Aniq va taqribiy sonlar haqida tushuncha


Download 16.74 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi16.74 Kb.
#1027550
Bog'liq
2 labaratoriya ishi Kompyuter modellashtirish


  1. ANIQ VA TAQRIBIY SONLAR HAQIDA TUSHUNCHA

Kundalik hayotimizda va texnikada uchraydigan ko’plab masalalarni yеchishda turli sonlar bilan ish kurishga to’g’ri keladi. Bular aniq yoki taqribiy sonlar bo’lishi mumkin.


Aniq sonlar biror kattalikning aniq, qiymatini ifodalaydi. Taqribiy sonlar esa biror kattalikning aniq qiymatiga juda yaqin bo’lgan sonni ifodalaydi. Taqribiy sonning aniq songa yaqinlik darajasi hisoblash yoki o’lchash. jarayonida yo’l qo’yilgan xatolik bilan ifodalanadi.
Masalan, ushbularda: «kitobda 738 ta varak», «auditoriyada 30 ta talaba», «uchburchakda 3 ta kirra», «telefon apparatida 10 ta rakam», 738, 30, 3, 10 aniq sonlar. Ushbularda esa: «Er bo’lagining perimetri 210 m», «Erning radiusi 6000 km», «Qalamning og’irligi 8 g», 210, 6000, 8 taqribiy sonlar. Bu kattaliklarning taqribiy bo’lishlariga sabab, o’lchov asboblarining takomillashmaganligidir.
Mutlaq aniq o’lchaydigan o’lchov asboblari yo’q bo’lib, ulardan foydalanganda ma’lum xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Bundan tashqari, Er aniq shar shaklida bulmaganligi tufayli, uning radiusi taqribiy olingan. Uchinchi misolda esa qalamlar har xil bo’lganligi uchun ularning og’irligi turlicha. 8 g deb o’rtacha kalamning og’irligi olingan. Amaliyotda taqribiy son a deb, aniq qiymatli son A dan biroz farq kiladigan va hisoblash jarayonida uning urnida ishlatiladigan songa aytiladi. Qisqalik uchun bundan keyin aniq qiymatli son o’rniga aniq son, kattalikning taqribiy qiymati o’rniga taqribiy son deb yozamiz.
Amaliy masalalarni yеchish asosan quyidagi ketma-ket qadamlardan iborat:
1) yechilayotgan masalani matematik ifodalar orqali yozish;
2) qo’yilgan matematik masalani yеchish.
Tabiatda uchraydigan masalalarni doim ham aniq matematik tilda ifodalash mumkin bulmaganligi tufayli masala ma’lum darajada ideallashgan model’ vositasida yoziladi, ya’ni xatolikka yo’l qo’yiladi (birinchi kadamda). Masalaning tarkibiga kirgan ba’zi parametrlar tajribadan olinganligi tufayli, bunda ham xatolikka yo’l qo’yiladi. Bularning yig’indisi esa boshlang’ich informatsiya xatoligini keltirib chikaradi. Juda ko’p xollarda matematik masalaning (ikkinchi kadam) aniq yеchimini (analitik) topishning iloji bo’lmaydi. Shuning uchun amaliyotda taqribiy matematik usullar qo’llaniladi.
Aniq, yеchimning o’rniga taqribiy yеchimni qabul qilish (majburiy ravishda) yana xatolikni keltirib chikaradi. Masalani yеchish jarayonida boshlang’ich shartlarni va hisoblash natijalarini yaxlitlashda ham xatolikka yo’l qo’yiladi, bunga hisoblash xatoliklari deyiladi.
Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling