Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslikdan olingan masalalar


Download 21.22 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi21.22 Kb.
#114815
Bog'liq
5-afidum


Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslikdan

olingan masalalar

10. Yozuvida faqat 0 va 5 raqamlari qatnashgan barcha uch xonali sonlar yig’indisini toping.

40. 2 va 5 raqamlaridan foydalanib, nechta to’rt xonali sonni yozish mumkin?

16-bet(Boshqotirma). Tashqi tomondan bir xil ko’rinishdagi yettita tangadan beshatasi haqiyqiy(massalari bir xil) va ikkitasi qalbaki(massalari bir xil, ammo haqiyqiysining massasidan yengil). Toshsiz pallali tarozu yordamida qanday qilib, ikki marta o’lchash orqali uchta haqiyqiy tangani ajratib olish mumkin?

26-bet(Boshqotirma). Hozir mashinaning hisoblagichi 12921 km ni ko’rsatmoqda. 2 soatdan so’ng hisoblagich har ikki yo’nalishda bir xil yozadigan sonni ko’rsatdi. Shu 2 soatda mashina qanday tezlik bilan yurgan bo’lishi mumkin?

122. Mohiraning tug’ilgan kunidan boshlab 2014-yil 25-yanvarigacha 6234 kun o’tdi. U nechanchi yilning qaysi oyi va qaysi sanasida tug’ilgan?

126. To’g’ri chiziqda: 1) 4 ta; 2) 5 ta; 3) 6 ta turli nuqtalar olindi. Uchlari berilgan nuqtalardan iborat nechta turli kesmalar hosil bo’ladi?

27-bet(Boshqotirma). Dastlab ikki xonali sonning chap tomoniga, so’ngra o’ng tomoniga 7 raqami yozildi. Hosil bo’lgan ikkita uch xonali sonlar ayirmasi 351 ga teng bo’ldi. Shu ikki xonali sonni toping.

23-bet(Boshqotirma). Qo’shishda bir xil raqamlar bir xil harflarga, turlilari esa turli harflarga almashtirilgandan so’ng, ABBB+A=DEEE ifoda hosil bo’ldi. Avval yozuv qanday bo’lganini tiklang.

155. 1 dan 1000 gacha bo’lgan natural sonlarni ketma-ket bitta son kabi yozib 12345...9991000 soni hosil qilingan. Shu son yozuvidagi 2015- va 2016-xonada qanday raqam turadi? 100-, 1000-xonadachi?

198. 93025847 sonidagi uchta raqamni shunday o’chiringki, natijada: 1) eng kichik; 2) eng katta son hosil bo’lsin.

204. 1) 70 dan katta hamma ikki xonali sonlar yig’indisi qanday raqam bilan tugaydi?

2) Uch xonali sonning raqamlari ko’paytmasi 3 ga teng. Shunday sonlarning barchasini toping.

306. a=101+102+103+104+105+106+107+108+109+110,

b=401+402+403+404+405+406+407+408+409+410 bo’lsa, a+b va b-a ni hisoblang.

307. Yuz xonali 123456789012345678901234567890...1234567890 sonning toq o’rinda turgan raqamlari o’chirildi. Hosil bo’lgan ellik xonali sonning yana toq o’rinda turgan raqamlari o’chirildi. Bu jarayon roqam qolmaguncha davom etdi. Oxirgi urinishda qaysi raqam o’chirilgan?

56-bet(Boshqotirma). 5 km lik masofaga yugurish bo’yicha o’tkazilayotgan viloyat birinchiligida qatnashayotgan o’quvchilar soni 240 nafardan iborat. Har bir ishtirokchining tartib soni 1 dan 240 gacha nomerlab chiqish uchun nechta raqam kerak bo’ladi?

390. shax+shax+shax+shax=mat. Bir xil harflar bir xil raqamlarni ifodalaydi. Harflar o’rnida qanday raqamlar turibdi( sh ni 1 ta harf deb oling)?

393. Qanday natural son o’zidan oldingi hamma natural sonlar yig’indisiga teng? Bunday son yagona ekanini ko’rsating.

468. 100 dan katta, ammo 200 dan kichik natural sonlar orasida oxirgi raqami dastlabki ikkita raqamning ko’paytmasiga teng bo’lgan sonlarni toping.

563. 2014-yil 1-sentabrda Otabekning bobosi tug’ilganiga 27617 kun bo’ladi. Bobo nechanchi yilning qaysi oy, qaysi sanasida tug’ilgan?

613. Qanday sonlarning to’rtinchi darajasi ikki xonali son bo’ladi?

103-bet(Boshqotirma). 3, 4, 5, 6, 8, 9 raqamlari yordamida hammasi bo’lib: 1) raqamlar takrorlanmasa; 2) raqamlar takrorlanishi mumkin bo’lsa, nechta uch xonali son tuzish mumkin?

694. Uzunligi 5 sm dan bo’lgan 30 ta gugurt cho’pidan eng katta yuzli to’g’ri to’rtburchak yasaldi. Uning yuzi qanchaga teng?

723. Shaxmat musobaqasida 7 o’quvchi qatnashdi. Har bir o’quvchi qolganlari bilan bir marta o’ynaydi. Ular nechta o’yin o’ynagan?

753. Har xil harflar turli raqamlarni bildiradi. Rebusni yeching:

1) NEP=TUN 2) B+BEEE=MUUU.

788. G’ishtning o’lchamlari 25 sm, 12 sm, 8 sm, deylik. Qurilishda 12 m3 g’isht keltirildi. Qurilishda necha dona g’isht keltirilgan?

842. Ikki nafar ishchi 2 soatda 2 ta buyum yasaydi. 6 nafar ishchi 6 soatda nechta shunday buyum yasaydi?

989. Hovlida quyonlar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni 35 ta, oyoqlari soni esa 94 ta. Nechta quyon va nechta tovuq bor?

990. Bir kishi bozorga tuxum olib keldi. 1-xaridorga u jami tuxumlarning yarmini va yana 1 ta dona tuxum, 2-xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana 1 ta tuxum, 3-xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana 1 ta tuxum sotdi. Shundan so’ng uning savatida 10 dona tuxum qoldi. Kishi bozorga jami nechta tuxum olib kelgan edi?

992. Kulol 25 ta ko’zani bozorga olib boorish uchun arava yolladi. Bozorga olib kelingan har bir butun ko’za uchun kulol aravakashga 1500 so’m beradi. Sindirib qo’yilgan har bir ko’za uchun aravakash kulolga 5000 so’m to’laydi. Yo’lda bir necha ko’za sinib qoldi va ravakash kukolga 18000 so’m berdi. Nechta ko’za bozorga sinmay kelgan?

1085. 7 ta qalamni 3 ta qalamdonga necha xil tartibda solish mumkin?

1145. Kichik ertak kitobi betlarini qo’yib chiqish uchun 51 ta raqamdan foydalanildi. Bu kitob necha betli? Kitobchaning 1- va 2-betlariga, shuningdek, oxirgi betiga rqamlar qo’yilmasligini e’tiborga oling.

1196. Lift 1-qavatdan 3-qavatga ko’tarilganda 8 m masofani bosib o’tadi. Lift 1-qavatdan 9-qavatga ko’tarilganda necha metr masofani bosib o’tadi?

1261. Abdurahmonda 6 ta, Abduraufda 20 ta, Abdurashidda 8 ta va Ismoilda 12 ta bir xil o’yinchoq kubchalar bor. Ulardan qaysi biri o’z kubchalaridan kub yasay oladi?



1302. 365 kunda iborat yilda 53 ta dushanba bo’lsa, o’sha yilning 31-dekabri haftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi?


Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling