Annotatsiya ushbu malaka ishida 1-4 sinflarning tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiiy geografiya fanining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini


Download 98.86 Kb.
bet1/3
Sana20.08.2020
Hajmi98.86 Kb.
#127107
  1   2   3
Bog'liq
Alimov Shavkat


ANNOTATSIYA

Ushbu malaka ishida 1-4 sinflarning tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiiy geografiya fanining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor berish, “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi haqida yozilgan va reja asosida yoritib berilgan.



Tayanch so`z va iboralar: tabiat, tabiiy, “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, ekologik tarbiya.

Boshlang`ich sinf o‘quvchilarining tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini rivojlantirish usullari

Annatatsiya

Tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiy geografiya fanining tarkibiy qismi. O‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor berish.“Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi.



Mundarija:

I.Kirish

II.Asosiy qism

1.1-4 sinflarning tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiy geografiya fanining tarkibiy qismi.

2.O‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor berish.

3.“Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi.

Jihoz: tabiat haqidagi rasm va ko‘rgazmali qurollar va videoproyektor.

IV.Xulosa

V.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

VI.Ilovalar

Kirish

Zamonaviy dunyoda insonning omon qolish va atrof-muhitni saqlab qolishdan muhimroq muammo yo‘qdir. Bu muammo qurolli mojarolar, millatlararo nizolar hamda jamiyat rivojida uchrayotgan qarama-qarshiliklar sababli yuzaga kelayotgan boshqa ixtiloflar kabi dunyoning barcha keskinliklarini orqaga surib qo‘ydi. Hozirgi vaqtda atrof-muhitga ta’sir qilishi natijasida quyidagi ekologik muammolar paydo bo‘ldi: iqlim o‘zgarishi, dashtlashib ketish, bioxilma-hillikni qisqarishi zaharli chiqindilarning to‘planib ketishi, suv tozaligi muammolari, suv iste’moli va hokazolar. Insonning kun kechirishi tabiat qonunlari bilan hamjihatlikda yashashiga bog‘liq, bu haqidagi bilim unda ekologik savodxonlik, ekologik madaniyat va majburyatni- zamonaviy insonning zarur xususiyatlarini beradi. Tabiat nafaqat o‘zini tuta bilishi, balki uning qonun qoidalariga amal qilishi zarurdir, chunki insonning taliqari biosferamizdagi barcha tirik organizmlar shunday yo‘l tutadi. Insonning bu qoidalarga amal qilishdan bosh tortishi, uning sog‘ligi va uzoq umr ko‘rishi o‘z aksini topmoqda va sayyoramizning barcha yashovchilariga bir qator muammolar keltirilmoqda, ayrimlariga esa halokatli bo‘lmoqda. Buning hammasi shuni aytadiki, zamonaviy ekologik muammoning sababi- aholi bilimining sayozligi va atrof-muhit masalasidagi tarbiyaning pastligidadir. Atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimni unda sodir bo‘layotgan ekologik jarayonni, inson madaniyati va shaxs axloqini ekologik ta’lim va tarbiyasi jarayonida shakllanadi, bu esa ayniqsa maktab yoshida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ta’lim va tarbiya predmetlar o‘qitilishida yagona pedagogik jarayon hisoblanadi.

Isloh qilingan maktablarning boshlang‘ich sinflari uchun tuzilgan zamonaviy rejaga muvofiq 1 va 2-sinflarda «Atrof-muhit bilan tanishtirish» kursi o‘rganiladi.

Bu predmetning asosiy vazifasi bolalarning atrofdagi hayot, tabiat hodisalari va narsalar haqida tushunchalarini to‘plash. SHuningdek, oilada, maktabda, jamoat joylarida, ko‘chada va tabiat bag‘rida axloq ko‘nikmalarini shakllantirish, oila a’zolariga o‘zidan kichiklarga va tengdoshlariga, pedagoglarga hamda atrofdagi boshqa kishilarga nisbatan hurmatli kishilar mehnatiga va ular kuchi bilan vujudga keltirilgan buyumlarga, jonajon o‘lka va Ona Vatanga muhabbatni tarbiyalashdan iboratdir.

Shu maqsadda sayr-sayohatlar maktab maydonida ishlash tadbirlari ko‘riladi. Tabiatni, ijtimoiy hayot voqealari, mehnatkash kishilarning mehnatini kuzatish, boshqa predmetlarga doir materiallarni ham o‘zlashtirishni osonlashtiradi. U 3-4 sinflarda o‘tiladigan tabiatshunoslik fanini o‘rganishga zamin hozirlaydi.

Masalan: «Bizning uy va jonajon tabiat», «Bizning maktab va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakatimiz» mavzusini o‘rganish ikki yo‘nalishda olib boriladi:

Birinchi yo‘nalish bolalarni jamiyat hayoti, kishilarning mehnati bilan tanishtirishni, ularda xulq madaniyatini tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirishning shakl, usul va vositalari turli-tuman bo‘lib, bunda kuzatishlar, sayyohatlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, korxonalar, muzeylar, teatrlar, klublarga borish, suhbat va kitoblar o‘qishni uyushtirish, kino va diafilmlar, teleko‘rsatuvlar tomosha qilish, radio tinglash, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni nishonlash kabilar ko‘zda tutiladi.

Bolalar olgan tushunchalarini o‘zlarining amaliy faoliyatlarida o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlari, ijtimoiy foydali mehnat va shu kabilarda mustahkamlaydilar.

Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa bolalarni aynan tabiatning o‘zi bilan tanishtirish, yaqin atrofdagi tabiat va uni kuzatish malakasi va tushunchalarini shakllantirish, ko‘zda tutiladi. Ayrim xollarda esa o‘quvchilarning mustaqil kuzatishlarini tashkil etish ham mumkin. Atrof-muhit tabiati, hayvon va o‘simliklar hayotining yil fasllariga qarab o‘zgarishi kuzatishning mazmunini tashkil qiladi. Bu ikki yo‘nalishni bog‘lovchi qishloq va shahar aholisining mehnatini o‘rganish, bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etish hisoblanadi. Guruh mavzulari bir xil izchillikda o‘rganilmaydi: Mamlakatimizdagi ulug‘ sanalar, mavsumiy o‘zgarishlar mazkur mavzuga ish davomida bir necha marta qaytishini taqozo etadi. Mashg‘ulotni hamma mavzulari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisiga uzviy ravishda qo‘shilib ketadi, shu tufayli xohlagan mavzu bilan bog‘liq masalalar ham o‘z aksini topadi.

Tabiatshunoslik darsida ekologik ta’lim elementlari shakllanib boradi. Bugungi kunda, aftidan insoniyat o‘z tarixini og‘ir bir davriga qadam qo‘yadi. Bu xol ekologik tanglik davri bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyat bilan tabiat o‘zaro munosabatlaridagi o‘tkir qarama-qarshilik bilan izohlanadi. Bu esa jiddiy ekologik muammolarni hal etish zaruriyatini o‘rtaga qo‘ymoqda. SHunday bir sharoitda ekologik savodxon shaxslarni tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Ekologik ta’lim borasida o‘quvchilarning bilim va tushunchalarini oshirish maqsadida bir necha mavzularga murojaat qilamiz.

Masalan:

«Ob-havo va inson faoliyati», «Inson ekologiyasi va tabiatni muhofaza qilish», «o‘simlik va hayvonot dunyosi», «Orol fojiasi» mavzulari bo‘yicha atroflicha ma’lumot beriladi.

Orol faryod chekar, yordamga chorlar,

Qaydasiz tantilar, himmati borlar,

Asrlar insonga fido qilbim jon,

Bugun qismatimga yig‘laydi torlar…,

Ayladim insonga muruvvatimni,

Qo‘liga topshirdim sho‘r qismatimni

Insonchi? Bir umr o‘yladim o‘zni

Tushunish istamas g‘am-kulfatimni.

Orol haqida ushbu she’r o‘qib eshittiriladi. Suvga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini ortiriladi. Tabiatdagi bor dov-daraxtlarga, qushlar va hayvonlarni parvarish qilishga undaladi.

O‘quvchilarga tabiatshunoslik darslarida nafosat tarbiyasini singdirish usullari

1. Nafosat tarbiyasining xarakterli hususiyati axloq mezonlarining insonparvarlik mohiyatidadir. Bu mezonlar bolalarning xulqini tartibga solib, nafosat jihatdan tarbiyalab turish zarur. Ular insonda xushmuomalalik tuyg‘ularini uyg‘otadi, boshqa odamga hurmat va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga undaydi, achinish va qo‘llab quvvatlashni talab qiladi. Bularning bari birgalikda axloq-odobning boshlang‘ich alifbosidir.

2. Sinfda o‘tgan «Atrofimizdagi olam» darsidagi «Bog‘» mavzusida nafosat tarbiyasini o‘quvchilar ongiga singdirish usullaridan foydalaniladi.

Mavzu: Bog‘.

Maqsadi: atrof-muhitga mehr-muhabbat xissini uyg‘otish

Darsning jihozi:

Rasmli albom, texnika vositasi, tarqatma materiallaridan foydalanish. Test savollari.

Darsning borishi: Suhbat metodi. Darsni tashkil qilish. Navbatchi o‘quvchidan davomat aniqlanib, bugungi sana, kun va ob-havoni aniqlash.

O‘tilgan mavzu: Bizning bog‘.

O‘quvchilarni guruhlarga ajratib har bir guruh uchun savollar beriladi (klaster usulidan foydalaniladi).

1 2 3 4


Siz qaysi mevani yaxshi ko‘rasiz?

Mevali daraxtlarning nomlarini ayting.

Tuzilishi yaxshi bo‘lgan meva nomini ayting.

Danakli mevalarning nomini ayting

Bu savollarga o‘quvchilar quyidagicha javob berishi mumkin:


Оlcha , shaftoli, gilos, g‘aynoli, uzum, anor va xokazo

Оlma , nok, anor, shaftoli, gilos, o‘rik, uzum olcha, bodom va xokazo

Nok, оlmа, uzum,anor va хоkаzо.

O‘rik, olma, shaftoli, behi, nok, gilos vа хоkаzо.

1 2 3 4


Har bir guruhda faol qatnashgan guruh a’zolari, rag‘batlantiriladi.

Yangi mavzu bayoni.

Bog‘larda madaniy, mevali daraxtlar o‘stiriladi. Ularni bog‘bonlar va o‘quvchilar parvarish qilishadi. Bog‘lar shahar va qishloqlarimizni bezaydi. Ular xushbo‘y hidli va chiroyli gullari, shirin-shakar mevalari bilan bizni xursand qiladi. Bog‘larimizda o‘rik, behi, shaftoli, nok, olma va boshqa mevali daraxtlar, butalardan anor, shuningdek, tok, qulupnay, malina o‘sadi. Meva va rezavor-mevalar juda foydali. Har yili sentabr-oktabr oylarida Respublikamizda Mehrjon bayrami o‘tkaziladi.

O‘quv yilidan boshlab yangi fan tabiatshunoslikni o‘rganadilar. “Tabiatshunoslik” so‘zi “Tabiat” hamda forscha “Sxenoxtan” (o‘rganmoq) so‘zlaridan tuzilgan.

Tabiatshunoslik darslarida biz tabiatni o‘rganamiz va u haqida ko‘plab qiziqarli yangiliklarni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining tabiat, uni qo‘riqlash to‘g‘risidagi moddalari mazmunini bilib olamiz.

Eng muhimi, tabiatshunoslik darslarida siz har bir inson ona tabiatni sevishni, uni asrab avaylash kerakligini tushunib yetamiz.

“Tabiatshunoslik” kitobi sahifalari orqali siz bizni o‘rab turgan tabiatni undagi jismlar: tuproq, suv, havo, foydali qazilmalar, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi, sog‘liqni va tabiatni himoyalash kabilar bilan tanishamiz, hamda O‘zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan noyob hayvon va o‘simliklarni bilib olamiz.

Tabiat nima?

Quyosh, oy, yulduzlar, yer, havo, suv, toshlar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar- bularning hammasi tabiatdir.

Tabiatni o‘rganadigan fan tabiatshunoslik deb ataladi.

O‘simliklar, hayvonlar, odamlar-jonli tabiat jismlaridir. O‘simliklar hayvonlar va odamlar oziqlanadi, nafas oladi, o‘sadi, ko‘payadi va oxirida nobud bo‘ladi. Ular ana shu xossalari bilan jonsiz tabiat jismlaridan farq qiladi.

Quyosh, Oy, yulduzlar, yer, suv, havo, toshlar-bular jonsiz tabiat jismlari. Odamlar o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni jonli va jonsiz tabiat jismlaridan yaratadi.

Tabiatni yaxshi bilgan va uni sevgan odamgina uning boyliklaridan oqilona foydalanadi.

Tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik tizimi.

Tabiatdagi hamma narsa o‘zaro bog‘liq.

Masalan: Organizmga yorug‘lik, havo, suv zarur, shuning uchun jonli tabiat jonsiz tabiatsiz yashay olmaydi.

O‘simliklar havoni tozalaydi. Terak va siren, qayrag‘och daraxtlari juda ko‘p changni tutib turadi, daraxt va butalar havoni yaxshilaydi. Yozda salqinida dam olinadi. Shuning uchun O‘zbekistonni ko‘chalari ko‘kalamzorlashtirishga, istirohat bog‘lari va hiyobonlar barpo etishga e’tibor beriladi. Hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi, ko‘pchiligi esa o‘simliklarni mevasi bilan urug‘ini tarqatadi.tabiatshunoslik darslarida biz tabiatdagi predmetlarni o‘rganamiz, ular bilan tajribalar o‘tkazamiz, shuningdek hamma shu darslar mobaynida tabiat quchog‘iga sayohatga chiqamiz. Bu sayohatlarda suv, tuproq, undagi boyliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishishga yordam beradi.

Tabiiy boyliklar umumxalq boyligi sanaladi, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda bu masalaga davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

Tabiatshunoslik darsligi kelgusida o‘quvchilarni tabiat haqidagi bilimlarni puxta egallashda poydevor vazifasini o‘taydi.

Tabiatshunoslik darsi 3-sinfda.



  1. Kirish:

Tabiat va odam;

Tabiat jismlari;

O‘simlik va hayvonot olami;

Sog‘lig‘imizni saqlaymiz;

Ekologiya bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.


  1. Kirish bo‘limida o‘quvchiga tabiatshunoslik darsligi tushuntiriladi.

  2. Tabiat va odam – bo‘limida.

A) Tabiat nima ?

B) Tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik tizimi

V) Tabiatni asrab-avaylash – kabi mavzular

Tabiatni asrab avaylash

Biz 1 va 2- sinflarda, “Atrofimizdagi olam”ni o‘rganish jarayonida tabiatda o‘zini tuta bilish qoidalari bilan tanishganmiz. SHuning uchun gullarni uzish, daraxt va butalarni shoxini sindirish mumkin emasligini yaxshi bilasiz. Tabiatga yetkazgan zararni tuzatish qiyin.

Shaharlar, fabrika va zavodlar qurilmoqda, bularning hammasi inson uchun juda zarur. Zavod va fabrikadan chiqqan chang va tutun hamma tuproq, havo, suvlarni ifloslantiradi, ular esa o‘simliklar va hayvonlar xatto insonlarga zarar keltiradi. Buning oldini olish uchun gullar, o‘simliklar, daraxtlarni ko‘paytirish zarur.

Ayrim o‘simlik va hayvonlar noyob bo‘lib qolmoqda. Masalan: lola, chinnigul, tog‘ echkisi, karcha ilon, kichik burgut noyob bo‘lib qoldi. Ular haqidagi ma’lumotlar O‘zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan 2-sinfda o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishganmiz. Masalan: chinnigul, tog‘ echkisi, burgut, kapcha ilon va ilvirs. Bular go‘sht va terisi va chiroyliligi uchun qirilib ketmoqda.

O‘zbekistonning qizil kitobi.

Turli xil ekotizim mavjudligi O‘zbekiston flora va tabiatining biologik xilma-xilligidan dalolat beradi, o‘z ichiga:-68 turdagi daraxt, 320 turdagi butalar; 300 dan oshiq turdagi o‘tlar;-430 turdagi qushlar;-60 turdagi kaltakesaksimonlar;-74 turdagi baliqlarni oladi.

O‘zbekistonnning manzarasi xilma-xilligi

27000 oshiq turni tashkil etadi, shu jumladan:


  • jonivorlar – 15000 turdan ortiq;

  • o‘simliklar, qo‘ziqorinlar va suv otlari 11000 turga yaqin;

  • umurtqali jonivorlar-o‘z ichiga 664 turni olgan 5-klass.

O‘zbekiston bio xilma-xilligiga bo‘lgan asosiy tahdid qisqarish va ko‘p o‘zgarishining asosiy natijalari.

  • qishloq xo‘jaligi zarurati uchun yerlarni o‘zlashtirish;

  • tabiiy hududlarni o‘tloqlar uchun ishlatish;

  • tog‘-kon va issiqlik energiyasi sanoatini rivojlantirish.

Eng ko‘p o‘zgarishlarga tekislik hududlari, pichanli yerlar va suv yaqinidagi ekotizimlar, Orol dengizi mintaqasi ta’sir etadi. Bundan tashqari, yirik sut emizuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘inga duchor bo‘lishdi.

Ilk marotaba O‘zbekiston “Qizil kitobi” 1983 yilda nashr etilgan (O‘zbekiston SSR qizil kitobi, 1-qism). Keyinchalik 1984 yilda (O‘zbekiston SSR qizil kitobi, 2-qism, O‘simliklar) nashr etilgan va 63 turdagi umurtqali va 163 tur o‘simliklar haqida ma’lumotga ega edi. O‘zbekiston “Qizil kitobiga” 301yuqori o‘simlik taksoni, 20sut emizuvchilar, 29 qushlar, 16sudralib yuruvchilar, 26 baliq, 3 xalqasimon chuvalchanglar, 14 malyuskalar va 61-bo‘g‘inoyoqlar (umurtqasizlar ilk bor kiritilgan) kiritilgan.

Jonivorlardan “Qizil kitobga” qoplon, qor qoploni, Turkiston silovsini, Buxoro bug‘isi, Severlson takasi, burgut, shoxin, bolabon va boshqalar kiritilgan.

O‘zbekistonning noyob va yo‘qolib ketayotgan jonivorlarining boshqa misollari:

Qisqichbaqasimonlar sinfi, suyakli baliqlar sinfi, osiletsimonlar oilasi (Sirdaryo yolg‘on kanchaburuni, kichik Amudaryo yolg‘on kanchaburuni), Sulaymonbaliq oilasi (Amudaryo xonbalig‘i), zog‘orabaliq oilasi (Orol oqkuzi, Toshkent)

Yuqorisuvi, Kal-oqquroq baliq, orol mo‘ylovdori,ostrolichka), Baqariylar oilasi, tog‘laqqabaliqlilar (Turkiston Laqqachasi), sudralib yuruvchilar sinfini (O‘rta Osiyo qancha iloni, kulrang echki emar). Jayron-oxular turiga kiruvchi sut emizuvchi. Tanasining uzunligi 94-115 sm, yag‘rin bo‘yi 60-75 sm .Lirasimon shoxlar (uzunligi 25-31 sm) faqat erkaklarida bo‘ladi . CHo‘l va yarim cho‘lda istiqomat qiladi .Bahorgi kuzgi davrda uncha katta bo‘lmagan guruhda , kuzgi qishki davrda esa bir necha yuz boshli to‘daga bo‘linadi . Tutqinlikda yaxshi ko‘payadi , lekin uzoq yashamaydi . O‘zbekistonda ularni ko‘paytirish uchun parvarishxona tashkil etilgan . Buramashoxli taka (marxur) – tog‘ takalari turiga kiradigan sut emizuvchi . Tanasining uzunligi -170 sm gacha , bo‘yi 90 sm atirofida, og‘irligi 90 kg gacha , ba’zan undan ham og‘ir . SHoxlari to‘g‘ri , shtaparsimon buralgan . Rangi malla ba’zan iflos – oq . Erkaklarining bo‘ynida va ko‘kragida uzun junlardan iborat osma soch bor . SHimoliy va shimoliy- g‘arbiy Xindistonda , Eron va Avg‘anistonning janubiy-sharqida uchraydi . O‘zbekiston va Tojikiston da faqat Panj daryosi bo‘yidagi tog‘larda , Kishtang tog‘ va bobo tog‘ tizmalarida uchraydi . Daralarning tikka yon-bag‘irlarida , qoyalarda yashaydi . Yo‘qolib ketish tahdidida tutqunlikda ko‘payadi .

Oqquyruq – yarimshoxlilar oilasiga kiruvchi sut emizuvchi , Jinsning yolg‘iz turi . Kallasi katta , old qismi shishgan yumshoq xarakatchan . Tanasining uzunligi 110-146 sm yarim bo‘yi 60-79 sm , og‘irligi 40 kg gacha . Erkaklarining shoxi lirasimon noto‘g‘ri shaklda , sap-sariq rangda . Mug‘iliston ,G‘arbiy Xitoy ,Qozog‘istonda va Markaziy Osiyodan Karpat tog‘ etagigacha tarqalgan . To‘dada yashaydigon jonivor . Soatiga 80 km ,tezlik bilan yugiradi . XX asrning 20- yillarida o‘lchovsiz ovlash natijasida oqquyruqlarning soni keskin kamayib ketdi . Himoya choralari natijasida ( 1919 yildan ov qilish butunlay taqiqlangan) oqquyruqlarning soni xozirgi kunda taxminan 2 mln boshqa o‘lchangan .

Inson tarixi tabiat tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat boyliklarini ishlatmasdan yer yuzidagi biron bir davlat va biron bir inson tabiat boyliklaridan foydalanmasdan turib yashay olmaydi. Yaxshi hayot kechirish ko‘p jihatdan ana shu boyliklarni iste’mol qilish va taqsimlash darajasi bilan belgilanadi. Sayyoramiz aholisining yildan yilga ko‘payib borishi atrof-muhitda bo‘lgan antrapolgen bosimni kuchaytiradi va bu o‘z navbatida inson hayotiga ta’sir o‘tqazmasdan qolmaydi. Kishilar salomatligi darajasining doimiy pasayib borishi ko‘p jihatdan inson va atrof-muhit orasidagi aloqalar buzilganligidan dalolat beradi. Bunday holat inson o‘zi yashayotgan muhitni salbiy tomon o‘zgartirishi va o‘zgarib borayotgan yashash sharoitlariga moslasha olmasligida namoyon bo‘lmoqda.

Ta’lim va tarbiya predmetlar o‘qitilishida yagona pedagogik jarayon hisoblanadi.

Isloh qilingan maktablarning boshlang‘ich sinflari uchun tuzilgan zamonaviy rejaga muvofiq 1 va 2-sinflarda «Atrof-muhit bilan tanishtirish» kursi o‘rganiladi.

Bu predmetning asosiy vazifasi bolalarning atrofdagi hayot, tabiat xodisalari va narsalar haqida tushunchalarini to‘plash. Shuningdek, oilada, maktabda, jamoat joylarida, ko‘chada va tabiat bag‘rida axloq ko‘nikmalarini shakllantirish, oila a’zolariga o‘zidan kichiklarga va tengdoshlariga, pedagoglarga hamda atrofdagi boshqa kishilarga nisbatan hurmatli kishilar mehnatiga va ular kuchi bilan vujudga keltirilgan buyumlarga, jonajon o‘lka va Ona Vatanga muhabbatni tarbiyalashdan iboratdir.

Shu maqsadda sayr-sayohatlar maktab maydonida ishlash tadbirlari ko‘riladi. Tabiatni, ijtimoiy hayot voqealari, mehnatkash kishilarning mehnatini kuzatish boshqa predmetlarga doir materiallarni ham o‘zlashtirishni osonlashtiradi. U 3-4 sinflarda o‘tiladigan tabiatshunoslik fanini o‘rganishga zamin hozirlaydi.

Masalan: «Bizning uy va jonajon tabiat», «Bizning maktab va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakatimiz» mavzusini o‘rganish ikki yo‘nalishda olib boriladi:

Birinchi yo‘nalish bolalarni jamiyat hayoti, kishilarning mehnati bilan tanishtirishni, ularda xulq madaniyatini tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirishning shakl, usul va vositalari turli-tuman bo‘lib, bunda kuzatishlar, sayyohatlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, korxonalar, muzeylar, teatrlar, klublarga borish, suhbat va kitoblar o‘qishni uyushtirish, kino va diafilm’lar, teleko‘rsatuvlar tomosha qilish, radio tinglash, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni nishonlash kabilar ko‘zda tutiladi.

Bolalar olgan tushunchalarini o‘zlarining amaliy faoliyatlarida o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlari ijtimoiy foydali mehnat va shu kabilarda mustahkamlaydilar.

Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa bolalarni aynan tabiatning o‘zi bilan tanishtirish, yaqin atrofdagi tabiat va uni kuzatish malakasi va tushunchalarini shakllantirish, ko‘zda tutiladi. Ayrim xollarda esa o‘quvchilarning mustaqil kuzatishlarini tashkil etish ham mumkin. Atrof-muhit tabiati, hayvon va o‘simliklar hayotining yil fasllariga qarab o‘zgarishi kuzatishning mazmunini tashkil qiladi. Bu ikki yo‘nalishni bog‘lovchi qishloq va shahar axolisining mehnatini o‘rganish, bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etish hisoblanadi. Guruh mavzulari bir xil izchillikda o‘rganilmaydi: Mamlakatimizdagi ulug‘ sanalar, mavsumiy o‘zgarishlar mazkur mavzuga ish davomida bir necha marta qaytishini taqozo etadi. Mashg‘ulotni hamma mavzulari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisiga uzviy ravishda qo‘shilib ketadi, shu tufayli hoxlagan mavzu bilan bog‘liq masalalar ham o‘z aksini topadi.

Tabiatshunoslik darsida ekologik ta’lim elementlari shakllanib boradi. Bugungi kunda, aftidan insoniyat o‘z tarixini og‘ir bir davriga qadam qo‘yadi. Bu xol ekologik tanglik davri bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyat bilan tabiat o‘zaro munosabatlaridagi o‘tkir qarama-qarshilik bilan izohlanadi. Bu esa jiddiy ekologik muammolarni hal etish zaruriyatini o‘rtaga qo‘ymoqda. Shunday bir sharoitda ekologik savodxon, shaxslarni tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Ekologik ta’lim borasida o‘quvchilarning bilim va tushunchalarini oshirish maqsadida bir necha mavzularga murojaat qilamiz.



Masalan:

«Ob-havo va inson faoliyati», «Inson ekologiyasi va tabiatni muhofaza qilish», «O‘simlik va hayvonot dunyosi», «Orol fojiasi» mavzulari bo‘yicha atroflicha ma’lumot beriladi.

Orol faryod chekar, yordamga chorlar,

Qaydasiz tantilar, himmati borlar,

Asrlar insonga fido qildim jon,

Bugun qismatimga yig‘laydi torlar…,

Ayladim insonga muruvvatimni,

Qo‘liga topshirdim sho‘r qismatimni

Insonchi? Bir umr o‘yladim o‘zni

Tushunish istamas g‘am-kulfatimni.

Orol haqida ushbu she’r o‘qib eshittiriladi. Suvga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini orttiriladi. Tabiatdagi bor dov-daraxtlarga, qushlar va hayvonlarni parvarish qilishga undaladi.

“Aqliy hujum” metоdi muammоlarni hal qilishda keng qo`llanadigan samarali metоddir. Aqliy hujum muammоlarni hal qilishda keng qo`llanadigan va kichik guruhlarda оlib bоriladigan ishning alоhida shaklidir. Aqliy hujum o`quvchilarni o`z tasavvurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijоdlaridan samarali fоydalanishga undaydi. Aqliy hujumdan mustahkamlash, yangi bilim berish, aralash dars turlarida fоydalanilsa, muammо, vaziyat, tоpshiriq va vazifalarning yechimini tоpishga yordam beradi.

Aqliy hujumdan darsda fоydalanishda o`qituvchi o`quvchilarning bergan g`оyalari va fikrlari uchun bahо qo`ymasligi, balki ularning faоl ishtirоklarini hisоbga оlib bоrishi lоzim. Hamma o`quvchilarni g`оyalar va fikrlar berishga undashi zarur.

O`quvchilarning bergan g`оyalari va fikrlari o`qituvchi tоmоnidan umumlashtiriladi:

Aqliy hujumdan qachоn fоydalanish mumkin:


  • Muammо va masalalarni echishda;

  • Qiyin vaziyatda muammоni echishda;

  • O`zgarishsiz qоlgan hоlatda;

  • Guruhni jipslashtirishda;

  • Alternativ variantlarni qidirishda;

  • Argumentlarni qidirishda;

  • Lоyiha ishlab chiqishda;

  • YAngi mahsulоt ishlab chiqishda;

  • G`оyalarni tanlashda.


Download 98.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling