Anvar Obidjonning oqshom she’ri ustida ishlash Reja


Download 33.27 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi33.27 Kb.
#1247908
Bog'liq
Anvar Obidjon


Anvar Obidjonning oqshom she’ri ustida ishlash
Reja:

  1. Anvar Obidjon hayoti

  2. Anvar Obidjon asarlari

  3. Anvar Obidjon ish faoliyati


Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar — 2020-yil 11-aprel) oʻzbek jurnalisti va shoiridir. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1946—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.

Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978);
Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muharrir (1979—1981) boʻlgan. 1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti.
Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum» jurnallarida ishladi.
«Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi.
«Bulbulning cho‘pchaklari», «G‘alati maktublar», «Kumush uy», «Gurungdagi gaplar», «Ajoyibxona», «O‘zimizning ansambl», «Ignalarim chiroyli», «Mening kollektsiyam», «Shirin so‘ylar jajjivoylar», «Kalamushlar kemasi», «Siz eshitmagan qo‘shiqlar», «Dalalardan bolalarga», «Osmondan tushgan sozanda» turkum she’rlari fikrimizga dalildir.
Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.
Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.
U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998).
Anvar Obidjon „Ona–er“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qarag’ay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „Alamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq xangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. U aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi.
Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi.
Shoirning “qoplon”i bugun ozod va erkin, dunyo nazarida…
Demoqchimanki, Anvarjonning bolalarga bagʻishlab yozilgan beozorgina va benihoya goʻzal, hazil-mutoyibalarga boy sheʼrlari qatorida tagzaminida juda chuqur ijtimoiy maʼno va maqsadlar tovlanib turuvchi bunday asarlari oʻz davridagi sheʼriyatimizni bezab turishi bilan bir qatorda muallifning ijodiy jasorati sifatida ham qimmatlidir.
Anvar Obidjon nafaqat bolalar, kattalar adabatiyoti rivojiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Kattalarga yozgan asarlari orasida, ayniqsa, “Turmush kechinmalari” rukni ostida eʼlon qilingan, avtobiografik ruh chuqur oʻrin egallagan, yosh ijodkorning shakllanish jarayonlari oʻz aksini topgan, Oybekning “Bolalik”, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola”, Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar” asarlari tipidagi, lekin ulardan oʻziga xoslik hamda badiiy talqin tomondan keskin ajralib turadigan “Ajinasi bor yoʻllar” nomli nasriy kitobi; hamda “Toshkentda toʻlgan daftarlardan” deb ataluvchi umumiy nom ostida berilgan saralanma nazmiy jamlanmasi Anvar Obidjon timsolida bugungi oʻzbek adabiyotining yangi, goʻzal va yorqin iqlimlarini namoyon qiladi. Ayniqsa, “Ajinasi bor yoʻllar”da turmushimizda oʻz vaqtida hukm surgan ijtimoiy adolatsizliklar bejalmay koʻrsatilgani, har bir jabhadagi aldam-qaldamlar, nopokliklar, ularning milliyat va ruhiyat puchmoqlarida qoldirgan izlarining, bir jihatdan nihoyatda oddiy va sodda, ikkinchi bir jihatdan betaraflik hamda kuyunchaklik bilan aks ettirilgani bu asar adabiyotimizning yangi namunalari qatoridan oʻrin olishiga asos boʻlganini taʼkidlash joiz.
Adibning bolalarga atalgan “Ona Yer” nomli dastlabki (1974) toʻplamidan tortib, hozirgacha eʼlon qilgan oʻnlab kitoblari ichida kattalar uchun deymizmi, barcha kitobxonlar uchun deymizmi, keng ommaga bagʻishlab yozgan sheʼrlari bisyor. Ular qatorida, markaziy qahramoni Gulmatdan iborat yoxud “Oltiariq hangomalari” umumiy nomi ostida jamlangan – Erkin Vohidovning “Matmusa va Donishqishloq hangomalari”ga ruhiy jihatdan yaqin, biroq badiiy talqin va uslub jihatidan tamoman oʻziga xos hajviy asarlari bor. Bularga ilgari qator maqolalar bagʻishlanganini nazarda tutib, keng taʼriflab oʻtirmasdan, eʼtiborni bir jihatga qaratmoqchiman. Hajviy yoʻnalishda ustoz va shogird oʻrtasida oʻzaro ijodiy taʼsir shu qadar kuchliki, bu yaqinlik ayrim mavzu, obraz va ijodiy prinsiplarda ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Matmusaga bagʻishlangan qator sheʼrlar zamirida hajv, kulgidan tashqari, ularning bahonasida chuqur koʻchma ijtimoiy poetik maqsad va maʼnolarni yashirish uslubi Gulmat obrazi talqiniga ham xosdir. Gulmat hangomalaridan tashqari, Erkin Vohidovning “Arslon oʻrgatuvchi”si va Anvar Obidjonning yuqorida tilga olingan “Ajoyibxona qoploni” degan shu tipdagi sheʼri ham ustoz-shogird ijodiy yaqinligiga yana bir dalildir.
Anvar Obidjon sheʼrlaridagi badiiy goʻzallik haqida gap ketar ekan, uning asarlarida shu xususiyatni keltirib chiqaradigan garmoniyani alohida taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu garmoniya asoslarini Anvar Obidjon sheʼrlarida talqin etilayotgan ruhiy-hayotiy muammo ifodasiga eng aniq, tiniq, qisqa, ixcham, sunʼiylikdan holi bayon, haqqoniylik va hayotiy obrazlilik tashkil etadi. Ular oʻzining samimiyligi, ifoda yoʻsini va ruhiyatdagi xalqonaligi, ayniqsa, milliyligi, hatto, maʼlum maʼnoda vodiyonaligi hamda barchasi juda soddaligi bilan ajralib turadi.
Vatan haqida ne-ne sheʼrlar bitilgan. Lekin Anvar Obidjon Vatanning qisqa, moʻjazgina, yangi talqinini topa oladi.
Dehqonvachcha shu Vatan
Ikkimizga onadir.
Tuprogʻining taftidan
Tovonimiz yonadi.
 
Biroq, munis shu ona
Ikkimiz-chun ikki zot:
Sen uchun u boshpana,
Men uchun u eʼtiqod.
 
Shoirning aksar lirik sheʼrlarida keraksiz “kirish”laru ortiqcha “chiqish”lar, xulosa qismlar yoʻq hisobi. U tasvir va talqinni asosiy badiiy muammoni yoritishdan boshlaydi, asosiy maqsadni qisqa ravishda badiiy yoritish bilan asarni tugallaydi. Bu oʻrinda, uning soʻzga tejamkorligiga moliya sohasida tahsil olganining taʼsiri yoʻqmikan, degan fikrga ham boradi kishi.
Anvar Obidjonning 1974 yilda yozilgan “Boborahim Mashrab” degan sheʼri bor. Asardagi fikr va maqsad shoir Mashrabning tilidan talqin etiladi. Anvar Obidjon Mashrab bahonasida zamonning oʻta muhim ijtimoiy gaplarini, istibdod davrining eng ogʻriqli dardlarini ustalik bilan aytib olishga muvaffaq boʻladi:
Zanjirband haqiqat aytolmay soʻzin,
Ezgulik iffatin bulgʻar edi zar.
Talardi el-yurtni
Kuppa kunduzi
Amaldor niqobin kiygan oʻgʻrilar…
 
Tuygʻusiz xoqonlar, insof yoʻq sizda,
Xalqingiz ona-ku,
Xoʻrlaysiz nechun?
Meni gʻirt jinni deb oʻtiribsiz-a,
Shu onaga farzand boʻlganim-chun chin.
 
Bir Tangrim panoh deb yurgan sayoqni
Yoʻqotmoq mushkulmas,
Axir siz – koʻpsiz.
Lek minglab qargʻangan yalangoyoqni
Bitta ham qoldirmay yoʻqotib boʻpsiz!
 
Oʻtgan asrning 70-yillarida Anvar Obidjonga Sergey Yeseninning taʼsiri kuchli boʻldi. Oʻzbek shoiri shakl masalasida buyuk rus shoiriga ergashdi, undan taʼsirlandi, lekin unga faqat taqlid qiluvchilik doirasidagina qolib ketmadi. Bunga uning “Yashash shavqi emasdir boqiy” deb boshlanuvchi oʻzligi bor sheʼri misol boʻla oladi:
Qadahdagi sharob singari
Umrimiz ham omonat axir.
Vaqt sipqorar bir kuni barin,
Umrimiz ham gulgun va taxir
Qadahdagi sharob singari.
 
Bu kabi misralar yordamida Anvar Obidjon oʻzbek sheʼriyatini maʼno va falsafasi, badiyati va goʻzalligi, tiniqligi va jozibasi jihatidan yeseninona sheʼrlar bilan ham boyitdi.
Uning “Ilhom poytaxti” deb nomlangan, koʻplab-koʻplab ijodkorlar poytaxtga intilishlari va poytaxtni oʻzlari uchun salkam sajdagoh darajasida bilishlarini badiiy talqin etgan bir sheʼri bor:
Shahar asli talatoʻp ovloq,
Qishloq azal ilhomga poytaxt.
Gulfurushdek shoir ham biroq,
Izlar nuqul shaharlardan baxt.
Ushbu asar bundan deyarli 45 yil avval yozilganiga eʼtibor bersak, Anvar XX asrning 70-yillari oʻrtasi, ijodining dastlabki bosqichlaridayoq nechogʻlik mahoratli va teran shoir boʻlganini kuzata olamiz. Boshqa fazilatlari bilan bir qatorda bu sheʼrdagi ohangdorlikka eʼtibor bering. Sheʼr bamisoli qoʻshiqday jaranglaydi va ohanggi qalbingizni zabt etadi.
Oqshom O, bu kecha ajoyib oqshom,
Asir etar oyning jamoli.
Men xursandman, sarhushman bu dam,
Esib turar bahor shamoli.
Sayr etaman xiyobon uzra,
Qalbimda bir ismsiz qo‘shiq.
G‘ildirakdek aylanar kurra,
Uchgim kelar dunyolar oshib.
Chiroqlardan qamashar ko‘zlar,
Yaproqlarda shu’lalar qat-qat,
Oqshom o‘zi bir ertak so‘zlar,
Ishq va baxtdan so‘zlar u faqat.
Sevishganlar ko‘nglini yozar,
Ishq olami naqadar ko‘rkam!
To‘p-to‘p yulduz samoda kezar,
Xiyobonda kezaman men ham.
Tongda birpas tin olar kuylar,
Allaqayda jaranglaydi jom…
So‘ng quyoshga ko‘milar o‘ylar,
O‘zga yurtga jo‘naydi oqshom.


Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling