Amir Temur tarixiga oid deyarli barcha asosiy yozma manbalar о‘zbek tiliga tarjima qilib bо‘lingan


Download 35.02 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi35.02 Kb.

Amir Temur tarixiga oid deyarli barcha asosiy yozma manbalar о‘zbek tiliga tarjima qilib bо‘lingan.

Temurga teng keladiganlar kam topiladi. Temurdan о‘tadiganlar esa topilmas kerak. Uning nomi Iskandar, Doro, Sezar, Chingizxon, Bonapartlar bilan yonma-yon turadi. Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir. Uning faoliyati Sharqiy Yevropaning taqdirini butkul о‘zgartirib yubordi hamda Hindiston va Yaqin Sharqning taqdirida sezilarli iz qoldirdi... Amir Temur - bashariyat tarixining buyuk siymolaridandir.

Amir Temur tufayli Movarounnahr va Eronda osoyishtalik qaror topdi, mamlaktning ravnaqi uchun zarur shart-sharoit yaratildi, tijorat izga tushib, tojirlar boyidi, oqilona tashkil topgan davlat boshqaruvi yо‘lga qо‘yildi.

Jan Pol Ru (sharqshunos olim, Fransiya)

Bir marta uning jangga kirganini va jangni g‘olibona tark etganini о‘z kо‘zim bilan kо‘rdim. Temurbek, hech shubhasiz, о‘z davrining eng jasur о‘g‘lonidir. U jangda sherday olishadi.

U о‘zini na qirol va na imperator deb hisoblaydi, biroq hozir u juda katta va qudratli hukmdor, zero shu paytgacha Sharqda hech kim unga teng keladigan birorta insonni kо‘ragan ham, uchratgan ham emas. Dunyoning boshqa biror mamlakatida Temurbek qо‘shinida joriy etilgan tartib- intizomni uchratmaysiz.

Sultoniya arxiyepiskopi Ioann, Amir Temurning Fransiyaga jо‘natgan elchisi

Temurbek - benazir, uning qiyosi yо‘q. Amir Temur me’morchilikni va dekorativ san’atni yaxshi his etar va tushunar edi. Uning davrida Samarqand va Keshda bunyod etilgan masjid, saroy, madrasalar fors monumentlarining xushomadgо‘ylik bilan qilingan nusxasi emas. Bu buyuk amirning ishonib topshirgan, madaniyat va texnikaga ega ustalarning ijod mahsulidir.



Lyusyen Keren ( tarixchi, 1988 yilda “Temuriylar tarixini о‘rganish va fransuz – о‘zbek madaniy aloqalari uyushmasi”ning asoschisi va raisi hamda Parijda nashr etiladigan “Temuriylar” byulletining muharriri bо‘lgan, Amir Temur saltanati kitobi muallifi.)

Amir Temur kabi Yevropada na Aleksandr, na Atilla va na Moskoviya zafarini quchgan Napoleon adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas.



Alfons de Lamartin fransiya olimi
Download 35.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling