Aminobirikmalar. Alifatik aminobirikmalar. Gomologik qatori va turlari. Tuzilish, izomeriyasi. Nomlanishi. Olinish usullari va xossalari. Aromatik aminlar. Tuzilishi, olinishi. Xossalari. Ayrim vakillari


Download 263.28 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi263.28 Kb.
#1434090
  1   2   3   4
Bog'liq
Aminobirikmalar


Aminobirikmalar. Alifatik aminobirikmalar. Gomologik qatori va turlari. Tuzilish, izomeriyasi. Nomlanishi. Olinish usullari va xossalari. Aromatik aminlar. Tuzilishi, olinishi. Xossalari. Ayrim vakillari. Anilin, olinishi, xossalarni. Ishlatilishi.
Reja:
1. Alifatik aminobirikmalar gamologik qatori, izomeriyasi va olinishi
2. Alifatik aminobirikmalar olinishi
3. Alifatik aminobirikmalar xossalari
4. Aromatik aminlar gamologik qatori, izomeriyasi va olinishi
5. Aromatik aminlar olinishi
6. Aromatik aminlar xossalari

Aminobirikmalarning tuzilishi va nomlanishi, aminobirikmalarning olinishi, Goffman, Lossen, va Kursius qayta guruhlanishi


Aminlar-ammiak tarkibidagi vodorod atomlarini uglevodorod qoldiqlariga almashtirish natijasida hosil bo`ladigan moddalardir. Tuzilishiga ko`ra ular birlamchi RNH2, ikkilamchi R-NH-R va uchlamchi RIN(R2)R3 bo`lishi mumkin. Formuladagi R1, R2 yoki R3 lar metil, etil, propil va h.k yoki to`yinmagan uglevodorod qoldiqi-allil- bo`lishi mumkin. CH2=CH-CH2-NH2 allilamin. Azot bevosita qo`sh boq tutgan uglerod atomiga birikkan birlamchi yoki ikkilamchi aminobirikmalar beqaror birikmalardir. Ular azometinlarga (iminlarga) izomerlanadilar. M-n: CH2= CH-NH2 vinilamin. Bu modda erkin holda yo`q, chunki u tezda sirka al'degidning iminiga aylanib ketadi:
CH2CH-NH2  CH3-CHNH
CH2CH-NH-CH3 CH3-CHN-CH3
Ammo bunday uglevodorod qoldiqi tutgan uchlamchi aminlar barqarordir. M-n:

Chunki, bu molekulada azot atomida ko`chishi mumkin bo`lgan vodorod yo`q.
Ratsional nomenklaturada aminlar uglevodorod qoldiqi asosida nomlanadi. M-n: CH3NH2 metilamin, CH3NHC2H5 metiletilamin, N(CH3)3 trimetilamin va h.k. Sistematik nomenklaturada uglevodorod nomiga amino- so`zini qo`shib nomlanadi, raqam bilan esa aminoguruhning o`rni ko`rsatiladi:

-NH2 amino, -HN-CH3 metilamino va -N(CH3)2 dimetilamino guruhlardir.
Agar molekulada turli darajada almashgan azot atomlari bo`lsa, bunday aminlar quyidagicha nomlanadi. M-n:

Aminlar quyidagi usullar bilan olinadi: ammiakni galoidalkillar yoki spirtlar bilan alkillash;

Bu reaksiyada birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning arlashmasi hosil bo`ladi, rekatsiyalarning mexanizmi nukleofil almashinish.

  1. Nitrillarni, nitrobirikmalarni va oksimlarni qay-tarish:


3. Izotsian kislotasi efirlarining gidrolizi:
R-HCO  H2O  R-HH2 CO2
4. Goffman qayta guruhlanishi yordamida olish:

"Goffman qayta guruhlanishi" deb ataluvchi reaksiyada kislota amidlaridan xlor yoki bromning ishqoriy eritmasi ta'sirida quyidagi mexanizm bo`yicha izotsian kislotasining efiri hosil bo`ladi:

5. Bekman qayta guruhlanishi bilan olish:

Aminlar yana Lossen va Kursius qayta guruhlanishlari bilan olinishi mumkin. Bunda reaksiyaga kislota gidrazidlari va gidroksam kislotalar olinadi. Kislota gidrazidlari qizdirilganda, gidroksam kislotalar esa kislotalar ta'sirida izotsian kislotasining efiriga aylanadi. Bu jihatda Kursius va Lossen qayta guruhlanishi Goffman qayta guruhlanishiga o`xshashdir:

Birlamchi aminlarni olishning yana bir usuli al'degid yoki ketonlarga ammoniy formiat qo`shib qizdirishdan iboratdir. Bu reaksiyada avval almashingan formamid hosil bo`ladi. Formamid esa aminobirikmaga aylanadi. Bu reaksiya Leykart reaksiyasi deb ataladi va quyidagi reaksiya bilan yozish mumkin:

Uchlamchi amin-trimetilamin o`ziga xos usul bilan olinadi. Bunda paraform ammoniy xlorid bilan qizdiriladi. Paraform depolimerlanib chumoli al'degidga aylanadi va ammoniy xlorid bilan reaksiyaga kirishadi:

Bunda trimetilaminning gidroxloridi hosil bo`ladi. Oraliq modda sifatida hosil bo`lgan trimetilolamin tuzi formal'degid bilan qaytariladi. Ikkilamchi aminlarning ham o`ziga xos olish usuli mavjud.
Aminlar ammiakka o`xshash hidli (dastlabki vakillari) va asos xossasiga ega bo`lgan birikmalardir. Ularni organik asoslar deb ataladi. Ular ammiakka nisbatan kuchli asoslardir. Alkil guruhlarning musbat induksion ta'siri ularning asosligini oshiradi:

Agar uglevodorod qoldiqi to`yinmagan (allil) bo`lsa, bu holda asoslilik kamayadi: CH2CH-CH2HH2.
Ularning qaynash haroratlari ham molekulyar massa ortishi bilan ortib boradi. Ba'zi aminobirikmalarning qaynash haroratlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Jadval
Ba'zi aminobirikmalarning qaynash haroratlari

formulasi

Nomi

Qaynash harorati

CH3HH2

Metilamin

-6,5

C2H5HH2

Etilamin

16,6

n-C3H7HH2

n-propilamin

48,7

n-C4H9HH2

n-butilamin

77,8

n-C5H11HH2

n-amilamin

104,0

n-C6H13HH2

n-geksilamin

132,7



Download 263.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling