#Aralash test /// Bilim qaytarish va takrorlash mevasi


Download 20 Kb.
Sana07.08.2022
Hajmi20 Kb.
#791444
Bog'liq
ot 3
buxgal mustaqil 3Buxgalteriya hisobining uslubi va unda qo‘llaniladigan usullar tavsifi, Arxitekturaviy elementlari kichik arxitektura formalari, Минтакавий Мустакил иш (1), cnfnmz 2, 84088 (1), 2014-10-09-6-min-Food-Waste, www.ingilizcecin.com-yds-paragraf-sorulari-17672, fe‘l 4, 1-amaliy mashg\'ulot qisqacha, 071575028aaee89df518d879398ca8db KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI, paxtachilik sohasida fanlar akademiyasi tomonidan yaratilgan ishlanmalar, 17-ma’ruza Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib tezligini rostlash, 5.ELEKTR YURITMANI BOShQARIShDA IQTISODIY SAMARA VA TEZLIKNI SITABILLIGI, Новый документ в формате RTF

#Aralash test /// Bilim — qaytarish va takrorlash mevasi
1.Qaysi qatorda egalik qo'shimchasi qo'shilganda, so'z oxiridagi k yoki q tovushi o'zgarmaydigan otlar berilgan?
A) o'rik, tuproq, istak B) o'rtoq, kelajak, qarmoq C) koptok, pichoq, timoq D) idrok, nutq, axloq
2.Ismlar berilmagan qatorni toping.
A) nazm, odob, ikki B) yillar, ming, dunyo
C) bormoq, o'qigan, kuchli D) kulib, atayin, jim
3.Otlardagi kо’plik shakli haqidagi qaysi hukm noto'g'ri?
A)Donalab sanalmaydigan otlar ko'plik shaklini olganda jimlik ma'nosini bildiradi.
B)Ko'plik shakli geografik nomlarga qo'shilganda shu geografik joyning kengroq, atrofdagi joylar bilan birlikda ekanligini bildiradi.
C)Kо’plik shakli atoqli otlarga qo'shilganda o'zi qo’shilgan otning ko‘plikda emas, balki uning boshqalar bilan birgalikda ekanligini
D)Hurmat ma'nosini ifodalagan ko'plik shakli egalik qo'shimchalari bilan birga qo’llanadi.
4.Qaysi javobda tarkibida kelishik qo'shimchasi bilan turlangan so'z mavjud?
A)Nargiza jo'rttaga gapirmadi.
B)Laziz tezlikka e'tibor berdi.
C)Birdan yomg’ir yog’ib, hamma tarqalib ketdi.
D)Nodir harbiychasiga yurib olg'a intildi.
5.Tarkibidiagi barcha bo'laklar ot turkumiga mansub bo'lgan gapni toping.
A) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda B) Sog'lom tanda - sog' aql.
C)Til - dil kaliti.
D)Vatanni sevmoq iymondandir.
6.Quyida berilgan so‘zlarning qaysilariga egalik qo’shimchasi qo'shilsa, bu so'z fonetik yozuv asosida yozilmaydi?
1) o'rin 2) park 3) rizq 4) kapalak 5) bo'g'iz 6) nutq 7) qorin 8) butoq 9) farq 10) tuproq
A)3,4,5,10 B) 2,3,6,9 C) 1,5,9,10 D) 6,8,9
7.Qaysi gapda shaxs oti berilmagan?
A)Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg'ilonga jo'nadi.
B)Muqimiyni ko’rganman. Xushfe’l, dono odam edi.
C)Notiq dedi: tadbir shul.
D)Ey voiz, pastga tushgin Bu gap chiqdi qayerdan.Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan.
8.Qaysi qatordagi so'zlar ikki xil so'z turkumi vazifasida kelishi mumkin?
A)burma, gapirma B) do'sti, gapirma C) bo'yi, oqish D) bo'g'ma, kechki
9.Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to'g'ri qayd etilgan javobni belgilang.
1) tushum kelishigidagi so’z faqat o'timli fe'llarga bog’lanadi; 2) tushum kelishigidagi so'z bilan o'timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tushib qo’llanmaydi; 3) tushum kelishigi bilan o'timli o'rtasida boshqa so'z qo’llana oladi; 4) tushum kelishigidagi so’z taqlid so'z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; 5) tushum kelishigidagi so'z atoqli ot, olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi.
A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,5 D) 2,3,4,5
10.Qaysi gaplarda -dan qo'shimchasi o’rnida -ni qo'shimchasini qo'llasa bo’ladi?
1) Solih maxdum hamon Ra’nodan koyib kelardi. 2) Mehmonlardan yoshi ulug'i gapirdi. 3) Ona qizining peshonasidan o'pdi. 4) Bolaning kelganidan xursand bo'ldim.
A) 1,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 1,2,3
11.Qaysi gapda –gina qo'shimchasi otga xos lug'aviy shakl yasovchi vazifasini bajarmagan?
A)Bolaginam kasalxonada uzoq davolandi.
B)Oyoqqinangga rahming kelmaydimi?
C)Sarvinoz butun yozni shahardan ancha uzoqda – sokingina go'shada o'tkazdi.
D)Yakshanba kunlarigina Mehrinoz buvisinikiga borib turardi.
12.Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o’zini, eng avvalo, O’zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg’ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. (I. Karimov) Ushbu gapda qaratqich kelishigi qo’shimchasi necha o’rinda belgisiz qo’llangan? A)2 В) 3 С) 1 D) 4
13.Quyida berilgan gapda nechta shaxs oti qatnashgan? Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.
A)1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
14.Quyida berilgan gapdagi shaxs va narsa otlarining miqdorini aniqlang.
Men o’qimay turib ham, boshimda qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injiner ham, artist ham bo'la olaman, deb qattiq ishonardim. (X. To’xtaboyev)
A)3 ta shaxs oti, 2 ta narsa oti B)3 ta shaxs oti, 1 ta narsa oti
C)4 ta shaxs oti, 1 ta narsa oti D)4 ta shaxs oti, 2 ta narsa oti
15. Quyidagi she'riy parchada qaysi kelishik qo‘shimchasi belgisiz qo'llangan?
O'z tilini unutgan xalqning Mozorida ajdodlar qabri Uzra qo'yar bolalar tikan.
1) qaratqich; 2) tushum; 3) jo'nalish; 4) o'rin-payt;
A) 4,1 В)1 С) 1,2 D) 1, 3
16. Qaysi maqolda ikki o'rinda narsa oti qo’llangan?
A)Uying tor bo'lsa ham. ko'ngling keng bo'lsin!
B)Sayoq yurgan tayoq yeydi.
C)Ko’kka boqma, ko'pga boq!
D)Asal aynimas, sariyog' sasimas.
17. Quyida keltirilgan she'riy parchada qaysi kelishik belgisiz qo'llangan?
Har navda bir gulda, har gulda bir ro'y,
Har daraxt bargi bir dunyo bikoya.
Har birin hosili o'zgasiga ko'rk,
Bin biri uchun qudrat, bimoya.
A)qaratqich kelishigi B) o'rin-payt kelishigi C) jo'nalish kelishigi D) tushum kelishigi
18. Qaysi maqolda ikki o'rinda shaxs oti qo'yilgan?
A)Kattaga hurmatda bo'l kichikka izzatda bo'l.
B)Mehmon otangdan ulug'
C)Arslon izidan qaytmas-yigit so'zidan
D)Zar qadrini zargar biladi
19. O‘timli fe’llar lar berilgan qatorni aniqlang.
A) yuzlanmoq, jilmaymoq B) quvontirmoq, joylashtirmoq C) kiyinmoq, so‘ramoq D) almashmoq, jiringlamoq
20.Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi so‘z shakllari...
A) fe’l mayllari deyiladi B) holat ravishi deyiladi C) fe‘l nisbatlari deyiladi D) fe’l zamonlari deyiladi
21. Bir turdagi shaxs, narsa, o‘rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar...
A) shaxs otlari B) faoliyat-jarayon otlari C) turdosh otlar D) atoqli otlar
22. Shaxslarni mansab-unvoniga ko‘ra nomlab kelgan ot qaysi gapda mavjud?
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek! B) Dehqonchilik sirini professorlar o‘rgatgan emas bizga. C) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. D) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo‘shlashdi.
23. Shaxsni nasl-nasabiga ko‘ra nomlab kelgan ot qatnashgan gapni ko‘rsating.
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek! B) Dehqonchilik sirini professorlar o‘rgatgan emas bizga. C) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. D) A va C
24. Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
A) -chi, -soz, -kor, -xon B) boz, -vchi, -gi, -k C) -lik, -chilik, -gich, -q D) -zor, -soz, -chi, -goh
25. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang.
A) -chi, -soz, -kor, -xon B) -zor, -loq, -iston, -goh C) -gich, -gi, -k, -q D) -(i)ndi, -ma, -don, -shunos
26. Istak ma’nosi ifodalangan gapni belgilang.
A) Bu gapni eshitib Bahromning ko‘zi charaqlab ochilib ketdi. B) Qani endi, hamma ham shunday g‘alabalarga erishsa. C) Qo‘lingni ochiq tut, boshingni g‘oz tut. D) Sinamagan otning sirtidan o‘tma.
27. -m, -ng, -k, -ngiz qoshimchalari qanday shakldagi fellardan keyin qoshiladi?
A) -sa (shart mayli) B) ravishdosh va sifatdosh C) sof fe’l shakli D) A va C
28. qaysi qatordagi gapda hozirgi zamon sifatdoshi mavjud
A)Bir shirin so’z olamga asal bo‘lib tuyular edi.
B)Shiddat bilan yog’ayotgan yomg‘ir bir zumda tindi.
S)Ishonch kishi qalbining hukmi ,u hech vaqt yo‘qotilmaydi.
D)lm-fan va fikr dami nihoyatda keng va chuqur.
29.Bo’lishsiz fe‘l qo‘llangan gap qatorini belgilang.
A)Mayin shabada esmoqda. B)Giloslar qiyg’os gullagan. C)Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi. D)Birovga xolis xizmat qilib o‘rganmagan.
30.Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qo‘llangan. A)Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishdi
B)Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishadi
C)Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishibdi
D)Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqqan ekanlar
Tuzuvchi:Zaripova Shahnoza
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling