Amir Temur dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda


Download 24.25 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi24.25 Kb.
#159277
Bog'liq
NDE


AMIR TEMUR

Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.


“Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.”

ISLOM KARIMOV,

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi  Prezidenti

Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham». Islom Karimovning mazkur purma’no iborasi zamirida Amir Temurdek ajdodlari bor yurt farzandlari mardlik, vatanparvarlik, oqillik va odillik borasida boshqalarga doimo ibrat bo‘lishi nazarda tutilgan.
Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336 yil 8 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.

Amir Temurning yoshligi haqida maʼlumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini oʻrgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtirganini taʼkidlaydi.

Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullandi. Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san’atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo‘lib yetishadi. Endi u o‘z tengqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi. Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo‘lib, u o‘z atrofiga barlos urug‘idan chiqqan yosh jangchilarni to‘plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug‘luq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik milliy g‘urur va iftixor hissiyoti kuchli bo‘lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini dushman qo‘liga bermaslik uchun Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.

O‘zbekistonda Amir Temurning uchta 
haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron 
haykali 1994 yil 31 avgust, mustaqillik 
kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u 
taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov 
tomonidan yasalgan. Temur haykalidan 
unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996 yil, 
Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
munosabati bilan Temuriylar tarixi 
davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga 
kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga 
oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar 
saqlanadi. 
Samarqandagi Amir Temur haykali 1996 
yilda o‘rnatilgan. Shahrisabzdagi Amir 
temur haykali shu yilda qadr rostlagan. 
Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol 
Jabborovlar. 

1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.

2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi. 

3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.

4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.

 5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan. 

6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan. 

7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan. 

8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan. 

9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.

10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.

11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.

12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.

13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan.

14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.

15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.


O‘zbekistonda Amir Temurning uchta haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron haykali 1994 yil 31 avgust, mustaqillik kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yasalgan.

Temur haykalidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996 yil, Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi.

Samarqandagi Amir Temur haykali 1996 yilda o‘rnatilgan.

Shahrisabzdagi Amir temur haykali shu yilda qadr rostlagan. Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar.



Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan 1996 yil – Amir Temur yili deb eʼlon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, oʻzbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.
Download 24.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling