Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsiya yo’nalishi 402-b guruh talabasi


Download 383.63 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2022
Hajmi383.63 Kb.
#627751
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu
kombinatorika masalalari (3), farmakologiya, 2-mavzu, referat, DIDAKTIK ta\'lim, Talim metodlari, Talim metodlari

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI FARMATSIYA


YO’NALISHI 402-B GURUH TALABASI
_____________________________________________________NING
__________________________________________ FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISH

MAVZU: DORI TURLARINING TAKOMILLASHGAN SHAKLLARI(POLIMER PARDALAR VA B.) TAHLILINING O’ZIGA XOS TOMONLARI


Yozdi: ________________________________


Tekshirdi: ________________________________


REJA
1. Kirish. Dori turlarining takomillashgan turlari haqida
2. Polimer dorivor pardalar.
3. Polimer dorivor pardalar tasnifi.
4. Mahalliy ta’sirga ega bo’lgan polimer dorivor pardalar.
5. Umumiy ta’sirga ega bo’lgan polimer dorivor pardalar.
6. Ularning texnologiyasi va sifatini baholash.
7. Boshqa turdagi takomillashgan dori turlari haqida.
8. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish. Polimer dorivor pardalar haqida
Hozirgi vaqtda dori vositalarini samaradorligini oshirish tibbiyotning asosiy
muammolaridan hisoblanadi. Shu muammoni yechish yo‘llaridan biri bu, qo‘llanilib kelingan dorivor substansiyalarning mo‘tadil, zamonaviy dori shakllarini ishlab chiqishdir.

So‘ngi vaqtda yangi dori turlaridan polimer dori pardalarini ishlatish oshib bormoqda. Bu dori turini yaratilishi va rivojlanishiga, farmatsiya sohasiga zamonaviy polimerlarni keng tatbiq etilishi, asos soldi.


Polimer dorivor pardalar tibbiyotning turli sohalarida, ayniqsa dermatologiya,
oftalmologiya, stomatologiya, otorinologiyada keng qo‘lla-nilmoqda.Polimer dorivor pardalar teri ustiga yoki har xil shilliq qavatlarga yopishtirilishi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Hozirgi paytda polimer dorivor pardalarni farmatsiya sohasida keng qo‘llanilishi, ularni qator afzallik tomonlarga ega bo‘lganligi bilan bog‘liq:


- dorivor pardalarni biosamaradorligi va ta‘sirini davomiyligi;


- dorivor moddaning turg‘unligi va dozasini aniqligi;
- dorining ta‘sirini tananing kerakli qismiga yo‘naltirilganligi;
- dori moddalarning konsentratsiyasini bir me‘yorda ushlab turishini ta‘minlashi;
- qo‘llash va saqlash jarayonida hamda tashishda qulayligi;
- qo‘shimcha reaksiyalarni minimal darajada bo‘lishi;
- ko‘z dori pardalarini sterilligi.
Polimer dorivor pardalarnihosil qilish uchun turli polimerlar qo‘llaniladi. Ulardan tabiiy polimerlar:
- kollagen;
- jelatin;
- alginatlar

Yarimsintetik polimerlar:


- metilsellyuloza (MS);
- natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy-KMS);
- oksipropilmetilsellyuloza (OPMS)

Sintetik polimerlar:


- polivinil spirti (PVS);
- polivinilpirrolidon (PVP);
- poliakrilamid (PAA).
Oxirgi yillarda dermatologiya amaliyotida antibakterial, antiseptik, allig‘lanishga qarshi, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi prepa-ratlarni zamonaviy dori shaklida, ya‘ni polimer dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatilmoqda.



Download 383.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling