Amir temur davlati. Amir temur armiyasining tarkibi va tuzilishi dunyo tarixi haqida gap ketganda Amir Temur nomi bevosita tilga olinadi


Download 17.36 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi17.36 Kb.
#420052
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVLATI. AMIR TEMUR ARMIYASINING TARKIBI VA TUZILISHI
Mis, CamScanner 06-01-2020 16.29.30, ХИЖОБНИ ХИРСГА АЙЛАНТИРМАНГ, Kunduzgi (o'zbekcha), 5-маъруза, 215-xona Xidirov A, 1452787772 63476, KIBER MUSTAQIL, My firt presentation, Buxoro, Umar Mirzo biznes, ПҚ-3680 26.04.2018 Уз, aaaa, Alisher Navoiy (9 varroq)

AMIR TEMUR DAVLATI. AMIR TEMUR ARMIYASINING TARKIBI VA TUZILISHI

Dunyo tarixi haqida gap ketganda Amir Temur nomi bevosita tilga olinadi. Janglarda Amir Temur tuzgan qo‘shinining jangovor tartibi va harbiy hiylalari nafaqat o‘tgan asrlar davomida, balki hozirgi kunda ham qo‘llanilishi buyuk sarkarda harbiy san’atni mukammal o‘zlashtirganidan dalolat beradi.

Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar.

Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan.

Uning lashkarlari tarkibida asosiy askarlardan tashqari, yana quyidagilar mavjud bo‘lgan: 1) pontonchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ishlari bilan shug‘ul­lanuvchilar) va kemachilar (ular asosan Amudaryo va Sirdaryoda kemachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilardan tanlab olingan; 2) naftandozlar (yunon olovini otuvchilar); 3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni biladigan jangchilar. (Amir Temur qamal qilgan ko‘plab qal’alarning shunday  qurollardan mohi­rona foydalanish natijasida qo‘lga kiritilgani qo‘shinning bu turi juda katta malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bu buyuk Temur yunonlar va rimliklar qal’alarni ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan usullarni yaxshi bilganini ko‘rsatadi. Amir Temur Boyazidga qarshi jangda grigoryan olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib qo‘llagan); 4) Sohibqiron tik qiyaliklarga chiqa oladigan, tog‘li hududdagi janglarga ko‘nikkan, tog‘ aholisidan tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega bo‘lgan. Bu qism jangchilari Amir Temurga daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan qal’alarni ishg‘ol qilishda katta yordam bergan.

Sohibqiron Amir Temur urush boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki yengil otliqlardan kamon, sadoq (o‘q-yoyi bilan), qilich, arra, bigiz, igna, taroq, arqon, bolta, o‘q uchun 10 ta poynak, qop, mesh (daryodan o‘tish hamda suv olib yurish uchun ishlatiladigan charm qop) va 2 ta otga ega bo‘lishni talab qilgan. Bundan tashqari, har 18 kishiga kigizdan ishlangan o‘tov olinishi shart bo‘lgan.

Saralangan jangchilar yoki og‘ir otliqlar dubulg‘a, qalqon, qilich, kamon va o‘q-yoy bilan qurol­langan. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o‘tov olishi shart bo‘lgan (saralangan jangchilarning qurol-anjomlari ko‘p joyni egallagan hamda ular maxsus xizmatkorlarga ega bo‘lgan). Shuningdek, gurzi, oybolta, shamshir bilan qurollangan maxsus jangchilar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, ular otlarining ustiga yo‘lbars terisidan yopinchiq yopganlar.

Manbalarda keltirilishicha, Amir Temur qo‘shinlari o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar (10 ming yoki 12 ming jangchidan iborat qo‘shin) va boshqalarga bo‘lingan va ularga o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar boshchilik qilganlar. Amirlar 12 darajaga bo‘lingan. Ular turli qabilalarga boshchilik qilib, darajasi, qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog‘liq bo‘lgan.

Harbiy unvon berish. Har bir o‘nlikda saralangan jangchilar orasidan muloha­zakor va mard jangchi tanlab olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so‘ng o‘nboshi etib saylangan; o‘nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab yuzboshi saylangan; 10 nafar yuzboshidan esa (harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo‘lgan jasur kishilardan) mingboshi tayinlangan. Har bir boshliqning o‘rnini bosadigan yor­damchisi bo‘lgan.

Maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan ko‘chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini ot, qo‘y, tuya va boshqa narsalar bahosi bilan o‘lcha­ganlar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli otning narxiga teng qilib belgilagan. A’lo darajadagi jangchi(bahodir)larning maoshi 2 tadan 4 tagacha ot narxiga teng bo‘lsa, yo‘lboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta o‘nboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshini olganlar. Tartibni buzgan jangchi o‘z maoshining o‘ndan bir qismidan mahrum etilgan.

Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 minggacha ot narxi bilan belgilanib, ularga viloyat ham hadya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron bobomiz qo‘shin tuzish, ularni jang oldidan jangovar holatga keltirishda vaziyatni har tomonlama va to‘g‘ri baholagan, oqillik bilan qarorlar qabul qilgan. Buyuk sarkardaning qo‘shinlarni boshqarishga bunday jiddiy yondashishi uni doim g‘alabaga yetaklagan.



Amir Temur o‘zining  “Temur tuzuklari” asarida shunday deydi: “...sardor aql-u tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki shoshqaloqlik shaytonning ishidir. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki undan qutulib bo‘lmaydi”.

Amir Temur mamlakatda qatiqqo'l hokimiyat o'rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko'chmanchi mug'ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o'zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi.
Amir Temur o'z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo'llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-larini ma'qulladilar.
Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi.  


Bular:

1. Kengash.

2. Mashvaratu maslaxat.

3. qat'iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik.

4. Extiyotkorlik.


Amir Temur hukmdor uchun qo'yidagi o'n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor birinchidan o'z so'ziga ega bo'lishi, ikkinchidan adolatpesha bo'lishi, uchinchidan har ishda faqat o'zi hukm chiqarishi, to'rtinchidan qarorida qat'iy bo'lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo'ymasligi, yettinchidan ko'pchilikning fikrini eshitishi, sak  qizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to'qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo'rquv orasida saqlashi, o'ninchidan barcha ishni o'z erkicha qilishi, o'n birinchidan o'z ishlariga birovni sherik qilmasligi va o'n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan ogoh va hushyor bo'lishligi lozimligini alohida o'qtirgan edi.
A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko'z olaytirmas-ligiga alohida e'tibor qilib, o'z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo'lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o'zlashtirib olgan bo'lsalar tekshirib ko'rilsin», - deb yozib qoldirgan edi.
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko'rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo'lishlarini  talab etdi.


Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri.

2. Sipox vaziri.

3. Egasiz qolgan mulk vaziri.

4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir.

Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay'atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o'lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o'rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in'om ma'nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to'plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug'ullangan.
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.
Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda «Devon» deb ataluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o'rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko'rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo'lishidan qat'iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat'iy tartib – qoida o'rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz hozir zo'r berib intilayotgan daromad solig'i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o'shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.
Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g'oyat jiddiy qarar va ularni 4ta sifatga ega bo'lishlariga ahamiyat berar edi. Bular:


1. aql-farosatlilik;

2. toza nasllik;

3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik;

4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.

 
Amir Temur o'z imperiyasiga qo'shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo'yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko'ra qo'yidagi fazilatlarga ega bo'lishi lozim bo'lgan:


1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko'tarinkiligi;

2) Nozik aql va ziyraklik;

3) Yuksak malaka hamda xalq va qo'shinga murojaat qila bilish;

4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.
Download 17.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling