Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning neytralizasiya bo’limini moddiy balansi


Download 97.35 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi97.35 Kb.
#1222416
  1   2
Bog'liq
11111 2


Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning neytralizasiya bo’limini moddiy balansi.
Dastlabki ma'lumotlar:
100 % li ammoniyli selitra olish uchun qurilmaning unumdorligi (t/soat). . . . . 62.589
Nitrat kislota konsentrasiyasi (%).. . . . …… . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 58
Gaz holidagi ammiak konsentrasiyasi (%).. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 100
1000 kg ammoniyli selitra uchun yo’qotilishi,(%):
Ammiak. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .2,5
Nitrat kislota. . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . ... . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .7,5

Ammoniyli selitra olish quyidagi reaksiyaga asoslangan:


NN3 + NNO3 = NN4NO3 + Q kJ.
Neytrallanish jarayoniga asosan 1tonna ammoniyli selitra olish uchun ammiak va nitrat kislotaning nazariy sarfini hisoblaymiz.
Ammiak uchun nazariy sarf, kg:
(17 · 1000)/80 = 212,5
Nitrat kislota uchun nazariy sarf, kg:
63 · 1000/80 = 787,5
bu yerda: 17, 63, 80 - ammiak, nitrat kislota va ammoniy nitratning molekulyar massalari.
Amaliy jihatdan reagentlarning yo’qotilishini hisobga olinganda, ammiak va nitrat kislota sarfi albatta nazariy sarfga nisbatan yuqori bo’ladi, kg.
Ammiak uchun amaliy sarf, kg:
212,5 + 2,5 = 215
Nitrat kislota uchun amaliy sarfi, kg:
787,5 + 7,5 = 795
62.589 kg/soat bo’lgan 100% li ammoniyli selitra olish uchun talab qilinadigan reagentlarning sarfi, kg/soat.
Ammiak sarfi, kg/soat:
62.589 · 215 = 13456.635
Nitrat kislota sarfi, kg/soat:
62.589 · 795 = 49758.255
Bundan ko’rinib turibdiki, 62.589 kg/soat bo’lgan ammoniyli selitra olish uchun talab qilinadigan ammiak sarfi 13456.635 kg/soat, nitrat kislota sarfi esa 49758.255
kg/soatga teng.
Soatdagi unumdorlikka asosan reagentlarning yo’qotilishi, kg/soat:
Ammiakning yo’qotilishi,kg/soat:
13456.635 - 212,5 · 62.589 = 156.472
Nitrat kislotaning yo’qotilishi kg/soat:
49758.255 - 787,5 · 37,768 = 469.417
58% li nitrat kislotaning sarfi, kg/soat:
49758.255 /0,58 = 85790.094
Bu miqdor nitrat kislota tarkibidagi suvning miqdori, kg/soat:
85790.094-49758.255 = 36031.839
Demak, neytralizator qurilmasiga kelayotgan reagentlarning umumiy miqdori, kg/soat:
13456.635 + 85790.094 = 99246.729
Apparatdagi neytralizasiya issiqligi qisobiga suvning bug’lanishini e'tiborga olmagan holda, ammoniyli selitra konsentrasiyasi quyidagicha aniqlanadi, %:
62589 · 100/99246.729 = 63,064
Suvning bug’lanishiga sarf bo’ladigan neytrallanish issiqligini hisobga olib, apparatdan chiqayotgan selitraning konsentrasiyasini 90% deb qabul qilib, tanlangan konsentrasiyaning to’g’riligi - issiqlik hisobi yordamida tekshiriladi.

6.1 – jadval




Download 97.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling