Arab ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish 1


Download 12.93 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi12.93 Kb.
#830145
Bog'liq
nagap
Tai, JV, НУРБОЕВА-МАҚОЛА(1), НУРБОЕВА-МАҚОЛА(1), НУРБОЕВА-МАҚОЛА(1), НУРБОЕВА-МАҚОЛА(1), oybekning navoiy romani haqida, menejment referat, Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash , Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash , Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash , Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash , english, english, english

GʻAZAL (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «Gʻazal» atamasi dastlab 6—7-a. larda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, 13—14-a. lardatoʻla shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli Gʻazal namunasi ham uch-raydi. Aa, ba, va, ga, da va h. k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki m a b d a ʼ, oxirgisi m a qt aʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning mis-ralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi mat-layoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.
Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mus-taqil baytlardan tuzilgan (parokan-da) Gʻazal ; yakpora Gʻazal ; voqeaband Gʻazal ; musalsal Gʻ. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona Gʻazal larga boʻlinadi.
Download 12.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling