Amir Temur


Download 0.74 Mb.
Sana19.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#181960

  • SOHIBQIRON
  • AMIR TEMUR
  • prezentasiayni bajardi: Sevinch Ilhomova 7 “V” sinf

Amir Temur

  • Amir Temur
  • (toliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragoy ibn Amir Barqul)
  • 1336-yil 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida yashovchi Chig‘atoy ulusining beklaridan bo‘lgan Amir Tarag‘ay oilasida o‘g‘il tug‘iladi. Amir Tarag‘ay chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur’on o‘qib o‘tirgan ekan. Suralardan birida “taymur” so‘zi uchraydi va shayx go‘dakning nomini Temur qo‘yishni buyuradi.

Amir Temurning yoshligi

  • Yosh Temur bolalikdan sog‘lom, baquvvat, dovyurak bo‘lib o‘sgan, otda yurishni yaxshi ko‘rgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan o‘q uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan.
  • Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.

“Oq-saroy” Shahrisabz

  • Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, jang­larda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.

Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo‘lish mumkin.

  • Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo‘lish mumkin.
  • Birinchi davrida (1366–1385) Movarounnahrni mo‘g‘ullar istilosidan ozod qilib, o‘lkada yago­na markazlashgan davlat tuzgan, o‘zaro urushlarga barham bergan.
  • Ikkinchi davrida (1386–1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga “uch yillik”, “besh yillik”, “yetti yillik yurushlar” nomi bilan kirgan yurushlarni amalga oshirgan.
  • XVI asrda fransuz rassomi tomonidan yaratilgan Temur tasviri
  • Tamerlan XV asr
  • Rassomchiligida Temurning tasviri

Amir Temur umrining ko‘p qismini yurishlarda o‘tkazdi.

  • Amir Temur umrining ko‘p qismini yurishlarda o‘tkazdi.
  • Sharqqa qilgan yurishi paytida Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni O‘tror shahrida vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 23 fevral kuni Go‘ri Amirda, nabirasi Muhammad Sulton daxmasida dafn qilindi.

Buyuk bobomiz

  • Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi.
  • U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Frantsiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo‘yildi. Amir Temurning 670 yillik yubileyi respublikamizda zo‘r tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar o‘rnatildi. Ko‘plab ko‘chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab kitob­lar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo‘yildi. Amir Temurning 670 yillik yubileyi respublikamizda zo‘r tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar o‘rnatildi. Ko‘plab ko‘chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab kitob­lar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling