Amir nasrullo bukhara amirligi rule of period


Download 25.2 Kb.
bet1/7
Sana20.10.2022
Hajmi25.2 Kb.
#859990
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMIR NASRULLO BUKHARA AMIRLIGI RULE OF PERIOD uzbekcha
SLEEP IS FOR LOSERS, Yangi abonentlar (jismoniy shaxslar) uchun “eSim 2GB” aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari., Ibrohim maʼlumotnoma, biologiya-11-test, faridun-hidoyatov, hidoyatov-faridun, 4444444444444, di20-11.Asliddin.ismatullayev.1-mus.ish, di20-11.Asliddin.ismatullayev.1-mus.ish, OSI ma\'lumotnoma modeli, Laboratoriya ishi 1, otkir aqil, otkir aqil, Sinf rahbar daftari 2022-yil


AMIR NASRULLO BUKHARA AMIRLIGI RULE OF PERIOD
Shavqatulloyev Do`stmuhammad
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, student
Тел:998932214673
e-mail:ma6069054@gmail.com
Toshboltayev Zarif Shuhrat o`g`li
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, student
Jo`ramurodov Islom Gulshanbek o`g`li
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, student
Abstract: Nasrullah (Nasrullah, Nasrullah, Amir Nasrullah, Amir Sayyid Nasrullah, Amir Sayyid Nasrullah Bahodirkhan) (June 1, 1806, Bukhara, Bukhara Emirate - September 21, 1860, Bukhara, Bukhara Emirate) [1] - Ruler of the Bukhara Emirate (1827-1860). A statesman and a commander. [2] The Mangits are the 7th ruler of the Uzbek dynasty and the 5th emir of this dynasty. This article covers the reign of Amir Nasrullo Bukhara.

Keywords: Islamic sharia, separatist, Movarounnahr, eljari, Pirovardida
Nasrulloh Amir Haydar vafotidan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng[17], hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda akasi amir Amir Husayn (1826) va ukasi Amir Umarlardan (1826—1827) soʻng, 1827-yil aprel oyining boshlarida (18-martda; 24-martda) 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga amir etib koʻtarilgan[18][4]. Uning hukmronligi davri yetarlicha ilmiy tadqiq etilmagan[5].
Amir Nasrulloh oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan[3][19][4]. Jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga „bahodir“, „botir“ unvonlari berilgan[3][19][4].
Vaqt oʻtishi bilan, Amir Nasrullohning siyosat yuritishda maslahatchilari tobora kamayib borgan va hukmronligining soʻnggi davrlarida yolgʻizlanib qolgan[7].
Ichki siyosati
1839—1840-yillardan boshlab Amir Nasrulloh oʻz ichki siyosatida qattiqqoʻllik bilan davlatda tartib oʻrnatishga intilgan. Uning keskin siyosatiga qarshi chiqqan mansabdorlarni esa ayovsiz jazolagan[20]. Hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga zarba bergan[17][3].
Amir Nasrulloh markazlashtirish siyosatini olib borgan: markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob beklarining qarshiligini sindirib, separatistik (ajralish va taslimchilik) kayfiyatlariga barham bergan. Amir butun Movarounnahr va Xorazmni yagona davlat ostiga birlashtirishga intilgan. U bu rejasini toʻliq amalga oshira olmagan boʻlsa ham, qisqa muddat davomida butun Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqargan[21]. Qoʻqon xonligi hududining Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib olinishi mintaqadagi ikki oʻzbek davlatchiligini oʻzaro birlashtirish edi[4].
Amir Nasrulloh oʻzining faol siyosatida qator yutuqlarga erishib, Buxoro davlatining yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv (1843[21]) va boshqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga yana qaytargan. Biroq bu hududlar keyinchalik turli sabablar natijasida Buxoro amirligi tarkibidan chiqib ketgan[4].
Shu bilan birga Amir Nasrulloh oʻz faoliyatida bir qator jiddiy siyosiy xatolarga ham yoʻl qoʻygan. Buning ustiga Amir Nasrulloh amri bilan Nodirabegimning oʻldirilishi uning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatgan[4].
Amir Nasrulloh tomonidan Buxoro amirligida oʻtkazilgan turli islohotlar natijasida davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati mustahkamlana borgan[17][4].

Download 25.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling