Andijon mashinasozlik instituti


Download 99 Kb.
bet1/7
Sana26.11.2021
Hajmi99 Kb.
#177828
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

_______________________ _________________________

______________fakulteti _____________ kafedrasi

Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________

_____” ____________2020 y. “_____” ____________2020 y.

GUMANITAR FANLAR “ KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI “ FANIDAN



KURS ISHI

Mavzu; Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari

Bajardi; Sobirov Maxammadkarim

Ilmiy rahbar ; Bozorova Gulnoraxon

Kurs ishi taqrizga

Topshirilgan sana

____” _____2020 y.








Kurs ishi taqrizdan

qaytarilgan sana

___” ______2020 y.



Kurs ishi himoya

Qilingan sana

___” ______2020 y.


Baxo “___”_______



___________

(imzo)

___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a’zolari;

_____________________
_____________________


ANDIJON – 2020

Mavzu: Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari.
Reja:

1. Kirish


2. Asosiy qism:
2.1. Bozor haqida umumiy ma’lumot.
2.2. Bozorning turli asnolarda tuzilishi.
2.3. Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik.
2.4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurati. Bozor iqtisodiyotiga
o’tishning O’zbekistonga xos usuli.

3. Xulosa.


4. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, ,,bozor’‘ garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk
geografik kashfiyotlardan keyin ,,bozor’‘ so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda ,,qaytib keldi’‘.
Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(,,pul pulni topadi’‘, deyishadi).
Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki ,,vaqting ketdi, naqding ketdi’‘, deb bejiz aytishmagan.
Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi.

2.1. Bozor haqida umumiy ma’lumot.


,,Bozor” haqida so’z yuritganda, avvalo, uning lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi.
Bozor – bu aloxida savdo-sotiq qiladigan maxsus joy. Dexqon bozori. Mol bozori. Demak, lo’nda qilib aytganda, bozor – bu oluvchi bilan sotuvchi uchrashadigan joydir. Bozor so’zidan quyidagi tushunchalar shakllanadi:
Bozorbop – bu bozor suyadigan, xaridor yoqtiradigan, bozorgir mol.
Bozorchi – bu bozorga savdo – sotiq extiyoji bilan kelgan kishi. Bozori – bu bozorda sotish uchun mo’ljallab tayyorlangan bozorgir mol.
Bozor-o’char – bu bozor, savdo-sotiq va ular bilan bog’liq bo’lgan
ikir-chikirlar. Bozorchilik – bu bozorga xos muammolar qoidalari, rasm-rusm va
shu kabilar.
Jumladan:
Birinchidan, bozorda manfaatsiz shaxslar bo’lmaydi. Sotuvchi qimmatroq sotish payida bo’lsa, oluvchi arzonroq xarid qilish xarakatida bo’ladi.
Ikkinchidan, bozorda imtiyozli xaridor bo’lmaydi, xamma u yerda teng xuquqli.
Uchinchidan, bozorda narx-navoni zo’rlab belgilash va nazorat qilish mutlaqo mumkin emas. Bu bozorning o’z qonunidir.
To’rtinchidan, bozor – bu raqobat maydoni. Raqobat faqat sotuvchilar o’rtasida emas, shuningdek xaridorlar o’rtasida ham yuz beradi. Kurash yo’lini tanlash jihatidan raqobat xalol va g’irrom raqobatga bo’linadi. Xalol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, xammaga ma’qul usullar bilan, bozor me’yorlariga asoslanadi.
G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, ya’ni raqobatda qalloblik, ko’zbo’yamachilik, so’zida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qo’paruvchilik va xatto jismoniy zo’ravonlik kabi jinoyatkorona usullar qo’llaniladi.
Bozor faqat xalol raqobatni tan oladi.

Beshinchidan, bozordagi eng ustun narsa – bu sifat bilan narxnavodir.


Agar xaridorlar biron-bir mahsulotni sotib olmasalar yoki kamroq sotib olsalar, demak, ushbu mahsulotning baxosi sifatiga nisbatan balandroq qo’yilgan. Bunday xolda sotuvchining bozori kasodga uchraydi va aksincha.
Oltinchidan, bozorda birov-birovdan hafa bo’lishi, gina-qudurat ko’tarib yurishi yaramaydi, chunki bozor xarorati taklif va talabga bog’liq. Taklifning talabdan orqada qolishi natijasida baxo ko’tariladi, bu esa o’z navbatida xaridor va sotuvchi o’rtasidagi noroziliklarga olib keladi.
Shunday qilib, bozor – bu tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan joy. U bo’lmasa, tovar va xizmatlarning oldi-sotdisi yuz bermaydi, takror ishlab chiqarish sodir bo’lmaydi. Bozor tovar va xizmatlarni taklif etuvchilar taqdirini belgilovchi toshu tarozi, oliy hakam bo’lib xisoblanadi.
Tovar o’tsa, unga ketgan sarf ijtimoiy tan olinadi, o’tmasa, ya’ni tovar kasodga uchrasa, unga ketgan sarf tan olinmaydi.
Bozor ijtimoiy extiyojlarni aniqlash vositasi bo’lib, u bamisoli o’lchash asbobi – termometr kabi ishlab chiqarish xaroratini, uning naqadar iste’molga mosligini o’lchaydi.
Bozorning vujudga kelishi uzoq tarixga ega. U tovar xo’jaligi vujudga kelishi bilan paydo bo’la boshlagan. Tovar xo’jaligigacha natural xo’jalik xukmron bo’lgan. Uning eng sof ko’rinishi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida bo’lgan, chunki o’sha davrda odamlar mehnat taqsimoti, ayirboshlash va xususiy mulk nimaligini bilmas edilar. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U asosan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Sharq davlatlarida hukmronlik qilgan.
Natural xo’jalikka xos belgi – bu iqtisodiy avtarkizm, ya’ni asosan o’zini-o’zi ta’minlab, tashqi muhit bilan kamdan-kam aloqaga kirishishdir. Shu sababli u iqtisodiy ravnaqni ta’minlashga qodir emas edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi natural xo’jalikning o’rniga tovar ishlab chiqarishning va mahsulotning natural shaklining tovar shakli o’rin almashishga olib keldi.
Urug’chilik jamoalari o’rtasida bevosita tovar ayirboshlash bozorning dastlabki shakli bo’lgan. Bunda kishilar ortiqcha mahsulotlarni bir-birlari o’rtasida almashtiradilar. Tovar xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali, ya’ni tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo etadi. Shunday qilib, bozorning paydo bo’lishi tasodif emas, balki qonuniy zaruratdir. Uni kishilar bekorchilikdan o’ylab chiqmaganlar. U kishilarning xoxish-irodasidan tashqarida, tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tashqarida, tovar ishlab chiqarishning
paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tarzda paydo bo’ladi. Uni iqtisodiy zarurat yuzaga keltirgan, chunki mahsulotlarni faqat bozor orqali ayirboshlash mumkin.
Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridor esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi. Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uxkuna, mashinalar, yoqilg’i, elektr energiya, xomashyo va ishchi kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vozsitasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi
munosabatlari paydo bo’ladi. Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling