Arablarning O‘rta Osiyo istilosi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1439623
  1   2
Bog'liq
Arablarning O‘rta Osiyo istilosi - Vikipediya



Arablarning O‘rta
Osiyo istilosi
Arab xalifaligining O‘rta Osiyoga qilgan
harbiy harakatlari
Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo
qilinishi — Arab xalifaligining Oʻrta
Osiyoda (VII—VIII asrlar) islom dinini
yoyish, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi
(hozirgi Turkmaniston, O
ʻzbekiston,
Tojikiston, Qozog
ʻiston va Qirgʻiziston)
yerlarni bosib olish maqsadida olib
borgan harbiy harakatlari.


Arablarning O‘rta Osiyo istilosi
722-yilda arablarning Samarqandga qilgan
harbiy hujumi (Panjikentdagi Devashtich
(706-722) saroyidagi devoriy surat)


Qoʻmondonlar
Said ibn Usmon
Ubaydulloh ibn Ziyod
Yazid ibn Ziyod
Qutayba ibn Muslim
Al-Hakam ibn Amr al-
Gʻafriy
Al-Muhallab ibn Abu
Sufra
Muslim ibn Said
Gʻurak
Suluk xoqon
Bagʻa tarxon
Horis ibn Surayj
Qapagʻon xoqon
Bilga xoqon
Kultegin
Devashtich
Karzanj
Sanalar
673-751-yillar
Urush yeri
Movarounnahr (Oʻrta
Osiyo)
Natija
Umaviylar sulolasi
gʻalabasi, Oʻrta
Osiyoning
islomlashuvi.


Al-Xarashiy
Junayd ibn
Abdurahmon al-
Marriy
Sofrat ibn al-Hurr al-
Alboniy
Said ibn Amr al-
Xarashiy
Asad ibn Abdulloh al-
Qasriy
Nasr ibn Sayyor
Al-Yashkuriy
As-Saffoh
Abu Muslim
Ziyod ibn Solih
Gao Syanchji (Gav
Shanchji)
Kuchlar
Arab xalifaligi
(Umaviylar va
Baqtriya
Soʻgʻdiyona


Arablar 642-yilgi Nahavand jangida
gʻalabaga erishishi tufayli Seyiston va
Abbosiylar sulolalari) Xorazm
Fargʻona
Turkash xoqonligi
Tan davlati
VIII asrdagi Oʻrta Osiyo xaritasi
Istilogacha boʻlgan davrdagi
voqealar


Xuroson egallanib, Sosoniylar saltanati
toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb
10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib
kelishdi. Xurosonning markazi Marv
shahri 651-yilda Basra hokimi Abdulloh
ibn Amir tomonidan egallanadi va
natijada xalifalik chegaralari Amudaryo
daryosigacha choʻziladi
[1][2]
. Amudaryo
daryosi shimolida joylashgan hududlar
arablar tomonidan „Movaro un-nahr“
(„daryoning narigi tomoni“)
[3]
deb
atalgan. Hudud arablar oldin bosib olgan
yerlardan farq qilardi, Movarounnahr
(Xurosondan sharqda Amudaryodan
janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan
Tohariston yerlarini, hamda
Amudaryodan shimoldada joylashgan


Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz
ichiga olgan) unumdor yerlarga ega
boʻlgan vodiylari va vohalari, ularning
xilma-xil landshaftlari bilan ajralib turar
edi, bu joylarda oʻtroq va koʻchmanchi
hayot tarzida turli xalqlar yashagan.
Movarounnahrda ma'muriy boshqaruv
Forsning markazlashgan boshqaruvi kabi
boʻlmagan boʻlib, oʻlka ko'plab kichik
mustaqil mahalliy hokimliklarga bo'lingan
edi
[4]
.
Movarounnahr geografik, siyosiy va
ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan:
Toxariston (Baqtriya) Amudaryoning
yuqori oqimida, shimolda Hisor togʻlari,
sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan


oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona, oʻrta
Amudaryoning sharqida va Zarafshon
daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya,
Amudaryoning quyi oqimidan to Orol
dengiziga qadar; shimolda Hisor
togʻlaridan to Sirdaryo daryosi
boʻyigacha, jumladan, Yettisuv va
Fargʻona vodiysini oʻz ichiga olgan
hududga
[5]
. Hozirgi kundagidek aholi ikki
tilda muloqot qiladigan guruhga mansub
edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil
boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi
xalqlar va oʻsha davrda asosan
koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar
[3]
.
Movarounnahr tarixida Markaziy
Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning
bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan


avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar)
Yunon-Baqtriya podsholigini tor-mor etib,
Kushon podsholigini tuzdilar, ularning
hukmronligida buddaviylik bu hududga
kirib keldi. V asr boshlarida kushonlar
oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat tepasiga
kelishadi, ularning hukmronligi VI asr
oʻrtalarigacha, ya'ni Turk xoqonligi
vujudga kelganga qadar davom etgan.
Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng
Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning
turli mahalliy hokimliklari ustidan
hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto
Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham
olib borishgan
[6]
.


Xitoylik buddaviy rohib Syuan Szan 630-
yilda Toxaristonga kelganida Gʻarbiy turk
xoqonining toʻngʻich oʻgʻli, Qunduz shahri
hokimining boshqaruvi ostida 27 ta dan
kam bo'lmagan mahalliy hokimliklar
haqida ma'lumot berib oʻtadi. 650-yillarda
Gʻarbiy turk xoqonligi qulagandan soʻng
Qunduz shahri hokimi xoqonlikka daʼvo
qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi.
Xoqonlar Toxaristonning boshqa
hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni
saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib
chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy
hokimlar amalda mustaqil edi
[7]
.
Amudaryodan shimolda, Yuqori
Toxaristonda eng muhim hokimliklar
Badaxshon, Xuttalon, Qubodiyon va


Chagʻoniyon edi. Amudaryoning janubida,
Quyi Toxaristonda, markaziy shahar
hisoblangan qadimiy Balx shahri
joylashgan bo'lib, u Toxaristonning eng
muhim aholi manzilgohi va uning diniy
markazi hisoblangan, bundan tashqari,
Balx shahrida joylashgan Navbahor
buddaviylik stupasi juda mashhur boʻlib,
koʻplab ziyoratchilarni oʻziga jalb qilgan.
Yana Joʻzjon, Bodgʻis, Hirot va Bomiyon
ham muhim hokimliklar edi
[8][9]
.
Hisor tizmasidan shimoli-gʻarbda
Zarafshon daryosi boʻyida Soʻgʻdiyona
oʻlkasi joylashgan. Bu qadimiy oʻlka oʻz
madaniyati, tili va an'analariga ega
boʻlgan boʻlib, arxeologik topilmalar va


yozma manbalar orqali yaxshi
oʻrganilgan. Soʻgʻdiyona ham bir qancha
mayda hokimliklarga boʻlingan, biroq
ikkita asosiy hokimlik – Buxoro va
Samarqand qolgan hokimliklar ustidan
hukmron edi. Soʻgʻdlar „Buyuk Ipak
yoʻli“
[10][11]
 da asosiy savdogarlar
hisoblangan. Xitoy yilnomalarida mahalliy
hokimlarning aksariyati bir hukmron
xonadonga mansubligi, bu xonadon
boshligʻi Samarqand hokimi esa turk
xoqonlari bilan oilvaiy rishta bogʻlaganligi
qayd etilgan. Mahalliy hokimlarning
koʻpchiligi forscha 
shoh unvoniga,
ayrimlari esa turkiy unvonlarga ham ega
boʻlishgan, Samarqand hokimi ular
orasida alohida oʻringa ega boʻlgani


uchun 
ixshid unvoniga sazovor boʻlgan
(Fargʻona hokimi ham „ixshid“ deb
yuritilgan)
[12]
.
Soʻgʻdiyonaning shimoli-sharqida 160
kmga yaqin hududni egallagan, yer
unumdorligi boʻyicha Sirdaryo atrofidagi
yerlardan ancha past boʻlgan Mirzachoʻl
tekisligi joylashgandi. U shimoli-gʻarbda
Shosh (hozirgi Toshkent), sharqda
Fargʻona bilan chegaradosh edi
[13]
.
Soʻgʻdiyonaning gʻarbida esa, choʻl
markazida Xorazm joylashgan. Unda
oʻtroq hayot tarzi kechiruvchi aholi
istiqomat qilgan. Ushbu hududning III asr
oxiri va arablar istilosining boshlarigacha
boʻlgan davr tarixi yetarlicha arxeologik


va yozma manbalar yoʻqligi tufayli aniq
emas. Hozirgacha olimlar bu hududda
buddaviylikning belgilari mavjud emasligi
va zardushtiylikning hukmronligi davom
etishi tufayli xorazm Kushonlar
hukmronligi ostida bor yoki yoʻq ekanligi
haqida bahslashib kelmoqdalar. At-
Tabariyning ma'lumotiga koʻra, bu hudud
Ardashir I (224-242) davrida sosoniylar
tomonidan bosib olinib, sosoniylar
davlatiga ma'lum darajada qaram
qilingan. Qadimgi tangalar oʻrganilishi va
XI arsda yashagan olim al-Beruniyning
yilnomlari orqali Xorazmni IV asr
boshidan Afrigʻiylar sulolasi
boshqarganligi aniq
[14][15]
. Xuddi
shuningdek, Xorazmning VI—VII asrlarda


turkiylar hukmronligi ostida boʻlgan-
boʻlmaganli ham noaniq.
Tarixchi Hugh N. Kennedy ta'kidlaganidek,
Movarounnahr „imkoniyat va katta
boylikka ega, oʻz mustaqilligini yuksak
qadrlaydigan jangovar xalq tomonidan
himoyalangan boy oʻlka edi“, va shu
tufayli ilk musulmon istilolarida uning
VI—VIII asrlarga oid Xorazmdagi 
Ayoz qal'a


boʻysundirilishi eng shiddatli va uzoq
davom etgan boʻlib chiqdi
[2]
.
Arab manbalarida Movarounnahrni
arablar istilo qilishi 650-yillarda
boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da,
aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat
oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan
edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik
harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan,
Iroqdagi voliylar har yili
Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni
talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib
turishgan
[16]
. 652-yilda Axnaf ibn Qays
boshchiligidagi birinchi harbiy
ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning
Istiloning boshlanishi


birlashgan qoʻshinlari tomonidan
magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib
ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis
boshchiligidagi ikkinchi harbiy
ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub
etib, Joʻzjon, Foryob, Taliqon va Balxni
egallashga muvaffaq boʻladi. Arab
qoʻshinlari Xorazmgacha boʻlgan
hududlarni talon-taroj qiladilar. 654-yilda
Soʻgʻdiyonaning Maymurgʻ shahri arablar
bosqiniga uchradi
[17]
. Biroq oradan koʻp
oʻtmay, Karin (ehtimol, Karin-pahlaviylar
sulolasi vakili) boshchiligidagi mahalliy
aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada
arablar Xuroson (hozirgi Afgʻonistonning
shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi
hamda Janubiy Turkmanistonning


Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark
etishadi. Xitoy manbalariga koʻra,
Toxariston hokimlari Yazdigard III ning
oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors
shohi etib taxtga oʻtqazadilar. Bunga
qarshi arablar hech qanday harakatni
amalga oshira olmaydilar, chunki ular
Birinchi fitna (656-661) bilan mashgʻul
boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda
ham talonchilik yurishlari davom
etavergan
[18]
.
Fuqarolar urushi tugagach, Xuroson
ustidan xalifalikning hukmronlik
nazoratini tiklash vazifasi Abdulloh ibn
Amirga yuklatildi. Ibn Amirning bu
hududga ilk marotaba harbiy yurishi bilan


keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealar
orasida tarixiy chalkashliklar mavjud,
ammo mahalliy yozma manbalar koʻra,
bu yillarda aholi arablarga qarshi isyonlar
koʻtarishgan. Shuningdek, ibn Amirning
oʻrinbosari Qays ibn al-Xattam tomonidan
Navbahordagi buddaviylik stupasi
(me'moriy inshoot) buzib tashlanadi
[19]
.
Faqatgina Ziyod ibn Abu Sufyon Iroq va
xalifalikning sharqiy qismiga voliy etib
tayinlangach, arablar Xurosonni egallash
uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar.
Ziyod ibn Abu Sufyonning Xurosondagi
noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy 667-
yildan 670-yilgacha, ya'ni vafotiga qadar
Toxaristonga bir qator yurishlar
uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab


qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib,
Chagʻoniyonga kirib boradilar. Peroʻz
taxtdan agʻdarilib, Xitoyga qochib ketadi.
Al-Hakamning oʻlimidan keyin hududda
keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib ketadi,
ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-
Horisiy Balxni egallab, Amudaryoni kechib
oʻtib, Chagʻoniyonga bostirib kirishdan
avval Koʻhistondagi isyonchilarni magʻlub
qiladi. Arab manbalarida shu yillarning
oʻzida Xorazmning bosib olinishi,
arablarning gʻarb tomonda joylashgan
Zam va Amulni muhofaza qilganliklari
qayd etilgan
[20]
. Kelajakda oʻlkada
musulmonlarning oʻrni oshirish uchun
671- yilda Ziyod ibn Abu Sufyon Basra va
Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan


Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli
Xurosondagi musulmonlarning rolini
mustahkamlabgina qolmay, balki
kelajakda Movarounnahrga yurish qilish
uchun zarur boʻlgan kuchlarni
ta'minlashga zamin yaratadi
[21][22]
.
Ziyod vafot etgach, uning ishini oʻgʻli
Ubaydulloh ibn Ziyod davom ettirdi, u
Xuroson noibi etib tayinlanadi va 673-yil
kuzida Marvga keladi. Keyingi yil
bahorida Ubaydulloh Amudaryodan
kechib oʻtib, Buxoro muzofotiga kiradi, bu
paytda shahzoda goʻdakligi tufayli uning
nomidan onasi Buxoro malikasi Xotun
(turkiycha aslzoda ayol) hukmdorlik
qilayotgandi. Arablar Buxoroni


egallashdan avval Poykand va Romitanni
bosib oladilar. Mahalliy yozma
manbalarda arablarning Buxoroni qamal
qilgani, turklar esa yordamga kelganligi
qayd etilsada, bu arab manbalarida
uchramaydi, akisncha, ularda arablar
buxoroliklar ustidan katta gʻalaba
qozongani keltiriladi. Oʻlja sifatida
Ubaydulloh oʻziga shaxsiy qoʻriqchisi
sifatida barchasi „mohir kamonchilar“
boʻlgan 2000 nafar asirni qoʻlga kiritadi.
Harbiy yurishdan soʻng Buxoroning
keyingi taqdiri noaniqligicha qolgan,
ammo xalifalikning markaziy hokimiyatini
tan olib, unga oʻlpon toʻlovchi boʻlgani
aniq
[23]
.


Ubaydullohning muvaffaqiyatlarini uning
davomchilari Aslam ibn Zura va
Abdurahmon ibn Ziyodlar takrorlay
olmadilar. Faqat 676-yilda Said ibn
Usmonning qisqa hukmronligi davrida
arablar Soʻgʻdiyonaga katta harbiy yurish
qiladilar. Al-Balozuriy va Narshaxiyning
yozishicha, Said Kesh, Nasaf, Buxoro va
VII—VIII asrlarga oid 
Toxaristondan
topilgan erkak kishi haykali


turkiylarning shaharlaridan tuzilgan
mahalliy harbiy ittifoq kuchlarini tor-mor
etib, Buxoroni xalifalikka boʻysunishiga
Xotunni majbur qiladi va shundan keyin
Samarqandni qamal qiladi. Shaharni
egallab, 50 nafar yosh aslzodalarni
garovga oladi, keyinchalik ularni
Madinada qatl ettiradi. Yoʻl-yoʻlakay
Termiz egallab, Xuttalon hokimini ham
taslim qiladi
[24]
.
Arablarning Shosh va Xorazmga
Amudaryo orqali dastlabki hujumlari
Ikkinchi fitna (683-692) davrida
Xurosonda boshlangan oʻzaro qabilaviy
urushlar sababli toʻxtab qoladi. Keyingi
Xuroson noiblari, jumladan al-Muhallab


ibn Abu Sufra Movarounnahrni egallab
olishga urinadi, biroq
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi
[25]
.
Mahalliy hokimlar oʻz navbatida arablar
oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, 689-
yilda Termizni egallab olgan arab
qochqini Muso ibn Abdulloh ibn Xozim
yordamida arablarni oʻlkadan quvib
chiqarishga erishadilar
[26]
. Biroq
Movarounnahrdagi mahalliy hokimlar
arablar istilosiga qarshi kurashda toʻliq
birlasha olmadilar, bundan esa 705-yildan
soʻng Qutayba ibn Muslim oʻrinli
foydalanadi
[27]
.


Iroqga voliy al-Hajjoj boʻlgan paytdan,
ya'ni 705-yildan boshlab, har yili Qutayba
ibn Muslim sharqqa bosqinchilik
yurishlarini amalga oshirilib, yangi
hududlarni xalifalikka qoʻshib olish bilan
yakunlaydi. 705-yilda Qutayba Xuroson
bilan chegaradosh Bodgʻisni oʻziga
boʻysundiradi, 706-yilda Poykand
xalifalikka qoʻshib olinadi, 707-yilda
Buxoro vohasini zabt etish boshlandi, uni
egallash keyingi yilda nihoyasiga yetadi.
Buxoro shahrining oʻzi yana bir yil 709-
yilgacha uch-toʻrtta hujumga bardosh
berib turdi. Arablarning oʻlkada hokimiyati
Umaviylar va Turkashlar
oʻrtasidagi urushlar


mustahkamlangan soʻng, sharqqa yurish
davom ettiriladi. 711-yilda Qutayba
qoʻshinlari Seyistonni boʻysundirib, Sind
hududiga kirishdi.
Shunday qilib, 705-711-yillarda toʻrtta
davlat vassal sifatida xalifalik tarkibiga
kiradi, ikkitasi yoʻq qilinadi. Bosib olingan
hududlarning maydoni 600 kvadrat
kilometrga yaqin, aholisi esa 1 million
kishiga yaqin edi. 712-713-yillarda
Qutaybaning Fargʻona va Shosh
hududlariga yurishi al-Hajjojning oʻlimi
tufayli oʻz nihoyasiga yetmay qoladi,
natijada xalifalikning harbiy istilosi olgʻa
siljishi toʻxtaydi.


713-714-yillarda Qutayba tomonidan
amalga oshirilgan oʻlka aholisini
islomlashtirishga urinish oxirigacha
amalga oshmadi. 715-yilda xalifa Volid I
vafot etgach, Qutayba isyon koʻtarib,
xalifalikdan ajralib chiqishga harakat
qiladi. Bu urinish Qutayba tarafdorlari
tomonidan toʻliqligicha qoʻllab-
quvvatlanmadi, oʻsha yili Marv yaqinida
arablar oʻrtasida oʻzaro harbiy toʻqnashuv
boʻlib oʻtdi, unda xalifaga sodiq harbiylar
gʻalaba qozonib, Qutayba qatl qilindi.
Arablar tomonidan bosib olingan
hududlar esa umaviylar hukmronligi
ostida uzoq qolmadi.


Xalifa Sulaymon hukmronligida
xalifalikning sharqiy hududlarida ta'siri
juda past edi, 717-yilda hokimiyat
tepasiga Umar ibn Abdulaziz keldi. Xalifa
Umar ibn Abdulazizning paygʻambar va
dastlabki ikki xalifalar tomonidan
oʻrnatilgan ilk islom qoidalariga qaytish
siyosati hatto Arabistonda ham jiddiy
qiyinchiliklarga uchradi va oʻn yil oldin
xalifalik tarkibiga zoʻrgʻa kiritilgan oʻlkada
bunday siyosatni amalga oshirish yanada
murakkab edi. Ayniqsa, cholgʻu
asboblarini chalish (jumladan, toʻylarda),
marhumlar uchun yigʻlash kabi taqiqlar
aholi tomonidan keskin norozilik bilan
qabul qilindi
[28]
. Kelajakda Somoniylar
davlatining asosini tashkil etgan


xalifalikning sharqiy hududlari keyingi
yillari xalifalarga (ham umaviylar, ham
abbosiylar) qarshi boʻlib, markaziy
hokimiyatga qarshi tashkil qilingan
barcha qoʻzgʻolonlarni qoʻllab-
quvvatladilar.
Markaziy hokimiyatga Movarounnahrning
tub aholisi boʻlgan turkiylar va forslarning
sodiqligi haqiqiy emasligini, 719-yilda ular
tomonidan ochiqchasiga xitoyliklar va
turkashliklardan xalifalikka qarshi harbiy
yordam soʻrab yuborgan nomasidan bilsa
boʻladi
[29]
.
Sharqiy hududlardagi inqiroz 720-yilda
keskin kuchaydi, bunga bir vaqtning


oʻzida sodir boʻlgan holatlar sabab boʻldi.
Birinchidan, shu yilning aprel oyida Iroqda
Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻoloni boʻlib
oʻtadi va bu qoʻzgʻolon sharqiy
hududlarga yetarlicha ta'sir qiladi, garchi
al-Muhallabning da'vatlari toʻgʻridan-toʻgʻri
Xurosonga yetib bormagan boʻlsa
ham
[30]
. Ikkinchidan, Iroq voliysi Maslama
ibn Abdul-Malik noiblar tayinlashda xato
qarorlar qabul qilib, ukasi Said ibn
Abdulazizni Xurosonga noib etib
tayinladi. Bu qarorning xatoligi shundaki
ediki, Said maishatparast boʻlib, ustiga
yostiqlar qoʻyilgan ikki oʻrkachli tuyada
kelgani bilan xurosonliklarni oʻziga qarshi
qilib qoʻygan edi
[31]
. Noib hukmronligini


birinchi kunlaridanoq mahalliy zodagonlar
uchun ayolsifat boʻlib koʻringan. Yangi
noib haqida uning qabulida boʻlgan
Abrogʻ (Samarqand janubidagi kichik
hokimlik) hokimidan soʻrashganida, u
„xuzayna“ („xonim“) deb javob bergan.
Tarixda bu noib haligacha Said Xuzayna
nomi bilan ataladi. Uchinchidan, 720-yilda
soʻgʻdlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan
turkiylar Amudaryo va Sirdaryo
oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib,
Buxorodan Samarqandgacha joylashgan
qalʼalarni oʻz nazoratiga oladilar.
So'g'diyona aholisining katta qismi
islomdan chiqib, zardushtiylikka qaytadi.
Bu esa Islomdagi eng dahshatli jinoyat
edi. Oʻz navbatida Said javob harakatlarini


boshlashga shoshilmadi, arablar noibni
qoʻshin toʻplash va yurish qilishga majbur
qilishdi. Noibning kofirlarga nisbatan
yumshoq munosabati ham norozilik
uygʻotdi: u qoʻzgʻolonchilar yerlarini
vayron qilishga (ularning xalifaga tegishli
ekanligini bildirgan holda), ularning
oilalarini kaltaklash va qul qilishlariga yoʻl
qoʻymadi, hattoki bu ishlarni qilgan
arablarni jazoladi ham. Said ibn
Abdulaziz olib borgan siyosatning eng
yomoni shunda ediki, uning qilgan yurish
yorqin gʻalabalarga ega emasdi
[32]
. 721-
yilda turkashlar shahzodasi Kursul
boshchiligidagi qoʻshin Samarqand
yaqinida Said ibn Abdulaziz
qoʻmondonligidagi xalifalik qoʻshinini


magʻlub etadi. Xalifa noibni lavozimidan
chetlatishga majbur boʻldi. Uning oʻrniga
721-yilda Said ibn Amr al-Xarashiy
Xurosonga noib qilib tayinlanadi. U
Iroqda al-Muhallab qoʻzgʻolonini
bostirishda shafqatsizligi bilan tanilgan
edi. 720-yil oxiridan boshlab xalifalikning
sharqiy hududlarida uzluksiz
qoʻzgʻolonlar boshlanib ketdi va 30 yil
davomida, ya'ni umaviylar sulolasi
barham topgunicha toʻxtamadi.
Vaziyatning tubdan oʻzgarganidan xabar
topgan rustoqlar boshliqlari yordam
soʻrab Fargʻona vodiysi hukmdorlariga
murojaat qiladilar, qoʻzgʻolon
magʻlubiyatga uchragan taqdirda


Xitoydagi Tan davlatiga qochib ketish
rejasini ishlab chiqadilar. Soʻgʻdlar oʻzlari
bilan birga oʻnlab arab ayollari va
bolalarini asirga olib, sharqqa qarab
ketishadi. Xarashiy 722-yil 15-25-iyul
kunlari qoʻzgʻolonchilarni ta'qib qilish
davomida Xoʻjandni qamal qiladi, ammo
asirlar borligi sababli toʻgʻridan-toʻgʻri
hujum qilishga jur'at etmaydi.
Muzokaralar olib borilayotganda
asirlarning biri noma'lim ravishda vafot
etgani ma'lum boʻladi. Musulmonlar buni
qotillikka yoʻyishadi, oʻz navbatida
soʻgʻdliklar esa bu ayblovni har
tomonlama rad etishadi. Fay rustoqi
boshligʻi Korzanchning uzoq qamalga
dosh bera olmay, Fargʻonaga chekinishi


tufayli Xoʻjand shahri arablar tomonidan
egallanadi. Sulh tuzilgach, katta mablagʻ
evaziga omon qolgan 400 savdogardan
tashqari, deyarli barcha qoʻzgʻolonchilar
xiyonatkorona qirib tashlanadi
[33]
. Shu
yilning yozida Xarashiy Panjikent hokimi
Devashtichga qarshi yurish qiladi. Jangda
qoʻzgʻolonchilar yengiladi. Omon
qolganlar Zarafshonning yuqorisida
joylashgan Obigar qal'asiga chekinishadi.
Omon qoldirish sharti bilan qoʻlga olingan
Devashtich Arbinjonda qatl etilib, boshi
Iroq voliysiga joʻnatiladi, tanasi esa
zardushtiylik xilxonasi — novus devoriga
qoqib qoʻyiladi
[34][35]
. Xalifadan ruxsat
olmay qilgan bu harakati xalifaning
Xarashiydan shubhalanishga olib keladi.


Uning sadoqatini tekshirish maqsadida
xalifa tomonidan zaharlangan qovunni
Xarashiy iste'mol qilishi, Xarashiyga
qimmatga tushadi (umrining oxirigacha
qorin ogʻrigʻi bilan davolanib yuradi).
Natija xalifa Umar ibn Abdulaziz noibi
Xarashiyni huzuriga chaqirib oladi,
oʻrtniga 723-yilda noib etib Muslim ibn
Said tayinlaydi
[36]
.
Mugʻ qal'asidan
topilgan arab amirining Devashtichga yuborgan nomasi


724-yilda xoqon Suluk bilan toʻqnash
kelgan Muslim magʻlubiyatga uchraydi va
kam sonli askarlari bilan Samarqandga
zoʻrgʻa yetib keldi. Bu jang tarixga
„Chanqoq kuni“ nomi bilan kirdi. 728-yilda
Buxoroni egallab olgan Suluk tomonidan
xalifa Hishomning keyingi tayinlangan
noiblari ham magʻlubiyatga uchrashadi,
bundan tashqari Taxtaqoracha
Boy arab kishisi (Devashtich saroyi, Panjikent devoriy suratlari)


dovonidagi jangda ham arablar
magʻlubiyatga uchraydilar.
732-yilga kelib Samarqandga qilingan
arablarning ikkita yirik yurishi katta
yoʻqotishlar evaziga bu hududni xalifalik
tarkibga qaytarishga erishildi. Suluk
Samarqandga boʻlgan da'vosidan voz
Qadimgi turk harbiylari hukmdor Varxuman saroyida. (Afrosiyob devoriy (648-651-yillar) suratlari)


kechib, Buxoroni tark etadi va shimolga
yoʻl oldi.
Umuman olganda, xalifa Hishom ibn
Abdulmalik hukmronligi davrida, ya'ni
723-yildan 740-yilgacha Movarounnahr
deyarli qoʻzgʻolon va urushlar girdobida
qolgan boʻlib, mavjud vaziyatni Turkash
xoqonligining bosqini ancha
murakkablashtirgan. Harbiy harakatlar
jarayonida hatto xalifalikka sodiq boʻlgan
insonlar ham qoʻzgʻolonchilar tomoniga
oʻtib ketadilar. Masalan, 734-yilda boʻlgan
al-Horis ibn Surayj boshchiligidagi
xorijiylar qoʻzgʻoloni.


737-yilning qishida Suluk xoqon
ittifoqchilari al-Horis, Gʻurak (turk-
soʻgʻdlar yetakchisi) hamda Usturshona,
Toshkent va Xuttalon aholisi bilan
birgalikda arablarga qarshi soʻnggi
hujumni amalga oshiradi. Suluk xoqon
Joʻzjonga bostirib kiradi, ammo Xoriston
jangida Xuroson noibi Asad ibn Abdulloh
al-Qasriy tomonidan magʻlubiyatga
uchraydi. Keyingi yili Suluk xoqon Xitoy
yordamida oʻz harbiy sarkardasi
tomonidan oʻldiriladi. 739-yilda harbiy
sarkardaning oʻzi ham xitoyliklar
tomonidan oʻldiriladi. Natijada
Movarounnahrda Xitoy hokimiyati qayta
tiklanadi.


Oʻlkada urush shu darajaga yetdiki, 737-
739-yillarda nafaqat rustoqlar boshliqlari,
balki mahalliy aholining salmoqli qismi
qoʻshni (to Xitoydagi Tan
mamlakatigacha) davlatlarga qochib
ketishadi. Faqatgina 740-yilga kelib
harbiy harakatlar toʻxtatiladi va qochib
ketgan aholi oʻz yurtlariga qaytib
kelishadi. Ammo xalifalikning oliy harbiy
sarkardalari sharqiy hududlarning
hokimlari bilan tuzilgan tinchlik
shartnomasini ma’qullamadilar, chunki
ular turkashlar bilan oʻrnatilgan
munosabatlarni hamkorlik deb emas,
balki dindoshlariga qarshi tuzilgan ittifoq
va murtadlik deb hisoblashgan. Biroq,
endi ular biron-bir aniq harakatlarni


amalga oshira olmasdilar, chunki 743-
yilda Volid II ning hokimiyatiga qarshi
butun mamlakat boʻylab
qoʻzgʻolonlarning avj olishi sababli
sharqiy hududlaridagi ahvol endi ular
uchun ahamiyatsiz boʻlib qoldi.
Arab manbalarida Qutayba ibn Muslim
Xitoydan qisqa muddatga Qashqarni
tortib olgani va uni kelishuv asosida
qaytarib bergani qayd etiladi
[37]
, ammo
hozirgi zamon tarixchilar bu ma'lumotni
butunlay rad etadilar
[38][39][40]
.
Umaviylar va Tan davlati
orasidagi nizolar


715-yilda xalifalik Xitoy bilan
chegaradosh Fargʻona vodiysi ixshidini
taxtdan agʻdarib, taxtga Alutarni
oʻtqazadilar. Taxtdan agʻdarilgan ixshid
Kuchar (Sharqiy Turkiston)ga qochib,
Xitoydan yordam soʻradi. Xitoyliklar
Fargʻonaga Chjan Syaosun boshchiligida
10 minglik qoʻshin yubordilar. Xitoy
sarkardasi Namanganda Alutar va
arablarning birlashgan qoʻshini yengib,
ixshidni qayta taxtga oʻtqazadi
[41]
.
717-yilda Oqsuv jangida
[42]
Tan davlati
harbiy qoʻmondoni Szyaxuey xitoyliklarni
arab va tibetliklarning navbatdagi harbiy
yurishini toʻxtatishga da'vat etadi. Oqsuv
shahriga qiligan harbiy yurishda arablarga


turkashlar xoqoni Suluk ham
qoʻshiladi
[43][44]
. 717-yil 15-avgustda
Uchturfon va Oqsuvga turkash, arab va
tibetliklarning birlashgan qoʻshinlari
hujum qiladi. Tan davlati harbiy
qoʻmondoni Szyaxuey xizmatida boʻlgan
Gʻarbiy turk xoqoni Arslonxon (xitoycha
Arsila Xian) boshchiligidagi qarluqlar
arablar sarkardasi Al-Yashkuriy
yetakchiligidagi qoʻshinni magʻlubiyatga
uchratadi. Magʻlub boʻlgan arablar
Toshkentga chekinadi
[45][46]
.


740-yillarning boshlariga kelib,
xalifalikdagi fuqarolar urushi umaviylar
bosh mulki Suriyada boʻlib oʻtdi, xususan
sharqiy hududlar ham asosiy diqqat
markazida edi. Ana shunday vaziyatda
ikkinchi fitna davridan beri tinmay
kelayotgan banu Qalb va banu Qays
Samarqanddagi Varxuman saroyiga ipak va pilla olib kelgan Tan davlati elchilari (Afrosiyob devoriy (658-651-yillar)
suratlari)
Oxirgi janglar


oʻrtasidagi toʻqnashuvlar kuchayib ketadi.
744-yilda shaxsiy mojaro sifatida
boshlangan (Nasr ibn Sayyor va Judi al-
Kermoniy oʻrtasidagi) bu toʻqnashuv
tezda ommaviy tus oladi, 730-yillarda
turkashlar bilan hamkorlikda
musulmonlarga qarshi kurashgan va
markaziy hokimiyat tomonidan toʻliq afv
etilmagan al-Horis ibn Surayjning
xorijiylari tezda unga qoʻshilishadi. 745-
yilda xorijiylarning boshqa guruhlari ham
toʻqnashuvga qoʻshildi, 747-yildan esa
Marvda abbosiylar tarafdorlar faollasha
boshladi. Uchinchi fitna deb nomlanuvchi
koʻp tomonlama urush paytida xalifalikda
umaviylar sulolasining hokimiyati
agʻdarildi va Abbosiylar sulolasi


hukmronligi oʻrnatildi, ammo bu sulola
ham chekka hududlarda tinchlik oʻrnata
olmadilar. Buning asosiy sababi shunda
ediki, xalifalik bosh siyosati doimiy tashqi
harbiy yurishlarga asoslanganligida edi,
yurishlarning sharqiy yoʻnalishi esa xalifa
Volid I davrida toʻxtab qolgan edi. 751-yil
iyul oyida bo'lib oʻtgan Talas jangida
xalifalikning sharqqa yurishi nihoyat
toʻxtadi, bu esa davlat yaxlitligiga putur
yetkazdi. Tibet imperiyasi arablarning
Xitoydagi Tan davlatiga qarshi bu jangida
yaqin ittifoqchisi boʻlgan
[47][48]
. Arablar
Shinjonga daʼvo qilmaganliklari sababli
ushbu jang muhim strategik ahamiyatga
ega emasdi
[49][50]
.


Istilo qilingan hududlarda arab va
mahalliy xalqlar (fors, turkiy, soʻgʻd va
boshqalar) madaniyatlarining oʻzaro
aralashuvi sodir boʻldi.
Arablar tomonidan bosib olingan xalqlar
uchun islom (mahalliy e'tiqodlar qoʻshiluvi
bilan) asosiy hukmron dinga aylandi.
Islom dini targʻibotini shayxlar, darveshlar,
soʻfiylar olib borishdi. Mahalliy aholi
orasidan diniy vakillar (mullalar, imomlar,
eshonlar, qozilar) paydo boʻldi. Shahar
aholisi orasida dindorlar soni ortib,
namoz va boshqa diniy marosimlar
uchun moʻljallangan masjid va
Istilo natijalari


xonaqohlar barpo etila boshlandi.
Keyinchalik masjidlar qoshida
madrasalar ochilib, ularda arabcha savod
oʻrgatilgan. Muqaddas kitob „Qur’on“ni
oʻqishning oʻrgatilishi turkiy xalqlarning
birligini mustahkamladi. Markaziy
Osiyoning islomlashuvi turkiy xalqlar
jamiyati, iqtisodiyoti, siyosati va
madaniyatining jadal rivojlanishining bosh
omili boʻldi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy-madaniy
hayotida katta oʻzgarishlar roʻy berdi:
shaharlar yanada rivojlandi, Buyuk Ipak
yoʻli boʻylab Sharq va Gʻarbning koʻplab
mamlakatlari bilan savdo-sotiq rivojlandi.
VIII asrdan Oʻrta Osiyo va Janubiy


Qozogʻistonda istehkomlar – rabotlar
qurildi, ularning koʻpchiligi keyinchalik
shaharlarga aylandi.
Pahlaviy tili bir asrdan kamroq vaqt
ichida fors tiliga aylandi. Fors va turkiy
lugʻatga koʻplab arabcha soʻzlar kirib
keldi. Adabiyot rivojlandi. Islomiy taqvim
qabul qilindi. Diniy bayramlar kundalik
hayotda paydo boʻldi. Dafn marosimlari
musulmon urf-odatlari asosida amalga
oshirila boshlandi. Sharq adbiyotining
mumtoz asarlari, diniy rivoyatlar va islom
aqidalarini targʻib qiluvchi sheʼrlar (Qur'oni
Karim qissalari, „Salsal“, „Zarkum“, „Yusuf
va Zulayho“, „Ming bir kecha“ va
boshqalar).


1. 
Litvinsky 1996, s. 453-456
2. 
Kennedy 2007, s. 225
3. 
Kennedy 2007, s. 228
4. 
Kennedy 2007, s. 225, 228
5. 
Kennedy 2007, s. 228-232

Gibb 1923, s. 1-4
7. 
Gibb 1923, s. 8

Gibb 1923, s. 8–9
9. 
Kennedy 2007, s. 229
10. 
Kennedy 2007, s. 230–232
11. 
Gibb 1923, s. 5
12. 
Gibb 1923, s. 5–6
13. 
Kennedy 2007, s. 232
14. 
Kennedy 2007, s. 229–230
Manbalar


15. 
Nerazik, Bulgakov 1996, s. 207-222
1 . 
Kennedy 2007, s. 236-237
17. 
Gibb 1923, s. 15
1 . 
Gibb 1923, s. 15-16
19. 
Gibb 1923, s. 16
20. 
Gibb 1923, s. 116-17
21. 
Gibb 1923, s. 17
22. 
Kennedy 2007, s. 237
23. 
Gibb 1923, s. 17-19
24. 
Gibb 1923, s. 19-21
25. 
Kennedy 2007, s. 236-243
2 . 
Kennedy 2007, s. 243-254
27. 
Litvinsky 1996, s. 453-456-457
2 . 
Большаков 2010, s. 142
29. 
Blankinship 1994, s. 109–110
30. 
Большаков 2010, s. 151


31. 
Большаков 2010, s. 155
32. 
at-Tabariy. Tarixi Tabariy (rus tilida),
Toshkent, 1987 — 180-182 bet.
33. 
at-Tabariy. Tarixi Tabariy (rus tilida),
Toshkent, 1987 — 186-189 bet.
34. 
at-Tabariy. Tarixi Tabariy (rus tilida),
Toshkent, 1987 — 189 bet.
35. 
at-Tabariy. Tarixi Tabariy (rus tilida),
Toshkent, 1987 — 190 bet.
3 . 
at-Tabariy. Tarixi Tabariy (rus tilida),
Toshkent, 1987 — 190-193 bet.


37. 
Muhamad S. Olimat. China and Central
Asia in the Post-Soviet Era: A Bilateral
Approach (https://books.google.com/boo
ks?id=cLqpCwAAQBAJ&pg=PA10&dq=71
5+Alutar+Ikhshid&hl=en&sa=X&ved=0ahU
KEwiI3vzSqf7ZAhXMUlAKHT9hDJkQ6AEI
LzAB) (ingliz tilida). Rowman & Littlefield,
2015. ISBN 978-1-4985-1805-5.
3 . 
Litvinsky et al. 1996, s. 449—472
39. 
C. E. Bosworth. Ḳutayba b. Muslim (http://
referenceworks.brillonline.com/entries/en
cyclopaedia-of-islam-2/kutayba-b-muslim
-SIM_4577) — 541–542 bet.
40. 
Gibb 1923, s. 48–51
41. 
Bai, Shouyi et al. (2003). A History of
Chinese Muslim (Vol.2). Beijing:
Zhonghua Book Company.
ISBN 7-101-02890-X, pages=235—236


42. 
Insight Guides Silk Road (https://books.go
ogle.com/books?id=X4mPDgAAQBAJ&p
g=PT120&dq=715+Alutar+Ikhshid&hl=en
&sa=X&ved=0ahUKEwiI3vzSqf7ZAhXMUl
AKHT9hDJkQ6AEIJzAA) (ingliz tilida).
APA, 2017. ISBN 978-1-78671-699-6.
43. 
René Grousset. The Empire of the
Steppes: A History of Central Asia (http
s://books.google.com/books?id=CHzGvq
RbV_IC&pg=PA114&dq=aksu+717&hl=en
&sa=X&ved=0ahUKEwjFwZy0qP7ZAhUDb
1AKHfnVD-EQ6AEIJzAA) (ingliz tilida),
1970. ISBN 978-0-8135-1304-1.


44. 
Jonathan Karam Skaff. Sui-Tang China
and Its Turko-Mongol Neighbors: Culture,
Power, and Connections, 580-800 (https://
books.google.com/books?id=Jrv-6_U5gf
wC&pg=PA311&dq=aksu+717&hl=en&sa=
X&ved=0ahUKEwjFwZy0qP7ZAhUDb1AK
HfnVD-EQ6AEILzAB) (ingliz tilida), 2012.
ISBN 978-0-19-999627-8.


45. 
Christopher I. Beckwith. The Tibetan
Empire in Central Asia: A History of the
Struggle for Great Power Among
Tibetans, Turks, Arabs, and Chinese
During the Early Middle Ages (https://boo
ks.google.com/books?id=oeI9DwAAQBA
J&pg=PA88&dq=aksu+717&hl=en&sa=X&
ved=0ahUKEwjFwZy0qP7ZAhUDb1AKHfn
VD-EQ6AEIYjAI) (ingliz tilida). Princeton
University Press, 1993 — 88—89 bet.
ISBN 0-691-02469-3.


4 . 
Marvin C. Whiting. Imperial Chinese
Military History: 8000 BC-1912 AD (http
s://books.google.com/books?id=JJQiAz3
qTCgC&pg=PA277&dq=aksu+717&hl=en&
sa=X&ved=0ahUKEwjFwZy0qP7ZAhUDb1
AKHfnVD-EQ6AEIajAJ) (ingliz tilida).
iUniverse, 2002.
ISBN 978-0-595-22134-9.
47. 
Bulliet 2010, s. 286
4 . 
Wink 1997, s. 68
49. 
ed. Starr 2004 (https://books.google.co
m/books?id=GXj4a3gss8wC&pg=PA39#v
=onepage&q&f=false) , s. 39.
50. 
Millward 2007 (https://books.google.co
m/books?id=8FVsWq31MtMC&pg=PA36#
v=onepage&q&f=false) , s. 36.
h ld
k
h
Adabiyotlar


Barthold, V.V
. Turkestan Down to the
Mongol Invasion (ingliz tilida). London:
Luzac & Co., 1928. OCLC 4523164 (htt
p://worldcat.org/oclc/4523164) . 
Barthold, V.V. 
. Four Studies on the
History of Central Asia (https://books.g
oogle.com/books?id=McYUAAAAIAAJ)
(ingliz tilida). Leiden: Brill, 1956. 
Biran, Michal (2012). „Kitan Migrations
in Eurasia (10th–14th Centuries)“ (http
s://www.academia.edu/3806884/Mich
al_Biran._Khitan_Migrations_in_Inner_A
sia_Central_Eurasian_Studies_3_2012_
85-108) (ingliz tilida) (Journal of
Central Eurasian Studies-nashr). Center
for Central Eurasian Studies. 85–108-
bet. Qaraldi: 2014-05-03. 
{{
cite 


magazine
}}: 

Unknown parameter |
месяц= ignored (
yordam
)

Unknown
parameter |том= ignored (
yordam
)
(Account required)
Khalid Yahya Blankinship
. The End of
the Jihâd State: The Reign of Hishām
ibn ʻAbd al-Malik and the Collapse of the
Umayyads (https://books.google.com/b
ooks?id=Jz0Yy053WS4C) (ingliz
tilida). Albany, NY: State University of
New York Press, 1994.
ISBN 978-0-7914-1827-7. 
Bulliet, Richard; Crossley, Pamela;
Headrick, Daniel; Hirsch, Steven;
Johnson, Lyman
. The Earth and Its
Peoples (https://books.google.com/boo


ks?id=jvsVSqhw-FAC) (ingliz tilida).
Cengage Learning, 2010.
ISBN 0538744383. 
Chaliand, Gérard
. Nomadic Empires:
From Mongolia to the Danube (https://b
ooks.google.com/books?id=_ahBEjHRn
BcC) (ingliz tilida). Transaction
Publishers, 2004. ISBN 141282978X. 
The Oxford History of Islam (https://boo
ks.google.com/books?id=imw_KFD5bs
QC&printsec=frontcover&source=gbs_g
e_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=
false) , illustrated (ingliz tilida), Oxford
University Press, 1999.
ISBN 0195107993. 


Gibb, H. A. R.
. The Arab Conquests in
Central Asia (https://archive.org/details/
arabconquestsinc00gibbuoft) (ingliz
tilida). London: The Royal Asiatic
Society, 1923. OCLC 685253133 (htt
p://worldcat.org/oclc/685253133) . 
Kennedy, Hugh
. The Great Arab
Conquests: How the Spread of Islam
Changed the World We Live In (https://a
rchive.org/details/greatarabconques00k
enn_0) (ingliz tilida). Philadelphia, PA:
Da Capo Press, 2007.
ISBN 978-0-306-81740-3. 
Lapidus, Ira M.
. Islamic Societies to the
Nineteenth Century: A Global History (ht
tps://books.google.com/books?id=qcPZ


1k65pqkC&printsec=frontcover&source
=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepag
e&q&f=false) (ingliz tilida). Cambridge
University Press, 2012.
ISBN 052151441X. 
Mark Edward Lewis
. China's
Cosmopolitan Empire: The Tang
Dynasty (ingliz tilida). Harvard
University Press, 2009.
ISBN 978-0-674-05419-6. 
The Dervish Lodge: Architecture, Art,
and Sufism in Ottoman Turkey (https://b
ooks.google.com/books?id=fc69BhBDjh
wC&printsec=frontcover&source=gbs_g
e_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=
false) (ingliz tilida). University of


California Press, 1992.
ISBN 0520070607. 
Litvinsky, B. A.; Jalilov, A. H.;
Kolesnikov, A. I. „The Arab Conquest“,
.
History of civilizations of Central Asia,
Volume III: The crossroads of
civilizations: A.D. 250 to 750 (ingliz
tilida). Paris: UNESCO Publishing, 1996
— 449—472 bet. ISBN 92-3-103211-9. 
Marshak, B. I.; Negmatov, N. N.
„Sogdiana“,
. History of civilizations of
Central Asia, Volume III: The crossroads
of civilizations: A.D. 250 to 750 (ingliz
tilida). Paris: UNESCO Publishing, 1996
— 233—280 bet. ISBN 92-3-103211-9. 


Millward, James A.
. Eurasian
Crossroads: A History of Xinjiang (http
s://books.google.com/books?id=8FVsW
q31MtMC&printsec=frontcover&source
=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepag
e&q&f=false) , illustrated (ingliz tilida),
Columbia University Press, 2007.
ISBN 0231139241. 
Nerazik, E. E.; Bulgakov, P. G.
„Khwarizm“,
. History of civilizations of
Central Asia, Volume III: The crossroads
of civilizations: A.D. 250 to 750 (ingliz
tilida). Paris: UNESCO Publishing, 1996
— 207—231 bet. ISBN 92-3-103211-9. 
Tumen Jalafun Jecen Aku: Manchu
Studies in Honour of Giovanni Stary (htt


ps://books.google.com/books?id=LbmP
_1KIQ_8C&printsec=frontcover&source=
gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage
&q&f=false) (ingliz tilida).
Harrassowitz Verlag, 2006.
ISBN 344705378X. 
The Cambridge History of Early Inner
Asia, Volume 1 (https://books.google.co
m/books?id=ST6TRNuWmHsC&printse
c=frontcover&source=gbs_ge_summary
_r&cad=0#v=onepage&q&f=false) ,
illustrated, reprint (ingliz tilida),
Cambridge University Press, 1990.
ISBN 0521243041. 
A History of Inner Asia (https://books.g
oogle.com/books?id=7E8gYYcHuk8C&p


rintsec=frontcover&source=gbs_ge_sum
mary_r&cad=0#v=onepage&q&f=false)
(ingliz tilida). Cambridge University
Press, 2000. ISBN 0521657040. 
Xinjiang: China's Muslim Borderland (htt
ps://books.google.com/books?id=GXj4a
3gss8wC&printsec=frontcover&source=
gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage
&q&f=false) , illustrated (ingliz tilida),
M. E. Sharpe, 2004. ISBN 0765613182. 
Wink, André
. Al-Hind, The Making of the
Indo-Islamic World. Volume II: The Slave
Kings and the Islamic Conquest, 11th–
13th Centuries (https://books.google.co
m/books?id=75FlxDhZWpwC) (ingliz


tilida). Leiden, New York, Köln: BRILL,
1997. ISBN 90-04-10236-1. 
Zeimal, E. V. „The Political History of
Transoxiana“,
. The Cambridge History
of Iran, Volume 3(1): The Seleucid,

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling