Amyobasimonlar (sarcodina) guruhi. Vakillari: amoeba proteus, arcella vulgaris, difflugia piriformis. Tuzilishi va hayot tarzi kerakli jihozlar


Download 149.07 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi149.07 Kb.
#497960
  1   2   3
Bog'liq
1 амалий машғулот
ped, 5-amaliyot ish Mavzu, 5-amaliyot ish Mavzu, O’zbekiston it-parki modelini aniqlash va davlatning rivojlanish, 5 тема, 5202552, 1, 2, EG, gG, Ehtimollar nazariyasi va matematik [uzsmart.uz], Ehtimollar nazariyasi va matematik [uzsmart.uz], referat, referat

AMYOBASIMONLAR (SARCODINA) GURUHI. VAKILLARI: AMOEBA PROTEUS, ARCELLA VULGARIS, DIFFLUGIA PIRIFORMIS. TUZILISHI VA HAYOT TARZI


Kerakli jihozlar: amyoba tuzilishini va harakatlanishini aks ettiruvchi jadvailar, mikroskoplar, amyobaning bo'yalgan tayyor mikropreparatlari, tirik amyobalar mavjud bo'lgan suv, buyum va qoplagich oynalar, tomizgichlar, fiitr qog'ozlarining bolakchalari, arsella va difflugiyalar mavjud bo'lgan suv, mum yoki plastilin bo'lakchaiari.
Amyoba chiriyotgan o'simlik qoldiqlari orasida, ko'lmak suvlarda, hovuzlarda uchraydi. U bir hujayrali suv o'tlari va bakteriyalar biian oziqlanadi. Kattaligi 0,4-0,5 mm bo'lib, sitoplazmadan iborat. U ikki qavatdan: amyoba tanasini qoplab turuvchi va uni tashqi ta'sirlardan saqlaydigan shishasimon tiniq va quyuq« qavat-ektoplazmadan, nisbatan suyuqroq, donador tuzilishiga ega boigan ichki qavat- endoplazmadan iborat. Bu ikkala qavat bir xil, kolloid moddaning ikki xil ko’rinishidir (ektoplazma, endoplazma).
Ular orasida ajratib turadigan alohida chegara bo'lmaydi.Shuning uchun ham, ulami biri ikkinchisiga aylanishj mumkin.Amyoba tanasining biror qismida soxta oyoqlar hosil bo'lib, qarama-qarshi tomonida esa ular qisqarib, sitoplazmaga qo'shilib ketadi. Natijada amyobaning sitoplazmasi oqib borayotganga o'xshab ko'rinadi, aslida sitoplazmaning ma'lum bir qismlari bilan substratga tayanib, amyoba «qadamlab» harakatlanadi. Soxta oyoqchalar-psevdopodiyalar harakatlanish organoidlari bo'libgina qolmasdan, ular ovqat moddala-rini qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Bu esa amyobaning fagotsitoz usuli bilan oziqlanishidir. Keyingi vaqtda elektron mikroskoplar yordamida amyobaning ikkinchi xil - pinotsitoz usuli bilan suyuq oziq moddalarini qabul qilishi ham aniqlangan. Pinotsitoz usulida oziqlanganda faqat suyuq mahsulotlar so'riladi.
Amyobaning tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon kanal botib turadi. Unga amyoba atrofidagi suyuq modda so'riladi. Keyingi pinotsitozda vakuola uzilib sitoplazmaga uishadi.
Qamrab olingan ovqat moddasi bir oz suv bilan birga sitoplazmaga o'tadi va uning atrofida hazm vakuolasi hosil boladi. Sitoplazmaning fermentlari ta'sirida vakuolada ovqat hazm bo'ladi, qoldiq moddalar esa amyoba tanasining har xil joyidan hazm vakuolasining yorilishi natijasida chiqariladi.
Amyoba hayotida qisqaruvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Sitoplazmada yig'ilgan suv va qisman qoldiq moddalar bilan to'la boshlaganda vakuolaning hajmi kattalashadi, keyjn hujayra membranasiga yaqinlashadi va yoriladi, suv esa amyoba tanasini qoplab turgan membrana teshikchaiari orqali tashqariga chiqariladi. Uy haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8 daqiqada bir marta qisqaradi.
Sitoplazmada erigan tuzlarning miqdori atiof muhitidagidan ko'p bo'lganligi sababli osmotik bosirn ham yuqori bo'ladi. Shuning uchun amyoba tanasiga doim suv kirib turadi. Natijada Sitoplazmada to'planadigan ortiqcha suvni chiqarishda qisqaruvchi vakuola ishtirok etib, u osmoregulyatsiya (osmotik bosimni boshqarish) vazifasini bajaradi. Suv bilan birga kislorod sitoplazmaga o'tadi, oqsil va uglevodlarning parchaianishidan hosil bo'ladigan qoldiq moddalar, karbonat angidrid gazlari esa chiqariladi. Demak, qisqaruvchi vakuola qisman ayrish va nafas olish vazifalarini bajaradigan organoid hisoblanadi. Qisqaruvchi vakuolaning faoiiyati tufayli amyoba tanasida suv doimo yangilanib turadi. Suv bilan birga sitoplazmaga nafas olish uchun zarur bolgan kislorod ham kirib turadi. Kislorod ishtirokida sitoplazmadagi murakkab organik moddalar oddiy moddalargacha parchalanadi. Natijada organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan energiya va zararli boigan karbo'nat angidrid gazi va boshqa moddalar hosil boladi. Karbo'nat angidrid gazi chiqariladi, hosil boigan energiya esa amyobaning hayot faoliyati uchun sarf bo'ladi.
Amyobaning endoplazmasida yadro joylashgan. Lekin uni maxsus bo'yalgan mikropreparatlardagina kuzatish mumkin.
Amyoba faqat bo'Iinish yo'li bilan jinssiz ko'payadi. Ovqat moddalari yetarli bo'lganida, 20-25 temperaturada 1-2 sutka davomida u bir marta bo'linadi.



Download 149.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling