Angliyaning Badminton shahri nomidan) patli koptok (volan)ni


Download 35.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.10.2023
Hajmi35.51 Kb.
#1702961
Bog'liq
Badminton - Vikipediya



Badminton
Badminton (Angliyaning Badminton
shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni
raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga
oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli
maydonchada (yakkama-yakka
uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi
13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m)
1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda
oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan
koptokchani yerga tushirmay unga
qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va


bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5
qur oʻynaladi. Xol 0 va juft boʻlganda
koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda
chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng
tomondan boshlanib, har xoldan keyin
oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi.
B. qadimgi Malayyada vujudga kelgan,
keyinchalik Osiyodagi boshqa
mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-
yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin
qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning
boshqa mamlakatlariga ham yoyildi.
Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF)
1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq
mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon
birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan
Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi.


Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-
yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-
yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar,
Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon
turniri) esa norasmiy jahon chempionata
hisoblanadi. B. Oʻzbekistonda 50-
yillardan rivojlana boshladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Adabiyotlar

Download 35.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling