Ammo, hozir volidasi uning yonida emas, hayotining mazmuni sifatida islomni emas, dunyo rohatini tanlagan


Download 38.55 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi38.55 Kb.
#713027
Bog'liq
3-bosqich
Musiqa Musiqa savodi, metodikasi va ritmika (N.Yusupova), kompyuter garafikasi Tajriba ishi (1), 2-fan O'rganilayotgan til nazariy aspektlari, 3-fan Chet til.o'qit. int. kursi, Konstitutsiya k-WPS Office, Konstitutsiya k-WPS Office, Konstitutsiya k-WPS Office, Konstitutsiya k-WPS Office, RAQAM, Keys (9-mavzu), 13 сонли ИДУМ мактаблари буйруғи 3, T-REC-Q.3050-201208-I!!PDF-R, l nisbatlari, Maqolaga qo\'yiladigan talablar, 1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic p

Ana u kelmoqda... Qo'lida bir dasta gul.Onajonisi yoniga shoshmoqda.Volidasini xursand qilish maqsadida qo'lidagi gullarni unga berdi. Lekin afsuski, bu tush edi. Uch kundan buyon takror-takror ko'rayotgan bu tush uning qalbini vayron, ko'nglini huzun qilayotgandi. Uyg'ongach har bir buyum, narsalar, jihozlar, hatto olayotgan nafasi ham unga "Onangni rozi qil, onangni rozi qil"- deya sado chiqarib shivirlayotgandek tuyulardi. Bugun uyida yolg’izligidan foydalanib, bir xonaga kirdida, xotiralari girdobiga g’arq bo’ldi. Bundan ancha yillar avval yoshligida biron qo’rqinchli tush ko’radigan bo’lsa, uni mehrli, issiq qo’llari bilan boshini silaguvchi, qaynoq bag’riga bosib yupatguvchi kishisi, ya’ni onasi bor edi. Shularni o’ylarkan ko’ziga beixtiyor yosh qalqdi. Ushbu ko’zyoshlar ham uni onasining xotiralari tomon yetaklashga sababchi bo’ldi. Onasi uning har bir yutug’idan quvonganidan ko’zlaridan marjon-marjon tomchilar oqardi. Onasi uni qori bo’lib, ALLOHning suyukli quli bo’lishligini, insonlarni hidoyatga chorlovchi mo’min bo’lib yetishishini, islomni hayotining mazmuniga aylanishini orzu qilardi va buni jigarporasiga bot-bot takrorlardi. Shu sababli o’zi qanchalik qiynalib ishlashidan qat’iy nazar o’g’lining ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berardi.
Ammo, hozir volidasi uning yonida emas, hayotining mazmuni sifatida islomni emas, dunyo rohatini tanlagan.
Doim atrofida girdikapalak bo’lgan onasi hozir o’g’lining xohishi bilan tashlab ketilgan qariyalar uyida qay holatda o’tirgan ekan-a? Mungli ko’zlari o’g’lini qidirib qancha vaqt derazadan termuldi ekan? Shu kabi o’ylar, xotiralar og’ushi Murodni tetiklantirdi, go’yo uzoq uyquga ketgan-u hozir qaytadan uyg’onmoqda. Ko’zlari yoshdan qizarib ketdi. O’zining qanchalar darajada tubanlashib ketganini, badbaxtlik qilganini nihoyat anglab yetdi. Volidasining, mehribonining yoniga hoziroq borib, kechirim so’ragancha bag’riga bosib, quchib-quchib yig’lagisi keldi. Yugurgancha chiqib, gul do’konidan Oyijonisi yoqtirgan oppoq lolalardan oldi-yu, qay tarzda qariyalar uyiga kelib qolganini o’zi ham bilmay qoldi. Onasi yotgan xonaga borarkan yuragi entikib borardi. Onasi yotgan xona eshigi yoniga keldi, ammo, u onasining jonsiz tanasi farzandini kuta-kuta charchab, sogʻinch balqib turgan ochiq koʻzlarini koʻrdi. Afsuski volidasi bu oʻtkinchi dunyodan boqiy dunyoga rihlat qilgan edi. U onasining qo’liga tutqazish uchun oppoq lolalar olgandi. Ammo. bu qo‘llar endi bu gullarni ushlay olmasdi. Ha, bu gullar onasining qo‘llariga berilmadi, balkim sovuq qabri yoniga qo‘yildi. U kechikkanidan yig‘ladi, achchiq yig‘ladi. Lekin endi kech edi.Onasi har doim uni sochlaridan silab uyg‘otar, bir narsadan xafa bo‘lsa, qattiq bag‘riga bosar, quchoqlardi. Endi, xafa bo‘lsa ham, yig‘lasa ham uni hech kim bag‘riga bosmaydi. Murodga onasining oxirgi lahzalarini eslatuvchi yagona narsa – onasining unga yozib qoldirgan xati edi. Xatda onasi Murodni qori bo’lib, ALLOH ko’rsatgan yo’ldan yurib, hidoyat topsagina undan rozi bo’lishini yozgandi. Murod bundan keyingi hayotini onasining vasiyatini bajarishga, ALLOHning rahmatiga erishishga, islomni kengaytirishga, insonlarga yaxshilik qilishga sarfladi. Nihoyat, oydin tunlarning birida mehriboni, Onajonisi tushiga kirdi va undan rozi ekanligini aytdi…
Download 38.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling