Aqliy zayiflarga tavsiya etilgan dorilar ro’yhati
Fenibut
Nootropil
Pirasetam
Noofen
Zamonaviy hayot kishilarga yuqori talablar qo’yadi va stressga to’la. Shu sababli, intellektual yukni yengishga va ayni paytda asablarni tinchlantirishga yordam beradigan vositani topish oson emas. Fenibut dori preparati aynan shunday xususiyatlarga ega.
FENIBUT HAQIDA c10h13no2
Fenibut (γ-amino-β-fenilmoy kislota) — anksiolitik va nootrop vosita, γ-aminomoy neyromediatorining β-fenil unumi. Ushbu birikma miya faolligida muhim rol o’ynaydi. Uni qabul qilish asab to’qimalarining modda almashinuvini va bir vaqtning o’zida neyronlar orasida signallar uzatilishini normallashtiradi. Xususan, fenibut kortiko-subkortikal aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi, bu esa bosh miya po’stlog’ining turli bo’limlari orasidagi o’zaro ta’sir effektini oshiradi.
Fenibut Gertsen nomidagi Leningrad pedagogika institutida professor V. V. Perekalin tomonidan sintezlangan. Fenibutning klinik-farmakologik xususiyatlarini o’rganish V. M. Bexterev nomidagi Leningrad ilmiy-tadqiqot institutining psixofarmakologiya laboratoriyasida katta ilmiy xodim R. A. Xaunina tomonidan amalga oshirilgan.
Bir vaqtlar Fenibut kosmonavtning birinchi yordam aptechkasiga kiritilishi kerak bo’lgan dorilar orasida edi. Oddiy trankvilizatorlar kosmonavtlarning yuqori darajadagi stressini yaxshi pasaytirmas edi, chunki ular tinchlantiruvchi ta’sirga qo’shimcha ravishda bo’shashtiruvchi ta’sirga ham ega edi. Fenibutni qabul qilishda esa kosmonavtlarning ish qobiliyati bir xil darajada saqlanib qolardi.
UMUMIY MA’LUMOT
Kimyoviy strukturasiga ko’ra, fenibut GAMK`ning fenil unumi, shuningdek, feniletilamin unumi sifatida qaralishi mumkin.
Fenibut nootrop faollik elementlariga, trankvilizator ta’sirga ega, zo’riqish, tashvishlanishni kamaytiradi, uyquni yaxshilaydi; uyqu dorilari, narkotik, neyroleptik moddalar va psixostimulyatorlarning ta’sirini uzaytiradi va kuchaytiradi.
Fenibut astenik va tashvishli-nevrotik holatlarda, bezovtalik, tashvish, qo’rquv, uyqusizlikda va jarrohlik aralashuvlar oldidan tinchalniturvchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Shuningdek Menier kasalligida, vestibulyar apparatlarning disfunktsiyasi bilan bog’liq bosh aylanishida, chayqalishni oldini olish uchun belgilanadi. Bolalarga duduqlanish va tiklar kuzatilganda buyuriladi.
Fenibut ta’siri ostida antiparkinsonik vositalarning ta’siri kuchayishi (preparatda dofaminopozitiv komponentning mavjudligi sababli) haqida dalillar mavjud .
Fenibut 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda duduqlanishda qo’llanilsa, nutqning buzilishi, shuningdek elektroensefalogramma tasvirida o’zgarish, shu jumladan, o’tkir to’lqinli tepaliklarning paydo bo’lishi kuzatilishi mumkin. Ushbu preparat bolalarga juda ehtiyotkorlik bilan berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |