Andijon tumani 44-umumiy o`rta ta’lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Umirzaqova Nilufar Abdulhayevnaning Geografiya darslarida o'quvchilarga" Geografik masalalarni ishlash va ularni hayotga qo'llay olish " mavzusida ilmiy loyihasi


Download 42 Kb.
Sana15.08.2020
Hajmi42 Kb.
#126357
Bog'liq
ilmiy loyiha


Andijon tumani 44-umumiy o`rta ta’lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi

Umirzaqova Nilufar Abdulhayevnaning

Geografiya darslarida o'quvchilarga" Geografik masalalarni ishlash va ularni hayotga qo'llay olish " mavzusida ilmiy loyihasi

Geografiya fani biz bilamizki tabiiy fanlar qatoridagi eng muhim fanlardan biridir.Lekin hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bunday davrda ommaviy axborot vositalari riojlanib borayotgan davrda va kibernetik vaziyat kuchayib borayotgan bir zamonda o'quvchilarga bilim berishda o'qituvchidan katta izlanish va anchagina o'z ustida ishlashni talab etib kelmoqda.Shuning uchun hozirgi kunda geografiya fani faqatgina ma'lumot beruvchi fan sifatida qolib ketmasligi lozim.Hammamizga ma'lumki hozirgi kundagi geografik bilimlarni o'quvchilar ommaviy axborot vositalari va internet saytlari orqali ham olishi mumkinligi aniq lekin bu bilimlarni hayotga qo'llay olishida o'qituvchining ko'magi juda ham muhimdir deb o'ylayman.Shuning uchun o'quvchilarga darsda nafaqat geografik atamalar balki geografik masalalar bilan ham o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishini orttirish mumkin.Ayniqsa bu masalalar orqali hayotda geografik bilimlarni qo'llash ko'nikmalari ortib boraveradi.Masalan masshtabga doir masalalar orqali o'quvchi oddiygina shaharlar oralig'idagi masofalarni tahminiy hisoblab borishi mumkin.Bunday masalalarga misollar keltirib o'tamiz.

1. Agar ikki shahar oralig'idagi masofa 1:5000000 masshtabli xaritada 2,5 sm da ifodalangan bo'lsa , ushbu shaharlar orasidagi haqiqiy masofani toping .

Yechish : Avval biz xarita masshtabini biz uchun qulay bo'lgan nomli masshtabga aylantirib olamiz.Buning uchun biz 1:5000000 sm da berilgan bo'lib avval metrga keyin km ga aylantirib olamiz .1m=100 sm,1km= 1000m ga teng shuning uchun jami 5 ta nolni o'chiramiz yoki 100000 ga bo'lamiz .Shunda 1sm da 50km nomli masshtabga aylanadi.Bu xaritadagi 1 sm joy haqiqiy hayotda 50 km ga teng degan ma'noni anglatadi.Shunga ko'ra biz

1sm- 50 km

2,5 sm-x x ni topish uchun matematikadan ma'lum bo'lgan proporsiyadan foydalanamiz shunga ko'ra x=(2,5×50)÷1=125 km

Javob: Ikki shahar oralig'idagi masofa 125 kmga teng.

Bu masala orqali o'quvchilar xaritadan o'zi qiziqqan shaharlar orasidagi masofani chizg'ich yordamida o'lchab xarita masshtabiga ko'paytirib haqiqiy masofani tahminiy o'lchovini aniqlashi mumkin.

Yana o'quvchilarni havo haroratini troposferda yuqoriga ko'tarilgan sari havo harorati pasauib boradi. Biz bilamizki har 100m ga ko'tarilganda havo hatorati 0,6 °C ga pasayib boradi endi shunga doir masalani ko'raib chiqamiz.

2. Agar tog'ning balandligi 3200m bo'lsa, tog' etagida harorat +26°C bo'lsa, tog'ning cho'qqisidagi haroratni aniqlang.

Yechiah: 100m da 0,6 °C ga pasaysa.1000 m da 6°C ga pasyadi.

Agar 1000m-6°C

3200m-x x=(3200×6)÷1000=19,2°C ga pasayadi.

Endi tog' etagida +26°C bo'lsa 26-19,2=6,8°C ga teng.

Javob: tog'ning cho'qqisida havo harorati 6,8°C ga teng .

Bu masala orqali o'quvchilar tog'larning balandligini bilgan holda uning cho'qqisidagi havo haroratini tahminiy o'lchovini bilish mumkin.

Geografiya darslarida havo bosimi ham yuqoriga ko'tarilgan sari pasazyib borishi haqida ma'lumot berganmiz.Shunga ko'ra har 100m ga ko'tarilganda 10mm simob ustuni ,har 1000m da esa 100 mm.sim.ust ga pasayib boradi. Endi masalaga e'tibor bering.

3.Agar samolyot yer sathidan 3 km balandlikdan uchib borayotgan bo'lsa ,yer sathida havo bosimi 740 mm.sim.ust. ga teng bo'lsa , samolyot uchib borayotgan balandlikda havo bosimi qanchaga teng.

Yechish: 1000m- 100mm.sim.ust

3000m-x x=(3000×100)÷1000=300 mm.sim.ust ga teng .740-300=440mm.sim.ust

Javob: 3 km balandlikda havo bosimi 440 mm.sim.ust. ga teng.

Bu masala orqali havo bosimini o'quvchi aniqlashi mumkin.

Keyingi geografik masalamiz havoning mutlaq va nisbiy namligi bilan bog'liq.Biz 5 sinf darsligi orqali havoning mutaq va nisbiy namligi haqida ma'lumotlarni o'rgangan edik .Shunga ko'ra havodagi namlik havo haroratiga chambarchas bog'liqdir.Agar havo harorati 0 °C bo'lganda 1 m kub havoda 5 gramm,+10°C da 9 gramm,+20°C da 17 gramm,+30°C da 30gramm suv bug'i bo'ladi.Endi ushbu masalani ko'rib chiqsak

4.Agar havo harorati +20 °C bo'lsa , havoda esa 13 gramm suv bug'i bo'lsa, nisbiy namlikni aniqlang.

Yechish: +20°C da 1m kub havoda 17 gramm suv bug'i bo'ladi ya'ni

17 gramm-100%

13 gramm-x x=(13×100)÷17=76,4%

Javob :Nisbiy namlik 76,4 % ga teng.

Eslatma: mutlaq namlik gramm/m kub da ,nisbiy namlik esa % larda

ifodalanadi.

Geografiya fanida mutlaq balandlik va nisbiy balandlik tushunchalari mavjud .O'quvchilarga yana ham tushunarli bo'lishi uchun biz mutlaq balandlikni okean sathidan balandligi deb ham ataladi.Odatda Yevrosiyo hududidagi materik ichkarisidagi hududlar Boltiq dengiziga nisbatan olinadi .Shuningdek bizni O'zbekiston hududimiz ham. Endi bilimlarimizni quyidagi masala orqali ko'rib chiqamiz.

5.Agar tog' ning nisbiy balandligi 3600m bo'lsa, tog' etagida turgan bola dengiz sathidan 450 m balandlikda turgan bo'lsa.tog'ning mutlaq balandligini toping.

Yechish: Buning uchun bola turgan balandlikni tog'ning nisbiy balandligini qo'shish orqali aniqlash kerak.Demak , 3600m+ 450 m= 4100 m

Javob : 4100 m tog'ning mutlaq balandligi.

Eslatma: joylarning mutlaq balandliklari joylardagi geodezik nuqtalar orqali aniqlanadi.

Bunday masalalar orqali o'quvchilarni nafaqat geografiya faniga balki matematika, fizika kabi fanlarga ham qiziqtirish mumkin.



Biz doim hayotda hohlaymizmi yoki yo'qmi baribir tabiiy hodisalarga duch kelamiz.Biz o'qituvchilarning asosiy maqsadimiz o'quvchilarni maktabda olgan bilimlarini hayotda qo'llay olishiga erishishimizdir. Shuning uchun biz darslarda interfaol va noan'anaviy usullardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.Ayniqsa hozirgi sinovli davrda ya'ni COVID-19 pandemiyasi tufayli o'quvchilar onlayn tarzda bilim olishga to'g'ri kelmoqda.O'quvchilarni fanlarni o'zlashtirishda onlayn darslar orqali berilayotgan ma'lumotlar bilan birgalikda bunday masalalar ham o'quvchilar bilimini oshirishga katta yordam beradi deb o'ylayman .

Biz uchun ko'pchilik hayotini va yaqinlarini havf ostiga qo'yib ishda siz va biz esa uyda qolaylik va bilimlarimizni oshirib borishdan charchamaylik.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling