Andijon davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Download 54.17 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi54.17 Kb.
#105533
Bog'liq
Jakbaraliyev Mirzoxidjon


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI

KASB-TA’LIMI (IAT) YO’NALISHI 2-BOSQICH

2-GURUX TALABASI JAKBARALIYEV MIRZOXIDJONNING

KASB TA’LIMI METODIKASI

FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI



MAVZU: O’quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari va uni tadbig’ etish.
BAJARDI : M.JAKBARALIYEV

TEKSHIRDI: G.TEMIROVA


MAVZU: O’quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari va uni tadbig’ etish.

REJA:

  1. KIRISH: Axborot texnologiyalari xaqida.

  2. ASOSIY QISM:

  • O’quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari.

  • O’quv jarayonida axborot texnologiyalarini tadbig’ etish.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Mustaqil ishimning mavzusi o’quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari va uni tadbig’ etish haqida. Avvalo biz bu yerda birinchi navbatda axborot texnologiyalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz kerak bo’ladi. Xo’sh axborot texnologiyalari o’zi nima ? Ularga nimalarni misol qilsak bo’ladi ? Oddiy insonning hayoliga albatta birinchi navbatda qo’l telefoni va kompyuterlar keladi. Ha to’g’ri telefon va kompyuterni misol qilsak bo’ladi. Demak axborot texnologiyalari axborot yaratadigan, ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va o’zaro almasha oladigan texnologiyalar ekanda.

Fan tili bilan aytganda esa Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.

Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.

Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.

Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish— inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.

Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.

Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.

Talim va kadrlar tayerlash jarayonini axborotlashtirish.

.


Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:

Birinchidan, ukitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan ukuv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga kizikishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini ustiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani ukuv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.

Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;

·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;

·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; ·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k.

Mexnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va farafonlik darajasini ko’tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin. Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo’lmasa, butun halq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayib ro’y berishi mumkin. Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.

Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil yetish

,o’z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko’pdan - ko’p dadil va raqamlarga murojat qiladi.

Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi ,rivojlanmaydi ham.

Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to’g’risida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan yextiyojini qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga yega bo’lishdir .Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo’laveradi va biror -bir axborotli muxit doirasida qondiriladi. «Axborotli muxit» tushunchasiga xozirgi kunda ingformatika masalalarini o’rganishda muxim o’rin yegallaydi. Insoniyatni o’rab tturgan muxit o’z xizmatlariga ko’ra turlichadir – tabiy siyosiy, ijtimoiy, milliy va oylaviy ruxiy bo’lishi munkin. Aniqrog’i bular xar birimiz yash bir butun muxitninig tekisliklaridir. Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muxit turadi va u barcha axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish vositalari – yenergetik tamonlarini to’ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.

Axborotli muxitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o’rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildak tuyiladi ammmo ular munosabatini chuqurroq o’rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar» o’rtasidagi bog’liqlik xususiyati borligini ko’ramiz.

Jamiyatda odamlar o’rtasidagi aloqa faktori bo’limlar o’rtasidagi «ko’prik» - bu axborotdir. Demak ,bilimni «o’zi uchun» axborotga aylantirish mexanizii axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida o’rin yegallaydi. +adimda axborotli muxit juda qashshoq bo’lib ,u tor doiradagi yeng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat yedi, bu xol odamlar orasidagi bog’liq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muxitidagi xissani kamaytirib yuboradi.

Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo’lib ,uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z navbatida, YEXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli muxitning kelajakda inson xayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar qo’llamini kegaytirish talab yetiladi..

Respublikamizda axborotlashtirish keng yo’lga qo’yilishi bilan undagi xar bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda.

Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (teleforin tarmog’i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga yega bo’lmoqda. Insonning iqsodiy, yekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikirlash doirasining kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan o’zgari ,yangi xusiyatga yega bbo’lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbig’ yemas, rivojlanishning zarur vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajajasidagi holatini informatikasiz qo’llab bo’lmaydi. Axbortllarni tez, sifatli yg’ish saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos yekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqsodiyotning boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munossabatlarga o’tish buxgalteriya xisobini tashkil qilish va olib berishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga o’tishi amalga oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakillarini ishlab chiqarishni talab qilad. Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning kompyuterda ishlab chiqarishning tashkil qilishning ananaviy shakillari katta o’zgarishlarga uchragan. Xisobchidan korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviiy taxlil usullarini yegallash, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish bozor jarayonlarida pul mablag’lar investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.



Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

Ichki omillar.

Tashqi omlilar.



Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborot

lar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.



Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi.



  1. bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan.

Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

  1. - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

  2. bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi.

  3. bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

  4. bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga yega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

O’quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashning asosiy yo'nalishlari
O’quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashning asosiy yo'nalishlariga quyidagilarni misol qilsak bo’ladi:
turli maqsadlar uchun pedagogik dasturlarni ishlab chiqish;
ta'lim maqsadlarida veb-saytlar yaratish;
o'quv va didaktik materiallarni ishlab chiqish;
real ob'ektlarni boshqarish (o'quv botlari);
virtual modellar bilan kompyuter tajribalarini tashkil etish va o'tkazish;
global va mahalliy tarmoqlarda har xil shakllarda ma'lumotni maqsadli izlash, uni to'plash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish;
tajriba natijalarini qayta ishlash;
talabalar uchun intellektual dam olishni tashkil etish.
Hozirgi kunda multimedia vositalaridan foydalangan holda integratsiyalashgan darslar eng ko'p qo'llanilmoqda. Trening taqdimotlari ta'limning ajralmas qismiga aylanmoqda, ammo bu IT-ni qo'llashning eng oddiy namunasidir.
So'nggi paytlarda o'qituvchilar ma'lum bir fan sohasini aks ettiruvchi mualliflik pedagogik dasturini yaratdilar va joriy qildilar, uni o'rganish texnologiyasi u yoki bu darajaga tatbiq etilib, har xil turdagi o'quv faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ta'limda qo'llaniladigan pedagogik dasturiy vositalarning tipologiyasi juda xilma-xil: o'quv; simulyatorlar; tashxis qo'yish; boshqarish; modellashtirish; o'yin.
Oliy o'quv yurtining o'quv jarayonida axborot texnologiyalarini o'rganish bir necha darajadagi vazifalarni hal qilishni ta'minlaydi:
"Informatika" kursida olib boriladigan bilim, bilim vositasi sifatida axborot texnologiyalaridan foydalanish;
ularning nazariyasi, tarkibiy qismlari, metodologiyasini o'rganadigan "Axborot texnologiyalari" umumiy kasb intizomi bo'lgan kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari;
ixtisoslik fanlari bo'yicha o'rganiladigan aniq kasbiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish uchun mo'ljallangan ixtisosga yo'naltirilgan amaliy axborot texnologiyalarida o'qitish.
Masalan, "Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari" fani va uning "Boshqaruvdagi axborot texnologiyalari" fanlari iqtisodiy mutaxassislik talabalarini o'qitish uchun o'quv dasturiga kiritilgan. Zamonaviy iqtisodchi axborot oqimlari asosida xabardor qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, an'anaviy iqtisodiy bilimlardan tashqari, talaba ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan tanish bo'lishi va axborot tizimlarini yaratish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Ushbu fanlar uchun uslubiy materiallar turli xil amaliy va amaliy dasturlar bilan birga bosma va elektron ko'rinishda ko'p sonda taqdim etilgan. Taklif qilinayotgan materialning bunday mo'l-ko'lligini o'zingiz tushunishingiz juda qiyin.
Masalan, Internetda qancha manbalar taqdim etilishini hisobga olsak: tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati, interfaol qo'llanmalar va onlayn darsliklar, insholar va boshqalar. "Disiplin" "Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari" foydalanuvchisining iltimosiga binoan Google qidiruv tizimi 400 mingdan ortiq havolalarni taqdim etadi.
Faqatgina malakali mutaxassis o'qituvchi mavjud vaziyatni tushunishga yordam beradi va o'quv materialini ishlab chiqishda yordam beradi: u nafaqat talabalarning mustaqil ishlarini (insholar, testlar, nazorat va semestr ishlari) tashkillashtiradi, balki fanni o'rganish uchun vaqt cheklovi sharoitida u uchun eng muhim jihatlarni tanlashi mumkin. o'qish. Hozirgi kunda o'qituvchilar ana shu maqsadlarni ko'zlab, multimedia va gipermedia shaklida CD va DVD disklarda, Internetdagi veb-saytlarda yaratilgan mualliflik pedagogik dasturiy vositalarini yaratmoqdalar.
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim IT-ni joriy etishga ham qaratilgan: aspirantlar va talabalarning ko'plab ilmiy yo'nalishlari bo'yicha o'quv dasturlarida ilmiy texnologiyalarni o'rganish va ilmiy va kasbiy faoliyatda qo'llash bilan bog'liq fanlar mavjud. Orel Davlat San'at va Madaniyat Institutida aspirantlar va barcha mutaxassisliklarning abiturientlari aspiranturaning birinchi yilida "Fan va ta'limda axborot texnologiyalari" fanini o'rganmoqdalar. Ushbu kursning maqsadi ilmiy-tadqiqot faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llashning asosiy usullari va vositalarini o'zlashtirish, yangi tajribali olimning ilmiy tajribada kompyuter texnologiyalari sohasidagi bilimlari darajasini oshirish, aspirantga o'z tadqiqotida, maqola, tezis tayyorlashda yordam berish. , hisobotlar va tezislar.
Talabalarning kompyuter tayyorgarligi darajasini oshirish, fan va ta'limda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik pedagogik dasturlari turlarini ko'paytirish va turlarini kengaytirish mamlakatimizda o'rta maxsus, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.


O’quv jarayonida axborot texnologiyalarini tadbig’ etish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.

O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.

Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va

texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.



Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

  • axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,

  • muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi,

  • “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

  • multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.

  • Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.

  • Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:

  1. berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish

imkoniyati bor;

  1. ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi

yanada ortadi:

v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga

erishish;

g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda

amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari.

Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi.

Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi.

Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:


  • ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;

  • o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;

  • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);

  • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;

  • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish;

  • ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;

  • mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib boradi;

  • ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.

Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.

Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi.

Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi mumkin.

Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar.

Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.

Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va

uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.




Xulosa

Ushbu mustaqil ishim orqali xulosa qilib shuni aytishim mumkunki hozirgi paytga kelib hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz juda qiyin. Insonlarning har bir hayotiy voqeyiligida axborot texnologiyalari ishtirok etmasdan qo’ymaydi. Ayniqsa qo’l telefonlari bunga yaqqol misol. Biz o’quv jarayonida axborot texnologiyalarini tadbig’ etgan holda undan samarali va unumli foydalanish yo’llarini o’quvchilarga to’g’ri tushuntirishimiz kerak bo’ladi. Yoshlarni internetdan to’g’ri yo’lda foydalanishiga qisman javobgarmiz desam ham mubolag’a bo’lmaydi. Har bir mutaxassis o’z sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.









Download 54.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling