Apple kompaniyasi


Download 90.25 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2020
Hajmi90.25 Kb.
  1   2

Apple kompaniyasi



  1. Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan, har xil soha vakillari mavjud: sport fotograflari, xujjatli kino rejissyorlari, muzikant, medsesstra, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va boshqalar;

  2. Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi.

  3. Apple kompaniyasida ish jarayoni qat'iy belgilanmagan va rasmiy ko'rinishga ega emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o'tkaziladi deganidir;

  4. Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga ega, u yerda katta oq doska mavjud bo'lib, statistik ma'lumotlar doimiy ravishda o'zgarib turadi.

  5. Apple kompaniyasida birinchi ish kunini boshlagan ishchilar, kompaniya tomonidan berilgan Apple logotipiga ega futbolka kiyib yurishlari shart. Bu albatta barchadan ajralib turish uchun.

  6. Ko'p yangi ishchilar asosan o'ylab topilgan, kerak bo'lmagan loyihalar ustida ishlashadi. Bu haqida ular vazifani topshirish davomida bilib qolishadi. Bu orqali ish beruvchi, yangi ishchilarni dunyoqarashi, fikrlashi va albatta sabrini sinab olishar ekan.

  7. Apple'ga ishga kirish suhbati unchalik murakkab emas. Apple'ning sobiq ishchisi Apple, Yahoo, Akamai, Amazon kompaniyalariga ishga kirishdagi suhbatni solishtirib, aytishicha, oxirgi uchun kompaniyaga ishga kirish birmuncha qiyin ekan.

  8. Apple'ga kirish emas, ishlash qiyin ekan. U yerda grafik vaqt yo'q, tushlik paytida ham, dam olish vaqtlarida ham, hattoki tunda ham ishlashga to'g'ri kelib qolar ekan.

  9. Tushlik uchun kompaniya pizza, gamburger hattoki pivo ham olib berar ekan, bu degani kechasi bilan ish bor deganidir ).

Apple kompaniyasi muvaffaqiyatining asosiy siri nimada?

Marketolog Trishia Levasser Stiv Jobs misolida nima uchun marketing qadriyatlardan boshlanishi kerakligi haqida so‘zladi hamda biznesdagi “vazifa”, “maqsad” va “qadriyatlar” tushunchasiga izoh berdi.

Foto: Pexels

Marketing qadriyatlaringizdan boshlanadi

Stiv Jobs nafaqat Apple kompaniyasining asoschisi va bosh direktori, balki brendning yaratuvchisi ham edi. Shubhasiz, u mahsulotlar bilan “yashar” va xodimlarni qanday rag‘batlantirishni bilardi.

Brendning yaratuvchisi bo‘lish uchun reklama bo‘limida ishlash shart emas. Bunday odamlar hamma yerda bor. Bu kompaniyaning haqiqiy ishqibozlari va mahsulot to‘g‘risidagi o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishni istaydilar. Bunday yaratuvchanlik asoschi va bosh direktorlardan boshlanishi kerak. Agar rahbarning o‘zi tashkilot nima bilan shug‘ullanishini bilmasa, xodim va mijoz buni qayerdan anglashi kerak? Asoschilar Stiv Jobsga o‘xshagan bo‘lishlari lozim.

Foto: Pexels



Qadriyat, vazifa va maqsadni aniqlash

Stiv Jobs va Tim Kuk o‘z xodimlarini qanday rag‘batlantirishi borasidagi fikrlardan avval kompaniya qadriyat, vazifa va maqsadi nima ekaniga oydinlik kiritamiz. Chunki bu instrumentlar brendni yaratish asosi hisoblanadi. Ular mijozlarni jalb etish va ushlab qolish uchun zarur.

Qadriyatlar: tashkilot xodimlari tomonidan amal qilinadigan,  qabul qilingan qoida va tamoyillar. Asosiy qadriyatlar kompaniya vazifasi ta'rifida sanab o‘tiladi.

Vazifa: kompaniya mohiyati va mavjudligi sababini aniqlaydigan, maqsad va falsafangizni ta'riflaydigan qisqacha bayon. Vazifangiz “Biz nima qilamiz? Qanday biznes bilan shug‘ullanamiz” kabi savollarga javob berishi kerak. Bu kompaniya funksiyasi, bozorlar va raqobatdagi afzalliklarni tez va oddiy aniqlashda yordam beradi.

Maqsad: asoschi erishishni istagan narsa. Bu kompaniyaning kelajakdagi jozibador obrazi, ideali yoki orzusi.

Asoschi sifatida o‘z kompaniyangizning vazifasi va maqsadini jamoangizga yetkazishingiz va ularda ishonch uyg‘otishingiz zarur. Apple buni quyidagicha amalga oshirdi.

Apple – hozirda innovatsiya va dizayn timsoli. Biroq kompaniyaning yo‘li ota-onaning kichik garajidan boshlangan. Bu oddiy muvaffaqiyat emas. Bari maqsad va vazifadan boshlangan. Kompaniya rivojlanishi davomida biroz o‘zgardi, shunga qaramay, ular xodimlarni rag‘batlantirish, ularni samarali ishlash va innovatsiyalarga bo‘lgan rag‘batini oshirishda davom etmoqdalar.

oto: Pexels



Apple kompaniyasining 2017 yildagi vazifasi:

“Apple kompaniyasi Mac noutbuklarini ishlab chiqaradi, OS X, iLife, iWork va boshqa dasturi ta'minot bilan bir qatorda dunyodagi eng yaxshi shaxsiy kompyuterlarni yaratadi. O‘z pleyerlari va mashhur iTunes Apple internet-do‘konlari sabab raqamli musiqa olamida inqilob qildi”. AppleiPhone va App Store yordamida telefonlar olamini barchaga boshqa tomondan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. iPad tufayli mobil media va raqamli texnologiyalarning keyingi taqdirini belgilaydi.

Bu bayonotda kompaniya hozir nima bilan shug‘ullanayotgani va kelajakda nimani rejalashtirayotgani ko‘rsatilgan. Kompaniyaning joriy ishlarini ko‘rsatish uchun muayyan mahsulotlarni yodga oladi, biroq ularni sanab o‘tish har doim ham o‘rinli emas.

oto: Pexels



Apple kompaniyasining 2017 yildagi maqsadi

“Biz yaxshi mahsulotlar yaratish uchun mavjudmiz va bu o‘zgarmaydi. Diqqatimizni doimiy ravishda innovatsiyalarga qaratamiz. Go‘zallik oddiylikda ekaniga ishonamiz. Biz mahsulotlarimiz asosidagi muhim texnologiyalarni nazorat qilishimiz kerakligiga ishonamiz va ahamiyatli hissa qo‘shish mumkin bo‘lgan bozorlardagina ishtirok etamiz. Bir necha eng muhim va ahamiyatli loyihalarga diqqatni qaratish uchun minglab loyihalarga “yo‘q” deymiz. Xodimlarimizning jamoaviy ruhiyatiga ishonamiz. Bu bizga o‘zgalar bajara olmaydigan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur qadriyatlar shu qadar chuqur ildiz otgani sabab, Apple kompaniyasining ishlari uzoq kelajakda muvaffaqiyatli davom etishiga ishonamiz”.

Apple kompaniyasining maqsadi detallarga e'tibor qilgan holda yozilgan. Shuning uchun xodimlarni yo‘naltirishda yordam beradi. Siz ham shu kabi uzoq maqsadni yozishingiz shart emas. O‘zingizga mos keladigan ko‘rinishda amalga oshiring. Aksincha, detallarga boy tarzda yozilgan maqsad o‘zingizga zarar qilishi mumkin – odamlar chalg‘ishi mumkin. Apple’da esa bunday batafsil ma'lumot o‘sish va rivojlanish davomiyligini ta'minlash uchun kompaniyaning yondashuvini aks ettirmoqda. Unda oddiylikka bo‘lgan muhabbat yodga olingan. U Apple’ning mahsulot dizayni va ishlab chiqilishidagi ajralmas yondashuv.

Unda innovatsiya, Apple bozorlarni qay darajada sinchkovlik bilan tanlashi yodga olinadi. Shuning uchun Apple interfeys va mahsulotning qulayligi bilan dong taratgan.



Apple kompaniyasi haqida qiziqarli maʼlumotlar

  10 dekabr 2019, 09:20

  1 613



  Texnologiya

1. Apple kompaniyasiga 1976 yil 1 aprelda Stiven Pol Jobs, Stiven Gari Voznyak va Ronald Gerald Ueynlar tomonidan asos solingan.


2. Apple birinchi 30 yil ichida Apple Computer Inc. deb nomlandi. Keyinchalik u 2007 yil 9 yanvar kuni Apple Inc deb o‘zgartirildi. Kompyuter so‘zi uning elektron bozorini kengaytirish uchun olib tashlangan.
3. 2009 yilda Apple sotgan har bir iPhone uchun 625 dollar foyda ko‘rgan va ularning soni 40 millionga yetdi.
4. Dunyo bo‘ylab Apple uchun 80 000dan ortiq xodimlar ishlaydi.
5. Kuniga 340 000 iPhone sotiladi. 2012 yilda Apple eng ko‘p telefon sotgan yil hisoblanadi.
6. Apple daromadi daqiqasiga 300 000 AQSh dollariga teng.
7. Stiv Jobs buddist hisoblanadi.
8. “Dulcimer” - iPod uchun kod nomidir.
9. Stiv Jobs Apple kompaniyasining har bir xodimiga bepul iPhone sovg‘a qiladi.
10. Apple barcha mahsulotlarini havo orqali yetkazib beradi. Cathay Pacific kompaniyasining eng katta yuk mijozi bu Apple'dir.
11. 1997 yilda Bill Geyts Apple'ni inqirozdan saqlash uchun 150 million dollar sarmoya kiritgan.
12. Apple kompaniyasi ishlab chiqargan texnikalar oldida chekish mumkin emas, chunki uning kafolatiga putur yetishi mumkin.

"Apple" – shaxsiy kompyuterlar, iPod audio-pleyerlar va dastur taʻminoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan koʻp vazifali operatsion tizimlar olamida boshlab berganlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi – Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.

2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi “Apple Computer” edi.





Download 90.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling