Anjuman ishtirokchisi anketasi


Download 23.98 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1636783
Bog'liq
Mustafaeva Feruza 3 G Tezis Pedagogika


ANJUMAN IShTIROKChISI ANKETASI

F.I.Sh.:



Mustafaeva Feruza Polat qizi

Lavozimi:



Talaba

Ish o‘rni va manzili:



Nukus Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika Fakulteti Pedagogika va Psixologiya Ta’lim-yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Ilmiy darajasi:






Telefoni va mobil telefoni:



+998 90 700 11 13

Sho‘ba:



1-sho‘ba. Zamonaviy ta’lim-ta’rbiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari.

Tezis nomi:



Zamonaviy ta’lim-ta’rbiyada texnologiyalardan foydalanish mohiyati

e-mail:

feruzamustafaeva1113@gmail.com

ZAMONAVIY TA’LIM-TA’RBIYADA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MOHIYATI



Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika Fakulteti Pedagogika va Psixologiya
ta’lim-yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Mustafaeva Feruza Polat qizi
Hozirgi kunda har bir sohani hechqanday texnika va texnologiyalarsiz ko’z oldimizga keltirishimiz judayam qiyin,chunki har bir sohaning rivojlanishi uning taraqqiyoti zamon bilan hamnafas tarzda o’sib bormoqta.Bu borada esa albatta ta’lim-ta’rbiya jarayoni ham alohida ta’kidlab o’tishimiz mumkin.Sababi barchamizga ma’lumki keyingi yillarda dunyo bo’ylab online o’qitish tizimi,online o’qishga hujjat topshirish,imtihonlarda qatnashish kabi bir-necha qulayliklar yaratilg’an bu o’z o’rnida zamon hohishi bo’lsa bochqa bir tarafdan esa zarurlik edi. Innovatsiyalar yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlar, ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo bo'lishi loyihalash ishlarining natijasi bo'lishi mumkin, bunda mavjud ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini aks ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar ishlab chiqiladi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ta`lim deganda shaxsning jismoniy va ma`naviy kamol topish jarayonini, uning ongli ravishda ayrim ibratli qiyofalarga yo’nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy ongda ma`lum darajada erkin iz qoldirgan ijtimoiy namuna bo’lishga, har tamonlama barkamollikka intilish jarayonini tushinish mumkin. Ana shu tushunchaga ko’ra ta`lim butun jamiyat va shaxslar hayotining ajralmas jihati sifatida namayon bo’ladi va so’zning keng ma`nosidagi «tarbiya» tushunchasiga o’xshaydi.[1.43 b] Rivojlangan mamlakatlarda yangi pedagogik texnologiya asta-sekinlik bilan shakllanib. O'zbekiston Respublikasiga ham kirib kela boshladi. Yangi pedagogik texnologiya dars jarayonida talabalarni mustaqil fikrlash. crkin faoliyat yuritishga da'vat etadi. Pedagogik texnologiya asosida mashg'ulot o'tish. dars jarayonida zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar, videokompyuterli multimediya komplekslarini qo'llash. mustaqil ta'Iim olishda internetdan samarali foydalanish bilim. ko'nikma va malakalarni chuqur egallashga. o'qitish jarayonini jadallashtirishga olib keladi.[3.3 bet ] Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi.
Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Ta'lim tizimining hozirgi holati noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o'zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o'zgartiradi, o'rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o'qitish usullarini qo'llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta'lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga asoslangan uchinchi avlodning yangi davlat ta'lim standartlarini (FSES HPE) joriy etish talabaning tobora faol ishtirok etishi asosida bir qator fanlarni, shu jumladan sotsiologiyani o'qitish uslublarida sezilarli o'zgarishlarni nazarda tutadi.
"Texnologiya" yunoncha so'z bo'lib, "texnos" - mahorat, san'at, "logos"' - fan, ta'limot ma'nolarini anglatadi. •'Texnologiya" tushunchasi - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmui va shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo'lgan materiallarini qazib olish. tashish, saqlash va hokazolar ham texnologiya deyiladi. SHuningdek, texnololgiyaga ishlab chiqarish jarayonining tavsifi, ularni bajarish bo'yicha qo'llanmalar, tcxnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoatda ishlab chiqarish sohasida yuzlab texnologik loyihalar yaratilgan. Agar texnik hujyatlar talablariga amal qilinsa, ishni kirn va qaerda bajarganidan qat'iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.[3.12 b] Innovatsion ta'lim texnologiyasi - bu ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi tendentsiyalariga eng mos keladigan ta'lim faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni qandaydir yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o'z ichiga olgan ta'lim faoliyatini tashkil etish metodologiyasidir.Ta'limdagi innovatsion faoliyat ta'lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo bo'lishiga qaratilgan kompleks faoliyatni o'z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim jarayonini tashkil etishning usullari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar bo‘lishi mumkin.Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugingi kunda keng qo’lamdagi islohatlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega .[2.68 b]
So'nggi yillarda Respublikamizning taniqli pedagog olitnlari tomonidan o'quv jarayoniga pedagogik tcxnologiyani joriy etish bo'yicha samarali izlanishlar olib borilmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasi ilmiy maqolalarda, anjuman ma'ruzalarida, davriy nashrlarda o'z aksini topmoqda. Respublikamizning taniqli olimlari R.X.Jo'raev. U.N.Nishonaliev. N.S.Sayidaxmcdov. B.L.Faberman: Rossiva pedagogik olimlari B.P.Bespalko, M.V.KJarin, N.I'.Talizina, L.M.Fridman. V.Slastyonin. N.N.Mixaylov: Amerika. G'arbiy Evropa va boshqa davlatlar olimlari B.Blum, J.KerroI. Golbraynt. T.Sokomoto o'z ilmiy tadqiqotlarida '"pedagogik texnologiya" tushunchasining mohiyati va ahamivatini ochib bcrishga munosib hissa qo'shganlar. O'qitishga texnologik yondashish, ya'ni o'quv jarayonini ham ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlariuvchan xarakterga cga bo'Hshini ta'minlashga oid dastlabki izlanishlar asrimizning XX asrning 50 yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, "ta'lim texnologiyasi" iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skiner tomonidan ishlatilgan. U "ta'lim texnologiyasi - psixologiya fani yutuqlarini pedagogik amaliyotda qo'llashdan iborat", deb ta'riflagan. Bu ta'rifga asosan shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda "pedagogik texnologiya" tushunchasiga "yangi". "ilg'or". "progrcssiv" kabi so'zlarni qo'shib aytilish ham nisbiydir.[3.19 b ] Ta'lim jarayonida multimedia vositalarini qo'llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahamiyatga ega. Bunda beriladigan materiallar chuqurroq o'zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.Multimedia ma'nosi ("ko'p muhitlik") zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo'lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko'rinishlari matn, jadval, grafik, nutq, animatsiya (multiplekalsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia "inson-kompyuter" interfaol (dialog) ma'lumolning yangi takomiliashgan pog'onasi bo'lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan hordiq chiqarish, ta'lim olish, reklama kabi sohalarda ham foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida taiaba, o'quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko'rinishidir.[3.43 b]
Pedagogik texnologiya tushunchasining ta'rifi juda ko'p bo'lib, ular orasida
YUNESKO tomonidan berilgan quyidagi ta'rif pedagogik texnoiogiyaning tub mohiyati va uning barcha jihatlarini ochib beradi: "Pedagogik texnologiya ta'lim shakllarini optimallashtirish uchun inson va texnika resurslarini hamda ularni o'zaro ta'sirini e'tiborga olgan holda o'qitish va bilimlarini o'zlashtirish jarayonini yaratish,qo'Ilash va aniqlashning tizimli metodidir". Ma'lumki. o'qitish metodikasi ko'p hollarda o'quv jarayonini tashkil etish va olib borishga oid tavsiyalar yig'indisidan iborat bo'lsa, pedagogik texnologiya bundan farqli o'laroq. birinchidan, yakuniy natijani kafolatlaydi, ikkinchidan esa bo'lajak o'quv jarayonini ham loyihalaydi.
Pedagogik texnologiya o'quv maqsadlarining aniq belgilanishi. yakuniy
natijalarning kafolatlanishi o'quv jarayonining takrorlanuvchanligini ta'minlash va tezkor qaytaruvchi aloqaning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Pedagogik texnologiyaning ushbu xossalari o'quv jarayonini jadallashtirishning asosiy omili hisoblanadi. Pedagogik texnologiyada o'qitish natijasi o'qituvchi shaxsidan ko'ra ko'proq talabaga, uning mustaqil o'qishiga bog'liq bo'ladi.Shuning uchun ham harqamday texnika va texnologiyalardan foydalanganimizda aslida uning mohiyatini yaxshiroq tushunishga harakat qilishimiz kerak.Zero biz yoshlar ertangi vatanimiz ravnaqi yo'lida fidoiy, ilm-fanga va uning rivojlanishi o'z hissamizni qo'shish maqsadida bir bo'lishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar :


1.Assistent-o’qituvchi Temirbekova A.O. PEDAGOGIKA NAZARIYASI fani bo`yicha o`quv-metodik majmuasi (bakalavriat bosqichi talabalari uchun)


Nukus-2012
2. Dots. Nurjanova R. «PEDAGOGIKА ТАRIXI» fani bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi (bakalavriat bosqichi talabalari uchun) NUKUS - 2012
3.Z. K. Ismailova R. S. Musaei A. A. Shoyusupova
O'QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI TOSHKENT-20I
Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling