Amerika Qo’shma Shtatlari


Download 486 Kb.
Sana02.11.2019
Hajmi486 Kb.

Amerika Qo’shma Shtatlari

  • Bajardi: “Injeneriya” fakulteti
  • 5-16 guruh talabasi
  • Olimov Shohijahon

Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari

  • AQSH jahon urushi natijasida dunyoning qudratli davlatlariga aylandi. Xo’sh, qanday omillar bunga sabab bo’ldi? Ma’lumki AQSH birinchi jahon urushiga 1917-yilning aprel oyida kirib keldi.Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1918-yilning yozida ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol-yaroq va oziq-ovqat maxsulotlari sotdi.
  • AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914-yilda 2,3 mini, dollarni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1920-yilda 8 mlrd. dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. Dollardan ortiq bo'ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to'plandi. 1914—1920-yillar mobaynida AQSH milliy boyligi 2,5 baravar ortdi.
  • 1920-yiIga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to'g'ri keldi. Ayni paytda AQSH sanoatining turli tarmoqlari ham gurkirab rivojlandi. Masalan, dunyo bo'yicha avtomobilning 80 foizi, neftning 67 foizi AQSHda ishlab chiqarildi.
  • Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi.

Amerika jamiyatidagi muammolar

  • Yumsh AQSHni nihoytada boyildi. Biroq bu narsa Amerika jamiyatidagi ijtimoiy muammolarni butunlay hal etgani yo'q. Aksincha. bu ijtimoiy muammolar keskinlashib bordi. Chunonchi, 1918-yilning oxirida ishsizlar soni 3 mln dan ortiq kishini tashkil etdi. Urush yillarida kundalik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kamaydi. AQSH monopoliyalari to'plagan boylik yildan yilga o'sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o'smadi. Natijada ishchilar o'z haq-huquqlari uchun kurasha boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919-yilda 4 mln dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44—48 soatlik ish haflasinj talab qiidilar.
  • AQSH hukmron doiralari ishchilar harakatiga va ularning so'l tashki-lollari faoliyatiga mayjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi suiqasd deb qaradilar. Shu tufayli mamlakalda o'zgacha fikrlovchilarga qarshi eng shafqatsiz va mislsiz qatag'on avj oldirildi. Xususan, AQSH hukumati 1918-yilda «Da'vatkorUk to'g'risidagi hujjat»ni qabul qildi. Huijat mamlakatdagi mavjud tuzum to'g'risida bildiriladigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e'lon qildi. Sunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to'lardi, yoki 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi.

2 mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda- xususiy mulkdorlikni qoralovchi bar qanday da'vat man etildi.

  • 2 mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda- xususiy mulkdorlikni qoralovchi bar qanday da'vat man etildi.
  • 1920-yilda o'zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib, 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Ainerika Mehnat Federatsiyasi (AMF) faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg'in ostiga otindi. Jumladan, 1920-yilda kasaba uyushmalari harakatining faollari, italiyahk muhojirlar Sakko va Vansetti bankini talash va politsiyachini o'ldirishda ayblanib qamoqqa olindilar. Sud ularni o'lim jazosiga hukm qildi va 1927-yilda ular elcktr stulga o'tqazilib qatl etildi. Bu mudhish voqeaning atayin uyushtirilganligi faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoga tna'lum bo'ldi.
  • Shu tariqa AQSHda 20-yillarning 2-yarmida o'zgacha fikrlovchi va so'l tashkilotlar tugatildi. AMF 1923-yilda ishchi tashkilotlar “Baltimor-Ogayo” deb nomlangan rejani qabul qilishlariga erishdi. Unga ko'ra, mulkdorlar ishchilar maoshini oshirish majburiyatini oldilar. Amerika ishchilar harakatida ish tashlash 1926-yilda barham topdi.
  • Kasaba uyushmalari esa, o'z navbatida, korxona egalari bilan ketishib, ish tashlashlarga yo'l qo'ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini oldilar.

20-yillarda AQSHning Iqtisodiy ahvoli

  • 1922-yilning oxirida AQSH iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlandi. 1928-1929-yillarga kelib AQSH sanoati Buyuk Brilaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya sanoati birgalikda ishlab chiqargandan ko'p mahsulot ishlab chiqardi. Chetga sarmoya chiqarish 1929-yilda 4 baravar ortdi. 1919—1929-yillar davomida AQSHning chet davlatlarga bergan qarzi boshqa barcha rivojlangan davlatlar bergan qarzdan ko'p bo'ldi. Bu qarzlar evaziga AQSH 1922—1932-yillar davomida 9,2 mlrd. dollar foyda oldi. AQSH sudxo'r davlatga aylandi.
  • AQSHda iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo'llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va inodernizat-siyalash kabi usullarni keng tatbiq etish yo'li bilan amalga oshirildi. Buning natijasi o'laroq, birgina avtomobilsozlik sanoatida 1927-yilda 7 mln dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
  • Ishlab chiqarishning tinimsiz o'sishi orqali katla boylik yaratilishi rejalashtirildi va bu boylikning bir qismi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Shu tariqa, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hai etishning Yevropa yo'lidan farq qiluvchi Amerika yo'li vujudga keldi.

Yevropa yo'li — ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo'li bilan hal etish yo'li. Amerika yo'li esa tadbirkorlik faoliyatmi yanada o'stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va bu boylikning bir qismini ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflash yo'li edi. Bu hodisa tarixda «yangi ijtimoiy falsafa*, deb nom olgan.

  • Yevropa yo'li — ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo'li bilan hal etish yo'li. Amerika yo'li esa tadbirkorlik faoliyatmi yanada o'stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va bu boylikning bir qismini ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflash yo'li edi. Bu hodisa tarixda «yangi ijtimoiy falsafa*, deb nom olgan.
  • AQSHda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma'lum darajada o'z ifodasini (opdi. 20-yillar oxirida avtomobillar soni 28 mln ni tashkil etdi. Bu — Amerika deyarli har bir oila avtomobilga egalik qilishi imkoniyatini qo'lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste'mol tovarlari ham ko'plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo'lga qo'yildi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada o'sishiga olib keldi. Mamlakat to'Ia teiefonlashtirildi.
  • Biroq bu aytilganlar Amerika jamiyatida muammolar tugatildi, degani emas edi. Xususan, 1928-yilda jamiyalda ishsiziar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Qishloq xo'jaligi og'ir ahvolda qoldi. 1920— 1930-yillarda fermer xo'jaUklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd dollarga yetdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo'jalik mahsulotlari asosan chel davlatlardan keltirilishi edi.

30-yillarda Iqtisodiy ahvoli

  • AQSHdek qudratli rivojlangan davlat ham iqtisodiy inqirozni chetlab o'ta olmadi. 1929-yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo'ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko'p talafot keltirdi. Shuning uchun ham u “Buyuk depressiya” deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayii AQSHda sanoat ishlab chiqarishi deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo'ldi. Ishlab chiqarilgan tovarlar sotilmay qoldi. Natijada ular yo'q qilina boshlandi. Ishchilarga to'lab kelinayotgan yillik ish haqining umumiy summasi 15 mlrd dollardan 6 mlrd dollarga tushib qoldi. 1933-yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida cng yuqori ko'rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug'urtalash haqida qonun yo'q edi. Natijada ochdan o'lish hollar! ham yuz berdi. Inqiroz AQSH qishloq xo'jaligi uchun ham ayanchli bo'ldi. Xarid narxining pasayishi fermer xo'jaliklarini halokat yoqasiga olib keldi.
  • Prezident Guver (1928—1932) hukumat korxonalari sinishining olditii ofish maqsadida 3,5 mlrd dollarlik kapitalga ega bo'lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil eldi. Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln dollar mablag' ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning bozordagi nar-xini tushirmasdan saqlashni ta'minlash edi. Biroq bu tadbirlar yetarli samara bermadi.
  • “Buyuk depressiya” ommaviy stachka harakalining boshlanishiga sabab bo'ldi. Ishsizlar Vashington shahriga yurish boshladilar. Bu yurishlar «ochlar yurish]ari» deb nom oldi. Hukumat ommaviy harakatlarni shafqatsizlik bilan bostirdi.

F.Ruzveltning “yangi yo’li”

  • 1932-yilda AQSHda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasi nomzodini Franklin Delano Ruzvelt g'alaba qozondi. U AQSH tarixida eng mashhur prezident sifatida nom qoldirdi. AQSH Konstitutsiyasiga ko'ra, bir kishi ketma-ket ikki marta prezident etib saylanishi mumkin bo'lgan holda F. Ruzveltga kelanda, davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaning bu talabini buzishga to'g'ri keldi. U to'rt marta ketma-ket prezident]ikka saylandi.

Xo'sh, F. Ruzvelt (1882—1945) qanday xizmatlari evaziga bunday buyuklikka erishgan?

  • U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarata oldi va uni hayotga to'la tatbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning «yangi yo'li» nomi bilan kirdi. Yangi yo'l — Amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohotlar o'tkazish yo'li edi.
  • Uning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni to'liq saqlab qolgan holda, davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishni tashkil etadi. F. Ruzveltning “yangi yo'li” bo'yicha davlat mamlakat iqtisodiyotini boshqarishga faol aralashdi.
  • Mehnat huquqi jiddiy ravishda qayta ko'rib chiqildi. Ishsiztikka qarshi kurash uchun katta miqdorda mablag' ajratildi. Ayni paytda ijtimoiy sug'urta asoslari — pensiya, nafaqa, sog'liqni saqlash va xalq ta'limini takomillash-tirish ko'zda tutildi.

Ijtimoiv himova borasidagi tadbirlar

  • "Yangi yo'l” siyosati ijtimoiy himoyani ham etibordan chetda qoldirmadi. Chunonchi, 1935-yilda «Congress Wagner qonuni»ni qabul qildi. Unga ko'ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo'ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi. Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta'qib etish taqiqlandi.
  • Shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug'urtalash haqida qonun qabul qilindi. Unda keksalarni ta'minlash; ishsizlikbo'yicha yordam puli to'lash; nogironlarga, yolg'iz oilalarga va yetim bolalarga nafaqa to'lash ko'zda tutildi. Bu hodisa adolatli jamiyat qurilishi yo'lidagi katta qadam edi.
  • “Yangi yo'l” keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oila-iarning daromadlariga qo'shimcha soliq solishni izchillik bilan amalga oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning “yangi yo'li” dunyoda eng ko'lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizlmini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSHda dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta'minlandi. “Yangi yo'l” AQSHga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlal shuhratini keltirdi.

Tashqi siyosat

  • AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya'ni izolat atsionalizm tarafdorlari o'rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSHning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug'ullanishni afzal bildilar. Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo'lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir-oqibatda bu oqim g'alaba qozondi.
  • AQSH dunyodagi eng buyuk davlatga aylangan bir davrda, tabiiyki, u dunyo siyosatidan chetda tura olmas ham edi. AQSHning Birinchi jahon urushida qatnashishi izolatsionizmga uzil-kesil chek qo'ydi. Birinchi jahon urushi tugagach, AQSH jahon siyosiy xaritasini qayta qurishning faol ishtirokchisi bo'lishga urinib ko'rdi. Chunonchi, u Versal — Vashington tiz.imini yaratishda faol qatnashdi. Lining qat'iy talabi bilan Millatlar Ligasi ustaviga Versal shartnomasi matni qo'shildi.
  • Ayni paytda Buyuk Britaniya va Fransiya AQSHning dunyoda. xusu-san, Yevropada gegemonligi o'rnatilmasligi uchun barcha choralarni ko'rdilar. Xususan, Versal shartnomasi, Buyuk Britaniya va Fransiya manfaatlarini ko'proq aks ettirganligi shu bilan ham izohlanadi.

Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling