Andijondagi Dalvarizintepa


Download 23.93 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1108160
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish dalvarzizn


Andijondagi Dalvarizintepa
Reja

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Dalvarizintepa shahar xarobasi

  2. Dalvarizintepa mudofaa inshoatlari

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan manba va adabiyotlar

I. Kirish.


Dalvarzin shahar xarobasi nafaqat Fargona vodiysi va balkim Orta Osiyodagi songgi bronza va ilk temir davri yodgorliklari ichida eng kattasi va muhimi hisoblanadi. YOdgorlik Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oyim qishlogidan 2 km Sharqda Dalvarzin mahallasining quyi qismida joylashgan. Maydoni 25 ga, madaniy qatlami qalinligi 4 metrga etadi. Dalvarzinda 1952 yildan boshlab 16 dala mavsumi mobaynida Sankt-Peterburglik arxeolog YU.A. Zadneprovskiy qazishma ishlarini olib bordi. Tekshirish ishlari asosan yodgorlikning markaziy qismida va Sharqiy mudofaa devori tomonlarida amalga oshirildi. Tadqiqotlar natijasida Dalvarzinning uch qismdan iborat ekanligi va har biri alohida mudofaa devorlari bilan orab olingani aniqlangan. YAni, shahar xarobasi uch tarkibiy qismli va ular Dalvarzin I, II, III deb nomlangan. Arxeologik tekshirishlar natijasida har bir bolakning funksional vazifasi aniqlangan.1
1 Dalvarzintepa shahar xarobasi. Dalvarzin I (D I) (maydoni 18 ga) aholining asosiy yashash joyi. Dalvarzin II (D II) (maydoni qariyib 5 ga), uy-joylarni uchramasligi va madaniy qatlamlarni unchalik qalin emasligiga qaraganda, bu bolak chorva mollarining yoki xavf xatar tugilganda atrof aholining jon saqlaydigan joyi vazifasini bajargan. Dalvarzin III (D III) (maydoni 2 ga yaqin ) shimoli-garbiy qism, alohida ajratib olingan va kuchli mudofaa devorlari bilan himoyalangan, bu erda ark joylashgan. Qazishmalar paytida Dalvarzin I va II qismlarida uy-joy qoldiqlari deyarli har uchala qurilish bosqichlarida kovlab ochilgan. Eng quyi qatlamda uch xil yashash joylari qazib organilgan: 1 - xil sinch uylar. Bunday uylar Chustda va Dalvarzinda qayd etilgan. Faqat bu yodgorliklardagi sinch uylar bir birlaridan olchamlari yoki bajargan vazifasiga bilan farq qilishi mumkin. Sinch uylar Fargona vodiysi sharoitida aynan shu davrdan boshlab malum va bu qurilish ananasi to hozirgi vaqtga qadar davom etib kelmoqda. Sinch uylarga eng yaqin oxshashlik Sharqiy Turkistondagi arxeologik komplekslarda uchraydi. Jumladan, Xotan va Lobnordagi ilk orta asrlar mudofaa devorlaridan tashqari barcha qurilishlarda sinch konstruksiyasidan keng foydalanilgan. Sharqiy Turkiston memorchiligida sinchli uylar qurilishining tort xili qayd etilgan2. 2 - xil paxsa va gishtdan tiklangan uylar. Alohida joylashgan ( orta qurilish bosqichida 5x8 m olchamli shunday uy ochilgan) va bir necha xonalardan tashkil topgan kompleks uylar kovlab organilgan. Har bir kompleks uch yoki tort xonadan iborat bolib, maydoni 140 kv. m.gacha borgan. 11 xonadan iborat uchta kompleks arkdagi qazishmalardan malum. Hammasidan ham ortasida zali (olchami 7,2X7 m) bolgan tort xonali kompleks yaxshi bronza va ilk temir davri yodgorliklari ichida eng kattasi va muhimi hisoblanadi.
2 Dalvarzin mudofaa inshoatlari. Shaharning ikkita tashqi va bitta ichki mudofaa devorlari aniqlangan va ular shaharni uch qismga bolib turadi. YU.A. Zadneprovskiy bergan malumotlarga asosan devorlar qurilishida quyidagi usullar qollanilgan:Gishtdan terilgan.Paxsa bloklaridan tiklangan.Ikki tomoni gishtdan gilof qilinib, ortasi toldirilgan . Qurilish materiali sifatida guvalalardan foydalanilgani qayd etildi . Quyida har bir mudofaa devorini alohida korib chiqamiz.
Dalvarzin I 18 gektarlik maydonni egalagan va tuproq marzalaridan (tuproq uyumi yoki kotarma devor) bunyod etilgan devor bilan orab olingan. Devorning uch joyidan kondalangiga qirqib korilganda, mudofaa inshotlari madaniy qatlamlar ustiga qurilgan tagkursida (platforma) tiklanganligi aniqlandi. Tagkursi ustiga ikki tomoniga gishtlardan gilof qilinib, ichiga tosh (eni 60 sm), gisht parchalari va loy bilan toldirilib, salobatli devor qurilgan. Devor qalinligi 4-6 m, balandligi 2,5 m. Ushbu devorning yana bir bolagi boshqacharoq tarzda qurilgan. Bu devor madaniy qatlamlar ustiga paxsa bloklari (olchamlari 50X50, 40X30 sm) yordamida bunyod etilgan. Devor qalinligi ortacha 4 m, balandligi 1,25 m. Ushbu devorga parallel etilib, undan 2 metr uzoqlikda ikkinchi devor 1,2 m. qalinlikda tiklangan. Bu devor birinchi devorni mustahkamlash uchun qurilgani aniq. Har ikki devor orasi tuproq, gisht, kesak va boshqalar bilan toldirilgan va bu devorning umumiy qalinligi 8 metrni tashkil etgan.
Sharqiy qism yoki Dalvarzin II da 5 gektar maydon mudofaa devori bilan3 himoyalangan. Ammo bu devor yaxshi saqlanmagan, u ham birinchi devor kabi quyi madaniy qatlam ustiga qurilgan. Qalinligi 4 metr va saqlangan balandligi 1 metr.
Dalvarzin III yoki ark shimoli-garbiy bolakni (maydoni 2,2 ga) uchinchi mudofaa deori himoya etib turgan. Bu devori 60-80sm.li madaniy qatlam ustida qora va kokish rangli devgishtlardan qurilgan. Devor qalinligi 2,5 metr va saqlangan balandligi 2,6 metr. Qazishmalar mudofaa devorlari yodgorlik tarixida quyidagi rivojlanish bosqichlarini bosib otganligini korsatmoqda: I bosqich, shaharning mudofaa devorlari qurilgunga qadar davri va eng quyi madaniy qatlamlarning 50-80 sm qalinlikda toplanishi;II bosqich, mudofaa devorlarining qurilishi, ulardan faol foydalanish va tamirlash davri va bu oraliqda 2,5 4 metr qalinlikda madaniy qatlamlar yigiladi;III bosqich, mudofaa devorlarining buzilib ketishi va yodgorlikda hayotni toxtashi hamda uning tashlandiq holga kelib qolishi. Bunga eng yuqori qismdagi qalinligi 60 sm. gacha bolgan madaniy qatlamlar kiradi


Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling