Aniq fanlar” metod birlashma 2- sonli yig’ilish bayoni. 10. 2020 Qatnashchilar


Download 15.09 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi15.09 Kb.
#154208
Bog'liq
metod-2020


Aniq fanlar” metod birlashma

2- sonli yig’ilish bayoni

___.10.2020

Qatnashchilar:

Metod birlashma rahbari: N.Norov

Kotib: O. Ubaydullayev

A’zolar:

Matematika fani o’qituvchisi: T.Amanbayev

Matematika fani o’qituvchis: A. Jabborov

Matematika fani o’qituvchisi: B. Qo’ziboyev

Informatika fani o’qituvchisi: K.Ismoilov

Kun tartibi:

1. “Bilimlar bellashuvi” va 9-10-sinflarda “ Fan olimpiadasini” maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik.

2. Ustoz-shogird maktabining ustoz o’qituvchilarini taqdimodlari.

3. Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish.



Eshitildi:

1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi N.Norov so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabda bilimlar bellashuvi va “Fan olimpiadalari”ni o’tkazishga tayyorlanishimiz zarurligini aytdi. Buning uchun har bir fan o'qituvchisi iqtidorli o’quvchilarni tanlab muntazam shug’ullanish zarurligini aytdi.

Munozaraga Matematika fani o’qituvchisi T.Amanbayev so’zga chiqib yuqoridagilarni ma’qullab 202-2021 o’quv yilida ham aniq fanlar metodbirlashmasi o’quvchilar bilan fan to’garaklar hamda qo’shimcha mashg’ulotlarda reja asosida shug’ullanayotganliklarini aytdilar.

2-masala yuzasidan ustoz o’qituvchi A. Jabborov so’zga chiqdi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan ustoz-shogird tizimi bo’yicha ishlarni amalga oshirayotganligi haqida hisobot berdi. Uning fikricha B. Qo’ziboyev Matematika fani o’qituvchisi T.Amanbayev murabbiy-ustoz qilib belgilangan. Metodik kunlarida amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish hamda turli masalalarni yechishda ko’maklashilmoqda.

Munozaraga Informatika fani o’qituvchisi K.Ismoilov chiqib , haqiqatdan ham yosh mutaxassislar darslari tahlil qilinib yangi pedagogik texnologiyalarda, foydalanish kerakligini o’rgatayotganliklarini aytdilar.

1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi N.Norov so’zga chiqdi. Dars jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligini aytdi. Xar bir pedagok dars jarayonida zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi zarurligi ta’kidlandi.


Yig’ilish qaror qiladi:

1. “Bilimlar bellashuvi” va 9-10 siflarda “Fanlar olimpiadasiga” o‘quvchilarni tayyorlash ishlari kuchaytirilsin.

2. 2019-2020 o’quv yilida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilsin.

3. 26.10.2020-yil “Fanlar olimpiadasini” maktab bosqichini o’tkazish uchun chora-tadbirlar rejalari tuzilsin.

4. Xar bir pedagok dars jarayonida zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi zarurligi ta’kidlansin.

5. Yuqoridagilarni nazorat etish metodbirlashma raisi N.Norov zimmasiga yuklatilsin.


Metod birlashma rahbari: N.Norov

Kotib: O. Ubaydullayev
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling