Anton Chexov. Krijovnik (hikoya) Chop etilgan


Download 249.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi249.09 Kb.
#264980
Bog'liq
Anton Chexov Krijovnik



Anton Chexov. Krijovnik (hikoya) 

Chop etilgan

26.09.2019

Muallif


Ziyouz.uz

 

 



Erta tongdayoq butun 

osmonni qora bulut qoplab oldi. Dala yuzini ko‘pdan beri qora bulut bosib 

yomg‘ir yog‘ay-yog‘ay deb turgan rutubatli kunlardagidek havo past, hamma yoq jimjit va 

ko‘ngilsiz edi. Veterinariya vrachi Ivan Ivanich bilan gimnaziya muallimi Burkinlar yura-yura 

charchadi va ularga dalaning poyoni yo‘qqa o‘xshab ketdi. Ularning yo‘lida uzoqdan Mironositskiy 

qishlog‘ining shamol tegirmoni elas-elas ko‘rinadi, o‘ng tomonda tizma tepalar cho‘zilib ketgan va 

qishloqdan ancha narida ko‘rinmay qolardi. Bu tepaliklar daryoning qirg‘og‘i bo‘lib, u tomonda 

o‘tloqlar, ko‘m-ko‘k tollar, qo‘rg‘onlar borligini, tepalardan birining ustiga chiqib qaralsa, 

nariyog‘ida ham shunday keng dalalar, telegraf va uzoqdan o‘rmalab ketayotgan qurtga o‘xshash 

poyezdlar, agar havo ochiq bo‘lsa, undan hatto shahar ham ko‘rinishini bularning ikkovi ham bilar 

edi. Havo tinch, butun tabiat yuvosh va o‘ychan bo‘lib ko‘ringan shu paytda Ivan Ivanich bilan 

Burkinga dalalar juda ham yoqib ketdi va ularning ikkovi ham, bu mamlakatning qanday ulug‘ va 

qanday go‘zal ekanligini o‘ylab ketishdi. 

— O‘tgan safar, biz oqsoqol Prokofiyning saroyida o‘tirganimizda, — dedi Burkin, — siz bir 

voqeani gapirmoqchi bo‘lgan edingiz. 

— Ha, o‘shanda men o‘z ukam to‘g‘risida gapirmoqchi edim. 




Ivan Ivanich gapini boshlash uchun chuqur nafas oldi-

da, tamaki tutatdi, shu choqda, yomg‘ir 

yog‘a boshladi. Birpasdan keyin yomg‘ir qattiq quyib yubordi va uning qachon tinishini bilib 

bo‘lmas edi. Ivan Ivanich bilan Burkin o‘ylanib turib qolishdi; itlar ivib ketgan va dumlarini qisib, 

jovdirab turar edi. 

— Biror joyga berkinishimiz kerak. — dedi Burkin. — Yuring, Alexinnikiga boramiz. Uniki yaqin. 

— Mayli, boramiz. 

Ular burilishdi va to yo‘lga chiqquncha goh to‘g‘riga yurib, goh o‘ngga va goh so‘lga burilib, 

bug‘doypoyadan borishar edi. Tez orada teraklar, bog‘, so‘ngra omborlarning qizil tomlari ko‘rindi; 

daryo yaltirab turar, tegirmoni, cho‘milish joyi bor keng bir hovuz ko‘rindi. Bu joy Alexin turadigan 

Sofino qishlog‘i edi. 

Tegirmon yomg‘ir tovushini bosib ketgan, to‘g‘on titrab turar edi. Aravaning yonida ivigan otlar 

boshlarini quyi solib, boshlariga qop yopingan odamlar u yoq bu yoqqa o‘tib turardi. Havo nam, 

yerlar loy, hamma yoq besaranjom va hovuzning ko‘rinishi yoqimsiz va dahshatli edi. Ivan Ivanich 

va Burkin ivib, shilta 

bo‘lib ketgan, badanlari junjukkan, loydan oyoqlarini zo‘rg‘a ko‘tarar edi; ular 

to‘g‘ondan o‘tib, xo‘jayinning ombori tomon ko‘tarilishdi, ikkovlari ham bir-birlari bilan arazlashgan 

kishiday g‘iq etmas edi. 

Omborlarning birida sovurish mashinasi shuvullardi. 

Omborning eshigi ochiq, undan chang burqsab chiqardi. Ostonada Alexinning o‘zi tikka turardi. U 

qirq yoshlarda bo‘lib, novcha, to‘ladan kelgan, uzun sochli edi, u pomeshchikdan ko‘ra ko‘proq 

professorga yoki rassomga o‘xshardi. Uning egnida, ko‘pdan beri yuvilmagan oq ko‘ylak, ustidan 

chilvir bog‘lagan, shim o‘rniga ishton kiygan, etiklarining yuzi changga botgan va poxol ilashgan, 

burun va ko‘zlari changdan qorayib ketgan edi. U Ivan Ivanich bilan Burkinni tanidi va juda ham 

xursand bo‘lib kegganday ko‘rindi. 

— Kelinglar, janoblar, uyga marhamat, — dedi kulumsirab u. — Men hozir, darrov kiraman. 

Alexinning uyi ikki qabatli kattakon bino edi. Alexin pastda, peshtoqli derazalari kichkina ikki 

xonada turardi. Bu uyda bir vaqtlar prikazchiklar turgan bo‘lib, ichidagi narsalar soddagina edi. Bu 

yerdan javdari bug‘doy nonining, past aroq va ot abzallarining hidi kelardi. Yuqoridagi yasog‘liq 

mehmonxonada u kam turar, faqat mehmonlar kelgandagina bo‘lar edi. Ivan Ivanich bilan 

burkinni chiroyli bir cho‘ri xotin kutib oldi, u shu qadar chiroyli ediki, uni ko‘rish bilan ular 

to‘xtashdi va bir-birlariga qarab qolishdi. 

Alexin bularning ketidan dahlizga kirayotib: 

— Kelganlaringiz uchun juda ham xursand bo‘ldim, janoblar, — dedi. Men hech kutmagan edim! 

Pelageya, 

— deb chaqirdi cho‘rini u, — mehmonlarga boshqa ust-bosh bering, kiyimlarini 

almashtirib olsinlar. Darvoqe, men ham kiyimimni almashtirib olsam bo‘lar ekan. Ammo oldin 

borib cho‘milib kelishim kerak, bahordan beri cho‘milganim yo‘q. Janoblar, borib cho‘milib 

kelmaymizmi? Ungacha bu yerni rostlab qo‘yadi. 

Go‘zal, malohatli Pelageya choyshab va sovun olib keldi. Alexin mehmonlarni boshlab, 

cho‘miladigan joyga ketdi. 

— Anchadan beri cho‘milganim ham yo‘q, — dedi yechinayotib u. — Ko‘ryapsizlarmi, 

cho‘miladigan joyim yaxshi, buni otam qurdirgan edi, lekin cho‘milishga qo‘l tegmaydi. 

U zinapoyaga o‘tirib, uzun sochlarini va bo‘ynini sovunladi, uning oldidagi suv jigar rang bo‘lib 

ketdi. 

— Ha, shundayga o‘xshaydi… — dedi Ivan Ivanich, hayron bo‘lgandek uning boshiga qarab. 

Alexin xijolat tortib: 

— Men xiyla vaqtdan beri yuvinganim yo‘q… — deb takrorladi va yana sovun surtdi. Uning 

yonidagi suv bamisoli siyoh 

— to‘q ko‘k bo‘lib ketdi. 

Ivan Ivanich tashqariga chiqib, o‘zini suvga tashladi. U yomg‘ir ostida keng-keng quloch otib 

suzib ketdi, suvlar to‘lqinlandi va to‘lqindan oq nilufar gullar chayqalib turar edi. U suvning 

o‘rtasigacha suzib borib, sho‘ng‘ib ketdi va bir daqiqadan keyin boshqa joydan chiqdi-da, 

nariroqqa suzib bordi, suvning ostiga yetmoqchi bo‘lib yana sho‘ng‘idi. «Yo rabbiy… — deb 

takrorladi u rohatlanib, 

— yo rabbiy…» U tegirmongacha suzib bordi, unda mujiklar bilan 

allanimalar to‘g‘risida gaplashib, yana orqaga qaytdi va suvning o‘rtasiga kelib, yuzini yomg‘irga 

qilib yotdi. Burkin bilan Alexin kiyinishib, qaytish taraddudiga tushdilar. Ivan Ivanich esa hamon 

suzib va sho‘ng‘ib yurib: 

— Yo rabbiy… — derdi. — Yo rabbiy, o‘zing rahm qil, — derdi. 

— Bo‘ldi endi! — dedi Burkin unga. 

Uyga qaytib kelishdi. Yuqoridagi kattagina mehmonxonaning chirog‘i yoqilganda Burkin ham, 




Ivan Ivanich ham, shoyi xalat va tufli kiyib, kresloda o‘tirar, Alexin esa, yuvingan, tarangan, yangi 

kiyimlarini kiygan holda mehmonxonaning ichida yurar, aftidan, u issiqdan, tozalikdan, quruq 

ko‘ylak va yengilgina oyoq kiyimidan huzur qilardi. Go‘zal Pelageya gilam ustidan ohista qadam 

bosib va muloyimgina kulumsirab, patnisda choy va murabbo olib kelganida Ivan Ivanich 

hikoyasini boshladi. Uning gaplarini Burkin bilan Alexingina emas, oltin ramka ichidan tikilib qarab 

turgan keksa va yo

sh xonimlar, harbiylar ham tinglayotganga o‘xshar edi. 

— Biz ikki og‘a-inimiz, — deb gap boshladi u, — men Ivan Ivanich va mendan ikki yosh kichkina 

Nikolay Ivanich ikkimiz. Men ilmning ketidan ketdim-

da, veterinar vrach bo‘ldim, Nikolay esa o‘n 

to‘qqiz yoshidan davlat palatasiga ishga kirdi. Bizning otamiz Chimsha-Gimalayskiy 

kantonistlardan edi, ammo, ofitserlik darajasini olgandan keyin vafot etdi va undan bizga 

dvoryanlik nasabi hamda bir oz yer-

mulk meros qoldi. Otam o‘lgandan keyin uning qarzlari 

badaliga yer-

mulk qo‘ldan ketdi, ammo, bir amallab biz yoshlikni keng dalada o‘tkazdik. Biz ham 

dehqon bolalari kabi, kecha-

kunduz dalada, o‘rmonda bo‘lar, otlarni poylar, daraxt po‘stlog‘ini 

shilar, baliq ovlar va shunga o‘xshash ishlarni qilar edik… Bilasizlarki, umrida biror marta yorsh 

balig‘ini ushlab olgan yoki kuz kunlarida maynalarning uchib yurishini, ularning havo ochiq va 

sovuq kunlarda qishloqning ustida to‘dalashib uchib o‘tishini ko‘rgan kishini shaharlik demasa 

bo‘ladi, u dalani qo‘msab turadi. Ukam davlat palatasida zerikib kun kechirardi. Yillar o‘tar, u 

hamon bir joyda o‘tirar, doim bir xil xatlarni yozar va doim bir to‘g‘rida o‘ylar: qanday qilib bo‘lsa-

da, qishloqda yashashni xayol qilar edi. Uning zerikishi bora-

bora ma’lum xohishga, biror daryo 

yoki ko‘lning bo‘yidan o‘ziga kichkina qo‘rg‘on sotib olish orzusiga aylamadi. 

U yaxshi, xushfe’l odam edi. Men uni yaxshi ko‘rar edim, ammo uning umr bo‘yi o‘z qo‘rg‘onida 

qamalib o‘tirish istagiga qo‘shilmas edim. Odatda, odamga faqat uch gaz yer kerak deb aytiladi. 

Ammo uch gaz yer odam uchun emas, o‘lik uchun kerak-ku, shuningdek hozir ham, agar bizning 

ziyolilarimiz yer-

suv qilishga va qo‘rg‘on qurishga intilsalar yaxshi bo‘lur edi deb ham aytadilar. 

Ammo bu qo‘rg‘on ham uch gaz yerga teng-ku, axir! Shahardan, kurashdan, tirikchilik g‘amu 

g‘ussasidan qochib, o‘z qo‘rg‘onida yashirinib umr kechirish — umr emas, xudbinlik, dangasalik, 

bir turli monaxlik, monaxlik bo‘lganda ham nomardlikdir. Kishiga uch gaz yer emas, qo‘rg‘on ham 

emas, o‘z ozod ruhining hamma hislat va fazilatlarini erkin ko‘rsatish uchun butun kurrai arz, 

butun tabiat olami kerak. 

Ukam Nikolay kantselyariyada ishlab o‘tirganida, sabzavotlar ektirsam, o‘zim yetishtirgan 

sabzavot sho‘rvasini maza qilib ichsam, uning yoqimli hidi butun hovlini tutib ketsa, ko‘m-ko‘k 

o‘tlarning ustida o‘tirib ovqatlansam, soyada yotib uxlasam, darvoza yonidagi xarrakda o‘tirib, 

ancha vaqtgacha dalani va o‘rmonni tomosha qilsam, deb o‘ylar edi. Qishloq xo‘jaligiga doir 

kitoblarni va kalendarlarda beriladiga

n maslahatlarni yaxshi ko‘rar va sevib o‘qib, ruhiy oziq olar 

edi; u gazeta o‘qishni ham yaxshi ko‘rardi, ammo gazetalardan faqat, qo‘rg‘oni, daryosi, bog‘i, 

tegirmoni, suvi oqib chiqib ketadigan hovuzi bor falon desyatina ekin yer va yaylov sotiladi 

deyil

gan e’lonlarnigina o‘qir edi. Uning kallasini bog‘dagi yo‘llar, gullar, mevalar, chug‘urchuq 



uyalari, hovuzda o‘ynoqlab yurgan tovonbaliqlar va shunga o‘xshagan narsalar aylantirib yotar 

edi. U qaysi e’lonni o‘qir ekan, xayolida boshqa narsa paydo bo‘lar edi, ammo bularning har 

birining ichida, negadir, krijovnik ham bo‘lar edi. Krijovnigi bo‘lmagan bironta qo‘rg‘onni, bironta 

yaxshi joyni u tasavvur ham qilolmas edi. 

— Qishloq hayotining o‘z shukuhi bo‘ladi, — derdi, ba’zan u. — Boloxonada choyni puflab ichib 

o‘tirasan, hovuzda o‘rdakchalaring suzib yuradi, ajoyib hidlar dimog‘ingga urib turadi va… va 

krijovniklar ko‘karib yotadi, — derdi. 

U o‘z mulkining rejasini chizar va uning rejasi har safar bir xilda chiqaverar edi: a) xo‘jayinlar 

turadigan uy, v) xiz

matkorlar turadigan uy, s) poliz, b) krijovnik. U xasislik bilan kun o‘tkazar: 

to‘yib ovqat yemas, to‘yib ichmas, xuddi gadoyga o‘xshab kiyinar, topgan pulini bankka 

qo‘yaverardi. Judayam qizg‘onchiq bo‘lib ketgan edi. Men uning ahvoliga achinardim. Uni-buni 

olib berardim, bayramlarda narsalar yuborardim, ammo u men yuborgan narsalarni ham yashirar 

ekan. Shunaqa bo‘lar ekan, ya’ni odam biror muddaoga qasd bilan kirishsa, uni hech qaytarib 

bo‘lmas ekan. 

Yillar o‘tdi, uni boshqa gubernaga ishga ko‘chirishdi, yoshi esa qirqdan ham oshdi, ammo u 

hamon gazetalardagi e’lonlarni o‘qir va pul to‘plar edi. Keyin, uylandi deb eshitdim. Uning 

maqsadi hamon o‘sha, krijovnikli qo‘rg‘on sotib olish edi, u yoshi katta, xunuk bir tul xotinga 

uylangan, uni yaxshi ko‘rganidan emas, puli borligi uchun uylangan edi. Ukam bu xotin bilan ham 

xasislikda ro‘zg‘or kechirdi, uni yarim och ahvolda tutdi, uning pullarini esa, bankka oborib o‘z 

puliga qo‘shib qo‘ydi. Bu xotin ilgari pochtmeysterga tekkan, unikida pirog yeyish, nalivka 



ic

hishga odatlanib qolgan ekan, ikkinchi erinikida esa, qora nonga ham qorni to‘ymaydigan bo‘ldi. 

Tirikchilik shu ahvolga tushib qolgach, xotin ozib-

to‘zib ketdi va uch yildan keyin jonini jabborga 

topshirdi. Ukam esa, xotinining o‘lganiga o‘zi sababchi ekanini mutlaqo o‘ylamas edi. Pul degan 

narsa, araq singari, odamni jinni qilib qo‘yadi. Bizning shahrimizda bir savdogar bor edi. U jon 

berish oldida bir tarelka asal olib kelishni buyurgan-

da, boshqalarga qolib ketmasin deb, o‘zining 

hamma pullarini va yutuq

li biletlarini asalga qo‘shib yeb qo‘ygan. Bir vaqt men vokzalda podaga 

qarab turgan edim. Shu paytda bitta jallopning oyog‘ini parovoz kesib ketdi. Biz uni kasalxonaga 

olib ketayotgan edik, qon oqyapti, ahvoli qo‘rqinchli, ammo u hadeb oyog‘imni topib kelinglar der 

va bezovtalanar edi: bilsakki, uning qirqilgan oyog‘idagi etigining ichida yigirma so‘m puli bor 

ekan, u shu pulining yo‘qolishidan xavotir ekan. 

— Siz boshqa hikoyaga o‘tib ketdingiz, — dedi Burkin. 

Ivan Ivanich birpas o‘ylanib turgach: 

— Xotini o‘lgach, — deb gapini davom ettirdi, — ukam o‘ziga mulk axtarishga tushdi. Tanlab-

tanlab toziga uchraysan deganday, ukam Nikolay ham, ko‘nglidagidek joy topolmadi. U qarzni 

komissioner orqali perevod qilish sharti bilan, xo‘jayin turadigan, xizmatkorlar turadigan uylari, 

parki bor bir yuz o‘n ikki desyatina mulkni sotib oldi, ammo unda mevali bog‘ ham, krijovnik ham, 

o‘rdaklari suzib yurgan hovuz ham yo‘q edi; mulkning yonidan daryo oqar, uning suvi kofe tusida 

edi, chunki mulkning bir tomonida g‘isht zavodi, ikkinchi tomonida esa, suyak kuydiradigan zavod 

bor edi. Lekin bizning Nikolay Ivanich unchayam xafa bo‘lmadi; u yigirma tup krijovnik oldirib kelib 

ko‘chat qildi va pomeshchiklarcha hayot kechirdi. 

O‘tgan yil men uni ko‘rgani bordim. Men uni borib ko‘ray, qaysi ahvolda ekan, deb o‘yladim. 

Ukam xatlarida o‘zining imeniyesini: «Chumbaroklova Pustosh, Gimalayskoye toj» deb atar edi. 

Men «Gimalayskoye toj»ga tushdan keyin yetib bordim. Havo issiq edi, hamma joyda ariqlar, 

devorlar, qator o‘tqazilgan archalar, — qovliga qayoqdan kirishni, otni qayerga bog‘lashni bilib 

bo‘lmaydi. Uyga tomon borar edim, qarshimdan semiz, cho‘chqaga o‘xshagan malla it chiqdi. U 

qurgisi kelsa-

da, erinib turar edi. Oshxonadan yalangoyoq, semiz, bu ham cho‘chqaga o‘xshash, 

oshpaz xotin chiqib keldi-

da, xo‘jayin ovqatdan keyin dam olyapti dedi. Ukamning oldiga kirdim, u 

o‘rinda o‘tirar, tizzasiga adiyol yopib olgan edi; u qarib, semirib, salqib qolgan; yuzlari, burni va 

lablari so‘ljayib, cho‘chqaday xurillab yuboradiganga o‘xshab o‘tirar edi. 

Biz quchoqlashib ko‘rishdik, shodlikdan hamda bir zamonlar ikkimiz ham yosh edik, endi 

keksayib, o‘lishimiz ham yaqin qoldi degan qayg‘uli fikr bilan yig‘lashib oldik, u kiyindi-da, mulkini 

ko‘rsatish uchun meni boshlab ketdi. 

— Qani ayt-chi, bu yerda qanday hayot kechiryapsan! — deb so‘radim. 

— Tuzuk, xudoga shuqur, yaxshi hayot kechiryapman. 

U endi avvalgi tortinchoq, bechora 

— chinovnik emas, haqikiy pomeshchik, xo‘jayin edi. U bu 

yerda turishga KUnikib, bu yerning past-

balandiga o‘rganib ketgan edi; ovqatni ko‘p yerdi, 

hammomga tushib turardi, semirib ketgan, odamlar bilan va ikkala zavod bilan ham sudlashib 

olgan edi, mujiklar uni «janobi oliylari» demasa juda ham xafa bo‘lar edi. O‘z joni uchun jiddiy, 

pomeshchiklarday kayg‘urar, yaxshi ishlarni soddagina qilmay, savlat to‘kib, tantana bilan qilar 

edi. Ammo bu qanaqa yaxshi ishlar deng? U mujiklarni har qanday kasaldan soda va kanakunjut 

yog‘i bilan davolar va o‘zining tug‘ilgan kunida esa, qishloqning o‘rtasida shukrona ibodat 

o‘tkazar, so‘ngra yarim chelak aroq xayr qilardi; u shunday qilish kerak deb o‘ylar edi. Eh, bu 

yarim chelak nimalar qilmaydi, deysiz! Bugun bu semiz pomeshchik MUJIKlarning mol-otlari 

o‘zining ekiniga tushgani uchun ularni qishloq oqsoqolining oldiga sudrab boradi. Ertasiga, 

tantanali kunda esa, ularga yarim chelak aroq xayr qiladi, ular esa buni ichib olib ura, deb 

qichqirishadi va uning oyog‘iga bosh urishadi. Agar turmush yaxshilanib ketsa, to‘qchilik va 

mo‘lchplik bo‘lsa, rus kishisining dimog‘i shishib, juda bez bo‘lib ketadi. Bir vaqtlar davlat 

palatasida ishlaganida o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lishdan qo‘rqqan Nikolay Ivanich, 

endilikda faqat haqiqatni gapiradigan, gapirganda ham xuddi ministrdek: «Ilm olish zarur, ammo 

xalqning ilm olishi uchun hali vaqt 

bor», «tan jazosi umuman zararli, ammo ba’zi holatlarda juda 

kerak va foydali» deydigan bo‘lib qolgan. 

— Men xalqni va u bilan munosabat qilishni bilaman, — dedi u. — Meni xalq yaxshi ko‘radi. Men 

barmog‘imni qimirlatib qo‘ysam bormi, xalq mening hamma aytganimni qiladi. 

Bilsangiz, bu gaplarning hammasi yoqimtoygina jilmayib turib aytilgan edi. «Biz dvoryanlar», 

«men dvoryanin…» degan iborani yigirma marta takrorladi; chamamda u biznivg bobomiz mujik, 

otamiz soldat bo‘lganini bilmay qolganga o‘xshardi. Hatto bizning Chimsha-Gimalayskiy degan 

familiyamiz kelishmagan familiya bo‘lsa-da, endi unga kelishgan, dongdor va juda yoqimli tuyulib 




qolibdi. 

Ammo gap unda emas, mening o‘zimda. Men uning qo‘rg‘onida bir necha soatgina bo‘lgan 

vaqtimda o‘zimda qanday o‘zgarish bo‘lganini sizlarga gapirib bermoqchiman. Kechqurun biz 

choy ichayotganimizda oshpaz xotin stolga to‘la bir tarelka krijovnik olib kelib qo‘ydi. Buni ukam 

sotib olgan emas, o‘zi ektirgan krijovnikning, ekilgandan beri endi birinchi bor terilgan mevasi edi. 

Nikolay Ivanich kulimsiradi va bir minutcha krijovnikka qarab, ko‘zidan yosh oqizib jim turdi, uning 

o‘pkasi to‘lib ketganidan gapirolmas edi, — keyin bitta krijovnikni og‘ziga tashladi va yaxshi 

ko‘rgan o‘yinchog‘ini olib xursand bo‘lgan go‘dakday, menga shodlanib qaradi va: 

— Qanday shirin-a! — dedi. 

U krijovnikni ishtaha bilan yer va birday. 

— Eh, qanday shirin-a! Sen ham yeb ko‘rgin! — deyar 

edi. 


Krijovnik hali qattiq va nordon bo‘lsa ham, Pushkin aytganday: «bizga mingta haqiqatdan ko‘ra, 

ruhimi


zni ko‘taruvchi aldov qiymatliroqdir». Men yuragidagi umid-orzulariga, murodu maqsadiga 

yetgan, o‘z taqdiridan, o‘zidan rozi bo‘lgan baxtiyor kishini ko‘rgan edim. Men kishi baxti haqida 

fikr yuritganimda, fikrim negadir allaqanday g‘amginlik bilan aralashib ketar edi, endi esa, 

shunday baxtiyor kishini ko‘rib turar ekanman, men umidsizlikka o‘xshash og‘ir hisga cho‘mib 

ketdim. Ayniqsa kechasi og‘ir bo‘ldi. Menga ukam yotadigan uyning yonidagi xonaga joy solib 

berishdi; tunda ukamning uxlamagani, o‘rnidan turib krijovnik solingan lagan oldiga borgani va 

krijovnikni bir donalab olib, yeb kelishi menga eshitilib turar edi. Dunyoda turmushdan rozi, baxtli 

kishilar qanday ko‘p ekanligini fahmladim! Bu qanday ko‘pchilik! Siz bu hayotga bir qarang-da: 

kuchlilar beorligini va bekor yotishini, kuchsizlarning nodonligini va hayvonsifatligini, hamma 

joyda haddan tashqari faqirlik, torlik, aynish, mastlik, ikki yuzlamachilik, yolg‘onchilikni ko‘rasiz… 

Holbuki, hamma uylarda va ko‘chalarda jimjitlik, xotirjamlik; shaharning ellik ming aholisidan biror 

kishi ham qichqirmaydi, qattiq g‘azablanib gapirmaydi. Biz bozorga oziq-ovqat uchun 

ketayotganlarni, kunduzi ovqat yeb, kechalari uxlab, behuda gaplar gapiruvchilarni, uylanib, 

qarib, o‘lganlarini beg‘amlik bilan go‘ristonga olpb boruvchilarni ko‘ramiz, lekin biz 

azoblanuvchilarni, turmushdagi qo‘rqinchli va allaqayerlarda parda orqasida o‘tadigan narsalarni 

ko‘rmaymiz va eshitmaymiz. Hamma jim, tinch va yolg‘iz bir tilsiz statistikagina: faloncha kishi 

aqldan ozdi, shuncha c

helak ichildi, to‘yib ovqat yemaslikdan faloncha bola o‘ldi… deb norozilik 

bildiradi. Aftidan, shunaqa tartib kerakka o‘xshaydi? Aftidan, baxtsizlar og‘irlikni jimgina ko‘tarib 

kelgani uchun baxtlilar farog‘atda yashaydi, bunday jimlik bo‘lmaganda baxt ham bo‘lishi mumkin 

emas edi. Hamma g‘aflatda. Har bir rozi, baxtli kishining eshigining orqasida bolg‘a ko‘tarib biron 

kishi tursayu, doim uning eshigini qoqib, baxtsiz kishilar ham borligini, u qanchalik baxtli 

bo‘lmasin, turmush ertami, kechmi unga do‘q urajagini, kasallik, faqirlik, judolik larzaga keltirishini 

va hozirda baxtli kishilar boshqalarni ko‘rmayotgani va eshitmayotgani kabi ularni ham hech kim 

ko‘rmasligini va eshitmasligini esiga solib tursa. Ammo bolg‘a ko‘tarib turadigan kishi yo‘q, baxtli 

k

ishi o‘z holicha kun kechirmoqda, uni tirikchilik tashvishlari shamol terak uchini qimirlatib 



qo‘ygani singari sal-pal bezovta qiladi va hamma yoq xotirjamlikday ko‘rinadi. 

Ivan Ivanich, o‘rnidan turar ekan: 

— Mening ham qanday xursand va baxtli kishi ekanligim o‘zimga o‘sha kecha ravshan bo‘ldi, — 

deb gapni davom ettirdi. 

— Men ham obed mahalda va ov qilib yurganda yashash, e’tiqod qilish 

va xalqni idora etish yo‘llarini o‘rgatar edim. Men ham ilm odamning ko‘zini ochadi, bilim olish 

zarur, ammo oddiy kish

ilar uchun savodli bo‘lishgina kifoya der edim. Men, ozodlik — baxt-

saodat, havosiz yashash mumkin bo‘lmaganidek, ozodliksiz ham yashab bo‘lmaydi, ammo kutib 

turish kerak deyardim. Ana shunday deyardim, endi esa: nima uchun? 

— deb so‘radi. Ivan 

Ivanich jahl bilan Burkinga nazar tashlab. 

— Nima uchun kutish kerak? — Men sizdan 

so‘rayapman. Qanday mulohazalar bilan? Menga, har qanday ideya birdaniga emas, sekin-asta, 

vaqti kelganda amalga oshiriladi, deb aytadilar. Ammo kimlar shunday deydi? Buning haqqoniy 

gap ekaniga dalil bormi? Siz tabiiy tartibni, hodisalarning qonuniyligini dalil qilib keltirasiz, ammo 

men, tirik, fikr yurituvchi bir kishi bo‘lsam-u, jarning tepasiga borib, uning o‘zi qachon to‘lishini, 

yoki loy tushib qachon to‘lishini kutib tursam, holbuki, uning ustidan sakrab yoki ko‘prik solib o‘tib 

ketishim mumkin, bu tartib va qonuniyat bo‘ldimi? Yana, nima uchun kutish kerak? Ulay-o‘lay deb 

turganingda kut emish, holbuki kishiga yashash kerak, kishi yashashni istaydi! 

O‘shanda men ukamnikidan erta bilan barvaqt jo‘nab ketgan edim, shundan beri shaharga 

borishga toqatim yo‘q. Jimjitlik va xotirjamlik meni ezadi. Men derazaga qarashga qo‘rqaman, 

negaki, mening uchun endi, stolning atrofida o‘tirib choy ichayotgan baxtli oilani ko‘rishdan ko‘ra 

dahsha


tliroq tomosha yo‘q. Men endi qarib qoldim. Kurashga yaramayman, men hatto nafrat 


bildirishga xam layoqatli emasman. Men faqat ichimdan ezilaman, g‘ijinaman. Menga alam qiladi, 

kechalari fikrga cho‘mib ketib boshim yonadi, uxlayolmayman… Eh, agar yosh bo‘lsam edi! 

Ivan Ivanich hayajonlanib u burchakdan bu burchakka yurar va: 

— Agar yosh bo‘lsam edi! — degan so‘zni takrorlardi. 

U birdan Alexinning yoniga bordi-

da, uning goh bu qo‘lini goh u qo‘lini siqa boshladi. 

— Pavel Konstantinich! — deb gapirdi u, yalingan ohangda. — Xotirjam bo‘lib qolmang, g‘aflatga 

berilmang! Hali yoshsiz, kuchingiz bor, dadilsiz, tinmay yaxshilik qiling! Baxt degan narsaning o‘zi 

yo‘q va uning bo‘lishi ham kerak emas, agar turmushda ma’no va maqsad bo‘lsa, u bizning 

baxtimizda emas, 

balki boshqa ma’qulroq va buyukroq ishla bo‘ladi. Yaxshilik qiling! 

Ivan Ivanich bu iltimosni o‘zi uchun so‘rayotgan kishiday achinarli, g‘aribona kulimsirash bilan 

gapirdi. 

So‘ngra bu uch kishi mehmonxonaning har burchagida indashmasdan kresloda o‘tirishdi. Ivan 

Ivanichning hikoyasi Burkinni ham, Alexinni ham qanoatlantirmadi. G‘ira-shira tirikdek bo‘lib 

ko‘ringan oltin ramkalardagi generallar va xonimlar qarab turgan bir vaqtda allaqanday 

krijovnikxo‘r bechora-chinovnik to‘g‘risida aytilgan hikoyani eshitish zerikarli edi. Bundagilar 

negadir, go‘zal kishilar, xotinlar haqida gapirilishini va ular haqidagi hikoyalarni tinglashni 

istardilar. Bular o‘tirgan mehmonxonadagi hamma narsa — jildli qandil ham, kreslolar ham, oyoq 

ostidagi gilamlar ham, ramkalardan 

qarab turgan kishilarning o‘zlari, bir vaqtlarda shu joyda 

yurganlarini va o‘tirib choy ichganlarini aytib turar, endi esa, bu yerda go‘zal Pelageyaning 

tovushsiz yo‘rg‘asi esa — har qanday hikoyadan yaxshi edi. 

Alexinning juda ham uyqusi kelgan edi; u xo‘jalik tashvishi bilan ertalab soat ikkidan oshganda 

turgan edi, hozir esa uning ko‘zlari yumilib ketayotgan bo‘lsa ham, mehmonlar uning yo‘qligida 

biron qiziq gaplarni gaplashib qo‘yishidan xavotir olib, ketmay o‘tirar edi. Ivan Ivanichning 

hozirgina aytganlari oqilona, haqqoniy gaplarmidi, buni Alexin tushunmas edi; mehmonlar yorma, 

pichan, qorayog‘ haqida emas, uning hayotiga aloqasi bo‘lmagan allanimalar to‘g‘risida 

gapirdilar, bundan u xursand edi va mehmonlarning gapni yana davom ettirishlarini istardi

… 

Burkin o‘rnidan turar ekan: 



— Endi uxlash kerak, — dedi. — Yaxshi tush ko‘rib yoting. 

Alexin uzr so‘rab pastdagi o‘z xonasiga tushib ketdi, mehmonlar yuqorida qolishdi. Ularning 

ikkoviga kattagina xonaga joy solib berishdi. Bu xonada o‘yma naqshlar bilan bezatilgan ikkita 

eski yog‘och krovat bor edi. Burchakda esa, fil suyagidan yasalgan oyoq-qo‘llari mixlangan Iso 

surati turardi; biz uchun go‘zal Pelageya solib bergan keng, muzdakkina o‘rinlardan, toza ko‘rpa-

yostiq, choyshabning yoqimli hidi kelib turar edi. 

Ivan Ivanich g‘ing etmasdan yechindi-da, yotdi. 

— Xudoyo, biz osiy qullaringni o‘zing kechir! — dedi u va boshigacha burkanib oldi. 

Uning, stol ustida yotgan trubkachasidan tamaki kuyundisining o‘tkir hidi chiqib turar edi. Bukrin 

esa, uzoq vaqt uxla

madi. Uning bu o‘tkir hid qayerdan kelayotganiga sira ham aqli yetmasdi. 

Yomg‘ir tun bo‘yi derazani tiqirlatib chiqdi. 



S. Ibrohimov tarjimasi

 

Document Outline

  • Anton Chexov. Krijovnik (hikoya)

Download 249.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling