Antixolinesteraz vositalar


Download 370.68 Kb.
Sana29.09.2023
Hajmi370.68 Kb.
#1690007
Bog'liq
Antixolinesteraz vositalar


Antixolinesteraz vositalar
Asetilxolinning (parchalanishini) inaktivatsiyalanishini amalga oshiruvchi asosiy ferment asetilxolinesterazadir.Ma’lumki,xolinesteraza fermenti asetilxolin ajraladigan joylarda, (xolinergik postganglionar tolalarning oxirlarida, harakatlantiruvchi nervlarning oxirlarida, MNS da, vegetativ gangliyalarda va boshqalar) postsinaptik membranalarda mavjud.
Bu asetilxolinni tez enzimatik gidroliziga, ya’ni, asetilxolinni xolin va sirka kislotaga parchalanishiga olib keladi.
Asetilxolinesteraza asetilxolin molekulasining 2 ta joyida anion va esteraz markazlari bilan bog’laydi. Anion markazi bilan asetilxolinning musbat zaryadlangan to’rtlamchi azot atomi,esteraz markazi bilan karbonil turkumining uglerodi bog’lanadi, ushbu bog’lanishlar tufayli asetilxolin parchalanib ketadi.

turkumining uglerodi bog’lanadi, ushbu bog’lanishlar tufayli asetilxolin parchalanib ketadi.


Shuayonki, xolinergik o’tkazuvchanlik ajraladigan asetilxolinni konsentratsiyasi va asetilxolinesterazaning aktivligi nisbatiga yuqori darajada bog’liq. Impulslarnio‘tish imkoniyatlarini yengillashtirish asetilxolinesteraza fermentini bloklashdan iboratdir. Shu maqsadda antixolinesteraza vositalari qo’llaniladi. Ularning asosiy ta’sirlari asetilxolinesterazani bloklash bilan bog’liq bo’lib, asetilxolinni gidrolizlanishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa asetilxolinning xolinoreseptorlarga samarali va davomli ta’siri bilan namoyon bo’ladi. Shunday qilib, dori vositalar M-, N- xolinomimetiklarga o’xshash, lekin antixolinesteraz vositalarining ta’siri asetilxolin orqali namoyon bo’ladi. Alohida dori vositalar ( masalan, prozerin ) ba’zi bevosita xolinomimetik ta’sirlarni ko’rsatadi.
Asetilxolinestraz fermenti bilan hosil qiladigan birikmasining tabiatiga qarab antixolinesteraz vositalar 2 gabo’linadi:
-
I-qaytarta’sir ko’rsatuvchidori vositalar: fizostigmin salitsilat, prozerin, galantamin gidrobromid.

-II-qaytmasta’sir ko’rsatuvchi dori vositalar: armin, fosfakol, fosfororganik birikmalar.


Antixoliesteraz vositalarining asetilxolinesterazani falajlashi fermentning asetilxolin bilan bog’lanuvchi joylarida yuz beradi. Ba’zi bir dori vositalar anionva esteraz markazlar (prozerin) bilan bog’lansa, boshqalari faqat anion (edrofoni) yoki faqat esteraz markaz (fosfor organik birikmalar) bilan bog’lanadi. Bundan tashqari antixolinesteraz vositalarining asetilxolinesteraza bog’lanishida gidrofob o’zaro ta’sirlar muhim rol o’ynaydi. Asetilxolinesteraz vositalar asetilxolin gidroliziga to’sqinlik qilib, uning muskaringa va nikotinga o’xshash ta’sirlarini uzaytiradi.

M-xolinomimetik ta’sir birqator silliq muskullar (ko’zning aylana va kipriksimon muskullari, bronxlar, MIT va boshqa muskullar) ning tonusi va qisqarish aktivligini oshirishi bilan namoyon bo’ladi. Antixolinesteraz vositalar terapevtik dozalarda bradikardiya chaqiradi,yurak ishining pasaytiradi, yurakning o’tkazuvchi yo’llari bo’yicha impuls o’tishini sekinlashtiradi, arterial bosim pasayadi.



Yuqori dozalarda esa taxikardiya chaqirishi mumkin (uni yurak qisqarishlari chastotasiga ta’siri, uning faqat M-xolinoreseptorlarni qo’zg’alishlari bilan bog’liq bo’lmasdan, balki simpatik gangliyalar xolinoreseptorlarini, buyrak usti bezi mag’iz moddasini va uzunchoq miya markazini stimullash bilan ham bog’liq bo’ladi).Antixolinesteraz vositalar xolinergik innervasiyaga ega bo’lgan bezlarni (bronx, ovqat hazm qilish, ter va boshqa bezlarni) sekretsiyasini kuchaytiradi. Antixolinesteraz vositalarning nikotinsimon ta’siri nerv-mushak sistemasi o’tkazuvchanligi va vegetativ gangliyalarda namoyon bo’ladi. Kichik dozalarda antixolinesteraz vositalar skelet mushaklarida va vegetativ gangliyalarda qo’zg’alishlar o’tishini osonlashtiradi, katta dozalarda esa susaytiruvxhi ta’sir ko’rsatadi. Antixolinesteraz vositalar kichik dozalarda MNS (elektroensefalogrammaning disinxronizatsiyasi vujudga keladi, qator reflektor reaksiyalar vaqti qisqaradi) nistimullaydi. Katta dozalarda,ayniqsa toksik dozalarda bu moddalar MNS ni susaytiradi. Antixolinesteraz vositalarni ko’zning ba’zi funksiyalariga, MIT va siydik pufagining tonusi va motorikasiga, nerv-muskul o’tkazuvchanligiga va MNS ga ta’sirlari tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega.
Antixolinesteraz vositalar ko’zga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
a) qorachiqni toraytiradi (mioz) bu rangdor pardada joylashganko’zning aylana muskullaridagi M-xolinoreseptorlarni qo’zg’alishi va muskulning qisqarishi bilan bog’liq;
b) ko’zni ichki bosimini pasaytiradi. Bu miozning natijasidir.Bunda rang parda yupqalashadi, ko’zning oldingi kamerasi burchagi kattalshadi va buning natijasida ko’zning ichki suyuqligi oqishi Fontan bo’shlig’idan Shlemov kanaliga oqishi osonlashadi;
c) akkomadatsiya spazmini chaqiradi. Bu holatda modda ko’zning kipriksimon muskuli M-xolinoreseptorlarini stimulyatsiyasi tufayli yuz beradi, chunki bu yerda faqat xolinergik innervasiya mavjud. Ko’zning aylana mushaklari bo’shashi, ko’z gavharini qavariqligini oshiradi. Ko’z yaqin masofadan ko’rishga moslashadi;
Antixolinesteraz vositalarning ko’zni ichki bosimini pasaytirishi glaukomani davolashda keng qo’llaniladi. MIT motorikasiga antixolinesteraz vositalar stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Siydik qopi muskullarining tonusi va qisqarish aktivligi kuchayadi. Bu ta’sirlar ichak va qovuq atoniyasini bartaraf etish uchun qo’llaniladi.
Antixolinesteraz vositalar nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtirganligi sababli miosteniyada, shuningdek antidepolyarizatsiyalovchi (raqobat) turidagi kuraresimon vositalarbilan zaharlanishda antagonist sifatida qo’llaniladi. Dori vositalarni tanlashda, ularni faolligi, zaharliligi,dozasi,ta’sirini davomiyligi, har-xil bar’erlardan o’tish qobiliyatiga axamiyat berish kerak. Glaukomani davolashda prozerin (neostigmin metilsulfat), fizostigmin, armin ishlatiladi. Galantamin bu maqsadda qo’llanilmaydi, chunki u konyuktivaga ta’sirlovchi ta’sir ko’rsatib, konyuktivani shishiga olib keladi.
Rezorbtiv ta’siri uchun (miosteniyada, ichak va siydik pufagi atoniyalarida, polimiyelitda antidepolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalarining antagonisti sifatida) dori vositalarning kam toksik vositalar prozerin va galantamin, kamroq hollarda fizostigmin tanlanadi. Galantamin (nivalin) va fizostigmin (uchlamchi amin) gemato ensefalik baryerdan o’tadi. Shuning sabablio’tkazilgan polimiyelitning qoldiq asoratlarini davolashda,qachonki xoliner-gik o’tkazuvchanlikni faqat periferiyada emas, balkiMNS daham aktivlashtirish lozim bo’ganda, asosan galantamin qo’llaniladi. Mavjud ma’lumotlar ko’ra, progressiyalanuvchi dementsiyani boshlang’ich bosqichida (Altsgeymer rasalligida) keksalarda fizostigmin xotirani yaxshilaydi. Bu maqsadda galantamin ham qo’llash mumkin.Rezorbtiv ta’siri maqsadida piridostigmin bromid (mesti-non) va oksazil(ambenoniya xlorid)qo’llash mumkin. Bular prozeringa nisbatan davomliroq ta’sir ko’rsatadi.
Edrofoniy (tenzilon) juda qisqa muddat ta’sir ko’satadi va antidepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar antoganisti sifatida ishlatiladi.Ba’zan antixolinesteraz dori vositalar bilan zaharlanish kuzatiladi. Bu asosanorganizmda asetilxolinni katta kontsentratsiyada to’lanishi, yokixolinoreseptorlarning qo’zg’alishi bilan bog’liq. Kop hollarda zaharlanish FOB (fosfor organic birikmalar)qo’llanilishi tu-fayli kuzatilishi mumkin, chunki ilar yuqori darajadagi lipofillikka ega bo’lib, juda tez or-ganizmga so’riladi va uzoq muddatga asetilxolinesterazani faolsizlantiradi. Fob bilan o`tkir zaharlanish shifokorning kechiktirib bo`lmaydigan yordamini talab qiladi. Eng birinchi qilinadigan ish FOBni tushgan joyidan chiqarib tashlash. Bu teri yoki shilliq qavatlar bo`lsa, ularni 3-5% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan tozalab yuvish lozim agar modda MIT ga tushsa me`da yuviladi, sifon xuqna, adsorbsiyalovchi va surgi vositalar buyiriladi. intoksikatsiya simptomlari yo`qolguncha bu tadbirlar bir necha marotaba takrorlanadi. Agar FOB qonga so`rilgan bo`lsa uni siydik orqali chiqarilishini tezlashtirish lozim. Qonni FOBdan tozalashning samarali usullariga gemosorbsiya gemodializ peritoneal dializ kiradi. FOBdan o`tkir zaharlanishni davolashning muhim omillaridan biri M-xolinoblokatorlar (atropine va atropinsimon moddalar) vaxolinesteraza reaktevatorlaridan foydalanishdir. Ularga molekulasida oksim(-NOH) guruhini tashkil qiluvchi bir qator birikmalar kiradi: dipiroksim (trimedoksimbromid, TMV-4)izonitrozin. Ular asetilxolinesteraza bilan bog`langan FOB qoldiqlari bilan birikib fermentni erkin holatga o`tkazib, fiziologik aktivligini qayta tiklaydi. Dipiroksim to`rtlamchi ammoniyli birikma bo`lib MNS dan yomon, uchlamchi amin izonitrozin yaxshi o`tadi. Xolinesteraza reaktivatorlari zaharlanishning ilk davrlarida qo`llanilganda yuqori ta`sirga ega bo`ladi. Keyinroq esa ular faqat asetilxolinning oz miqdorini qayta tiklaydi. Shuning uchun FOB dan o`tkir zaharlanganda xolinesteraza reaktivatorlarini M-xolinoblokatorlari bilan birga qo`llash yuqori samara beradi. Xolinesteraza reaktivatorlari parenteral qo`llaniladi. Kerakli holatlarda ularni bir necha marotaba qo`llash lozim. Bundan tashqari simptomatik davo choralarini qo`llash lozim. Bemorni nafas olishini doimo tekshirib turish lozim. FOB so`lak bezlarining gipersekratsiyasini yuzaga keltirganligi sababli og`iz bo`shlig`i, traxea va bronxlarni so`lakdan tozalab turish lozim. Kerakli holatlarda sun`iy nafas oldirish lozim. Psixomotor qo`zg`alishlarda aminozin, diazepam, natriy oksibutirat va boshqa dori vositalarni yuborish lozim.
Download 370.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling