Andijon viloyati Bo’ston tuman Xalq ta’limiga qarashli


Download 1.16 Mb.
bet1/2
Sana17.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1096765
  1   2
Bog'liq
11-sinf Dunyo dinlarida tinchlik g\'oyasi




O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
Andijon viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi


Andijon shahar Xalq ta`limi bo`limiga qarashli
5-umumta`lim maktabi
Tarbiya fani o`qituvchisi
FERUZA RAXMATULLAYEVAning
Tarbiya fanidan 11-sinflar uchun
DUNYO DINLARIDA TINCHLIK G`OYASI”
mavzusida tayyorlangan bir soatlik





Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Darsning maqsadi:
«Tarbiya» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning tarbiya, odob-ahloq madaniyati hamda dunyo dinlari bo`yicha dunyo qarashlarini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
Ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz ta`lim-tarbiya hamda din- bu tinchlik g`oyasi mavzusi bo’yicha tushunchalar berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlari va oilaga bo’lgan muhabbatni tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

1 ) Tashkiliy qism.

3 daqiqa

2) Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

3) Yangi mavzuni yoritish

15 daqiqa

4) Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

10 daqiqa

5) Darsni yakunlash

10 daqiqa

6) Uyga beriladigan topshiriqlar

2 daqiqa


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling