Arab eʼtiqod, ishonch, itoat Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga


Download 129.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2023
Hajmi129.01 Kb.
#1649145
Bog'liq
Din - Vikipediya



Din
Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga
ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning
faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida
tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom
dini taʼlimotiga koʻra, D. — 
Alloh
tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy
etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga
toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda
etadigan taʼlimotdir.


D. dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi
savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan D. kishilik jamiyati tarixiy
taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu
dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida
shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy D.ga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga
yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi
masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. D.ga turlicha yondoshishni
Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat
nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining D.ga boʻlgan oʻziga xos
yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller),
antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda D.ni
tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym)
vujudga keldi.
D.ning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda D. — ishonmoqlik tuygʻusidir.
Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq D.siz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga
ishonchsiz yashay olmaydi. D. insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy
ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida D. turli shakllarda namoyon boʻlgan. D.ning dastlabki
koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila D.lari,
milliy D.lar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon D.lari (buddizm,
xristianlik, islom) vujudga kelgan. D. avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik
(monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir D. diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va
sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda D. maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va
ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir D. dindorlarini oʻz
Diniy ramzlar, chapdan o‘ngga:
1-qator. 
Xristian

yahudiy

hinduiy

2-qator. 
Islomiy

buddist

sintoiy

3-qator. 
Sikhiy

bahoiy

jainiy


taʼlimoti doirasida saqlashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik
vazifasini oʻtaydi. D.lar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qat'iy tartibga
amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini,
jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. D. insonga yashashdan
maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi.
U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang
Axloq
). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab
qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.
D. insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda
turlicha munosabatda boʻlingan. D.ni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga
koʻtargan yoki D. hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi.
Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida D.ni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, D. madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi
teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va D.ga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar,
tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslav
mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15
dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy-
ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.
Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, D. davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda D. va diniy dunyoqarash dunyoviy
turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 46.251.214.56 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Din&oldid=2201081

dan olindi 

Download 129.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling