Andijon davlat pediatriya vrachlar malaka oshirish instituti umumiy pediatriya


Download 19.67 Kb.
Sana01.10.2020
Hajmi19.67 Kb.

ANDIJON DAVLAT PEDIATRIYA VRACHLAR MALAKA OSHIRISH INSTITUTI

UMUMIY PEDIATRIYA

KURS ISHI

БАЖАРДИ: ESHONOV OLIMHON


КАБУЛ КИЛДИ: QOSIMOVA ZAMIRA

2020Y
Bronxial astma

— surunkali, yuqumsiz, yallig’lanish tabiatli havo yo’llari kasalligidir. Nafas olish organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari ularning giperfaolligiga olib keladi, natijada allergen yoki qo’zg’atuvchi ta’sirga uchraganda bronxial obstruktsiya (qisilish) rivojlanadi, bu havo oqimi tezligini kamaytiradi va bo’g’ilishga olib keladi. Bronxial astma xuruji odatda qo’zg’atuvchi ta’siridan keyin rivojlanadi va qisqa o’tkir nafas olish va shovqinli uzaygan nafas chiqarish bilan xarakterlanadi. Odatda yopishqoq balg’amli va shovqinli yo’tal alomatlari bilan birga keladi. Bronxial astma o’pka va yurakning emfizemasiga, astma holatining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.


Mundarija:

1 Bronxial astma

2 Bronxial astma etiologiyasi

3 Bronxial astma tasnifi

4 Bronxial astma alomatlari va belgilari

5 Bronxial astmaning asoratlari

6 Bronxial astmani tashxislash

7 Bronxial astmani davolash

8 Bronxial astmani oldini olish va kasallik yakuni

BRONXIAL ASTMA


So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilgan.
Nafas qisilishi xurujlari turli tezliklarda kuzatiladi, ammo remissiya bosqichida (surunkali kasallikning vaqtinchalik yengillashishi) ham havo yo’llarida yallig’lanish jarayoni saqlanib qoladi. Bronxial astmada havo oqimining buzilishida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi:
Bronxlarning silliq mushaklarining spazmlari yoki ularning shilliq qavatining shishishi tufayli nafas olish yo’llarining to’silib qolishi.

Nafas olish yo’llarining shilliq osti bezlari giperfunktsiyasi sababli sekretsiyasi tomonidan bronxlarning to’silib qolishi.

Bronxial devorda sklerotik o’zgarishlarga olib keladigan, kasallikning uzoq davom eitshi natijasida bronxning mushak to’qimasini biriktiruvchi to’qimaga almashishi.

Murakkablikka qaramasdan bronxial astma yaxshi davolanadi, buning natijasida doimiy va uzoq muddatli remissiyaga erishish mumkin. Bemorlar o’z holatini doimiy nazorat qilishi ularni nafas qisilishi xurujlari boshlanishini oldini olish, kamaytirish yoki xurujalrni bartaraf etish uchun yordamchi dorilarni qabul qilishlardan halos etadi, shuningdek, faol hayot tarzi olib borish imkonini beradi. Bu o’pka funktsiyasini saqlab qolishga va asoratlar xavfini to’liq bartaraf etishga yordam beradi.


BRONXIAL ASTMA ETIOLOGIYASI
Astmani rivojlantiruvchi eng xavfli omillarga ekzogen allergenler hisoblanadi. Laboratoriya sinovlari astmatik bemorlarda va xavf guruhidagi insonlarda allergenlarga sezuvchanlik yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi.
Eng keng tarqalgan allergenlarga bu maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar ozuqasi, uy hayvonlari qazg’oqi, o’simlik tabiatli allergenlar va nutritiv deb ataluvchi oziq-ovqat allergenlarni sanaladi. Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlarning 20-40 foizida dori-darmonlarga, 2 foizida salbiy ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish joylarida ishlash, masalan parfyumeriya do’konlarda ishlash natijasida allergiya muztiladi.
Infektsion omillar ham bronxial astma patogenezida muhim bo’g’in hisoblanadi, chunki mikroorganizmlar, ularning metabolik mahsulotlari allergen sifatida ta’sir qilishi va shu sabab sensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, infektsiya bilan doimiy aloqada bo’lsih bronxial yo’llarning yallig’lanishini faol holatda ushlab turadi.
Gapten allergen deb atalmish, oqsil tuzilishli bo’lmagan allergenlar inson organizmiga tushishi va uning oqsillari bilan bog’lanishi natijasida ham allergik xurujlar yuzaga kelishi va bronxial astma xavfini oshiradi. Sovuq qotis
Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi

Qorinda og'riq ovqat qabul qilish yoki ovqat bilan bog'liq bo'lmagan holda yuzaga kelishi mumkin. Erta og'riqlar gastrit, ezofagitlarda kuzatiladi. Kechki og'riqlar - gastroduodenitlar, yaralarda bo´ladi. Og'riq lokalizasiyasi alohida ahamiyatga ega. Epigastral sohadagi og'riqlar ezofagit va gastritga xarakterli, piloroduodenal sohadagi og'riqlar - antral gastrit, gastroduodenit va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalliligiga xos. O'ng qovurga osti sohasidagi og'riqlar o't ajratish yo'llari kasalligiga xarakterli. Kindikdan yuqori va chapda belboqsimon og'riqlar pankreatitda kuzatiladi. qorinning hamma qismida og'riqlar enterokolitlarda kuzatiladi. O'ng yonbosh sohasidagi og'riqlar appendisit, proksimal kolit, ileitga xos. Qorin palpasiyasi og'riqli nuqtalar va oldingi qorin devoridagi og'riqli sohalarni aniqlaydi, ular orqali qaysi organ zararlanganligi to'g'risida bilib olish mumkin.


Shoffar zonasi - ikkita o'zaro perpendikulyar chiziqlar o'rtasida hosil bo'lgan yuqori o'ng burchak, kindik orqali o'tadi, bissektrisalarni teng ikkiga bo´ladi. Bu yerda oshqozon osti bezining tanasi joylashadi. Dejarden nuqtasi - o'ng yuqori kvadrantning bissektrisasida joylashgan. Bu oshqozon osti bezi boshchasi shikastlanishida kuzatiladigan og'riq nuqtasi.


Meyo-Robson nuqtasi - chap yuqori kvadrant bissektrisasida joylashgan, qovurgalar yoyiga 1/3 qism yetmaydi. Bu oshqozon osti bezi dumchasi zararlanganda kuzatiladigan og'riq nuqtasi. Bolalarda o't pufagini paypaslab bo'lmaydi, lekin togridan-togri o't pufagi va o't yullari zararlanishini bildiradigan ko'p sonli simptomlar mavjud.
Merfi simptomi. Tekshiruvchi qo'l barmoqlarini o't pufagi proeksiyasi sohasiga - qovurgalar yoyining pastki qirrasiga qo'yadi (o'ng qorin to'g'ri mushagini qovurgalar yoyi bilan kesishgan joyi). Nafas olganda bemor kuchli va birdan yuzaga keluvchi og'riqni sezadi.
Ortner simptomi. Nafas olganda qo'l qirrasi bilan o'ng qovurga osti sohasiga tukullatganda og'riq paydo bo´ladi. Bu vaqtda bemor nafas chiqarganda og'riq bo'lmaydi. Kuchli yallig'lanish bo'lsa og'riq o'ng qovurg'a osti sohasiga tukullatganda ham seziladi.
Ker simptomi. Oddiy palpasiyada nafas olganda o't pufagi sohasida og'riq seziladi.
Frenikus simptomi (Myussi simptomi). Ko'krak o'mrov-so'rgich mushaklari oyoglari o'rtasiga bosilganda og'riq seziladi.
Boas simptomi. Orqada VIII-umurtqadan o'ngga bosilganda reflektor og'riq seziladi.
Mendel simptomi - bukilgan barmoqlar bilan epigastral soxaga tukullatilganda og'riq paydo bo'lishi. Bu simptom oshqozon yara kasalligida mumbat bo´ladi.
Ishtaha - bola sog'ligi holatini baholovchi juda keng tarqalgan va universal mezonlardan biri. Ishtaha yuqoriligiga qaraganda, ko'proq ishtaha pasayishiga shikoyat qilishadi. Bu ikkala holat ham bir xildagi e'tiborni talab etadi. Normada ovqatni qabul qilish jarayoni ikkita gipotalamik markaz bilan boshqariladi: yon tomondan "och qolish" markazi va ventromedial "toyish markazi". "Toyish markazi" "och qolish" ni sondiradi, ovqat qabul qilingandan keyin bu toyinish hissiga olib keladi. Xolesistokinin peptidi to'yish ta'sirini chaqiradi va ovqatni tutish regulyasiyasida qatnashadi. Oshqozon mushaklari gipertonusi ishtaha kotarilishiga sabab bo´ladi, oshqozonning gipotoniyasi - ishtahaning pasayishiga olib keladi. Ota-onalarning eng ko'p shikoyati bolada ishtaha yog'ligi, ishtahaning yomonligi yoki ovqat vaqtida injiq bolishidan iborat bo´ladi.
Anoreksiya (anorexis) -ovqat yeyishdan bosh tortish, ovqat yeyishni hoxlamaslik, ishtahaning pasayishi (hyporexis). Anoreksiyani sitofobiya bilan almashtirmaslik kerak.
Sitofobiya bu ovqatlangandan song ogriq yo’ki behalovatlik hissi paydo bo´ladi deb gumon qilib, ovqat yeyishdan qorqishga aytiladi. Sitofobiya oshqozon yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-onaning bolada ishtahaning yomonligi to'g'risidagi shikoyati xar doim tanqidiy muhokamani talab qiladi.

Diffеrеntsial diagnostikasi. Kasbiy bronxial astmani eng av-

valo kasb bilan bog’liq bo’lmagan astma bilan farqlash kеrak bo’la-

di. To’g’ri yig’ilgan kasbiy anamnеz va spеtsifik diagnostik tеkshi-

ruvlarni o’tkazish va kasbiy omilning eliminatsiyasidan kеyin bе-

mor ahvolining yaxshilanishi tashxisni to’g’ri aniqlash imkonini

bеradi.

Surunkali obstruktiv bronxit, kasbiy bronxial astmadan farq



qilib, ko’pincha, asta-sеkin rivojlanishi, bo’g’ilish xurujlarining

bo’lmasligi, nafas еtishmovchiligining zo’rayib borishi bilan ifo-

dalanadi. Ko’pchilik bеmorlarda kuzatiladigan nafas olishning qi-

yinligi asosan, bronxlarda balg’amning to’planib qolishi tufayli

ro’y bеradi va shuning uchun ham bronxolitik dori vositalari ijo-

biy samara bеrmaydi.

Surunkali obstruktiv bronxitning klinik bеlgilaridan biri

yo’tal hisoblanib, odatda, shilliq yoki shilliqli-yiringli balg’am

ajralishi kuzatiladi, yo’tal doimiy bo’lib, ko’pincha, ertalabki vaqt-

da kuchayadi. Hansirash va nafas olishning qiyinligi paroksizmal

xaraktеrga ega emas va jismoniy zo’riqish yoki yo’taldan kеyin zo’ra-

yadi. Shuningdеk, bo’g’ilish xurujlaridan kеyin kuchishi qiyin bo’lgan shilliq qvushqoq balg’am ajralishi, pеrifеrik qonda va balg’amda kuzatiladigan eozinofiliya xos emas. Klinik va tashqi nafas funktsiyasini tеkshirish natijasida aniqlanadigan obstruktiv sindrom

surunkali bronxitda butunlay yo’qolmaydi. Surunkali obstruktiv

bronxit nafas еtishmovchiligi va surunkali o’pka yuragi bilan

ko’pro q asoratlanadi.
Davolash. Kasbiy bronxial astmani davolash printsiplari quyi-

dagilardan iborat:

bеmorni faol hamkorlikka tayyorlash;
bеmorning holatini baholash va nazorat qilish (pikfloumеt-

riya, pnеvmotaxomеtriya);

etiologik omillarning ta'sirini to’xtatish;
davolash rеjasini tuzish;
kasallikning qo’zg’alishida shoshilinch yordam ko’rsatishni rеja-

lash;
kasallikning kеchishini doimiy nazorat qilish.


Kasbiy bronxial astma bilan xastalangan bеmorlarni davolash-

da kasallikning etiologik omili, klinik ko’rinishi, og’irlik dara-

jasi, davri va asoratlarini hisobga olish kеrak. Eng avvalo, etio-

logik omil - kasbiy allеrgеnni aniqlash va bеmorni o’z vaqtida boshqa ishga o’tkazish zarur.

Davolashning patogеnеtik usullariga spеtsifik dеsеnsibilizatsiya

va yallig’lanishga qarshi davo tеrapiyasi kiradi.

Spеtsifik immunotеrapiyani bir qator shartlarga rioya qilgan

holda o’tkazish kеrak. Bu shartlarga quyidagilar kiradi: yosh bеmor-

larda ijobiy samara bеrishi, o’tkazilgan mеdikamеntoz tеrapiyadan

kеyin chuqurlashtirilgan nafas chiqarishning 1 sеkunddagi hajmi va

nafas chiqarishning chuqqi hajmi tеzligi mе'yoriy ko’rsatkichlarning

70 foizdan kam bo’lmasligi, polivalеnt allеrgiya kuzatilgan bеmor-

larda yaxshi samara bеrmasligi.

Kasbiy astmani davolashda asosiy tеrapiya yallig’lanishga qarshi dori vositalari bo’lib, kasallikning og’irlik darajasiga muvo-

fiq holda olib boriladi.

Kromoglikat natriy (intal, ifiral, kromolin va boshqalar) -

yallig’lanishga qarshi nostеroid dori vositasi bo’lib, asosan kasbiy

astmaning boshlang’ich va asoratsiz kеchuvchi shakllarida ishlatiladi.

Kasbiy astmani davolashda glyukokortikostеroid gormonlar

kеng qo’llaniladi. Kasallikning qo’zg’alishida, jumladan, bronx-

larning obstruktsiyasi kuchayganda bronxolitik dorilar ishlati-

ladi. Hozirgi vaqtda bronxlarni kеngaytiruvchi dori vositalari

juda ko’p bo’lib, ko’proq quyidagi guruhlari qo’llaniladi: adrе-

noergik rеtsеptorlarining stimulyatorlari, antixolinergik mod-

dalar va mеtilksantinlar.

Xurujlararo davrida bеmorlarga organizmning umumiy rеaktiv-

ligini oshirishga qaratilgan davo chora-tadbirlari va yilning is-

siq vaqtida tog’ yoki quruq dеngiz iqlimida sanatoriya-kurortlarda

davolanishni tavsiya etish mumkin.
Mеhnat layoqatini ekspеrtiza qilish. Kasbiy bronxial astma

bilan xastalangan bеmorlarning mеhnat layoqatini hal qilish va

ishga joylashtirishda kasallikning darajasidan qat'iy nazar, quyi-

dagilarni e'tiborga olish kеrak: sеn


Bemorlarda bronxial astmani aniqlash va davolash natijasini baholash uchun dastur

08.06.2020Agentlik Yangiliklari


Dastur bronxial astma bilan kasallangan bolalarni diagnostika qilish va davolash samaradorligini baholash uchun moʼljallangan.
Bronxial astma (yun. asthma boʼgʼilish), ziqnafas – mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʼchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʼtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi va boʼgʼilish xuruji bilan oʼtadigan allergik kasallik. Bronxial astma, odatda, toʼsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Kasallik xuruji tutganda bemor nafas chiqarishga qiynalgan, koʼkrak qafasi qisadi, boʼyin venalari boʼrtadi, yuzi koʼtaradi, burun teshiklari kengayadi. Bronxial astma tutganda bemor nafas chiqarayotganida hushtakka oʼxshagan ovoz chiqadi va xirillab qoladi.
Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
• bronxial astma bilan kasallangan bolalarni tekshirish natijalari boʼyicha maʼlumotlarni toʼplash, kiritish va saqlash;
• diagnostika qilish, bemorlarni nazorat qilish, xavf omillarini aniqlash va asoratlarni prognoz qilish;
• bolalarda bronxial astmani davolashda xoleklsiferolni (D vitaminini) qoʼllash samaradorligini va kasallikni davolashdan oldingi hamda keyingi darajasini baholash;
• bronxial astma bilan kasallangan bolalarni oʼz vaqtida diagnostika qilish orqali kasallik rivojlanishining oldini olish.
Dastur aniqlangan oʼzgarishlarni qayd etish, kasallikning zoʼrayish chastotasini pasaytirish, xuruj davri oraligʼini uzaytirish, nogironlik foizini kamaytirish, noxush oqibatlarning oldini olishda yuqori ko’rsatkichlarga ega.
Dastur tibbiyotda, aynan bronxial astma bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga qabul qilish hamda ularni davolash jarayonida foydalanishda mo’ljallangan.
Dastur mualliflari Karimova Nilufar, Karimova Maftuna, Turaeva Nafisa va Maxpieva Guldonaxonlarga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 08061 raqamli guvohnoma berildi
Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling