Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Download 285.78 Kb.
bet1/23
Sana18.06.2022
Hajmi285.78 Kb.
#765229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Arab xalifaligi va musulmon huquqi
Урок №7 - Китайские цифры и счетные слова, Урок №7 - Китайские цифры и счетные слова, mpdf, mpdf, mpdf, mpdf, JANABAYEV YERLAN KOBLAN UG‘LI, mpdf, mpdf, Русча-узбекча юридик луғат, @iBooks Bot “математик моделлаштириш” фан, 2 5224636276006717744, Рассчитайте растворимость веществ, Рассчитайте растворимость веществ, 46549

MAVZU: MUSULMON HUQUQIDA
QIYOS MANBAI.
Reja:


I.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:

  1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari.

  2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari.

  3. Musulmon huquqining asosiy belgilari.

  4. Musulmon huquqining manbalari.

  5. Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi masalalarining tartibga solinishi.

  6. Musulmon huquqida nikoh-oila va meros masalalarining tartibga solinishi.

  7. Shariat bo`yicha jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi.

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


I.KIRISH:
Musulmon huquqi - jahondagi asosiy huquqiy tizimdardan biri (kontinental va anglosakson huquq tizimlari bilan bir qatorda). Arab xalifaligida 7—10-asrlarda yuzaga kelgan Musulmon huquqining asosiy mohiyatini islom talablaridan kelib chiqadigan, musulmonlarning oʻzaro muomala va axloq qoidalari hamda ularni buzganliklari uchun qoʻllaniladigan (odatda, diniy ruxdagi) jazolar tashkil etadi (qarang Shariat). Quron, sunna, ijmo, qiyos, urf-odat Musulmon huquqining asosiy manbalari hisoblanadi. Musulmon huquqi faqat musulmonlar oʻrtasidagi munosabatlarda amal qiladi. Birok, musulmonlar aholining asosiy koʻpchiligini tashkil etgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida qam Musulmon huquqining mavqei kuchli boʻlishiga karamay, u yangi ijtimoiy munosabatlarni hisobga olgan holda qonun va odatlar bilan toʻldirilib kelingan. Shuning uchun diniy Musulmon huquqi bilan musulmon davlatlari huquqini farqdash lozim. 1869— 77 yillarda Musulmon huquqining majburiyat va pro-sessual normalari kodifikatsiyalash asosida, Usmonli turk imperiyasida fuqaroviy kodeks vazifasini bajargan al-Majalla eʼlon qilindi. Musulmon huquqi Turkiyada 1926, Livanda 1932, Suriyada 1949, Iroqda 1951 yilgacha amalda boʻldi. Bu kodeksning taʼsiri qisman Iordaniya, Isroil va Kiprda ham saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan boshlab musulmon mamlakatlarida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining huquqidan foydalanish asosida jinoyat, savdo, protsessual va boshqa kodekslar qabul qilindi. M.x,. oila, meros va boshqa munosabatlarni tartibga solishda muhim oʻrin tutadi. Musulmon huquqining bu tarmoqdarini kodekslash MAP, Suriya, Iroq, Iordaniya, Tunis, Marokash, Xindi-ston, Pokiston va boshqa mamlakatlarda maxsus qonunlar qabul qilish shaklida amalga oshirilmoqda. Ayrim arab mamlakatlarida, Hindiston, Pokiston, Indoneziya va boshqa da musulmonlarning shaxsiy maqomi (statuti) masalalari yuzasidan (ayrim masalalar boʻyicha musulmon boʻlmaganlarga nisbatan ham) kodekslashtirilgan Musulmon huquqining taʼsiri saqlanib qolgan. Bir qancha arab mamlakatlarining konstitutsiyalarida Musulmon huquqi qonunchilikning asosi hisoblanib, fuqarolik huquqi va boshqa sohalarda uni qoʻllashga ruxsat etiladi; bu mamlakatlarda shariat asosida ish koʻradigan sudlar saqlangan. Sharqiy va Markaziy Afrikadagi ayrim mamlakatlarda Musulmon huquqi oddiy huquq tarzida qoʻllanadi.

Download 285.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling