Annotatsiya Ushbu kurs ishida organic kimyoning kichik bo’limi metallorganik birikmalar haqida bayon etilgan. Xususan, metallorganik birikmalarning turlari ishlatilish sohalari haqida tushunchalar


Download 104.32 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi104.32 Kb.
#1159983
  1   2   3   4   5
Bog'liq
metallorganik birikmalar


Annotatsiya
Ushbu kurs ishida organic kimyoning kichik bo’limi metallorganik birikmalar haqida bayon etilgan. Xususan, metallorganik birikmalarning turlari ishlatilish sohalari haqida tushunchalar, metallorganik birikmalarga oid hisoblashlarga oid hisoblash olib boorish metodikasi keng va batafsil yoritib berilgan.

Aннотация
В данной курсовой работе описан подраздел органической химии о металлоорганических соединениях. В частности, широко и подробно освещены понятия о видах металлоорганических соединений, сферах применения, методика проведения расчетов, относящихся к расчетам металлоорганических соединений.

Annotation
In this course work, a subsection of organic chemistry is described about metallurganic compounds. In particular, the concepts of the areas of use of types of metallurganic compounds, the methodology of taking calculations on calculations related to metallurganic compounds are widely and in detail covered.

Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

2.1. Organik moddalarning turlari haqida tushunchalar.
2.2. Metallorganik moddalar haqida tushunchalar.
2.3. Metallorganik moddalarga doir masalalarga oid hisoblashlar olib borish metodikasi
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. KIRISH

O‘quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan mamalakatlari qatoriga kirishi, ya’ni 2030-yilga kelib, iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir.
Mamlakatimizda 11 yillik ta’limga o‘tish, professional ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, yangi klassifikatorlar, o‘quv reja va dasturlar yaratish me’yoriy asoslari ishlab chiqildi hamda kimyo o‘qitishning zaruriy moddiy texnika bazasi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmasevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi” deya ta’kidlab o‘tilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil
8-oktabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.
Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni2020 yil
23 sentabrda (
O‘RQ-637-son) tasdiqlandi.Uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, professional ta’lim olishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat.



  1. Download 104.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling