Andijon mashinasozlik instituti “intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti” 2-kurs “intellektual muhandislik tizimlari” yo’nalishi k-88-21-guruh talabasi yusupjonov murodilloning elektronika va sxemotexnika fanidan mustaqil
Download 224.87 Kb.
|
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommutator sxemalari.
- Koʻp kanalli kommutator sxemasi (a) va uning shartli belgisi (b)
- 9.4-rasm. Optoelektron IMS elektr sxemalari: kalit sxema (a), analog kalit (b) va oʻzgarmas tok relesi (v).
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “INTELEKTUAL BOSHQARUV VA KOMPYUTER TIZIMLARI FAKULTETI” 2-KURS “INTELLEKTUAL MUHANDISLIK TIZIMLARI” YO’NALISHI K-88-21-GURUH TALABASI Zokirov Muhammadqodirning ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA FANIDAN MUSTAQIL ISHI11-Mavzu: Analog kalitlar, kommytatorlar va cheklagichlar. Analog kalitlar va kommutatorlar. Reja: 1.Kommutatorlar 2.Analog kalitlarning ish prinsipi. 3.Cheklagichning asosiy vazifalari.Analog kommutator - uzluksiz oʻzgaruvchi elektr siganllarni qayta ulash uchun xizmat qiladi. Agar kommutator “ulangan” holatda boʻlsa, uning chiqishidagi kuchlanish kirishdagi kuchlanishga teng kelishi lozim, agar kommutator “uzilgan” holatda boʻlsa, chiqishdagi kuchlanish qiymati nolga yaqin boʻlishi lozim.Kontakt ulangan vaqtda Uchiq shart bajariladi, lekin kontakt uzilsa, chiqishdagi kuchlanish nolga tenglashadi. Bu shartlar maʼnoga ega boʻladi, qachonki manbaning chiqish qarshiligi va yuklamadagi sigʻim nolga teng boʻlsa. Manbaning chiqishidagi qarshilik juda kichik boʻlsa u qarshilik va R rezistor oʻrtasida taqsimlanadi. Shuning uchun mazkur sxemani, kirishda tok manbai qoʻllanilganda (masalan, fotodiod) ishlatish mumkin emas. Yuklamadagi sigʻim sezilarli boʻlganda kalit ulanganda kommutatorning chiqishidagi kuchlanish qiymati nolga tushguncha uzoq vaqt mobaynida kamayadi.Kommutator sxemalari.b-rasmda parallel kommmutator koʻrsatilgan. Kontakt uzilgan vaqtda o’chiq shart bajariladi, bu vaqtda yuklamadagi qarshilik cheksiz katta boʻladi. Agar uning qiymati R rezistor qiymati bilan oʻlchamli boʻlsa, u holda manbadan berilayotgan kuchlanishning maʼlum qismi unda pasayadi. Yuklamadagi sigʻim sezilarli boʻlganda kalit S uzilganda chiqishidagi kuchlanish qiymati uzoq vaqt mobaynida oʻrnatiladi. v-rasmda ketma-ketli-parallel kommmutator koʻrsatilgan. Bu sxema yuqoridagi ikkita sxemada koʻrsatigan kamchiliklarga ega emas. Ixtiyoriy ishchi holatda uning chiqishidagi qarshilik nolga yaqin boʻladi.Koʻp kanalli kommutatorlar yoki multipleksorlar. Koʻp kanalli kommutatorlar yoki multipleksorlar integral mikrosxemalar boʻlib, analog siganllar uchun bir nechta kirish va bitta chiqishga ega. Chiqishga kirishdagi signallarni vaqt boʻyicha ketma-ket uzatish mumkin. Multipleksorlar kalitlar majmuasi, boshqaruv qurilmasi va chiqishdagi muvofiqlashtiruvchi qurilmadan tashkil topgan boʻlib, mustaqil mikrosxemalar koʻrinishida yoki biror yirik mikrosxema tarkibida ishlab chiqariladi. Zamonaviy axborot (maʼlumot) yigʻuvchi tizimlar mikroprotsessorlar bilan birgalikda ishlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, quyidagi interfeys elementlariga ega: signallarni tanlash va saqlash qurilmasi, manzillar deshifratori, registrlar va x.z. Agar turli signal datchiklari mavjud boʻlsa, bunday mikrosxemalar tarkibiga bir nechta multipleksorlar kiradi. Ular potensial signallar manbai bilan ishlashga moʻljallangan.Koʻp kanalli kommutator sxemasi (a) va uning shartli belgisi (b)S0†S3 kalitlar analog MDYa-kalitni ifodalaydi. Deshifrator ikkilik kod koʻrinishida berilgan manzilni deshifrlaydi va koʻrsatilgan kalitni ulaydi, bunda qolgan kalitlar bloklanadi. Ruxsat beruvchi ye kirish kommutatsiyalanuvchi signal manbalarini orttirishga imkon beradi: agar bu kirishga past sathli kuchlanish berilsa, u holda manzil kirishlarining holatidan qatʼiy nazar multipleksorning barcha kalitlari uzilgan boʻladi. Analog kalitlar ikki tomonlama qurilmalar sanalgani sababli, analog multipleksor bir vaqtning oʻzitda demultpleksor sanaladi, yaʼni signal multipleksor kirishiga uzatilishi va tanlangan chiqishdan oʻqib olinishi mumkin.Analog kalitlar juda keng koʻlamda qoʻllaniladi: - koʻp kanalli analog-raqamli oʻzgaritirishlarni tashkil etish; - mikroprotsessorli tizimlarda kiritish liniyalarini kengaytirish; - oʻzgaruvchan strukturali va raqamli boshqaruvga ega boʻlgan analog sxemalar; - audiotexnikada analog signallarni kommutatsiyalash; - tugma, qayta ulagich va boshqalarda skanerlash imkoniyati; - kalitlarning koʻp qismi ham multipleksor, ham demultipleksor amallarini bajaradi. Kommutatorlarning asosiy xarakteristikalari boʻlib: ochiq kanal qarshiligi; ulanish va uzilish vaqtining kechikishi; kommutatsiyalanuvchi kuchlanish hisoblanadi.Optoelektron qayta ulagichlar gibrid IMS boʻlib, oʻzida optoelektron juftlik va kuchaytirgichni mujassamlashtirgan. Optoelektron kalit yuqori quvvatli oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarini kommutaisyalash uchun moʻljallangan. U toʻrtta mustaqil kanalga ega boʻlib, ularning har ikkitasi optoelektron juftlikni tashkil etadi. Analog signallar uchun optoelektron kommutator elektr sxemasiboshqa turdagi optoelektron sikrosxemadar keltirilgan. Kalit sxema (a-rasm) oʻzida tezkor diodli optoelektron juftlikni jamlagan. U EHM va diiskret avtomatika mantiqiy qurilmalarida tarnsformatorlar va releyli aloqalarni almashtirish uchun moʻljallangan. Analog kalit (b-rasm) optoelektron boshqaruvga ega chiziqli sxemalarga taʼluqli. Boshqaruv signali quvvati 60-80 mvt boʻlganda uning parametrlari standart yarimoʻtkazgili imslarga zarur boʻlgan qiymatlarga yetadi. Optoelektro kam quvvatli oʻzgarmas tok relesi (v-rasm) analog elektr mexanik rele oʻrnini bosadi.9.4-rasm. Optoelektron IMS elektr sxemalari: kalit sxema (a), analog kalit (b) va oʻzgarmas tok relesi (v).E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 224.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling