Anaxita (nohid) – zardushtiylikda yer-suv, hosildorlik, farovonlik ilohasi ardvisura


Download 16.85 Kb.
Sana11.11.2019
Hajmi16.85 Kb.
#72540
Bog'liq
mavzuga oid glossary
O’ZBEK TILI FANIDAN YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLAR, ОНА ТИЛИМ, 5 yillik Jahon tarixi 1 kurs, Mustaqil ta`lim mavzular 5 yillik, Мустакил таълим, 1.Kushon davlatining tashkil topishi, 1.Kushon davlatining tashkil topishi, AMALIYOT BETLIKLARI, Oshga taklifnoma uchun, Oshga taklifnoma uchun, Paxta xomashyosini quritish, Audio ertaklar, Теория и методика ознакомления с природой, 365 29.04.2019

anaxita (nohid)

zardushtiylikda yer-suv, hosildorlik, farovonlik ilohasi.

ardvisura

– zardushtiylarningdaryo va suv xudosi. Avestoning yasht kitobidagi 5-bob unga bag’ishlangan (“Ardvisura-yasht”).

avesto

– o’rtafors tilidan “apastak” ya’ni “asos” deb tarjima qilinadi. O’rta Osiyoning ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din – zardushtiylikning muqaddas kitobi. Unda o’zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg’on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy axloqiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axloqiy qarashlar o’z ifodasini topgan.

axriman

– zardushtiylik dinida zulmat, ochlik, o’lim, gunoh va qabihliklar ilohi.

axuramazda

– zardushtiylik dining bosh xudosi. Ezgulik xudosi, insonga doimo yaxshilikni ravo ko’ruvchi ilohiy kuch.

azarxurra

– zardushtiylik dini ibodatxonalarida doimiy yonib turadigan muqaddas olov.

dax’yu

– Avestoda qabilalar ittifoqi. Dax’yu shuningdek, viloyat, mamlakat ma’nosini ham anglatgan.

kavi

– Avestoda mamlakat sardori, mamlakatni idora qilgan shaxs. Ya’ni diniy va dunyoviy hokimiyat egasi.

mitra

– zardushtiylik dinida quyosh va yorug’lik xudosi. Dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil va ma’murchilik, to’kin-sochinlikni ta’minovchi, Axuramazda bilan odamlar o’rtasidagi asosiy vositachi bo’lgan. Mitra jangchi yigit qiyofasida tasvirlangan.

nmana

– Avestoda katta patriarxal oila jamoasi.

ostadon

– zardushtiylarningdafn marosimiga tegishli odam suyaklari saqlanadigan sopol idish, sandiqcha.

spitama

– Payg’ambarZardusht urug’ining nomi.

videvdat

– Avestoning to’rt kitobidan biri. Videvdat Avestoning birmuncha yosh, lekin to’liq saqlangan kitobidir. U 22 bobdan iborat bo’lib, unda “devlarga qarshi kurash” qoidalari haqida gap boradi.

vis

– Avestoda urug’ jamoasi.

xumo

– baxtva boylik ilohasi. Ko’zga ko’rinmas jannat qushi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko’ra Xumo qushi kimning boshiga soya solsa, o’sha kishi baxtli va boy bo’ladi deb hisoblashgan.

yasna

– Avestokitobining bizgacha yetib kelgan qadimgi qismlaridan biri. Yasna kitobi 72 bobdan iborat bo’lib, ulardan 17 tasi “Gohlar” payg’ambar Zardushtning “muqaddas madhiyalari”dan iborat.


yasht

– Avestokitobining bizga yetib kelgan eng qadimgi qismlaridan biri. Yasht kitobi 21 bobdan iborat bo’lib, unda yozuvsiz zamonlardagi eroniy qabilalarning diniy tasavvurlari, afsonaviy qahramonlar va xudolarga bag’ishlangan madhiyalar to’plangan. U qadimgi qabilalarning og’zaki ijodi asosida paydo bo’lgan.

zand

– Avestooyatlarining fors tilida bitilgan sharhlari.

zantu

– Avestoda qabila jamoasi.

Zardusht

– zardushtiylikdinining bosh islohotchisi. Tarixiy shaxs. Zardushtning tug’ilgan joyi aniq emas. Olimlarning taxminiy faraz qilishlaricha u Turonzamin viloyatlaridan birida, ya’ni Xorazm yoki Sug’diyonada kohinlar oilasida tug’ilib o’sgan. U Spitama urug’idan bo’lib, otasining simi Porushasp, onasining ismi Dug’dova bo’lgan. Taxminan miloddan avvalgi 630-553-yillarda yashab o’tgan. Dariy tilida “ushtra” tuya, “zarat” keksa sariq tuya ma’nosida. Zardusht – tuyachi, tuyachilar avlodidan degan ma’noni bildiradi.

Afrosiyob

– Samarqandning eng qadimgi qismi. Miloddanavvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan. Afrosiyob tepaligi hozirgi Samarqandning Sharqiy chekkasida joylashgan bo’lib, uning maydoni 219 gektarni tashkil etadi.

Ahmoniylar

– miloddanavvalgi 558-330-yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i, oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahmon asos solgan. Kir II (556-530) va Doro I (522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari ham Ahmoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Ahmoniylar saltanatiga Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (356-323) miloddan avvalgi 330-yilda barham beradi.

Araks

– Amudaryoningqadimgi nomi. Yunon tarixchilari (Gerodot) asarlarida Amudaryo shunday nomlangan.

Baqtriya

– geografik hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O’zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston yerlari kirgan. Ilk o’rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya yerlarida ko’chmanchi turkiy qabila – toxarlar kelib joylashishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan.

bargustivon

– qadimdajangovar otlar ustiga yopiladigan yopinchiq, himoya vositasi. Otlar sovuti.

behistun bitiklari

– Shimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida, tog’ oralig’idan o’tgan qadimgi savdo yo’li yoqasidagi qoyaga ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486) ning qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi Sharq va O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg’iyonaliklar, saklar) haqida ma’lumotlar keltirilgan.

davlat

– bu sinfiy jamiyatda asosiy ishlab chiqarish vositalari egalarining umumiy manfaatlarini ta’minlovchi va uni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat jamiyati urug’-qabilachilik munosabatlari, urf-odat, rasm-rusmlari kabi axloqiy me’yorlar bilan boshqarilgan bo’lsa, sinfiy jamiyatda jamiyat a’zolari davlatning (hukmron sinfning) yozma erki bo’lgan (yozib qo’yilgan) huquq – qonunlar orqali boshqariladigan bo’ldi. Demak, davlat bu jamiyatni boshqaruvchi siyosiy mexanizmdir. Davlat o’z faoliyatini organlari (amaldorlar apparati, sud, qo’shin va h.k.) orqali yuritadi.

Ilk davlat birlashmalari miloddan avvalgi IV ming yillikda qadimgi Mesopotaniya va Misrda vujudga kelgan. Vatanimiz hududida dastlabki davlat birlshmalarining paydo bo’lishi miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.



Kiropolis (kurushkat)

– rivoyatlargako’ra, Kir II qurdirgan shahar. Xarobalari O’ratepa yaqinidagi Nurtepa o’rnida joylashgan.

qadimgi Baqtriya davlati

– antik davr tarixchilari (Miletlik Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Diodor) asarlarida eslatiladigan, Vatanimiz hududida vujudga kelgan eng dastlabki davlat birlashmalaridan biri. Yozma manbalardagi keltirilgan ma’lumotlar va keyingi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qo’lga kiritilgan ashyoviy dalillarga asoslanib, qadimgi Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan deb xulosa chiqarish mumkin. Poytaxni Baqtra (yinon tarixchilari asarlarida Zariasp).

qadimgi Xorazm davlati

– O’rta Osiyoda Ahmoniylar istilosiga qadar mavjud bo’lgan Vatanimiz hududidagi ilk davlat birlashmalaridan biri. Qadimgi Xorazm davlati haqida yozma ma’lumotlar juda kam bo’lib, bular asosan antik davr mualliflari tomonidan berilgan uzuq-yuluq ma’lumotlargina xolos. Qadimgi Xorazm davlati haqidagi dastlabki ma’lumotni Miletlik Gekatey (mil.avv. VI-V asr) va Gerodot (mil.avv. V asr) beradi.

satraplik

Ahmoniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar davlatlarida satrap boshchiligidagi harbiy-ma’muriy okrug, viloyat. Satrapliklarga satrap (hokim)lardan tashqari harbiy boshliqlar ham tayinlangan. Hozirgi O’rta Osiyo hududlarida ham o’sha davrda alohida satrapliklar tashkil etilgan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq to’lashga majbur bo’lgan.

talant

– qadimgi Yunoniston, Misr, Mesopotamiya, Suriya va Eronda ishlatilgan og’irlik va yirik pul o’lchov birligi. 1 talant 6 000 dirhamga teng bo’lgan. Og’irlik o’lchov birligi sifatida talantning miqdori turli mamlakatlarda turlicha bo’lgan. Masalan: qadimgi Yunonistonda 1 talant 26,2 kg bo’lsa, Eronda 1 talant 33,655 kg. ga to’g’ri kelgan.

shoh yo’li

– Eron Ahamoniylari sulolasi davri (mil. avv. VI-IV asrlar) da mavjud bo’lgan muhim savdo yo’llaridan biri. Eron poytaxti Suza shahrini Mesopotamiya, Yaqin Sharq va Kichik Osiyo mamlakatlari bilan bog’lagan. Podsho Doro I buyrug’i bilan Shoh yo’lida bekatlar, karvonsaroylar, quduqlar qurilib, savdogarlarni otliq soqchilar tomonidan qo’riqlab borish xizmati ham joriy qilingan.

Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling