AQSH ning iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi
NAFTA-Amerika, Kanada va Meksika kabi davlatlar o'rtasidagi kelishuv bo'lgan Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi. Bu davlatlar hududida yagona bozor maydoni tashkil qilindi. Shartnoma, 1994 yilda uning rahbari davlatlar o'rtasida imzolandi. Shartnoma mamlakat shartlariga ko'ra, keyingi o'n yil ichida o'zlarini va butunlay urf-odatlari va pasport to'siqlarni bartaraf qilgan, uyushmalar qismidir.
Kirish
AQSH federativ respublika xisoblanib, ma’muriy jihatdan 50 ta shtat va federal Kolumbiya okrugiga bo’linadi. Hozirda AQSH quyidagi to’rtta iqtisodiy hududga ajratiladi: SHimoli-SHarq, O’rta G’arb, Janub va G’arb.
SHimoli-SHarqiy iqtisodiy hudud hududi jihatdan katta bo’lmasa-da, unda mamlakatning rasmiy poytaxti - Vashington va "iqtisodiy poytaxt" - Nyu-York joylashgan. Nyu-York mamlakat yalpi ichki maxsulotining 10% ini beradi.
O’rta G’arb CHikago - Detroyt, Klivlend kabi mamlakat hududining 20% ini egallaydigan sanoat markazlarini o’z ichiga oladi.
AQSHning Janubi mamlakatda neft, gaz, ko’mir, fosforitlarni qazib chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Bu hudud hissasiga matolar va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishning 9/10 qismi to’g’ri keladi.
G’arb AQSHning eng taraqqiy etgan hududi xisoblanib, Kaliforniya, Vashington shtatlari, Los-Anjeles shahri kinosanoat, harbiy sanoat majmuasi, aviatsiya, kosmos va elektron sanoatining rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
AQSHda qo’llaniladigan makroiqtisodiy rivojlanishi modeli iqtisodiyotni o’z-o’zini boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan davlat mulkchiligining kichik ulushi va ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarli bo’lmagan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solishi bilan tavsiflanadi.
AQSH iqtisodiyoti quyidagi afzallik va omillar asosida rivojlangan:
yirik ishlab chiqarish salohiyatining mavjudligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |