Analitik ish


Download 26.7 Kb.
Sana03.09.2020
Hajmi26.7 Kb.
#128378
Bog'liq
Madaminov



O’zbekiston Respuplikasi Tashqi ishlar vazirligi
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi




ANALITIK ISH

Mavzu : “Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asaridagi siyosat to’g’risidagi fikrlari”

Bajardi: Xalqaro munosabatlari fakulteti Jahon siyosati yo’nalishi 3-1a-19 guruh talabasi Madaminov Muxammadali

Tekshiridi: Uchqun Do’stov

Toshkent 2019



Reja:

1. Husayn Voiz Koshifiy haqida

2. “Axloqi Muhsiniy” asari

3. Asardagi siyosat to’g’risidagi qarashlar

1. XV asrning ikkinchi yarmida Xurosonda Alisher Navoiy atrofida toʻplangan alloma, shoir va donishmandlar orasida mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan U boshlang’ich ma’lumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq voizlik - so‘z san’ati bilan shug‘ullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada ko‘zga ko‘ringan voiz - notiq bo‘lib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455-1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468-yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Xirotga keladi va qolgan umrini asosan Xirotda Temuriylar rahnamoligida o‘tkazadi. Ma’lumki, XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Xirot sharqning madaniyat markazi edi. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Xirotda vafot etadi.

Kamoliddin Husayn - allomaning ism-sharifi, voiz (notiq) - laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) - adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini o‘z davrining ilmiy tili - fors tilida yozgan bo‘lib, undan ko‘pgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, she’r san’ati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan ma’lum. Koshifiyning 45 nomdagi asarlarining 197 qo‘lyozma va 75 toshbosma nusxalari saqlanmoqda.

Bundan tashqari u o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan iloxiyotchi olimi bo‘lib, hadisni, Qur’oni Karimni yoddan bilgan, hatto Qur’onga to‘rt kitobdan iborat sharh ham yozgan. Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", "Risolai Xotamiya", "Anvori Suxayliy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Tavsiri Husayniy", "Javohirnoma" kabi undan ortiq asari arab, tatar, eski o‘zbek, o‘rdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda Koshifiy asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Bangladesh va boshqa sharq mamlakatlarining kutubxonalarida saqlanmoqda. Chet mamlakatlarda Koshifiy asarlariga qiziqish XVIII-XIX asrlardayoq kuchli bo‘lib, G‘arbiy Ovro‘paning X. G. Kin, M. Duayt, D. D. Donalson, E. Braun, A. A. Arberri, E. S. Kennedi, E. Rozental, X. Masse, K. S. Lambton, R. Levi, A. M. Shasteri kabi mashhur olimlari Markaziy Osiyo va Eronning XIV-XV asrlardagi madaniyati tarixini atroflicha o‘rganishga harakat qilganlar va Koshifiyning ijodi, merosiga yuqori baho berganlar.

2. Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarini 1495-yili yozgan. Asar Sulton Husayn Mirzoning o’g’li, temuriy shahzoda, Marv hukmdori Abdumuhsin mirzoga (1472-1507/08) bag’ishlangan. Kitobning asl mazmuni (“Yaxshi xulqlar”)dan tashqari “Muhsiniyning axloqi” ma’nosini ham anglatadi.

Asar 40 bobdan iborat bo’lib, boshlang’ich boblarda ibodat, duo, ixlos va boshqa tushunchalar bayoni, keyingilarida esa podshoh va yuksak martabali davlat arboblarining vazifalari, axloq-odobi, mulozimlari bilan munosabati juda ko’plab tarixiy shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar asosida yoritilgan.

3. Husayn Voiz Koshifiy davlatni odilona boshqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli bo’lsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak. Agar zabt etish va siyosat qilish bo’lmasa, barcha ishlar izdan chiqadi, agar adab berish va jazolash rasmi yo’q bo’lsa, muhim ishlar vayronlikka yuz qo’yadi.

Qit’a:

Mamlakat tobqay siyosatdin nizom,

Gar siyosat bo’lmasa yetgay xalal.

Tobmag’ay olam ishi aslo tuzut,

Besiyosat hech vaqtu hech mahal.

Koshifiy o’z asarida ikki jumlani keltiib o’tgan:

‘’la mulka illa bil-adli” va “la adla ill obis-siyosati”.



Birinchi jumlaning ma’nosi mulk adolatsiz barqaror bo’lmaydi, deyishdir. Ikkinchisi esa, adolat siyosatsiz bo’lmaydi, demakdir.

Siyosat yo’q bo’lsa mamlakat asosi nuqson topadi, mamlakat tartibiga parsishonlik va xalal yetadi. Xadisda kelishicha, agar podshoh bo’lmasa edi, odamlar bir-birovini yer edi, ya’ni xalok va nobud qilar edilar. Demak, mamlakatni siyosatdan boshqa narsa bilan ushlab turib bo’lmaydi…

Koshifiyning fikricha, begunoh odamlarni omonda saqlaydigan va gunohkorlarni qo’rquvda tutadigan, sitamkorlarni jazolaydigan va kambag’allarga ko’plab in’om qiladigan podshoh ulug’ hisoblanadi.

Xushang podshoh aytar ediki, ‘’Men yaxshilar va solih kishilarga Haqning rahmatiman, yomonlar va buzg’unchilarga Alloh taoloning qahriman, qahrimning nishi lutfim no’shiga tutashdir’’.

Bayt:__Siflakim*,_joh_topsa_dast,__Mamlakat_bozoriga_yetgay_shikast.__Kimki_dundur_na_sazoso_jox_erur'>Bayt:__O’tkim,_oning_tobishidin_xalqning_joni_kuyar,__Hech_iloji_bo’lmagay_oxir_o’chirmoqdin_bo’lak.'>Bayt:__Zahru_taryoqkim_har_ikkisi_xazinam_ichra_bor,__Ani_dushmanga_berurman,_muni_yoru_do’stg’a.__Odamlardan_siyosatga_loyiq_kim'>Bayt:

Zahru taryoqkim har ikkisi xazinam ichra bor,

Ani dushmanga berurman, muni yoru do’stg’a.

Odamlardan siyosatga loyiq kim?

Xaloyiq 5 tabaqaga bo’linadi. Birinchisi, agar odam zoti holda yaratilgan bo’lsa, undan o’ziga va xalqqa yaxshilik yetadi, yomonlik aslo sodir bo’lmayi. Bunday odamlarga yordam berish va ular bilan hamsuhbat bo’lish kerak. Ikkinchi tabaqa shundayki, ulardan ham hch qachon yomonlik sodir bo’lmaydi, ularni ham aziz tutish kerak va yaxshilik qilishga targ’ib qilish lozim. Uchinchi tabaqa o’rta hol kishilardir, ulardan o’zlariga ham, boshqalarga ham na yaxshilik yetadi van a yomonlik. Ularga yaxshilik qilish yo’lini ko’rsatish, yomonlikdan tiyilishni o’rgatish kerak. To’rtinchi toifa odamlar yaxshilik ham qiladilar, yomonlik ham qiladilar. Ularni xor tutish kerak, toki yomonlikdan qaytsinlar. Beshinchi toifa yomonlikdan boshqa narsaga yaramaydilar, demak ularga siyosat qilish kerak. Chunonchi, avval ogohlantirish lozim, bu billan ish bitmasa, qo’rqitish va do’q qilish kerak. Unda ham bo’lmasa, urish va zindonga solish lozim, unda ham tuzalmasa, unda uni yo’qotish kerak.

Bayt:

O’tkim, oning tobishidin xalqning joni kuyar,

Hech iloji bo’lmagay oxir o’chirmoqdin bo’lak.

Mamlakat zavoli nechta narsadan sodir bo’ladi?

Buning sababi uchta. Birinchisi, podshohdan davlatning ahvoli yashirin tutilsa; ikkinchisi, pastkash odamlar tarbiyalana; uchinchisi, zolimlar zulm qilsa. Chunki, agar viloyat va raiyat xabarlari podshohga yetmasa, u do’st va dushmandan forig’ va g’ofil bo’lur. Har kim nima xohlasa qiladi, u bexabar bo’lsa, turli fitna har burchakdan bosh ko’taradi va mamlakat fitnachilar ahliga o’tadi. Ikkinchisi, past va razil kishilar tarbiya topsa, himmat pastligi va ta’b xasisligidan mol yig’ishga o’ch bo’ladi va har kishidan tama qiladi. Ulug’lar va kattalarning qadrlari qolmaydi, ulug’ xalqning hurmatini saqlamaydi, hamma haloqyiq ko’ngillari bunday axlodan og’riydi. Va xususda aytadilarki, “Zavol-ud-davlati bi-irtifois-siflati”, ya’ni “Davlatning zavoli pastkashlarning yuqorilashuvidandir”. Patkashlar ko’tarilganda razillik taraqqiy darajasiga yetadi, davlat tanazzulga yuz tutadi.

Bayt:

Siflakim*, joh topsa dast,

Mamlakat bozoriga yetgay shikast.

Kimki dundur na sazoso jox erur,

Loyiki bandi baloyi chox erur*.

Uchinchisi, soliq yig’uvchilar odamlarga sitam qilsa, podshoh yomon otliq bo’ladi. Odamlarning zirosat va imoratdan ko’ngli soviydi. Shundan sulton daromadi kam bo’ladi, lashkarga kam maosh to’lanadi. Agar maosh bo’lmasa, xizmatdan bosh tortadilar. Agar dushman paydo bo’lib qolsa, podshohning yoru madadkorlari oz bo’lib, shuning natijasida mamlakat qo’ldan ketadi.

Bayt:

Zulmi omildan el xarob bo’lur,

Ko’ngli mazlumning kabob bo’lur.

Yetar elga shikast har yo’ldan,

Domoni ofiyat ketar qo’ldan.

Podshohlik qasrining to’rt ustuni bor bo’lib, agar ularning biri bo’lmasa, mamlakatning muhim ishlari barbod bo’ladi. Birinchisi, amirlik bo’lib, mamalakat atrofini muhofazat qilib, podshoh va raiyatni dushmanlar yomonligidan himoya qiladi. Va ikkinchisi, vazirlik bo’lib, podshoh va mulozimlarning qudratini tartibga solidi. Uchinchisi, hokimlik bo’lib, sultondan avval xalq ahvolidan xabardor bo’ladi, zaiflar arzini eshitadi va fosiqlar ahli dodini beradi. To’rtinchisi, sohib xabarlik bo’lib, u muntazam shahar va viloyat

xabarini, xaloyiq va raiyat ahvolini hazrat podshohga yetkazadi.

*Sifla - pastkash

Odamlarni o’ldirishga ruju’ qo’ymaslik kerak, chunki inson badanini xarob etib, jonidan judo etish – eng kata gunoh. Ammo uch xil odamni o’ldirishni barcha donolar ravo deydilar. Bular:

  1. Mamlakatni xarob etuvchi zolim mansabdor;

  2. Mol-mulkni o’g’irlovchi amaldor;

  3. Sirni oshkor etuvchi xoin.


Xulosa

  1. Axloqi Muhsiniy asarida hayo, odob, ishonch kabi mavzular qatori adolat, siyosat, podshoh va mulozimlarning xulq-atvori, axloqi va ular ortasidagi munosabatlar tahlil etilgan.

  2. Davlat boshligi qanday shaxsiy sifatlarga ega bolishi, jamiyat va davlatda tartibni qanday saqlash yollari aniq korsatib berilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. . Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2011-yil.

  2. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2000-2005-yillar.

Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling