Mavzu: Andijon qo`zg`aloni.
Darsning maqsadi:
Darsning ta`limiy maqsadi: Andijon qo`zg`aloni va unung sabablari, qo`zg`alonning boshlanishi va bostirilishi, qo`zg`alonning xatolari haqidagi ma`lumotlarni bilib oladilar.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni buyuk ota-bobolaridan faxrlanish, g`urur, iftixor tuyg`usini oshirish, ozodlik va mustaqilligimizga shukronalik tuyg`usini shakillantirish, yetuk komil inson qilib tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Mustaqil fikrlash, xotira, tafakkur, qiziqishini rivojlantirish, to`g`ri xulosa chiqarish, ko`nikmalarini mustahkamlash.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism . Davr bilan hamnafas.
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. Moziydan sado.(Suqrot usuli, guruhlarda ishlash).
3. Yangi mavzu “ O`tmishimiz ma`nosi – bilimingiz oynasi ” bayoni. Guruhlarda ishlash, munozara usuli sud darsi.
4. “ Eng, eng, eng ” o`yini.
5. Darsni mustahkamlash, taqqoslash usuli kecha va bugun.
6. Xulosa.
Dars tipi: Yangi bilim, tushuncha hosil qilish.
Dars uslubi: Og`zaki ko`rgazmali – amaliy.
Dars didaktikasi: Xarita, darslik Alinazar Egamnazarov “ Siz bilgan Dukchi Eshon ” 1994-yil, Fozilbek Otabek o`g`li “ Dukchi Eshon voqeasi ” 1927-yil, Xamid Ziyoyev “ Tukistonda Rossiya tajavvuzi va hukmronligiga qarshi kurash ”.
Darsning borishi : tashkiliy qism, davomat, siyosiy axborot.
Psixologik iqlim yaratish uchun doskaga qora va oq rang tasvir qo`yiladi.
O`qituvchi: - Qora rang bugun nimani bildiradi ?
O`quvchi: - Qora rang urush, motam, zulm, yovuzlik belgisi.
O`qituvchi: - To`g`ri. Endi oq rang nima bildirishini ayting ?
O`quvchi: Oqlik - poklik, tinchlik timsoli.
O`qituvchi: Xo`sh, yana nimaga o`xshatish mumkin ?
O`quvchi: Musaffo osmonimizga, oppoq tonglarga obod va farovon O`zbekistonimga !
O`qituvchi: Yashang o`quvchilar ! – Qani O`zbekistonimizga bir so`z bilan ta`rif bering.
Vatan nima ?
O`quvchi: Vatan bu Turonim.
O`quvchi: Vatan bu – Dukchi Eshonim.
O`quvchi: Vatan bu – onam.
O`quvchi: Vatan bu – bobom aytgan merosim.
O`quvchi: Vatan bu – Momom aytgan o`lanlarim.
O`quvchi: Vatan bu – Mahallam.
O`quvchi: Vatan bu – Usmon Nosirlarim.
O`quvchi: Vatan bu – Do`stlaim
Barcha o`quvchilar: SHU AZIZ VATAN BARCHAMIZNIKI !
Do'stlaringiz bilan baham: |