Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti, fizika ta’lim yo’nalishi


Download 14.12 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi14.12 Kb.
#488914
Bog'liq
dekanat tavsiyanoma
Kombinatorika elementlari Kombinatorika 104846, Kombinatorika elementlari Kombinatorika 104846, Biologiya II kurs ishchi dastur, Тест 100 та

Andijon davlat universiteti
Fizika-matematika fakulteti, fizika ta’lim yo’nalishi
3-bosqich talabasi Raxmatullayev Ravshanbek Bahodirjon o’g’liga
TAVSIYANOMA
Raxmatullayev Ravshanbek Bahodirjon o’g’li 2019 yili Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti, fizika ta’lim yo’nalishiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan. Ravshanbek o’zining ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi, iqtidori hamda ta’lim rivojiga hissa qo’shishga bo’lgan intilishi bilan tengdoshlari orasida alohida e’tibor va ehtiromga loyiqdir.
Uning ilmiy izlanishga bo’lgan qiziqishi fizika fani bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarida , texnika fanlari doktori, professor R.Aliev rahbarligida izlanishlar olib borishga yo’nalish berdi. Ravshanbek o’z ilmiy izlanishlarini “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasida olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar natijalarini aks ettiruvchi maqola va tezislar ilmiy va davriy nashrlarda e’lon qilindi.
Raxmatullayev Ravshanbek har bir berilgan topshiriqlarga jiddiy yondoshib, doimo ma’suliyatni his qilgan holda o’z o’rnida bajarishi, hamda jamoat ishlaridagi doimiy faol ishtiroki va na’munali xulqi bilan boshqa talabalardan farq qiladi.
Uning amaliy ifodasi sifatida 2019-2020 o’quv yillari davomida oliy o’quv yurtlarida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, nufuzli ilmiy jurnallarda o’zining maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib, 2020 yil 12-13 mart kunlari Farg’onada o’tkazilgan xalqaro “ СОВРЕМЕННЬIЕ ПРАБЛЕМЬI ДИФФЕРЕЦИЛЛЬНЬIХ УРАВЛЕНИЙ И СМЕЖНЬIХ РАЗДЕЛДЕЛОВ МАТЕМАТИКИ’’ konfrensiyada ilmiy maqolasi e’lon qilingan. Dekanat jamoasi Raxmatullayev Ravshanbekning kelgusida yetuk mutaxassis, izlanuvchi-tadqiqotchi olim bo’lishiga ishonch bildirib, O’zbekiston Respublikasi Yil talabasi-2021 munosib nomzod sifatida tavsiya etadi.


Fizika-matematika fakulteti dekani: t.f.n., dotsent Mansurov.X
Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling