Andijon mashinasozlik instituti «tasdiqlayman»


Download 121 Kb.
bet1/6
Sana09.09.2022
Hajmi121 Kb.
#803263
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod axb KOMPLEKS fan dasturi BUX HISOB AUDIT ohirgi variant
ТАЛАБНОМА — копия, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, методлар лаборатория, методлар лаборатория, БИММ Баҳолаш мезонлари, kvadrat tenglamalar va ularning yechish usullari, Dasturlash asoslari va uning imkoniyatlari, Лютиков 2012, Ikkinchi tartibli xususiy hosilali chiziqli differensial tenglam, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, Введение, Документ Microsoft Word, tovar-moddiy zahiralar hisobi mavzusida dars otish metodlari va ularni qollashni takomillashtirish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»
______________
Rektor U.M.Turdialiyev
2022-yil «___» ____________

IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI


FANNING O’QUV DASTURI



Bilim sohasi:

400000

– Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410000

– Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo’nalishi:

60410100

– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)


Andijon – 2022 yil


Fan modul kodi
IAKT11207

Oʻquv yili 2022-2023

Semestr(lar)
1

ECTS– Kreditlar
5

Fan/modul turi majburiy

Ta’lim tili
Oʻzbek

Haftadagi soat darslari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

90

120

210

2.

Fanning mazmuni.
2.1.Fanni o’qitishdan maqsad v avazifalari
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining nazariy asoslarini, integrallashgan komplekslardagi texnik va dasturiy tizimlar, on-line amaliy dasturiy ta’minotning ishlash texnologiyalarini, iqtisodiy faoliyatdagi axborot tizimlarni oʻrganish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – talabalarni zamonaviy axborot komplekslari va axborot kommunikatsion texnologiya (AKT)lar bilan tanishtirish, zamonaviy integrallashgan on-line tizimlarni iqtisodiy sohalardagi texnik va dasturiy ta’minotlari haqida umumiy ma’lumot berish, iqtisodiy masalalarni yechishda axborot kommunikatsion texnologiyalarni qoʻllash, tahlil va qaror qabul qilish, AKTni amaliyotda qoʻllay olish, AKTni asosiy boʻlimlari yuzasidan chuqur bilim olish va iqtisodchi amaliyotiga tatbiq qilish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdan iborat.


2.2. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgʻulotlari)
Fan tarkibi mavzulari:


1-modul. Zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalari.
1-mavzu. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari.
«Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» fаnining predmeti va uslublari. Axborotlashgan jamiyat. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari


2-mavzu. Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti.
Axborot tizimlarida texnik va dasturiy ta’minotning rivojlanish tendensiyasi. IT-infratuzilmasi va bulutli hisoblash Cloud texnologiyalari. Office365, Google Docs amaliy dasturlari. Dasturiy mahsulotlarni qoʻllash sohasi boʻyicha tasniflanishi.


3-mavzu. Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish.
Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy turlari. Relyatsion ma’lumotlar boshqarish tizimlari. MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi. ORACLE-relyatsion ma’lumotlarni boshqarish tizimi.


4-mavzu. Axborot komplekslari oʻrtasidagi oʻzaro integratsiyasi.
Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushunchalar. Integratsiyalashgan axborot tizimlari. SAP va BILLING tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, mobil platformalarga asoslangan integratsiyalashgan tizimlar.


5-mavzu. Tarmoq axborot texnologiyalari.
Axborot uzatish muhiti. Tarmoq topologiyasi. Tarmoq periferiya qurilmalari. Internet, Intranet, Ethernet, Extranet. Intranet kompyuter tarmoqlari va ularning ishlash tamoyillari. Telekommunikatsiya va simsiz texnologiyalar Wi-fi, Wi-MAX, EVO protokollar turlari. Mobil internet GPRS, DVB-H tarmoqlarining rivojlanish tendensiyasi


6-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
Axborot tizimi haqida tushuncha. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari. Axborot tizimlarida axborot ta’minoti. Axborot tizimining dastuiry ta’minoti


7-mavzu. Bank faoliyatida axborot komplekslari va texnologiyalari.
Bank tizimini rivojlanish tendensiyasi. Bank tizimining texnik va dasturiy ta’minoti. IABS-integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi. “GLOBUS SYSTEM” dasturiy tizimi. “INTERNET-BANKING”, “ON-LINE BANKING”, “MOBILE BANKING” va “SMS-BANKING” dasturiy tizimlarining ishlash texnologiyasi.


2-modul. Iqtisodiyot sohasida qoʻllaniladigan axborot komplekslari.
8-mavzu. Bank-mijoz servis.
Bank-mijoz servis “MYSAP BANKING”, “KAPITAL 24” xizmatlari texnologiyasi. Butunjahon banklararo SWIFT tizimi


9-mavzu. Buxgalteriya hisobida axborot komplekslari va texnologiyalari.
Buxgalteriya hisobida axborot tizimlari va texnologiyalarini qoʻllash. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar buxgalteriyasining texnik va dasturiy ta’minoti. Buxgalteriya hisobida integratsiyalashgan axborot tizimi va texnologiyalari. 1C: БУХГАЛТЕРИЯ” va “BIR.UZ” dasturlarining rivojlanish tendensiyasi. On-line buxgalteriya tizimini shakllantirishda “GLOBUS.UZ” dan foydalanish texnologiyasi.


10-mavzu. Moliya sohasida axborot komplekslari va texnologiyalari.
Sugʻurta faoliyatida axborot tizimi va texnologiyalari. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi, tasniflanishi va texnologiyasi. Biznesni rivojlantirish jarayonida qoʻllaniladigan axborot tizimi va texnologiyalari. SIAJJ-3, SIAJJ-4, SIAJJ-5 dasturlarini ishlash texnologiyalari.


11-mavzu. Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari.
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari. Gʻaznachilik faoliyatida axborot texnologiyalarini qoʻllash asoslari. DMBAT-davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi. “Gʻazna-1”, “Gʻazna-2”, “Gʻazna-3” dasturiy ta’minotlarining ishlash texnologiyasi


12-mavzu. Elektron hukumat asoslari.
Elektron hukumat haqida tushuncha. Elektron hukumatning asosiy vazifasi va funksiyalari. Elektron hukumatning arxitekturasi. Elektron hukumatning texnologik tamoyillari. WWW.MY.GOV.UZ interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali. WWW.MITC.UZ elektron hukumat tizimining rivojlanishi. Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumat boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar.



Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling