Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Download 168.5 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi168.5 Kb.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI
MALAKA ISHI
MAVZU: Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish
Tinglovchi: G’oyipov Sh.

Guruhi: Kimyo

Ish joyi: Oqqo’rg’on tumani 30-umumta’lim maktabi o’qituvchisi

Telefoni: 90-333-31-97

Taqrizchi: Ziyadullayeva K.

Kafedra mudiri: M.Zaynitdinova

Guruh rahbari: D.Sarimova


TOSHKENT – 2020
ANNOTATSIYA
Ushbu malaka ishi “Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish” mavzusida yozilgan.

Malaka ishining kirish qismida oksidlar mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalar davlat ta’lim standartlari asosida, undan kelib chiqqan malaka talablari asosida yoritilgan.

Asosiy qismida kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

- oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning reaksiya tenglamalarini

yozish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish to’g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Malaka ishi umumta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilari va yosh mutaxassislar va kimyo faniga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.

Malaka ishi “Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish” bo’yicha to’liq ma’lumot olishga xizmat qiladi.

Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish” mavzusini o’qitish bo‘yicha malaka ishini yozish jarayonida bir qator xulosalar keltirildi hamda tavsiyalar berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar keltirildi.



MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………….……..
ASOSIY QISM……………………………………………………….


  1. Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitish metodikasi……….




  1. Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish..

XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………..


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………

KIRISH

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limining ahamiyati, uning xalq xo‘jaligi taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Maktabda kimyo fanini o‘qitish ta’limining umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o‘stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi lozim.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limining asosiy vazifalari:

- o‘quvchilarni kimyoviy jarayonlar, kimyoviy modda, moddaning tuzilishi va xossalari, moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, Respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta’siri haqidagi bilimlar bilan tanishtirish;

- kimyodan masalalarni mustaqil ishlash, kimyoviy jarayonlarni kuzatish va ularni tushuntira bilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

- kimyo faniga oid o‘quv-laboratoriya jihozlari, asboblaridan foydalanish; laboratoriya tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kimyoviy moddalar, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini mustahkamlash;

- o‘quvchilarni kimyo yo‘nalishidagi fan-texnika taraqqiyoti, kimyoviy jarayonlarning kundalik xayotda qo‘llanilishi bilan tanishtirish;

- qadimda va o‘tgan asrlarda yashab, ijod etgan buyuk mutafakkirlar va hozirgi davr Vatanimiz kimyogar olimlarining faoliyati bilan tanishtirish;

- ta’lim mazmunini tevarak-atrofdagi, mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar o‘quvchilarning kimyodan majburiy tayyorgarlik darajasiga, ya’ni ularning

umumiy o‘rta maktabda kimyo ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma

va malakalariga qo‘yilgan minimal talablarni aks ettiradi. Umumiy o‘rta

ta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyodan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar uning quyidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilanadi.

· Fundamental nazariyalar;

· kimyoviy tilni o‘zlashtirish;

· kimyoviy tajribalar;

· hisoblashga doir masalalar.

Fundamental nazariyalar: o‘quvchilarga atom-molekulyar ta’limot asosida atom va kimyoviy element, kimyoviy formula, belgi, elementning nomlanishi, oddiy va murakkab moddalarning farqlari, nisbiy atom massa, molekulyar massa, sof moddalar tarkibi, massaning saqlanish qonuni, massa ulushi, molyar hajm, kimyoviy reaksiyalarning turlari, davriy qonun va davriy jadvalni tushunib yetishi, almashinish reaksiyalari, allotropik shakl o‘zgarishlar, organik birikmalarning umumiy formulasi, tabiatda uchrashi, ularni tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, metallarning xossalari, kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari va ularning amaliy tatbiqi haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar o‘rganiladi.

Kimyoviy tilni o‘zlashtirish: kimyoviy element, kimyoviy birikma belgilarini to‘g‘ri farqlash, nomini atay bilish, oddiy va murakkab moddalarning formulalari, tarkibi, valentligiga asosan to‘g‘ri yozish, anorganik moddalar: oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibini to‘g‘ri atash. Davr, qator, guruh, elektronlar, oksidlanish darajasi, kimyoviy bog‘lanishlar, reaksiyalarning to‘liq va qisqartirilgan tenglamalarini tuzish va o‘qish. Metallar, uglevodorodlar, aromatik uglevodorodlar, spirtlar, efirlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar formulalarini to‘g‘ri yozish va o‘qish, har bir atamaning ma’nosini anglash uchun o‘quvchida kimyoviy til rivojlantiriladi.

Kimyoviy tajribalar: maktab kimyo xonasida mavjud barcha o‘quvlaboratoriya jihozlarining nomlari uni ishlatish yo‘llari, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning o‘zaro ta’sirlashuvidan yangi moddalarni

hosil bo‘lishidagi reaksiyalarni amaliy tajribalarda isbotlanadi. Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarga nazariy bilimlar asosida hodisa va jarayonlar o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bilan o‘rgatiladi. Bunda o‘rab turgan tabiat tuzilishini anglashlarida muhim bosqich hisoblanadi.

Hisoblashga doir masalalar yechish: kimyoviy reaksiyalar asosida va kimyoviy tenglamalar bo‘yicha moddalarning nisbiy molekulyar massalari, gazlarning hajmini aniqlash, moddalarni massa ulushi, mol miqdorini hisoblash, kimyoviy ishlab chiqarishda mahsulotlarning nazariy olish mumkin bo‘lganda massa miqdorini hisoblashni bilish, eritmalar tayyorlash hisoblarini bajarish, aralashmalar tarkibini aniqlash yo‘llari o‘zlashtiriladi. Har bir mavzular asosida umumlashtirilgan masala, mashq va testlar yechish. Bu esa asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.



ASOSIY QISM

  1. Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitish metodikasi

Mavzu

Oksidlarning toifalanishi

Maqsad

  • Oksidlarning tarkibini,tuzilishini o`rgatish

  • Oksidlarni nomlay olishni o`rgatish.

  • Oksidlarni toifalashni o`rgatish

Vazifalari

Oksidlar bilan tanishtirish orqali kimyo faniga qiziqish uyg`otish.

Dars mazmuni

Modellar yordamida oksidlar bilan tanishish.

O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Metod: “Aqliy hujum”, Guruhlarda ishlash. Masalalar yechish “Xotirani sinash”, Venn diagrammasi.

Vosita: Darslik, metallar, metallmaslar, oksidlar namunalari, topshiriqlar, slayd, kodoskop, kompyuter.

Usul: Aralash

Nazorat: Savol-javob, guruhlarni baholash.

Baholash: 5 ballik tizim asosida


Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzuni modellar, modda namunalari, slayddan foydalanib yoritadi. Interfaol metodlardan foydalanib o`quvchilar mustaqil fikrlashini rivojlantiradi. Fanga qiziqishlarini rivojlantiradi.

O`quvchi: Oksidlar haqida dastlabki ma`lumotlar bilan tanishadi. Mustaqil ishlash, bayon qilish ko`nikmalarini hosil qiladi.



Mashg`ulot bosqichlari




Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish. Mashg`ulot haqida ma`lumot berish

Og`zaki

2daq

2

Takrorlash

O`quvchilar bilan guruhlarda o`tilgan mavzuni takrorlash

Guruhlarda ishlash

13daq

3

Mavzu bayoni

O`quvchilarga berilgan elementlarni kislorodli birikmasi formulasini yozishni, so`rash. Mavzuni misollar asosida tushuntirish

Aqliy hujum. modellar yasash,

Slayddan foydalanish, moddalarni

ajratish, ma`ruza


14daq

4

Mustahkamlash

Mavzu bo`yicha darslik, kartochkalardan foydalanib yangi mavzuni mustahkamlash Masala yechish.

Izlanish,slayd yaratish.

12daq

5

Mashg`ulot yakuni. Vazifa berish

G`olib guruh, faol o`quvchilar e`lon qilinadi, rag`batlantiriladi

Uyga vazifa beriladi.



Rag`batlantirish

4daq

Mashg`ulot borishi

Asosiy iboralar.



  1. Oksid

  2. Oksid nomi

  3. Empirik formula

  4. Grafik formula

  5. Asosli oksid

  6. Kislotali oksid

  7. Amfoter oksid

  8. Befarq oksid

Darsning tashkil etish

  1. Salomlashib davomatni aniqlash.

  2. Mashg`ulot haqida ma`lumot berish

  3. Amal qilish lozim bo`lgan qoidalar eslatiladi

  4. Kun yangiliklari tinglaniladi

Otilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifalarini tekshirish “Venn diagrammasi” (Metall,metallmaslar haqida).

Guruhlarga topshiriq berish.



1-guruh:

  1. Qanday moddalar oddiy moddalar deb ataladi?

  2. Oddiy moddalar necha xil bo`ladi?

  3. Allotropiyaga misol keltiring?

2-guruh

  1. Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi?

  2. Murakkab moddalar toifalarini ayting.

  3. Qadimdan qanday metall va metallmaslar?

3-guruh

  1. Kimyo darsida qaysi moddalar haqida o`rgandingiz?

  2. Siz berilgan kartochkalardan murakkab moddalarni ajrating

  3. Metallmaslar qanday xossalarga ega?

4-guruh

  1. Qaysi elementlarni nomini ma`nosini bilasiz?

  2. Hayotingizda qanday moddalardan foydalanasiz?

  3. Kartochkalardan metallarni ajrating

5-guruh

  1. O`zbekistonda qanday metallarni koni bor?

  2. Kartochkalardan metallmaslarni ajrating

  3. Qaysi metallmas yetishmasa buqoq kasalligi kelib chiqadi?

6-guruh

  1. Metallar qanday xossalarga ega?

  2. “Ozon qatlami” haqida bilasizmi?

  3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qaysi moddasida “Atrof-muhit muhofazasi haqida” aytilgan?

Yangi mavzu bayoni

40-§. Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.

41-§. Oksidlarning toifalanishi.

O`qituvchi qisqa ma`lumot beradi. Ekranda jadval asosida oksidlar tarkibi, tuzilishi, nomlanishi tushuntiradi.






  • Oksidlar deb biri kislorod bo`lgan ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.

  • Oksidlar binar birikmalardir.

  • Oksidlarning umumiy formulasi: E2On (E-element,n-element valentligi).

MgO Al2O3 CO2 Cu2O

Mg=O O=Al-O-Al=O O=C=O Cu-O-Cu

Magniy Aluminiy Uglerod (IV)- Mis (I)- oksid oksid oksid oksid


Asosli oksidlar- kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar.







Kislotali oksidlar- asoslar yoki asosli oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar.

Oksidlar

E2On









Amfoter oksidlar- kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar.




Befarq oksidlar- tuz hosil qilmaydigan oksidlar

Mavzu tushuntirilgach har bir guruhdan 1 tadan o`quvchi 1 ta metall va 1 ta metallmas oksidi formulasini doskaga ajratilgan joyga yozadilar. O`qituvchi yozilgan formulalarni toifalarga tushuntiradi.




Metallar oksidlari

Metallmaslar oksidlari

Na2O

K2O

MnO

CrO


CuO

FeO


Fe2O3

ZnO

Cr2O3

Al2O3


SO3

CO2

P2O5

Cl2O7



SO

CO

PO



NO

Metall oksidi

Mn2O7

Cr O3


Asosiy oksid

Amfoter oksid

Kislotali oksid

Befarq oksid

Tuz hosil qiluvchi oksidlar

Tuz hosil qilmaydi

Yangi mavzu mustahkamlash. Guruhlarga jadvallar tarqatiladi. Jadvallarda ma`lumotlarni to`ldiriladi.



1-guruh slayd

Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli,grafik tuzilishi

Toifasi

P2O5

?

?

?

?

?

?

0,53(Al)

?

?

?

?


2-guruh slayd

Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli,grafik tuzilishi

Toifasi

CO2

?

?

?

?

?

?

0,43(C)

?

?

?

?


3-guruh slayd

Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli, grafik tuzilishi

Toifasi

BaO

?

?

?

?

?

?

?

?

Xrom(III)-oksid

?

?

4-guruh slayd


Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli, grafik tuzilishi

Toifasi

K2O

?

?

?

?

?

?

0,47(N)

?

?

?

?


5-guruh slayd


Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli, grafik tuzilishi

Toifasi

SO3

?

?

?

?

?

?

?

Rux oksid

?

?

?


6-guruh slayd


Oksid

W-element

W0

Nomi

Modeli, grafik tuzilishi

Toifasi

Fe2O3

?

?

?

?

?

?

0,78(Fe)

?

?

?

?

Guruhlar navbati bilan taqdimotga chiqadilar. Kodoskopda slayd yordamida javob beradilar.

Javoblar tinglangach, ballanadi.

G`olib guruh, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi, e`lon qilinadi.



Uyga vazifa 40, 41§.

  1. Ushbu mavzuni o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish metodikasi bilan tanishamiz.

Ikki qismli kundaliklar o‘quvchilarga matn mazmunini o‘z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog‘lash, o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, o‘quvchilar qandaydir adabiyotlarni o‘quv auditoriyasidan tashqari o‘qib chiqish topshirig‘ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir.

Ikki qismli kundalik uchun o‘quvchilar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg‘otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg‘otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, matnni o‘qirkan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak.




Xulosa va tavsiyalar

Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga ‘oydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.

O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim ‘edagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.

Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib to’tirish – vatan’arvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim.

Ushbu malaka ishi taqdimotida qo’llanilgan interfaol usullardan darsda foydalanishning mazmun va mohiyati shundan iboratki,o’quvchilar bilim samaradorligi, fikrlash qobiliyati oshadi.

O’qituvchi o’quvchilarni qiziqtirish maqsadida ularni shartli ravishta guruhlarga ajratadi.Bu guruhlar o’rtasida o’zaro musobaqa boshlanadi.Sinov darslari bilimlarni takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish, o’quvchining iqtidori va zakovatini aniqlah,ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish kabi ditaktik maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Shunday qilib, bitta mashg’ulotda bir nechta pedagogik texnologiya uyg’unlashtiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel kungi 187-sonli «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori

  2. Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti.

  3. Asqarov I.R., To`xtaboyev N.X., G`ofurov K.G. 8-sinf uchun darslik. Toshkent-2017

  4. Urazova M.B., Esh’ulatov Sh.N. Bo‘lajak o‘qituvchining loyihalash faoliyati. // Metodik qo‘llanma. – T.: TD’U Rizografi, 2014 yil. 6,5 b.t.

  5. Axmerov K. Jalilov A.Sayfuddinov R.”Umumiy va anorganik kimyo” T.2006 Uzbekiston.

  6. Jalilov A., Rustamova E.X., Badalbaeva I.T., Mavlyanova M.E. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan laboratoriya mashgulotlari buyicha uslubiy kullanma. T.2004.

  7. I.N.Borisov “Kimyo o’qitish metodikasi”.O’qituvchi Toshkent 1966 y.

  8. L.V.Golish “Ta’limning faol usullari: mazmuni, tanlash, amalga oshirish”. T. O’rta maxsus kasb-xunar ta’limi markazi. 2001 y.

  9. Axmerov Q.A. “Anorganik kimyo”. Toshkent. 2000 y.

  10. www.chemistry.ru

  11. www.studenty.ru

  12. www.Alximik.ru

  13. www.tdpu.uz

  14. http://chemteq.ru

  15. http://collej.ru/chemstry

  16. lex.uz

  17. multimedia.uz

  18. ziyonet.uz


Oksidlarning toifalanishi mavzusini o’qitishda “Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanish mavzusi bo‘yicha tuzilgan 5 yillik istiqbol reja

BIRINCHI YIL



Belgilangan vazifalar

Muddat

Kutilayotgan natija

1.

Kurs mashg’ulotlaridan olingan yangiliklarni maktab pedagogik kengashida taqdimot o’tkazish

sentyabr

Metodik xizmat ko’rsatish

2

Oksidga oid mavzular bo’yicha ochiq dars o’tkazish

oktyabr

O‘quv yilini qiziqarli tashkil etish

3.

Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash

muntazam

O‘quvchilarni kasbga yo ‘naltirish

4.

Oksidga oid mavzulariga oid mavzusida nashr ishi tayyorlash

dekabr

O’z ustida ishlash

5

Fanga oid yangiliklar va metodik adabiyotlar tahlil qilish, o’quv jarayonida qo’llash.

yanvar

O’z ustida ishlash

7

Oliy o’quv yurtlari, metodika markazlari va Malaka oshirish markazi bilan hamkorlik qilish

fevral

O’z ustida ishlash

8

Bilimlar bellashuvi va olim’iadalarga maqsadli tayyorlash

mart

O’quvchilarni fanga qiziqtirish

9

Kimyogar olimlar tavalludiga bag’ishlab “N. Rahmatullayev ijodini o’rganish” mavzusida tadbir o’tkazish


a’rel


Fan oyligini qiziqarli tashkil etish


IKKINCHI YIL



Belgilangan vazifalar

Muddat

Kutilayotgan natija

1.

Amaliy dasturlarni o’rganish

Yil davomida

O’z ustida ishlash

2

Kimyo fani bo’yicha 11-sinflar o’rtasida “Fan bilimdoni” nominatsiyasi bo’yicha ko’rik tanlovlar tashkil etish.

Yil davomida

O ‘quv yilini qiziqarli tashkil etish

3.

Ingliz tilini o’rganishni davom ettirish va dars jarayonida qo’llash

Oktyabr

muntazam


O ‘quvchilarni kasbga yo ‘naltirish

4.

O’rgan-o’rgat yo’nalishida ish boshlangich va yuqori sinflar o’rtasida uzviylikni tahminlash maqsadida olim’iadalar o’tkazish.

noyabr

O’z ustida ishlash

5

“Tayanch maktablari” trenerlari va moderatorlari ishtirokida mavzu bo’yicha ma’ruza qilish.

Dekabr

O’z ustida ishlash

6

Darslarni o’tishda AKTning imkoniyatlaridan, elektron interfaol doskadan foydalanishni o’rganish,

yanvar

O’z ustida ishlash

7

Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha fan to’garagini rivojlantirish



fevral

O’quvchilarni fanga qiziqtirish

8

O’quvchilar tomonidan DTS talablarining bajarilishi tahlilini olib borish, DTSni takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o’rganish

Yil davomida

O’z ustida ishlash

9

Oliy o’quv yurtlari, metodika markazlari va Malaka oshirish markazlari bilan hamkorlikda tanlangan mavzu bo’yicha “Mahorat darsi” tashkil etish.

a’rel

Metodik xizmat ko’rsatish


UCHINCHI YIL



Belgilangan vazifalar

Muddat

Kutilayotgan natija

1.

Kimyo fani bo’yicha 8- sinflar o‘rtasida “Fan bilimdoni” nominatsiyasi bo’yicha ko’rik tanlovlar o’tkazish.

Yil davomida

O’quvchilarni fanga qiziqtirish

2

Oksidga oid mavzular bo’yicha ochiq dars, tanlovlar, seminarlar tashkil etish

oktyabr

O’quvchilarni fanga qiziqtirish

3

Ingliz tilini o’rganishni davom ettirish va dars jarayonida qo’llash

doimiy

O’z ustida ishlash

4.

Fanga oid yangiliklar va metodik adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish o’quv jarayonida qo’llash.

yanvar

O’z ustida ishlash

5.

O’rgan-o’rgat yo’nalishida fan yuzasidan aniqlangan bo’shliq mavzular bo’yicha o’z ustida ishlash.

doimiy

O’z ustida ishlash

6

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Kimyoviy elementlar davriy sistemesi” mavzusida videodars yaratish

mart

Fan oyligini qiziqarli tashkil etish

7

Darslarni o’tishda AKTning imkoniyatlaridan foydalanish,

doimiy

O’z ustida ishlash

8

Kimyo fanini o’qitishda fanlaroro aloqadorlikni ta’minlash maqsadida tanlovlar, musobaqalar o’tkazish

a’rel

O’quvchilarni fanga qiziqtirish

9

Avgust sho ‘basiga kimyo yo ‘nalishida murakkab mavzularni o‘qitilishi yuzasidan takliflar tayyorlash

may

Metodik yordam ko‘rsatish


TO‘RTINCHI YIL




Belgilangan vazifalar

Muddat

Kutilayotgan natija

1.

Yangi o’quv yiliga slaydlar yaratish

sentyabr

O’z ustida ishlash

2

Ta’limga oid me’yoriy hujjatlarni o’rganish,

oktyabr

Fan oyligini qiziqarli tashkil etish

3

O‘zbek kimyogar olimlari ijodini o‘rganish bo ‘yicha musobaqa o‘tkazish

noyabr

O’z ustida ishlash

4

Ta’limga oid veb-saytlarlardagi videodarslar, multimedia ilovalari va resurslarni o’rganish va ulardan foydalanish

dekabr

Metodik yordam oilsh

5

Oksidga oid mavzular bo’yicha tuman gazetasida maqola cho’ ettirish

yanvar

O ‘z-o’ zini kasbiy rivojlantirish

6

Kimyo fani to’garaklari ishtirokchilari bilan intellektual o’yinlar, tadbirlar tashkil etish, o’quvchilar tomonidan qiziqarli o’yinlar dasturlarini ishlab chiqishga yo’naltirish

fevral

O ‘quvchilarni fanga qiziqtirish

7

Olimlar bilan davra suhbati tashkil etish

mart

Fan oyligini samarali tashkil etish

8

Oila, mahalla va maktab ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish

a’rel

Hamkorlik ishlarini rivojlantirish

9

Viloyat miqyosida seminar tashkil etish

may

O ‘z-o ‘zini rivojlantirish

BESHINCHI YIL



Belgilangan vazifalar

Muddat

Kutilayotgan natija

1.

9-sinflar o’rtasida “Kimyo fani bilimdoni” ko’rik tanlovini o’tkazish

Sentyabr

Yil davomida



O’quvchilarni fanga qiziqtirish

2

Res’ublika va viloyat miqyosida o’tkaziladigan konferentsiyalarda “Oksidga oid mavzular” yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etish

oktyabr

O’z ustida ishlash

3

Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish

noyabr

O’quvchilarni kasbga yo‘naltirish

4

Kimyo fanini o’qitish yuzasidan nashr ishlari – dars ishlanmalari, testlar to’plamlari, amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini o’tkazish yuzasidan tavsiyalar yaratish.

dekabr

O’z ustida ishlash

5

Ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash, samaradorligini tahlil qilib borish

yanvar

O’z ustida ishlash

6

Bilimlar bellashuvi va olim’iadalarga maqsadli tayyorlash

fevral

O‘quvchilarni fanga qiziqtirish

7

An’anaviy avgust kengashlariga takliflar, tavsiyalar tayyorlash va ma’ruzalar bilan ishtirok etish

mart

O’z ustida ishlash

8

Tayanch maktabida “Oksidga oid mavzular” yuzasidan ilg’or ish tajribasini ommalashtirish

a’rel

O’z ustida ishlash

10

Maktab metodik kengashida besh yillik ijodiy hisobot to’shirish hamda bir nusxasini malaka oshirish markaziga taqdim etish

may

Malaka oshirish kursiga borish






Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling