Aminova sevaraning


Download 28.23 Kb.
Sana08.07.2020
Hajmi28.23 Kb.
#123305
Bog'liq
SUDLAR


QORAQALPOQISTON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA HUQUQ FAKULTETI

TARIX YO’NALISHI

4B KURS TALABASI

AMINOVA SEVARANING

O’ZBEKISTON DEMOKRATIK JAMIYATI VA AMALIYOTI FANIDAN YOZGAN

MUSTAQIL ISHI

Bajardi:Aminova.S

Qabul qildi:Xo’jageldiyev.A

Nukus-2019.

Mavzu:Sud-huquq tizimida islohotlarning yaratilishi.

REJA:

1.Sud va sud jarayoni haqida shaxsiy fikrim.



2.Harakatlar strategiyasidagi sud tizimiga qo’yilgan talab va islohotlar.

3.Sud-huquq tizimidagi qonun.

4.Qonun doirasidagi Oliy Sud Plenumi va Sud-huquq tizimidagi o’zgarishlar doirasida davra suhbati.

KIRISH


Sud-huquq tizimi haqida so’z borar ekan,avvalombor,men sud va sud jarayoni uchun muhim bo’lgan bir fikrni so’zim boshida keltirib o’tsam: ,,Sud jarayonida haqiqat emas,dalil isbot muhim.Dalil-isbot qanchalik aniq bo’lsa,hukm ham shunchalik adolatli bo’ladi.’’Men bu fikrim orqali sud yoki sudyalar adolatsiz demoqchimasman,fikrim oddiy,ya’ni reallikni va aniqlikni ko’zlaydi.Biz haqiqat deyotganimiz no aniq va isbotsiz bo’lsa,bunda sudya aybdor emas. Аsоsiy qоnunimizning 16-mоddаsi ikkinchi bаndidа “Birоrtа hаm

qоnun yoki bоshqа nоrmаtiv huquqiy hujjаt Kоnstitusiya nоrmаlаri vа

qоidаlаrigа zid kеlishi mumkin emаs” dеb qаt`iy qilib bеlgilаb qo‘yilgаn.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitusiyaviy sudi аnа shu muhim

Kоnstitusiyaviy-huquqiy prinsipigа riоya etishni tа`minlаshgа intilib

kеlmоqdа.

Kоnstitusiyaning ustuvоrligini tа`minlаsh uchun аlоhidа muhоfаzа

mеxаnizmi bo‘lishini tаqоzо etаdi. Bundаy mеxаnizmning аsоsiy vа

mаrkаziy bo‘g‘inini – Kоnstitusiyaviy sud tаshkil etаdi. Kоnstitusiyaviy

sud o‘z vаzifаlаrini bаjаrishdа mustаqildir vа o‘z fаоliyatidа fаqаt

Kоnstitusiya nоrmаlаri hаmdа qоidаlаrigа аmаl qilаdi.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ilgari surgan harakatlar strategiyasida ham sud huquq tizmida islaohotlar amalga oshirish ko’zda tutilgan.Xususan: 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizni taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladi. Ayniqa,bu strategiyaning IIqismi ,,qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islih qilishning ustuvor yo’nalishlari deb nomlanishi,hamda unda qo’yilgan talablar:

1-sud hokiyatini chinakam mustaqilligini ta’minlash,sudning nufuzini oshirish,sud tizimini demokratlashtirish;

2-sud-huquqni muhofaza qiluvchi idoralari faoliyatida fuqorolarni huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;

3-ma’muriy,jinoyat,xo’jalik ,fuqorolik ish yurutuvining protsesual asoslarini takomillashtirish;

4-jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish;

5-sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash kabi chora-tadbirlar ilgari surilgan.



Ayniqsa,unda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgani xalqimiz manfaatini ta’minlaydi.
Poytaxtimizda sud-huquq tizimidagi islohotlarning yangi bosqichida zamonaviy yondashuv va ilg‘or tajribaning ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida bu alohida ta’kidlandi.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Taraqqiyotimizning yangi strategiyasida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari K.Yo‘lbarisov. – Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada kuchaytiradi.
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo‘l ochadi. O‘zbekiston boshqa sohalar qatori sud-huquq tizimidagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bilan birga bu boradagi eng ilg‘or tajribalarga alohida e’tibor qaratishi ulkan yutuqlarga erishishiga yo‘l ochmoqda, – deydi Gamburg shahrining sobiq ma’muriy sudyasi, huquqiy va siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi G.Veling (Germaniya). – O‘tgan yillarda bu sohada fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam qonunchilik asoslari yaratilib, amalga oshirish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, ularni zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirish, yangi bosqichga ko‘tarishga oid yangi strategiya tasdiqlangani e’tiborga loyiq. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etayotgani, xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani bu borada yuksak samaraga erishishga zamin yaratadi.
Demokratiya va inson huquqlari instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va F.Ebert nomidagi jamg‘arma (Germaniya) vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi xodimlari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Konstitutsiyamizning yigirma olti yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning maʼruzasi xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taʼminlashdek ezgu gʻoyalarga asoslangani bilan gʻoyat ahamiyatlidir.


Bosh qomusimiz mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, qolaversa, mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, taraqqiyotning yangi bosqichida har bir sohada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina, sud-huquq sohasini olsak, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur tizim tubdan isloh qilindi. Tantanali marosimda Prezidentimiz taʼkidlaganidek, joriy yilning oʻzida 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli boʻlmaganligi sababli tugatildi. Sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlandi. Vaholanki, bu raqam 2016 yilda bor-yoʻgʻi 28 tani, 2017 yilda esa 263 tani tashkil etgan. Shuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi.

Sudlarda ishlarni yillar davomida qayta-qayta koʻrish amaliyotiga butunlay chek qoʻyildi. Bu, albatta, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ezgu ishlarning amaliy ifodasi boʻldi. Shu bilan birga, Prezidentimiz maʼruzada sud tizimida ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur dargoh sudyalar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilinishi va fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini taʼminlashga xizmat qiladi.

Yana shuni ta’kidlashim kerakki,2016-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Prezidenti farmonini imzoladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi:


1-sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;

2-fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

3-odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib:
a)O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;
b)fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik;
c)tegishli axborotni o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish;

d)huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonunbuzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;


f)idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga qabul qilishni ta’minlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.
Farmonga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, kasbiy nufuzini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko‘rib chiqildi.

Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.Kiritilayotgan bu o‘zgartishlar xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilg‘or tajribasiga to‘liq mos keladi.


Shu bilan birga, Farmon bilan 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.
Ya’ni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridan biri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilg‘or shakl va uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

1-jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;


2-qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya qilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining mas’uliyati va faoliyati samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
“Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlari sudlarga o‘tkazilmoqda.
Bu o‘zgartishlar insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga to‘la mos keladi.
Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda.Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat protsessidagi rolini oshirishga qaratilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish institutining bekor qilinayotganligini alohida ta’kidlash joiz.
Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi esa, fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tizimini takomillashtirish, shuningdek sud protsessi muddatlari va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ortiqcha oraliq instansiyalarni bartaraf etish maqsadida Farmonda viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi instansiyalari tugatilib, o‘z navbatida, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor qilinishi nazarda tutildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rishga oid bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinmoqda.
Ortiqcha va bir-birini takrorlovchi instansiyalarning bekor qilinishi aynan bir nazorat instansiyasi tomonidan ishlarning bir necha bor ko‘rib chiqilishini oldini oladi, sud qarorlarining uzil-kesilligi va barqarorligini ta’minlab, fuqarolarning

sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.


Shuningdek Farmonda viloyat xo‘jalik sudlarining qarorlarini o‘zlari tomonidan qayta ko‘rish vakolatini cheklash maqsadida ushbu sudlar tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.
Farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha vazifa va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilayotganidir.
Ushbu chora sudlarning mustaqilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning qo‘shimcha kafolatlarini yaratadi.
Shu bilan birga, Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017 yil 1 iyulga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda quyidagi masalalar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:
sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
protsessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko‘rib chiqish;
o‘zbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi ko‘p asrlik an’analariga mos bo‘lgan yarashuv institutini jinoyat protsessida qo‘llash doirasini kengaytirish. Bu norma qonunni chetlab o‘tgan, sodir etgan qilmishidan pushaymon bo‘lgan va yetkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;
jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish;
elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish orqali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek “Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablariga to‘liq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qonuniylikni ta’minlashda hamda mamlakatimizda islohotlarni samarali ro‘yobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolini oshirish maqsadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan sud-huquq tizimini rivojlantirish borasida 8 ta eng ustuvor sohalar bo‘yicha 45 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual kodekslari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, “Mediatsiya to‘g‘risida"gi, “Ma'muriy sudlov ishlarini yuritish to‘g‘risida"gi qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Jumladan 2017-yil dekabr oyida mamlakatimizdagi sud huquq tizmi loyihasi doirasida davra suhbati bo’lib o’tdi.Unda Jon Magreror,elchilar,xalqaro tashkilaot rahbarlari,O’zbekiston va xorij OAV vakillari ishtirok etdi.O’zbekiston Oliy Sudi raisi Kozimjon Komilov mamlakat sud-huquq tizmida sodir etilayotgan tarixiy o’zgarish va yangilanishlar haqida doira suhbati ishtirokchilarga axborat berdi.

Jumladan,tadbirkorlik subyeklarining qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida 85 ta iqtisodiy sudlar faoliyati yo’lga qo’yilganligi,sudyalarni tanlash va lavozimlariga tayinlashda noqonuniy aralashuvlarning oldini olish,bu borada oshkora va muqobil saylov tizimini yaratish maqsadida sudyalar Oliy Kengashi ta’sis etildi deb ta’kidlab o’tdi.

Oliy sud raisining axborotini tinglagan davra suhbati qatnashchilari kutilayotgan o’zgarishlarni o’ta muhim deb hisobladilar va mamlakatimizda sud-huquq tizimi va sudyalar faoliyatini ijobiy baholadilar.

Yana ,2018- yil19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. 


Videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar, harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar assotsiatsiyasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan majlisda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi jamiyatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimidagi islohotlarni izchillik bilan davom ettirish, fuqarolarning sudga murojaat qilish hamda sud orqali himoyalanish huquqlarini yanada kengaytirishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, joriy yilning 1-aprel kunidan e’tiboran yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks va Iqtisodiy protsessual kodeksi amalga kiritilgani jamiyatimiz hayotida tarixiy voqea bo‘ldi. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarining ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish, islohotlar jarayonida to‘plangan boy tajribamiz asosida ishlab chiqlgan ushbu hujjatlar hech shubhasiz, odil sudlov samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yangi, zamonaviy mexanizmlar orqali kafolatli himoya qilish, sudlar faoliyati shaffofligi va ochiqligini ta’minlashda o‘ta muhim o‘rin tutadi.
O‘z navbatida, yuqorida qayd etib o‘tilgan qonun hujjatlarini sudlar tomonidan bir xilda qo‘llash, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish — Oliy sud Plenumining tegishli qarorlarini qabul qilishni taqozo etayotgan edi.
Shu ma’noda Oliy sud tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan sud amaliyoti chuqur o‘rganildi va Oliy sud Plenumining bir qator qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.
Jumladan, Plenum majlisida «Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida», «Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalari muhokama qilindi. Xususan, Plenum majlisida muhokama etilgan «Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilingani hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir taxlitda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Ushbu qaror bilan

sudlarning e’tibori, protsessual normalarga rioya qilmaslik taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga olib kelishini inobatga olgan holda, fuqarolik ishlarini ko‘rishda fuqarolik protsessual qonun normalariga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilmoqda.Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi qabul qilinganligi, shuningdek, qonun normalarini bir taxlitda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida «Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi Plenum qarori loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qaror bilan sudlarning e’tibori ma’muriy ishlarni yuritish bo‘yicha protsessual qonun normalarida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, ularni ko‘rib chiqish sifatini yaxshilash, har bir ish bo‘yicha qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilish zarurligiga qaratilmoqda.


Ma’lumki, milliy qonunchilikni zamon talabidan kelib chiqib, takomillashtirib borish o‘z navbatida, amaldagi me’yoriy hujjatlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etadi. Ayni shu zaruratdan kelib chiqib, Plenum majlisida muhokama etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi bilan amaldagi Plenum qarorlariga zarur qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu o‘z navbatida, jinoyat ishlarini to‘g‘ri malakalash, asosli va adolatli qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Majlisda muhokama etilgan yana bir masala — «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi Plenum qarori loyihasi bo‘ldi.

XULOSA


Yuqoridagi yoritilgan fikr mulohozalarga xulosam shuki,O’zbekistondagi sud –huquq tizimi,yoinki qonun ustuvorligi Prezidentimiz ilgari surgan Harakatlar Strategiyasi ,qolaversa,qabul qilgan qonuni doirasida keraklicha va izchil yangilanish hamda tarixiy burilsh pallasiga keldi. Endigi vazifa mana shu nazariy harakatlarning aksi sifatida amaliyotda o’zgarishlarni qabul qilib,korrupsiya va san solarlikka yo’l qo’ymasdan natijasini ko’rsatish.Men o’ylaymanki,bularni amalga oshirish uchun joylarda ,xususan,vilayat,shahar,tuman sud idoralarida mas’ul hodimlar doirasida maxsus 4 yillik komissiya tuzulsa maqsadga muofiq bo’lar edi. Joylardagi sud idoralari komissiyaga bo’ysunmaydi.Shunchaki komissiya ularnig ishlarini kuzatib,xisobotlar beradi.Ular har qanday qonunni biladigan holis shaxslar doirasida tuzulishi hamda ular Harakatlar Strategiyasini va Prezidentimiz qabul qilgan yangi sud huquq tizimi to’g’risidagi qonunni mukammal o’rganishlari lozim.
Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling