Arabiston, Yaqin Sharq,Kavkazorti,Eron,O'rta Osiyo,Shimoliy Hindiston,Shimoliy Afrika,Piriney yarim oroli


Download 27.88 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi27.88 Kb.
#647458
Bog'liq
2 5357247935346119025
Mitti hikoyalar(Kutubxona), Mitti hikoyalar(Kutubxona), Mitti hikoyalar(Kutubxona), EKSPERT, OOO, gandbol, 2hayotseminar, 2hayotseminar, 2hayotseminar, Integratsiya, Integratsiya, Integratsiya, 1Nilu, Mavzu, soliqlar va soliqqa tortish



Arab xalifaligi

1

632-1258

2

Arabiston , Yaqin Sharq,Kavkazorti,Eron,O'rta Osiyo,Shimoliy Hindiston,Shimoliy Afrika,Piriney yarim oroli

3

Saudiya Arabistoni,Yaman,Ummon,Quvayt,Qatar,Bahrayn,Iordaniya,Isroil,Kipr, Iroq, Suriya, Eron, Afg'oniston, O'zbekiston, Turkmaniston, Pokiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Livan, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Ispaniya

4

Damashq,Bag'dod

5

АBu Bakr asoschi emas 1-hukmdor sifatida

6

Мuhammad alayhissalom vafotidan so'ng uning sahobalari«хalifa» nomi ostida davlatni boshqarishgan.Xalifalar mamlakat chegaralarini kengaytirib,imperiyaga asos solishdi.

7

Xulofayi roshididdn(sulola emas balki saylangan hukmdorlar ya’ni bir sulolaga tegishli bo’lishmagan) (632-661),Ummaviylar(661-750), Аbbosiylar (750-1258)

8

Аbu Bakr (632-634),Umar (634-644),Usmon (644-656),Ali (656-661), Мuoviya I (661-680),Umar ibn Abdulaziz (717-719), Marvon II (744-750),Abul Abbos Saffoh (750-754),Xorun ar-Rashid (786-809),Ma'mun (813-833) ,Mu’tazid (892–902)

9

10

Аbu Bakr yumshoq fe’lli bo’lib , hokimiyatga havas qilmagan odam edi.U donoligi bilan o’z safdoshlaridan ajralib turar,har qanday qiyin vaziyatni yechimini topa olar edi. Oyshaning xotiralariga ko'ra, u juda kamtar hayot kechirgan; uning tirikchilik manbai faqat Madina yaqinidagi er uchastkasi va kam oylik bo'lgan. Abu Bakr Muhammad alayhissalom vasiyatlarini bajaruvchi ekanligini va hech qanday yangilik keltirmaganligini har tomonlama ta'kidlagan.
Umar Islom qabul qilinishidan oldin ham va islom qabul qilgandan keyin ham qattiqqo'l va talabchan edi, bundan tashqari adolatparvarligi va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan.
Usmon sahiyligi va juda kamtarligi bilan ajralib turardi va yana u bilimdon va o’qimishli bo’lib aynan Qur’on to’planishiga shaxsan o’zi bosh bo’lgan,Qur’onni yoddan bilgan.
Manbalar Ali islom dini va Qur'on va Sunnatga muvofiq adolatli hukmronlikka sodiq bo'lgan, shuningdek chuqur dindor inson bo'lganiga qo'shiladilar. Ular uning zohidligi, diniy aqidalarga qat'iy rioya qilishi va dunyo mollaridan uzoq bo’lganligi haqidagi xabarlar bilan to'la. Ba'zi mualliflarning ta'kidlashicha, u siyosiy mahorat va moslashuvchanlikka ega emas edi.

11

Arablar joriy etgan yer solig‘i –hiroj hosilning 1/3 qismini tashki letgan.Islomni qabul qilmagan boylardan 48, o‘rtahollardan 24, kambag‘al dehqon và hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya solig‘i olingan. Chorva mollari va sàvdodan olingan zakot 1/40 hissani tashkil etgan.

12

Dehqonchilik solig‘i – xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Àrablar istilo qilgan barcha màmlakatlàrdagi yerlar davlatniki deb e’lon qilinsada, amalda avvalgi egalari qo‘lida qoladi. G'ayridinlar musulmon davlatidan himoya va shuningdek soliq (jizya) to’lash evaziga hamda yer solig'ini (xiroj) to'lab, o'z diniga amal qilish huquqiga ega edilar. "Ahli kitoblar" - nasroniylar, yahudiylar - haq to'lab, o'z dinlarida qolishlari mumkin edi. Xalifalikda qullar mehnatidan ham foydalanilgan.

13

Islom dini

14

Arab xalifaligidagi xalifa oliy hokimiyatga ega edi. U arablarning va barcha musulmonlarning diniy rahbari edi. Bundan tashqari, u barcha yetakchi lavozimlarni egallagan: u musulmon jamiyatining boshlig'i, oliy davlat boshlig'i, yerning oliy egasi, oliy qo'mondon, oliy qozi edi. va barcha yuqori amaldorlarni faqat xalifa tayinlagan.

15

Xalifa eng oliy amaldor, xalifaning bosh maslahatchisi sifatida vazir bo'lgan. Vazirga katta dunyoviy va harbiy kuch berilgan edi. Vazir xalifa nomidan hukm chiqarish, shuningdek o'z saroyini boshqarish huquqiga ega edi.Arab xalifaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida vazirning vakolatlari umuman bunday bo'lmagan va u faqat xalifaning buyruqlarini bajargan.Vaqt o'tishi bilan vazirlarning vakolatlari kengayib, ular xalifa nomidan ish ko’ra boshlaydi.bundan tashqari xalifa qo'riqchilari boshlig'i, mirshab boshlig'I va boshqa amaldorlarni nazorat qiladigan maxsus amaldor kabi lavozimlar bor edi.
Xalifalikda devonlar eng yuqori markaziy hukumat edi.
Mamlakat hududi kengayib, iqtisodiyoti ancha murakkablasha boshlagach, mamlakatni boshqarish tuzilmasining murakkablashuvi muqarrar bo'lib qoldi.Mahalliy boshqaruv forslarning boshqaruvi andozasi asosida qurila boshlandi. Mamlakatlar viloyatlarga bo'linib, ularga harbiy gubernatorlar – amirlar tayinlangan.Amirlarni tayinlashda halifaning o'zi bosh bo’lgan. Amirlarning asosiy vazifalari soliq yig'ish, qo'shinlarni boshqarish va mahalliy ma'muriyat va politsiya rahbarligi edi Amirlarning noib deb ataladigan yordamchilari bor edi.

16

Arab xalifaligi, shubhasiz, boy va o’ziga xos madaniyati bilan mashhur. VIII asr oxiriga kelib, arab tili bosib olingan mamlakatlarning barcha xalqlari uchun umumiy ilmiy tilga aylandi. Garchi arablarning o'zlari bunday boy madaniyatga ega bo'lmasada, qo'lga kiritilgan xalqlarning madaniy yutuqlaridan unumli foydalanganlar. VIII asrning oxiriga kelib, xalifa Horun Ar-Rashid Bag'dod Hikmatlar uyining akademiyasini tuzadi. Bu erda o'z davrining taniqli olimlari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javxoriy va Yahyo ibn Abu Mansur va boshqalar ishlagan.
Arab xalqi ijodining durdonasi "Ming bir kecha" hanuzgacha eng yirik badiiy asar hisoblanadi. Arab xalifaligida kartografiya, tibbiyot, tarix va geografiya kabi fan tarmoqlari rivojlandi. Arab adabiyoti asosan she'riyatdan iborat bo’lib. X asrdan fors tiliga tarjima qilingan.
Musiqa, haykaltaroshlik va tasviriy san'at arablar va umuman musulmon olamida uncha ma’qullanmaganligi sabab rivojlanishi sekin kechgan.Arxitektura va xattotlik san'ati san'at tarmoqlari ancha rivojlandi. Arab xalifaligi davrining me'moriy durdonalari O'rta Osiyo, Misr, Ispaniyada qad rostlagan.

17

Arab xalifaligi Buyuk Ipak yo'lidagi barcha mamlakatlar va xalqlar bilan yaqin diplomatik aloqalar o'rnatdi: Hindiston, Xitoy, rus knyazliklari, Franklar imperiyasi va boshqalar. Ma'lumki, arab xalifasi Xorun ar-Rashid Buyuk Karl bilan do'stona munosabatda bo'lgan va unga xristianlarning ziyoratgohi Quddusdan yer ajratgan.

18

Islom ta'limotga ko'ra, musulmonlarning hammasi Allohning jangchilaridir. Va voyaga etgan barcha erkin musulmonlar urushda qatnashishga majbur edi.Dastlab xalifalikning asosiy qurolli kuch arablardan tuzilgan xalq lashkari edi. VII-VIII asrlarda qo'shinga nafaqat doimiy armiya, balki o'z qo'mondonlari qo'mondonlik qilgan ko'ngillilar ham kirgan. Doimiy armiyadagi xizmat imtiyozli musulmon jangchilaridan iborat edi va arab armiyasining asosini tahkil etgan yengil qurollangan otliqlardan iborat bo’lgan.Avvaliga armiya xalifaga boshchilik qilgan bo’lsa, keyinchalik vazir bosh qo'mondon aylandi.Xalifa Usmon davrida kuchli flotga ega bo’lib Vizantiya floti ustidan bir necha janglarda g'olib kelgan.

19

.Usmon dàvrida Qur’on oyatlari to‘planib yagona kitob holiga keltirilgan.Xalifa Umar ibn Abdulaziz moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi.Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Xalifa Mansur xalifalik poytaxtini Damashqdan Bag'dodga ko'chirdi.

20

Arab sayohatchilari ibn Dast, ibn Fadlan, ibn Battuta, Beruniy,Narshaxiy asarlari.

21

Arablarning o'zlari chorvachilik , savdo -sotiq bilan ham shug'ullanishgan, zabt etilgan mamlakatlarda odamlar sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo -sotiqqa bilan shug'ullanishgan. Arab xalifaligi Samarqandda ishlab chiqarilgan kulolchilik buyumlari va qog'ozlari, Damashq qilichlari, bilan mashhur edi.

22

Dunyodagi birinchi teokratik davlat edi

23

Arab xalifaligi Osiyo, Afrika va Yevropada islomning tarqalishiga va rivojlanishiga olib keldi. Hozirda 1,2 milliarddan ortiq odam musulmon hisoblanadi. Arab xalifaligi erishilgan madaniy yutuqlar va yangiliklar butun dunyoda ilm -fan va madaniyatning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Masalan, arab raqamlari, tibbiyot, kartografiya, xattotlik, arxitektura va boshqalar.Yevropada Uyg’onish davriga juda katta ta’sir ko’rsatdi.

24

Xalifa-o’rinbosar,Amir-harbiy gubernator ,Noib-amir o’rinbosari,jizya-jon solig’I,hiroj-yer solig’I,zakot-chorvachilik solig’i

25

632-1258 – Xalifalik hukmronlik yillari




25

Download 27.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling