tizimning qonun-qoidalari, prinsiplari amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi.

4) Demokraatiyani tan olmaslik – demokratiyani tan olish degan so’z ular uchun hokimyatni yo’qotish bilan baravar.

5) Buyruqbozlik – boshqacha bo’lishi mumkin emas. Faqatgina shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topish mumkin.

6) Formalizm, rasmiyatchilik – bu qog’oz bozlikning “ota”si, to’rachilik muhitini yaratuvchi dahshatli tamoyildir.

7) Mahdudlik – ma’muriy bo’ruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga harakat qiladi.



8) Konservatizm – yangilikka nisbat ayovsiz tamoyil.
Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling